Nurli kunlar soyasi
Yoqutxon Akram
“Yomg’irkuy”
Faqat yorug’dagina soya ko’rinadi…
Nurli kunlar edi unda. Ikkovi bir-birini yeru ko’kka ishonmasdi. Ajib ohanglar sarchashmasi bo’lmish bolaligi o’z o’rnini o’smirlikka bo’shatish arafasida edi. Bilmaydi, ne sabab faqat uni degisi keladi. Kecha-kunduz uni o’ylaydi. Shu ajib tarovatli, farahbaxsh hissiyotga aldandi-yu, bolalagidan ayrildi... Nurli kunlar edi unda. Dorilfunun xiyobonidan ikkovi sirlashib "o’tishar ekan, ular gapiga sarmast terak yaproqlari bahoriy qo’shiq aytardilar. Shivir-shivir... Shivir-shivir...
Nurli kunlar edi unda, sevgilisining kuyovlik libosidan yanada ochilgan yuzini, qop-qora qoshlarini titrok ko’llari bilan ilk bora asta silaganda... Hovlida esa yomg’irning yaproklarga dardi ochiladi. Osmonu yer yomg’ir tomchilari-la tutashadi shunda. Shivir-shivir... Shivir-shivir...
Nurli kunlar edi unda. Go’dak qichqirig’ini eshitganda og’ir darddan forig’bo’lgandek entikishlari... uning go’dagi dunyoga o’z tavalludi xaqida jar solmoqi bo’lgandek, qip-qizil jajji yuzidagi kattakon og’zini ochgancha qichqirganini ko’rganda, nurli kunlar edi...
U o’rnidan turdi. Kalta qilib kestirilgan sochlarini qo’li bilan to’zitib, xayollarini quvmoqqa urindi.
- Bo’ldi! Bas! Yetar!.. Bemorlikni xam eplolmayapman-a? - dedi yonidagi karavotda yotgan dumalok xotinga qarab. Dumaloq xotin indamadi. Unga termulgancha yotaverdi. Demak, tushunmabdi. Mayli ayol kishining fahmi xamma narsaga yetavermagani ham tuzuk.
-Xotin aka, deya eri uni chaqirganini eshitsa, indamadi. Xotin aka, -eri oshxonada paydo bo’ldi. - Nima ovqat bo’lyapti?
-Osh dedingiz-ku, - zarda kildi u. Eri uning belidan tutdi.
-Voy, ko’rib qolishadi.
-Ko’rishsa nima? - dedi eri, lekin qo’yvordi. Men sizni xammaning oldida quchgim keladi. Agar bilsangiz... Mayli, oshni yeb olib, bir dardlashamiz-a?
-Oshni damlayman-u, o’zinglar suzasizlar.
-Qayoqqa yana?
-O’ynagani, yana asabiylashib dedi u. - Qaro terga botib kitob titishni o’ynab kelish, deysizlar-ku...
- Olib kelsangiz bo’lmaydimi uyga, dedi eri derazaga qarab.
- Birinchidan, -biqillab qaynayotgan guruchga yog’och koshiqni jahl bilan botirar ekan dedi u, - bu kitoblar uyga berilmaydi.
Ikkinchidan esa, uyga olib kelgan taqdirimda xam biror marta o’tirib o’qiy ol-ganmanmi? Cho’rilikdan bo’shamayman-ku. Hali u, hali bu... Men ham odamlarga o’xshab...
-Gap gapirib bo’lmay qolibdi. Kechiradilar. Doim vazmin erini u tanimay qoldi. – Xo’sh, nima deysan? Ovqatni men qilaymi? Kirni kim yuvsin? Uyni-chi, hovlini-chi? Taksimlab beraqol xammamizga. Kelinjonimiz kandidat bo’lib olmagunlaricha ishlayveramiz, - endi tutoqish navbati eriga o’tgandi. - Koshki...
-Eplolsang, demoqchisiz-a? Aytavering rostini. Qo’lingdan kelmaydi, demoqchimisiz?
- E bor-c. Bilganingni qilmaysanmi? -Eri oshxona eshigini zarb bilan ochgandi, devorlar zirillab ketdi, Lekin bilib ol, ishingning alamini bizdan olma! Dars etib eshik bekildi.
U eridagi bu kayfiyatni ilk bora ko’rgani sababmi, qo’rqib ketdi-yu, ammo o’zicha tinmay takrorlayverdi: , yo hozir yo hech qachon..."
- Yangi kasal kim?- Palata eshigidan farrosh xola ko’rindi. Kimni bugun "Tez yordam"da olib kelishdi.
- Bular.
- Mana, burchakdagi yotgan xotin.
- Men,-dedi u o’rnidan sakrab turib. Qachon yotishga ulguribdi. Xayol bilan yana yotvolibdi-da.
- Sizga kelishdi... Yura olasizmi?
- Albatta.
U shoshgancha xalatini egniga tashlab yugurib borayotgan edi, eshikda hamshira qizga urilib ketdi.
- Qaerga ketyapsiz? – so’radi hamshira.
- Kelishibdi... - dedi u eshik tomon oshiqib.
- Sizga yurish mumkinmas. Joyingizga yoting.
- Yo’g’-e, axir.
- Tuzukka o’xshayverasiz-da, - dedi o’jar hamshira. - Kardiogrammangizdan keyin shu qarorga kelindi, qimirlamay yotishingiz kerak.
- Voy, o’lay! – go’yo yuragi chakkalariga chiqib ketdi shunda. - yotolmayman axir?
- Qani yoting-chi, - kichkirdi ingichka ovozli hamshira, - Iya, bu yer sizga bog’chami? Kap-katta, tushungan xotinsiz.
U yotishga majbur bo’ldi. Hamshira yosh bo’lishiga karamay, g’ayri tabiiy ravishda vaysardi:
- Kirgizishadi xozir. Uzlari kirishadi hozir. Yot degandan keyin yotish kerak-da. Qimirlamay yotish kerak... - Hamshira tinmay javrab, dori tarkatishga tushdi.
"Kim keldi ekan-a? – o’yladi u. - Nahotki, eri kelgan bo’lsa? Yo’k. Endi xech qachon kelolmaydi".
U ishdan kelishi bilan darvozaxonani supurayotgan kaynonasini ko’rdi. Hijolat bo’ldi.
- Voy, oyi, qo’ying.
- Menga fizkul'tura, bolam, - dedi qaynonasi supurgini bermay.
- Oyijon, bo’ldi endi. Shuncha qiynalganingpz yetar. Endi hamma yumushlarni o’zim qilaman.
Qaynonasi belini ushlab unga tikilib koldi.
- Ha oyijon, bo’ldi, - endi sevinchini ichiga sig’dirolmadi. - Tamom, ishimni yozib tugatdim.
- Voy, o’rgilay, - qaynonasi tishsiz og’zini ochib kulardi. Voy xudoga shukur-a, bolam. Menga-ku, shu ishingizning keragi yo’q-a, lekin o’zingizni qiynaga-ningizni ko’rib chidayolmasdim. Kechasi ham uyku yo’k, o’ql-yoz, o’qi-yoz! Yolg’izgina o’g’lim ham siqilib koldi-da, bolam. Voy, aytgancha kira koling.
Mazasi yo’k. Yotvolgan juda...
U uchib bordi. Eri yotgan xona tamaki xidiga to’lgan edi.
Adasi, tinchlikmi?-dedi u yotgan erining peshonasidan tutib. – Voy , isitmangiz baland-ku.
Eri indamay shipga bokib yana sigaret tutatardi. Bunday "sovuq urush" munosabatiga xotini allaqachonoq ko’nikkanini bilardi.
Isitmasini o’lchashdi. Juda baland. Otash bo’lib yonayotgandi eri.
Qattiq qo’rqdi. "Tez yordam" kelib erini kasalxonaga olib ketdi. O’zini kasalxonaga kirgizishmadi. Do’xtirlarga qancha yalinmasin, erining yoniga ko’yishmadi. Uyga qaytdi. O’g’li, qaynonasi bilan ancha mahalgacha o’tirishdi. O’ylab qarasa, qancha vaqtdan beri shunday o’tirmagan ekan.
Ertalab azonda turdi. Kaynonasi boshlab ko’ygan qaynatmani pishirib olib, kasalxonaga jo’nadi. Bora-borguncha erini o’yladi. O’zaro munosabatlarini o’yla-di. Bir-birining mehrisiz yashashga o’rganib qolishganini anglab, qo’rqdi. O’zining aybdorligini bildi. Hozir borib albatta eridan uzr so’raydi. "Sizga qaramay qo’yganim uchun kechiring", deydi. Mayli, endi eri tuzalib olsa, xuddi avvalgidek bo’lishsinki, ularga hammaning havasi kelsin.
Kasalxona bo’limi juda yorug’ edi. Tong otganiga karamay ulkan qandillar o’chirilmagani uchun xamma narsa kaftdagidek aniq ko’rinardi. U shoshgancha uydan olgan xalatini yelkasiga ildi-yu, ruxsat so’rashga odam kutmay "lip" etib to’rt raqamli palataga o’zini urdi. Kiraverishda o’ng burchakdagi bemor oldida bir ayol bosh egib o’tirardi.
"Shunday mexribon xotinlar ham bor, - dedi o’ziga - Kechasi bilan qolgan bo’lsa ajab emas". Yana o’zidan xijolat bo’ldi. Yo’q endi shunday bo’lsinki... ammo yotgan kasallar ichida erini topolmay yuragi gursillay boshladi. Tashqariga chiqdi. Hamshira juvonni ko’rib, sekin imladi.
-Kecha erimni zotiljam bilan olib kelishgandi...
- Voy! - dedi xamshira. - Bu yerga kirish mumkin emas!
- Shovqin solmang, aylanay, - dedn u na hamshiraning kissasiga pul soldi. Hamshira o’zgardi-qoldi. Buni qarang, kecha shunday qilish xayoliga kelmabdi-ya.
Hamshira endi mehribonlar tilida (sun'iy bo’lsa-da) gapirdi:
- Kecha to’rtinchiga olib kelishganmi?
- Ha...
- Familiyalari? Abdu...
- Abdumalikov.
- Ha... Yotibdilar-ku, kiravering. Burchakda yotibdilar. Xotinlari xam kelgan.
U so’nggi jumlani avval anglamadi. Faqat palata eshigiga yetgandagina "Nima?" dedi qayrilib. Hamshira boshqa palataga kirib ketgandi.
Yana o’sha xonaga kirdi. Yana shu xotinga ko’zi tushdi. "Ie, xotinning qo’li erining peshonasida?..."
Qaqqaygancha turib koldi. Begona. ayol unga qayrilib qaradi. So’ng birdan o’ziga kelganday seskandi-yu o’rnidan dast ko’tarildi. Eri ko’zini ochdi.
- Mayli - dedi begona xotin. - Men boray.
- Mayli... - Erining tovushi xayajonli edi.
- Yo’q to’xtang, - dedi u begona xotinning qo’lidan tutgancha. U xozir imkon kadar o’zini ushlashga tirishardi. - Tanishaylik: Men... xotinlari bo’laman. Siz-chi?
Eri xayajonlana boshladi. So’ng to’ng’illagancha dedi:
- Ko’yvor uni. Men aytaman uning kimligini.
- Ayting. Keyin qo’yvoraman, - dedi o’z ovozini tanimay. - Ismingiz nima?
- Otimni nima qilasiz? - surlarcha qaradi begona ayol.
Palatadagilar xayratda kuzatishardi. Kasal eri xam tuzalgandek bo’ldi. Karavotida o’tirib oldi:
- Qo’yvor uni. O’zim aytaman uning kimligini.
- Oti nima? U endi o’zini ushlolmadi.
- Oti... - Eri ko’zlari olaygancha o’shqirdi: - Muhabbat oti...
- Muhabbat otim, - dedi begona ayol.
Madori ketdi. Necha oy-yillardan beri tinmay o’qish bilan band bo’lgan ko’zlardan, ayolligini unutib, ko’zguga boqmay qo’ygan o’sha ko’zlardan yosh sizdi.
Begona ayol qochib ketdi. Eri ko’z yoshdan eridi shekilli, nimalardir deya ovutdi. Ovutdimi yo o’zini oqladimi? O’zini oqladi chamasi...
U olib borgan ovqatni majolsizgina olib qo’ydi.
- Mayli, dedi ovozi titrab, - mayli tuzalib qoling.
Asta xonadan chiqdi. Tezroq ketish kerak. Tezroq! Ko’z yoshini ko’rishmasin...
Ustiga shunchaki tashlab olgan xalati yo’lda tushib qolaverdi. U holsiz yurib, zina tomonga qayrildi. Endi zinalardan tushib olish qolgandi. Zinalar... Ulardan allaqachon tushib bo’lgan ekan-ku. Cho’qqiday tuyulgan ekan pastga eltuvchi zina
pog’onalari...
Qaynonasining gapini esladi: "Oshni damlagan odam suzadi..."
Mana eri yotgan kasalxonaning yop-yorug’ bo’limidan chiqdi. Tashkari hali juda yorug’mas. Endi chidash kerak. Palata eshigida farrosh xola ko’rindi:
- Juda kutib koldingiz-a? Xozir. Xalat o’lgur kam-da. Narigi palatadagi amakiga uch kishi kelibdi. Ketishsin, bittasini olib beraman.
"Kim ekan-a?" deb o’yladi.
- Kelgan kim ekan-a? – so’radi so’ng.
- Erkak kishi o’rgilay, - dedi farrosh xola negadir kulib. - Bugun yotsangiz, bugun qidirib keladigan kim axir? Eringiz-da...
"Nahotki, - o’yladi u. - Nima deyman? O’zimni qanday tutaman? Nega keldi? Ancha o’rgangan edim usiz yashashga..."
Xech tinchlana olmadi. Begona ayolning yuzini eslashga qancha tirishsin, xech bo’lmadi. Faqat birovning eriga mehrli nigohigina yodida qolibdi. Ko’tarolmadi. Xayajonidanmi? Nafratdanmi? Muhabbatdanmi? Rashkdanmi? Ko’tarolmadi.
Dissertatsiyasi himoyasi kunlarida "Tez yordam"ga muhtoj bo’lib koldi. Mana, yotibdi. Hozir yoniga kimdir keladi. Kim?..
Beg’ubor bolaligini ehtirosli muhabbatga, muxabbatni ilmga almashgan ayol, ko’zlari nursiz va zaif jussasi yanada kichiklashgan ayol, turay desa turolmaydigan ayol, hali himoya qilinmagan ilmiy ishning himoyasiz qurboni ayol Muhabbat so’zini bir umrga yomon ko’rdi endi. Begona ayol ismi ekan u...
Xonaga yana farrosh xola kirdi.
-Voy, o’rgilay, ko’zingiz to’rt bo’lib ketdi. Berib yubordim xalatni. Xuv dahliz boshidan kelguncha... Qirqiga chidadingiz, qirq biriga ham chidang...
Kadam tovushlari eshitildi. Qadamlar sadosi yuragining urishiga aks sado edi.
U devorga karab o’girilib oldi. Juda yorug’ joyda uchrashishmasa bo’lardi. Yorug’ bo’lsa, soya ko’rinadi...
Do'stlaringiz bilan baham: |