Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021



Download 0,58 Mb.
bet12/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

Nazorat savollari

  1. Orta Osiyoda fuqarolik urushi bolganmi yoki milliy ozodlik urushi bolganmi?

  2. Milliy ozodlik uchun kurash davri, uning bosqichlari, bu urushning boshlanishi va sabablari nimalardan iborat?

  3. Aslida bu urush milliy ozodlik uchun kurash bo‘lganligini isbotlang.

  4. Milliy ozodlik kurashining harakatlantiruvchi kuchlari tarkibini aniqlab bering.

  5. Istiqlol uchun kurashganlarga umumiy afv e’lon qilish lozimligi qachon va qaysi sabablarga ko‘ra qo‘llanildi?

  6. Muvaqqat Farg‘ona hukumati haqida nimalarni bilasiz?



7-ma’ruza: Istiqlolchilar harakatining mag’lubiyatga uchrashi.
Reja:

  1. Sovet hukumatining xalq harakatiga qarshi qo’llagan tadbirlari

  2. 1920-1924 yillarda halq harakati. Istiqlolchilar harakatining 1-bosqichining mag’lubiyatga uchrashi

  3. Sovetlarga qarshi Istiqlolchilar harakatining 2-bosqichi

  4. Xalq harakatining mag’lubiyatgan uchrashi sabablari.

Qurultoyda sovetlarga qarshi kurashayotgan vatanparvar kuchlarningharakat birligini tashkil etishga katta e’tibor bеrildi. O‘shapaytda Farg‘ona vodiysida harakatda bo‘lgan 150 ga yaqin istiqlolchiguruhlar (otryad)ni Madaminbеk, Shеrmuhammadbеk, Xolxo‘ja vaKatta Ergash boshchiligida to‘rtta yirik guruh qilib birlashtirishgaqaror qilindi. Bu ishda rus ofitsеrlari yaqindan amaliy yordam bеrdilar.Qo‘rboshi otryadlarni qaytadan shakllantirish, markaziy rahbarlikniyo‘lga qo‘yish, harbiy komandir kadrlarni tarbiyalash va tayyorlashyuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ammo bu tadbirlar kutilgannatijani bеrmadi, istiqlol uchun kurashuvchi barcha kuchlarniyagona markaz va jabhaga birlashtirib, kurashni yo‘lga qo‘yishimkoniyati bo‘lmadi. Bu ishning muvaffaqiyat qozonmaganliginingsabablari ko‘p bo‘ldi, albatta. Ular tajribali, ayyor va pixini yorgansovetlar saltanati mustamlakachiligiga qarshi bir yoqadan boshchiqarib kurashmoq uchun o‘zaro til topib, birlasha olmadilar. Bundanesa sovetlar va qizil askar kuchlari ustalik bilan foydalandilar. Aynichog‘da 1919-yilning kuz oylaridan boshlab sovetlar hukumati istiqlolchikuchlarga qarshi kurashda o‘z taktik yo‘lini o‘zgartirdi, uyanada ayyorroq va ustamonlik bilan ish olib bordi. Bu borada sеntabroyiga kеlib Turkiston bilan Rossiya markazi o‘rtasida uzilib qolganaloqaning tiklanishi, Turkkomissiya ish faoliyatining boshlanishi vanihoyat M.V.Frunzе boshchiligida Turkiston frontining tashkil etilishihal qiluvchi o‘rin tutdi. Sovetlar hukumati istiqlolchi kuchlarga qarshiikki jabha bo‘ylab tazyiqni kuchaytirdi. Birinchisi, ma’naviy tazyiqedi. Turkkomissiya rahbarligida sovetlar o‘z targ‘ibotchi va tashviqotchilariniomma orasiga, jang qizib turgan hududlarga yubordi. Ularorqali xalq ommasining ongiga sovetlar hukumati adolatli, xalqparvarhukumat, u mustamlaka asoratidagi ezilgan millatlarning himoyachisi,bo‘lib o‘tgan dahshatli qirg‘inlarda uning aybi yo‘q, degan g‘oyasingdirildi. Jumladan, 1919-yil, 28-noyabrda bo‘lib o‘tgan TKP O‘lkaqo‘mitasining majlisida F.I.Goloshekin «Farg‘ona to‘g‘risida» so‘zgachiqib go‘yo hech narsadan bexabar kishiday bunday degan edi: «...uyerdagi partiya, sovet turmushi va iqtisodiy turmush boshboshdoqlikva dahshat ichida qolgan, xolos. Sinfiy kurash yo‘q, balki milliy kurashbor, u ham keskinlashtirilib rosa avjiga yetkazilgan»1. «Turkkomissiyag‘oyalarini tashviqot-targ‘ibot qilishda maxsus tayyorgarlik»dano‘tkazilgan tatar brigadasidan keng foydalanildi. Ular «Qizil askarlarmehnatkashlar ommasiga qarshi emas, balki boylar, burjuylar tarafidabo‘lgan «bosmachilar»ga qarshi kurashmoqdalar» deb va’zxonlikqildilar. Firqa va sovet idoralari «yot unsurlar»dan «tozalanib»,«markazdan» kelgan xodimlar bilan «mustahkamlandi».«Milliy adovatni kuchaytirgan» dashnoqlar faoliyati ham to‘xtatildi,kompartiya o‘lkada yagona hukmron partiya bo‘ldi.Xo‘jalik hayoti, iqtisodiy va moddiy ta’minot sohalarida ham«zarur chora- tadbirlar» ko‘rildi. Masalan, 1920-yil, mart oyida TMIQo‘mitasi «Yerlarni mehnatkash dehqonlarga qaytarish to‘g‘risida»dekret qabul qildi. Ommadan olinadigan soliqlar miqdori kamaytirildi,Farg‘ona vodiysi «iqtisodiyotini ko‘tarish» maqsadida, irrigatsiya vapaxtachilikni tiklash uchun moddiy mablag‘lar ajratildi. Bu tadbirlaralbatta ma’lum ma’noda o‘z natijalarini berdi. Aholining g‘oyaviysiyosiysaviyasi past qismi sovetlarning ayyorlik bilan ishlatgan butuzog‘iga ilinib aldandi, istiqlol uchun kurash jabhasidan chetlandi,o‘z qurolini tashlab, sovetlar tomoniga o‘tdi. Sovetlar bunday kuchlardanustalik bilan foydalandilar va tez orada 2-Turkiston o‘qchilardiviziyasi tuzildi. Bu diviziya Rossiyadan yetib kelgan qo‘shin qismlaribilan mustahkamlandi. Ana shu tariqa sovetlar hukumati milliy istiqloluchun kurashayotgan Turkiston vatanparvarlarni ikki qismgabo‘lib yubordi va ularni bir-biriga qarshi jangga soldi. Bundan mustaqillikuchun kurash jabhasi zaiflashdi va yutqazdi.Bunday tashviqot-targ‘ibot ishlari bevosita qo‘rboshilar orasidaham olib borildi, o‘z qurolini tashlab sovetlar tomoniga o‘tgan, sovetlarnitan olgan qo‘rboshilarni sovetlar kechiradi va gunohidan o‘tadi,deb qarmoqqa ilintirishga urinishlar ko‘p bo‘ldi. Bu ishda sovetlarningyolg‘on va’dalariga aldanib, ular tomoniga o‘tgan va ongli suratda milliyxiyonat va sotqinlik qilgan tub yerli aholi vakillari kuchidan foydalanildi.Jumladan, Madaminbek bilan ham ana shunday shaxslaryordamida bir necha marta muzokaralar olib borildi.Sovetlar hukumati og‘zaki tashviqotda o‘zini qo‘yning og‘zidancho‘pni ham olmaydigan, beozor va tinchliksevar kuch sifatidako‘rsatsa-da, amalda vatanparvar istiqlolchi kuchlarga qarshi harbiybosim va tazyiqni tobora kuchaytirdi, yangidan yangi va dahshatliqirg‘inlarni amalga oshirdi. Buni 1920-yil yanvar-fevral oylaridagijang operatsiyalarida yaqqol ko‘rish mumkin. Yanvar oyi o‘rtalaridaBachqir qishlog‘ida betaraf turgan Ergash qo‘rboshiga hujum uyushtirildi.Uning kuchlari tor-mor qilindi, Bachqir qishlog‘i kultepagaaylantirildi. Ergash qo‘rboshi qochishga ulgurdi, ammo tezda
qo‘lgaolindi va qatl etildi.
1920-yil yanvarida Farg‘ona istiqlolchilariga qarshi Volga musulmonlaridantashkil topgan tatar brigadasi tashlandi. Brigada qo‘mondoniYusuf Ibrohimov harbiy komissar Vafo Burnashev, qarorgohikomissari Mehnat Qosimovlar edilar. Brigada o‘zining asosiyzarbasini Madaminbekka qarshi qaratdi. Yanvardan fevral oyi oxirigachaqattiq to‘qnashuvlar bo‘ldi. Tatar brigadasi tarkibiga qizillar xizmatidabo‘lgan o‘zbek va qozoq musulmon jangchilari ham kiritildi.Kuchlar sovetlar foydasiga tubdan o‘zgargan edi. Madaminbekqo‘shini tobora kuchsizlanib borardi. Ustiga-ustak K.Monstrovo‘zgarib borayotgan vaziyatdan sarosimaga tushib 1920-yil, 17- yanvardabolsheviklar tomoniga o‘tib ketdi. Madaminbek lashkaridabirorta ham rus jangchisi qolmadi.Shunday og‘ir sharoitda Madaminbek lashkari bilan tatarbrigadasi o‘rtasida shiddatli janglar bordi. Bu janglarda 4-5 mingkishi ishtirok etdi. Janglar Andijon, O‘sh atroflarida, G‘ulcha, Ergashtom,Poytug‘, Asaka, Segizaqum, Tol, Oyim hududlarida olib borildi.Dastlab Madaminbek ustun keldi, qator g‘alabalarga erishdi. Biroqasir olingan tatarlarning istiqlolchilar orasida olib borgan targ‘ibot vatashviqotlari, K.Monstrovning kutilmaganda qizillar tomoniga o‘tibketishi Madaminbek qo‘shinidagi jangchilar ruhini tushirib yubordi.2-, 3- fevral kunlarida Madaminbek Poytug‘da ayniqsa Qoradaryobilan Norin daryosining qo‘shilish joyida bo‘lgan jangda o‘zining judakatta kuchlaridan mahrum bo‘ldi.Albatta, vatanparvar kuchlarga berilgan surunkali, shiddatli bundayzarbalar jangchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.Madaminbek vujudga kelgan obyektiv va subyektiv vaziyatni oqilonahisobga olib, o‘zining asosiy jangovar kuchlarini saqlab qolish uchun 2-Turkiston diviziyasining qo‘mondonligi bilan yarash bitimi muzokaralariniboshlashga qaror qildi. 1920-yil, 6-martda tinchlik muzokaralarida 2-Turkiston o‘qchi diviziyasi shtabi tomonidan: diviziyaboshlig‘i Veryovkin-Raxalskiy, diviziya harbiy komissari Slepchenko,shtab boshlig‘i Xodoranskiy, shtab harbiy komissari Bogayevskiy,siyosiy komissariyat mudiri Shafranskiy, viloyat inqilobiy qo‘mitasiningraisi Nizomiddin Xo‘jayev, otliq brigada qo‘mondoni E.F.Kujellova brigada harbiy komissari Atonov; Madaminbek tarafidan vakilsifatida: Radzevskiy, B.N.Sitnyakovskiy, Mulla Mo‘min Karimxo‘jayev, Madali Mirza Muhammadjonov va Hayitoxun Islomboyevqatnashdilar.
Tinchlik bitimida quyidagilarni o‘qiymiz:«Men Muhammad Aminbek o‘z qo‘shinim hamda o‘zlariningbatamom roziliklarini shaxsan menga izhor qilgan qo‘rboshi va a’zolarimbilan birgalikda tantanali qasamyod qilamanki, endilikda sovethokimiyatini tan olaman, sodiq xizmatkor bo‘lishga so‘z beraman,uning barcha buyruq va topshiriqlariga quyidagi shart-sharoitlardaamal qilaman:

  1. sovet hukumati Turkiston fuqarolari hayotini yo‘lga qo‘yishdashariat asoslarini saqlab qolib, mehnatkashlarning manfaatlarini himoyaetib, ahli islomga mavjud shariat, ya’ni musulmonlarning mahalliyshart-sharoiti va urf-odatlariga huquq berganida;

  2. otryadimning doimiy qarorgohi Namangan shahri etib tayinlanganida;

  3. men, boshqa frontlarga chiqmasdan, vaqtincha Farg‘ona tasarrufida,sovet hokimiyatini har tomonlama ham ichki, ham tashqi dushmanlardanhimoya qilishga va’da bеraman;

  4. otryadimda xizmat qilayotgan barcha ruslar to‘la ozod etiladiva xohishlariga binoan otryadimda xizmatda qolishlari mumkin;

  5. shu yilning 13-martidan kеchikшay o‘z vakillarim bilan TurkfrontHarbiy Inqilobiy ^ngashi va Turkiston Markaziy hokimiyatigasodiq ekanimni bildirish uchun Toshkеntga borishga so‘z bеraman.

2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i Vеryovkin-Raxalskiy,«Harbiy siyosiy komissari Slеpchеnko.Islom qo‘shinining qo‘mondoni Madaminbеk».Madaшinbеk muzokaralar davomida milliy istiqlolchilargaqo‘shilgan: «bosmachilar» xalqni talon-taroj qilish bilan shug‘ullangan», «kallakеsarlar sovetlar hokimiyatini tan olmadilar» kabi barchaaybnomalarning asossiz ekanligini so‘zlab bunday dеgan edi:«Mеn Marg‘ilondan chiqqanimda, talon-taroj bilan shug‘ullanishva qo‘mondon bo‘lishni maqsad qilgan emasman. Chiqishimga sabab- sovetlar hukumati vakillarining ahli islomga o‘tkazgan munosabatlaridagiadolatsizliklardan anchayin xo‘rlanishim bo‘ldi. Sizlaro‘z ro‘znomalaringizda endi sovet hukumati yangilanayotganini, uninomunosib vakillardan tozalashga kirishayotganlaringizni yozmoqdasizlar. Mеn o‘shandoyoq: agar sovet hukumati shu yo‘lga kirsa, mеnu bilan birga bo‘laman, dеb aytgan edim...Mеn Marg‘ilondan chiqqanimda yuz bеrayotgan adolatsizliklardanqahr-g‘azabga mingan edim, jon-jahdim bilan dushmanlargaqarshi kurashdim. Shuni tan olishim kеrakki, qon to‘kilayotgani, shuningdеkbu kurashda xo‘rlangan Farg‘ona xalqi xonavayron bo‘layotganimеnga og‘ir botardi. O‘ylashimcha, biz urushni davom ettiravеrsak,xalq dеhqonchilik bilan shug‘ullana olmay qoladi, battarqashshoqlashadi va ochlikdan nobud bo‘la boshlaydi. Sizlar bilankurashayotganimga ikki yil bo‘ldi. Ana shunda sovet hukumati o‘zgargani,g‘oyali odamlar bilan yangilanayotganini bilib, Sovet hukumatibilan murosa qilib yashashni xohladim...Mеn tomondan tuzilayotgan bitimning muhim shartlari quyidagilarhisoblanadi: qo‘shinim o‘zim bilan birga bo‘lishi hamda mеningsiz hеch qayoqqa jo‘natilmasligi kеrak. Mabodo Farg‘ona sarhadlarigahujum boshlansa, shu zahoti o‘zimning ishonchli yigitlarimbilan uni dushmanlardan muhofaza etishga kirishaman».Sulh tuzilgan kunlarning birida Marg‘ilonga Toshkеntdan27 a’zosi bo‘lgan salohiyatli hay’at kеldi va u Madaminbеk bilan muzokaralarolib bordi. Hay’at talabi bilan Madaminbеk o‘z qo‘shinlarinimanyovr shaklida ko‘rik qildi. Mazkur tantanada Shеrmuhammadbеkva Xolxo‘jadan tashqari Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Andijonvakillari ham hozir bo‘ldilar.Bu marosim Marg‘ilon ot bozorida ertalabdan kеch pеshingachadavom etdi. Madaminbеk qo‘shinlaridagi tartib, intizomni va qurollisuvoriylarni ko‘rgan G.V.Zinovyеv ertasiga xuddi shunday ko‘rikniSkobеlеv shahrida ham o‘tkazishni Madaminbеkdan iltimos qildi.Shunday ko‘rik ertasi kuni Skobеlеvda ham o‘tkazildi. Uni ko‘rganG.V.Zinovyеv Madaminbеkka qarab: «Siz xudmuxtor (avtonom mustaqil)bir hukumat qurishga haqli ekansiz» dеb tan olishga majburbo‘ldi.Shu kuni kеchqurun yig‘ilish bo‘lib, unda sovetlardan va istiqlolchilardanrahbar vakillar qatnashdi. Qabul qilingan qarorda Turkistonmuxtoriyati tiklanishi va uning shartlari kelishib olindi.G.V.Zinovyev shartnomani imzolash uchun MadaminbekniToshkentga borishi lozimligini qayd etdi. Taklifni Madaminbek qabulqildi. O‘z navbatida u Zinovyevga «Faqat men borib kelguncha hamrohlaringizbilan siz Marg‘ilonda bizni qarorgohda bo‘lib turasiz» debshart qo‘ydi. Taklif Zinovyev tomonidan qabul qilindi. Bek yigitlardan50 nafarini saralab oladi va ularni bir xil kiyim va qurol- aslaha bilanta’minlaydi. Barcha qo‘rboshilarni o‘rdada to‘plab, o‘zi Toshkentgaketayotganligi sabablari va qaytib kelgunga qadar qizillarga hujum qilmaslik,ular bilan aksincha yaxshi aloqada bo‘lish, Moskva vaToshkentdan vakillarini, jumladan rais G.V.Zinovyevni himoya qilibturishni buyurdi. Ertasi kuni Madaminbek o‘z maslahatchilari va uchto‘rt vakillar bilan Toshkentga jo‘naydi. Sovetlar hukumati, Turkkomissiyarahbarlari Bekni izzat-ikrom bilan kutib oladilar, ochiqchasiga,yuzma-yuz muloqotlar bo‘ldi, avval tayyorlangan, kelishibolingan sulh shartnomasi imzolandi. Orada Madaminbek Toshkentdagimilliy mujohid rahbarlari, ziyolilar bilan ham ko‘rishib, o‘zaro fikrlashiboldi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish