12-mavzu: 1917-1924-yillarda Xiva va Buxoro va amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi.
XXSR va BXSRning tashkil topishi.
Reja:
Kolesov voqeasi
Amir siyosatidan xalq norozilik harakatining ortib borishi
Amir hokimiyatining ag’darilishi. BXSRning tashkil etilishi
BXSR faoliyatiga aralashuvning kuchayib borishi
F.Xo‘jayev va’da qilgan 30 ming mehnatkash amirga qarshi ko‘tarilmadi. Aksincha, xalq ommasi amirlikni bosqinchilardan himoyaqildi. Ular muqaddas Buxoro uchun shahid bo‘ldilar, ma’lum bo‘ldiki,Buxoroda hech qanday inqilobiy harakat yo‘q edi.Amir o‘z fuqarolarining fidoyiligi va o‘z Vataniga bo‘lgan sadoqatiniko‘rib, ularni himoya qilish uchun juda ustalik bilan taktik hiylaIshlatdi. U «Yosh buxoroliklar»ning hamma talablariga rozi ekanligihaqidagi xat bilan birga o‘tkazajak islohot matnini ham Kolesovgayubordi. Amir xatda butunlay taslim bo‘lishga va hatto, qurolsizlantirilishigaham rozi ekanligini o‘z muhri bilan tasdiqlab qo‘ygan edi.Bunga to‘la ishongan Kolesov askarlarini tezlik bilan Yangi Buxorogachekinishi uchun buyruq berdi. O‘zi ham amirni Buxorodan 12chaqirim uzoqlikdagi Kogon shahriga taklif etib, u yerga chekindi.Muzokara boshlandi. Ammo muzokaraga amir betobligi uchun kelolmadideb sabab ko‘rsatdilar. Bu paytda yuzaga kelgan fursatdan foydalanib,amirning odamlari va mahalliy xalq yuz chaqirimdan ko‘proqmasofadagi temiryo‘lni buzib, telefon yog‘ochlarini yiqitib, simlariniuzib tashladilar. Bosqinchi armiya shu alfozda qopqonga tushib qoldi.Chorjo‘y, Marv, Samarqand va Qarshiga boradigan temiryo‘llar buzibtashlangan edi.
Bexatar joyda g‘alabani kutib turgan Buxoro inqilobiy qo‘mitasi(Fayzulla Xo‘jayev, Ota Xo‘jayev, Fitrat, Burhonov, Agdarov, Po‘latovva Fazlitdin Maxsum) ham Kolesov poyezdida orqaga qochishgamajbur bo‘ldi. Bir necha bor amirning odamlari kelib, ularni hechbo‘lmasa, Xo‘jayev, Fitrat va Burhonovni chiqarib berishni talab qildilar.Ammo Kolesov bunga rozi
bo‘lmadi.
Nihoyat, uch kecha-kunduzda Kolesov arang Qizil Tepaga yetibkeldi. Tez orada Qizil Tepada yarash bitimi imzolandi. Bu bitimga1868-yilda Rossiya bilan Buxoro o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosqilib olindi. Amir Buxoroda ruslar yashaydigan joylarda sovethokimiyatini tan olish majburiyatini oldi. Shuningdek, amirga buzilgantemiryo‘lni tuzatish, o‘z armiyasini 12 ming kishidan oshirmaslikhamda sovet hukumatiga yuz vagon bug‘doy berish majburiyati yuklandi.Sovet hukumati esa Buxoroning mustaqilligini tan olishga va ungatovon to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu to‘g‘rida amir Sayid Olimxon o‘zxotira asarida quyidagilarni yozgan edi: «Bu urushdan so‘ng Lenin vaTrotskiy tomonidan bolsheviklarning raisi sifatida Eliava1 va Broydadegan kishi muxtor vazir bo‘lib Buxoroga keldi. U kishi bandayi ojizbilan so‘zlashib, Buxoro mustaqilligini butunlay menga bermoqchibo‘ldi hamda harbiy qurol bilan yordam berishga va’da berdi, hattoyuz yil oldin Buxoro davlatiga qarashli bo‘lgan yerlarni menga qaytaribbermoqchi ham bo‘ldi. Shu bilan birga ellik ming miltiq, beshyuz to‘p- pulemyot, ellik aeroplan, ellik million so‘m tillo to‘lashgava’da berdi.
Sovet davlati tomonidan Akselrod2 degan kishi Buxoro davlatigaelchi qilib, tayin etildi. Afg‘oniston davlatiga nisbatan do‘stlikistehkomlarini tuzib, Toshkentdan menga o‘n bitta o‘qsiz to‘p sovg‘aqilib yuborishdi. Bolsheviklarning muomalalarini qanday ekanliginishu o‘qsiz to‘pdan bilib oldim. Bu ojiz banda bolsheviklar va ularningelchilari muomalalarini kelishuvga muvofiq ish olib bormaganliklariniko‘rganimdan so‘ng xayolimga bir fikr keldi. Shu sababdan men askarva harbiy qurollarni tayyorlash ishiga kirishdim. Ikki yil ichida Buxorodaharbiy va qurol-aslahalar to‘plab, qo‘shinlarni urushga tayyorturish darajasigacha olib keldim».Sovet hukumati bir tomondan Amirni aldash bilan mashg‘ulbo‘lsa, ikkinchi tomondan shartnomaga xiyonatkorona Buxorodadavlat to‘ntarishi yasash uchun Fayzulla Xo‘jayev bosh bo‘lgan «Yoshbuxoroliklar» guruhiga iqtisodiy, ma’naviy va tashkiliy jihatdan kata yordam berib turdi. Bunda asosan ikki maqsad kutilgan edi. BirinchisiBuxoroni tez orada butunlay Rossiyaga qo‘shib olish. Ikkinchisi uningko‘p yillik afsonaviy oltin zaxirasini qo‘lga kiritish edi.
Kolesov bosqini har ikki tomon uchun ham juda katta talafotkeltirdi.
Bu Turkiston sovet hukumatining mahalliy musulmonlarga nisbatanQo‘qon fojiasidan keyingi ikkinchi bosqinchilik urushi bo‘ldi.Hozircha har ikki tomondan qurbon bo‘lganlarning soni to‘la aniqlanganemas. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra ular bir yarim mingdanbesh mingtacha bo‘lgan1. Shu urushning tashkilotchisi F.Xo‘jayevningyozishicha, jami 3000 kishi halok bo‘lgan. Buni u Buxoroningso‘nggi 6000 yillik tarixidagi «juda ham ko‘zga tashlanuvchi qonlidog‘», «amir va uning hukumati yo‘l qo‘ygan buyuk jinoyatdir» debbaholaydi. Bu, albatta, sovet mustamlakachiligi va kompartiya mafkurasiniqabul qilgan va unga aldangan F.Xo‘jayevning xulosasidir.Bu urushdan jadidlar katta talafot ko‘rdilar va badnom bo‘ldilar.Buxoro xalqi amirdan F.Xo‘jayev va boshqa jadidlarni xoin sifatidaosib o‘ldirishni talab qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |