Mavzu:Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Reja:
1. Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayoni
2. Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
3. Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etilishi.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozimO‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
“Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov.
O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
“Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.
Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi.
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova). O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.