OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR YO’NALISHI)
3-BOSQICH TALABASI AMANOV ABDULHAYNING
«O’ZBEKISTON TARIXI» FANIDAN
« TURKISTON MUXTORIYATI MILLIY DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING DASTLABKI TAJRIBASI» MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN
KURS ISHI
TERMIZ-2022
Mundarija:
Kirish. . 3
I-BOB TURKISTON MUXTORIYATI UCHUN KURASH.
1.1. Turkistonda muxtoriyat uchun kurash
harakatining yuzaga kelishi 5
1.2. Turkiston xalqining muxtoriyatchilik
harakatiga xayrihohligi . .9
II-BOB TURKISTON MUXTORIYATI OZODLIK HARAKATI.
2.1. Turkiston muxtoriyati ozodlik va milliy
davlatchilikning tiklanishi uchun kurash .15
2.2. Turkiston muxtoriyati mahalliy xalqning
milliy ozodlik harakatini ifodasi sifatida .
. 25
Xulosa 28 Ilovalar ..31
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar royxati . ..35
Kirish
Xalqimiz 130 yilga yaqin davr mobaynida podsho Rossiyasi zulmi ostida, shorolar istibdodi iskanjasida yashadi. Bu davrda ular ne-ne kulfatlarni oz boshlaridan kechirmadilar. SHu bois ular doimo oz ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Biroq istiqlolimizgacha tariximizdagi bu ozodlik kurashlari bizdan pinxon tutildi. Ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyatiga yomon tus berildi. Hatto mustaqil davlatimizning bir bo’lagi bo’lgan "Turkiston muxtoriyati" faoliyati adabiyotlar va darsliklarga kiritilmadi, mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar esa "bosmachilik" deb ataldi.Oktyabr tontarishi esa SHarq xalqlari, jumladan Orta Osiyo xalqlariga ozodlik, xurlik olib kelgan, ularning mustaqil taraqqiyot yolini boshlashga imkon bergan "buyuk istiqbol" deb jar solindi. Mustamlakachilar, istibdodchilar tariximizni buzib talqin qildilar, haqiqatni bizdan bekitdilar.Biroq tarixni tuzatib ham, uni qayta yozib ham bolmaydi. U qanday bolsa, shundayligicha qoladi. Prezidentimiz aytganidek «Kochmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi».1 Istiqlolimiz mana shunday haqqoniy tariximizni qayta ochishga, tiklashga uni qanday bolsa shunday organishga imkon yaratdi.Biroq, bugun mana shunday vaziyatda dunyoda goyalar kurashi, yoshlarni ozlari tanlagan yollaridan chalgitish uchun harakatlar keng avj olmoqda. Ayrim goyalar " daho"lari xavoyi gaplar, quyuq vadalar bilan odamlarning boshini qotirishga urinmoqdalar.Bunday sharoitda goyaga qarshi faqat goya. Jaholatga qarshi faqat marifat bilan bahsga kirishi mumkinligi jamiyatimizning milliy goyasi va mafkurasini shakllantirish va uning mazmuni mohiyatini yoshlarimiz ongiga chuqur singdirish zaruriyatini anglatmokda. SHu milliy mafkuramiz biz oldimizga qoygan ezgu-maqsadlarimizga erishuvimizda yunaltiruvchi kuch, bayroq vazivasini otaydi.Bugun siz bilan muxokama etadigan mavzuimiz yurtimiz, xalqimizning shorolar istibdodi iskanjasiga tushgan, dastlab ularning "Siz endi ozodsizlar" degan uydirmalariga uchib, songra magzini chaqib, ular xiyla-nayranglarini barchasi yolgonligini tushunib, oz ozodligi, erki uchun kurash olib borgan davri tarixiga bagishlanadi.Siz bugungi maruzamizda shorolar davrida uydirma va yolgonlar bilan xaspushlangan bu davr tarixining haqiqatini, uning qanday bolsa, shundayligicha bilishga haqlisiz. CHunki jamiyatimizning har bir azosi oz otmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yoldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka orgatadi, irodasini mustahkamlaydi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |