Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021



Download 0,58 Mb.
bet2/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

O’UBB: ______B.Primqulov.
KIRISH.
Mustaqillik O‘zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning 27 yilligi mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami asrlarga tatigulik bo‘ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan Milliy dastur o‘z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qarama-qarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur.
Ushbu dastur «O‘zbekiston tarixi» fanini xalqimizning Sovet hokimiyatini o‘rnatilishidan mustaqillikkacha bosib o‘tgan murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganish, mamlakatimizning demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari, jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda fanning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, fanning tarkibi va tuzilishi, uni tashkil qilish va boshqarish, fanning tasnifi kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, “O‘zbekiston tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ushbu dastur Sovet hokimiyatining Turkistondagi mustamlaka boshqaruv tizimi, uning funksiyalari, Turkiston o‘lkasi moddiy boyliklarini Rossiya imperiyasi manfaatlari yo‘lida ekspluatatsiya qilinishi, mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasi mahalliy xalqlarining madaniy, ma’naviy hayoti, Turkiston Muxtoriyati milliy davlatchilikning namunasi sifatida, muxtoriyatning yo‘q qilinishi sovetlarga qarshi kurash, O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish, O‘zbekiston II jahon urushi yillarida shuningdek, bu davr tarixan qisqa bo‘lishga qaramay o‘z ziddiyatligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Fanda ko‘tarilgan masalalar respublikani o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarini batafsil o‘rganadi.
Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, O‘zbekiston tarixining “O‘zbekiston mustamlaka va sovet totalitarizmi sharoitida” haqidagi bilimlarni qaror toptirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi, tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlar o‘zlashtira borish, ularni jamiyatga bog‘lik bo‘lgan hodisalarni ko‘rsatishdir
Fanning vazifasi - jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg‘unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib berish, tarix fanining asosiy yo‘nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o‘rnini tushuntirishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar


«O‘zbekiston tarixi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
O‘zbekiston tarixining asosiy bosqichlari; O‘zbekiston tarixining ma’lum bir tarixiy hodisalari; jahon tarixida O‘zbekistonning tutgan o‘rni;
zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi; tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan O‘zbekiston tarixi muammolarning ishlab chiqilishi jarayonlarini bilishi kerak;
O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolarini o‘rganish va metodologiyasini ishlab chiqishda milliy g‘oyaning ahamiyati; O‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi haqida; O‘rta Osiyo Renessansi; O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishi; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Vatan tarixini bilish; ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo‘lishi; bakalavriat yo‘nalishiga mutanosib ravishda raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘zini kamolotga yetkazish ustida ishlay bilishi; ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo‘sh o‘rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo‘lishi; bakalavriatning tegishli yo‘nalishi doirasida tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura oliy ta’limini davom ettirish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi
O‘zbekiston tarixi fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 1-6 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan Arxeologiya, Tarixiy o‘lkashunoslik, Ibtidoiy jamoa tarixi, Antropologiya, Tarixiy geografiya, Jahon tarixi, Falsafa fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Ilmiy tadqiqot muassasalarida, laboratoriyalarda kichik ilmiy xodim va yordamchi lavozimlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi; umumiy va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim (shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, o‘rta umumta’lim maktablarida) darslarni olib borishlari lozim.
Shuning uchun o‘quv yurtlarida tarix va fan o‘qituvchisi sifatida va uslubiyat ishlari bo‘yicha mas’ul vazifalarni bajarishi; muzey lektori va ekskursavodlar sifatida lektorlik, ekskursiya ishlarida; vazirliklarning o‘quv ilmiy bilimlari, tarmoq institutlari, oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida ishlash kabi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi va tarix fanlaridan dars berishi mumkin.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning O‘zbekiston tarixi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan hamda o‘quv xaritalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda ularga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Asosiy qism

Fanning uzviy jihatdan ketma-ketligi.


Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talablar mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, islohatlarning ustuvor masalalariniqarab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.

MA’RUZALAR MATNI



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish