Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021


-ma’ruza: «Turkiston muxtoriyati» milliy - demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi



Download 0,58 Mb.
bet6/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

4-ma’ruza: «Turkiston muxtoriyati» milliy - demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi
Reja:

  1. Butunturkiston musulmonlarining III va IV qurultoyi va unda ko’rilgan masalalar

  2. Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi va uning boshqaruv tizimi

  3. Turkiston muxtortiyatinming xalq tomonidan qo’llab qo’vvatlanishi



Fevral burjua-demokratik inqilobidan so‘ng Turkistonda qaror topgan muvaqqat hukumatining Turkiston qo‘mitasi, kadetlar, eserlar va mensheviklar partiyalarining vakillari Turkiston o‘lkasi xalqlariga muxtoriyat huquqi berish tarafdorlari bo ‘ lishadi. Ammo afsuslanadigan joyi shundaki, Turkiston muxtoriyati masalasida tub yerli musulmon xalqlarining istiqlol harakati fidoiylari saflarida muvaffaqiyat va yutuqning eng zarur sharti - o‘zaro birlik, hamdardlik va hamkorlik bo‘lmaydi. Taqqoslash ma’nosida quyida xarakterli bir misolni kelti- rish ibratli saboqdir. Turkiston eserlari 1918-yilning 8-10-yanvarida bo‘lib o‘tgan ikkinchi qurultoylarida Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumatini qo‘llab-quwatlabgina qolmadilar, hatto xalq majlisiga o‘z vakillari Skomoroxovni yuborishga qaror qildi­lar. Mahalliy musulmonlar vakillari bo‘lgan «Sho‘roi Ulamo» jamiyati esa har galgidek bu safar ham Toshkentdagi Jome’ masjidi maydonidagi miting davomida Turkiston umummusulmonlarining yagona jabhasini bo‘lib yuborish yo‘lidan bordilar. Bu quyidagi hollarda o‘z aks-sadosini topdi. Jome’ masjididagi mitingda «Sho‘roi Ulamo» jamiyati vakillari so‘zga chiqib muvaqqat hukumatni tanqid qiladilar16, «...ular shu vaqtgacha bizning manfaatimiz uchun hech narsa qilolgani yo‘q», deydilar va uni qo‘llashdan bosh tortdilar. Bu oddiy xalq ommasini gangitib boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yar edi. Chunki Turkiston Muxtoriyati va uning hukumati Muvaqqat hukumatni himoya qilayotgan edi. «Ulug‘ Turkiston» gazetasining qayd etishicha, ulamochilaming tutgan yo‘li musulmonlar o‘rtasida keng tarqalib, fikrlaming bo‘linishiga sabab bo‘lgan. Ularning ba’zilari hayron bo‘lib: «Bu qanaqasi?! Awaliga «Ulamo» bizni Muxtoriyat uchun qasamyod qildirdi, endi esa qarshi bo‘lishga chaqiryaptimi?». Darvoqe mazkur mitingda bundan-buyon Toshkentda alohida muxtoriyat e’lon qilinib, uning nomidan ish ko‘rilishiga qaror qilinadi17. Bu voqea keng jamoatchilik o‘rtasida parokandalikka sabab bo‘ldi. Hatto «Ulamo» jamiyati safida ham tushunmovchiliklami keltirib chiqardi. Jumladan, Toshkent «Ulamo» jamiyati Turkiston Muxtoriyatini tan olmasdan o‘zlariga boshqa bir «Toshkent ulamosi jumhuriyati» deb ataluvchi muxtoriyatni tashkil etish borasidagi xabar farg‘onalik ulamolaming qulog‘iga yetib borgach, ular to‘planishib darhol bu masalani muhokama qiladilar. Toshkentlik ulamolaming bunday xatti-harakatidan norozi bo‘lgan farg‘onaliklar yagona bir fikrga kelishib Toshkent «Sho‘roi Ulamo»siga murojaat etdilar. Bu murojaatnomani Toshkentga qo‘qonlik ulamo Mullo Kamol Qozi va marg‘ilonlikdomullo Qosimjon qozi olib kelgan edi. Murojaatnomada farg‘onalik ulamolar o‘z maslakdoshlarini umumturkiston ittifoqidan ajralmaslikka da’vat etdilar18. Unda quyidagi jumlalami o‘qiymiz: «Rus zolimlaridan xalos bo‘lmoqlik uchun Turkiston ahli va uning vakillari Muxtoriyat e’lon qildilar. Shunday muhim va mas’uliyatli vaziyatda biz ixtilof holatida bo‘lishimiz yaxshi emasdur. Muborak vatanimizni va dinimizni salomatligiga Ittifoq va Ittihoddadur»19. Farg‘ona ulamolari o‘z murojaatlarida «Hadis»dan musulmon ummati birligi to‘g‘risida aytilgan so‘zlami namuna tariqasida keltirib, umummusulmonlar birligini mustahkamlash va Turkiston muxtoriyati atrofida yanada kuchliroq jipslashishga da’vat etdilar.
Turkiston muxtoriyatini himoya qilishda Qo‘qon shahrida o‘z ishini boshlagan musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining I favqulodda qurultoyi qabul qilgan qarorlaming ahamiyati katta bo‘ldi. Mazkur qurultoyda 200 ga yaqin vakil qatnashdi: 93 kishi Farg‘ona viloyatidan, 40 kishi - Samarqand viloyatidan, 30 kishi - Sirdaryo viloyatidan, 5 kishi - Kaspiyortidan, 4 kishi - Buxorodan va hokazo. Qurultoy ishida turli guruh va tashkilotlaming vakillari qatnashadilar. «Musulmon mehnatkashlar»dan 100 kishiga yaqin, xizmatchi va dehqonlardan - 10, musulmon askarlardan - 16, ishchilardan - 2, xususiy jamiyatlardan -5, viloyat sho‘ro vakilidan - 1, sartarosh - 1, talabalardan - 6 kishi edi20. Mazkur qurultoy o‘z tarkibiga ko‘ra o‘z mohiyati va xarakterini ochiq-oydin ifoda etsa-da, bolsheviklar qurultoyni tan olmasliklari aniq edi. Lekin shunga qaramasdan, o‘z vaqtida «Ulug‘ Turkiston» gazetasi bu haqda shunday yozgan edi: «Bolshevoylar bunga qadar Qo‘qonda bo‘lg‘on 4-favqulodda musulmonlar syezdini boylar ila mullalar (burjuylar) qurultoyi deb qaradilar va shul bahona ila idorani muxtoriyat hukumatiga bermiylar edi. Endi bu bahonag‘a joy qolmag‘on bo‘lsa kerak. Chunki hozir Turkiston muxtoriyati rabochiy, dehqon va ular tarafidan buyuk bir miqdorda vakillar saylanib, muxtoriyat idorasi tamomila demokratiya asosina qo‘yildi. Bundan so‘ng bolshevoylar qanday bir bahona topib muxtoriyatta qarshi turalar ekan?»'.
Turkiston muxtoriyatiga nisbatan munosabat Qo‘qonda ochilgan qurultoyning bosh vazifasi hisoblanar edi. Musulmonlaming ishchi, askar va dehqon deputatlari 1-Qurultoyining ochilishini Turkiston Harbiy Kengashi rahbari Orif Klevleev, Qo‘qon musulmonlari Harbiy Kengashi vakili askar Ismat Ubaydullin, Kavkaz musulmonlaridan Piri Mirsilzoda, Samarqand ishchi va askar deputatlari Kengashi vakili Ponomarev, Qo‘qon uyezd komissari Akayev, Toshkent Harbiy Kengashi a’zosi Sultonov, Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari O.Mahmudov va boshqalar qutlashdi. Qurultoyda Muvaqqat xalq majlisi nomidan Islom Shoahmedov va eserlaming vakili Miller nutq so‘zlab tabrikladilar.
Qurultoy ishtirokchilari 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xunrezlik va fojialar munosabati bilan qurbon bo‘lganlar xotirasini yodga oldilar va Qur’oni Karimdan tilovatlar o‘qidilar. Shundan so‘ng qurultoy hay’ati saylandi. Uning tarkibiga Abdulla Avloniy, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar kiritildi21.
Kun tartibidagi Turkiston Muxtoriyatiga munosabat masalasi qurultoyda keskin bahs, munozaralar va tortishuvlar bilan bir necha kun muhokama qilindi. Nihoyat qurultoy Turkiston muxtoriyati Muvaqqat hukumatini qo‘llab-quwatlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qurultoy qabul qilgan qarorda musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari anjumani vakillarini Turkiston muxtoriyati muvaqqat hukumati tarkibiga kiritishni maqsadga muvofiq deb topiladi.
Qurultoyda Xalq komissarlari Kengashi raisi V.I.Lenin nomiga telegaramma yuborishga qaror qilindi. 1917-yil 27-dekabrda jo‘natilgan telegrammada bunday deyilgan edi: «Xalq Komissarlari Kengashi e’lon qilgan shiorlar Turkistonda joriy etilmoqda. Butun Turkiston xalqi qurultoyda Turkiston Muxtoriyatini bir ovozdan e’lon qildi va Turkiston Ta’sis majlisiga o‘lkani boshqarishning so‘nggi shaklini ishlab chiqish taklif etildi. Barcha shahar va qishloqlaming turli tashkilotlari namoyishlar va qarorlarida muxtoriyatning e’lon qilinishini qo‘llab-quwatlayaptilar. Saylangan Xalq Kengashida ruslar va yevropaliklar shahar va qishloq aholisining 2 foizini tashkil etsa-da, biz tomonimizdan 33 foiz o‘rin ajratilgan, xalqlaming urushiga chek qo‘yilishi, anneksiya va kontribusiyasiz sulh tuzilishiga bir ovozdan qo‘shilamiz.
Musulmon proletariatining favqulodda Qurultoyi Xalq ko- missarlari Kengashi tomonidan Turkiston muxtoriyatining mus- tahkamlanishi uchun haqiqiy choralar ko'nladi, shu bilan xalqlaming o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash to‘g‘risidagi shiorining qat’iyligi va bunga chin dildan intilayotganligini namoyish etadi, deb ishonadi. Turkiston musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining 1-favqulodda qurultoyida qabul etilgan qarorlar haqida ma’lumot berib, sizlardan Rossiya demokratik respublikasining oliy hokimiyati sifatida Toshkent Xalq Komissarlari Sho‘ro hokimiyatini Turkiston muvaqqat hukumatiga topshirish to‘g‘risida farmoyish berishingizni so‘raymiz, Bu bilan siz Turkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya va qo‘sh hokimiyatchilikdan qutqargan bo‘iur edingiz»22.
Mazkur telegrammaga 1918-yil 5 yanvarda Sho‘ro hukumatining millatlar ishlari bo‘yicha komissari I.V.Stalindan quyidagi mazmunda javob keladi: «Toshkentdagi Sho‘ro komissariatini yo'q etish haqida Petrogradga murojaat qilishning ehtiyoji yo‘q, agar komissariatni istamasangiz, uni kuch bilan yo‘qota bilasiz?»23. Butun Rossiya Ta’sis majlisiga Farg‘onadan saylangan eser Vadim Chaykinning Qo‘qonda tashkil topgan muxtor jumhuriyatni saqlab qolishda yordam so‘rab o‘sha I.V.Stalinga telegraf orqali murojaatiga kelgan javobi ham xuddi shu telegramma ruhida yozilgan edi.
Bu telegramma o'z mohiyat-mazmuniga ko‘ra Sho‘ro hukumati zo‘rlikka tayanuvchi mustamlakachilik siyosatining yorqin ko‘rinishi edi. Chunki uning mazmuniga ko‘ra Sho‘ro hukumati Turkiston o‘lkasidagi tub yerli musulmon aholi istak-xohishi bilan hisoblashmas, o‘z taqdirini o‘zi belgilamoqchi boigan o‘lka xalqlarini Sho‘ro Rossiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon to‘kishga, umshga chorlar edi. Petrograddagi mustamlakachi bolsheviklar bu urushda albatta g‘alaba qozonajaklarini yaxshi bilar edilar. Turkiston muxtoriyatida kuch yo‘q edi, u hali hokimiyat sifatida batamom shakllanib ulgurmagan edi.
Toshkent Sho‘ro hukumati Turkiston muxtoriyati timsolida opining asosiy raqibini ko‘rdi va uni yo‘q qilish uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi. Buni Toshkentdagi Sho‘ro komissari bolshevik P.G.Poltoraskiyning musulmonlar ishchi, askar va dehqon deputatlarining favqulodda 1-qurultoyida so‘zlagan nutqi mazmunidan ham payqab olish mumkin. U bunday degan edi: «Biz kambag‘allaming muxtoriyatiga qarshi emasmiz, ammo biz boylaming muxtoriyatiga qarshimiz. Biz muxtoriyat uchun kurashar ekanmiz, burjuaziya qo‘lidagi hokimiyatni o‘zimiz uchun tortib olganimiz yo‘q, biz ishchi sinfi va kambag‘allar uchun tortib oldik. Biz hokimiyatni rus burjuaziyasi qo‘liga topshirish uchun tortib olganimiz yo‘q. Hokimiyatni biz ishchi va askar deputatlari Sho‘ro uchun oldik. Biz musulmon mehnatkashlarini o‘z tarafimizga qo‘shilishlari uchun ishlab keldik va ishlayveramiz»24.
P.G.Poltoraskiyning nutqi munosabati bilan qurultoy qatnash- chilari unga o‘z munosabatlarini bildirdilar va ushbu masalada maxsus qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda quyidagilami o‘qiymiz: «27-noyabrda bo‘lib o‘tgan umummusulmon syezdida Turkistonning muxtoriyat deb e’lon qilinishi munosabati bilan o‘lkada vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib, o‘lka qurultoyi shuni bayon qiladiki, bu qurultoy burjuaziya qurultoyi bo‘ldi, degan gaplami ba’zi guruhlar tomonidan tarqalishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Zero, 27 noyabrdagi qurultoy umummusulmonlar qurultoyi bo‘lib, unda butun aholi vakillari qatnashdi. Mazkur qurultoy mavjud Sho‘roga va Turkiston Muxtoriyati hukumatiga to‘la ishonchdadir, uning tarkibi ishchi va dehqonlar manfaati uchun xizmat qiluvchi taraqqiyparvar ziyolilarimiz hamda diniy tarbiyachilarimiz - Qur’oni sharifni o‘rgatuvchi inqilobiy domlalarimizdan iborat. «Ichki ishlarga» aralashishlami nomaqbul deb bilgan qurultoy «rus demokratlarini» «Sharq xalqlariga murojaatnoma»dagi shiorlarni amalda ko‘rsatish va unga rioya etishga chaqiradi»25.
Qurultoy daTurkiston Muxtoriyatini qo ‘ llab-quwatlash to ‘ g ‘risida qaror qabul qilingach, P.G.Poltoraskiy va unga qo‘shilganlar guruhi qurultoyni tashlab chiqib ketdilar. Bundan tashqari «Ulug‘ Turkiston» gazetasining yozishicha, Yettisuv qirg‘izlari (qozoqlari) Milliy tashkilotining ba’zi bir vakillari Turkiston Muxtoriyatiga qo‘shilishni istamaydilar va o‘z vakillarini Semipalatinskda o‘tishi mo‘ljallangan «Alash» partiyasi qurultoyiga yuborishga qaror qildilar.
Albatta, Yettisuv musulmonlarining bo‘linishdan iborat tutgan bu yo‘li Turkiston Muxtoriyati uchun kurash jabhasi kuchlarini kuchsizlantirdi. Bundan Toshkent Sho‘rosidagi qizil saltanat mustamlakachilari ustalik bilan foydalanadilar. Ular Turkiston Muxtoriyatini tan olmasdan, o‘zlarining butun diqqat-e’tiborlarini uni yo‘qotishga qaratdilar. Toshkent Sho‘rosii o‘z tashviqot-targ‘ibotla- rida Turkiston Muxtoriyatini keng ommaga aksilinqilobchi, burjua millatchi hukumat deya tushuntirdilar. Bu borada ularga «Nasha gazeta» gazetasi qo‘l keldi.
Toshkent Sho‘rosi Turkiston Muxtoriyatini yakkalab qo‘yish maqsadlarini ko'zlab barcha imkoniyatlami ishga soldilar. Toshkent shahar Dumasini tarqatdi, «Turkestanskiy vestnik» gazetasini yopib qo‘ydi va hokazo26. Sho‘ro hukumatining bu va shunga o‘xshash tadbirlari Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan amaliy va rejali hujum boshlanganligidan dalolat berar edi.


  1. Download 0,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish