Nazorat savollari
O‘rta Osiyoda fuqarolik urushi bo‘lganmi yoki milliy ozodlik urushi bo‘lganmi?
Milliy ozodlik uchun kurash davri, uning bosqichlari, bu urushning boshlanishi va sabablari nimalardan iborat?
Aslida bu urush milliy ozodlik uchun kurash bo‘lganligini isbotlang.
Milliy ozodlik kurashining harakatlantiruvchi kuchlari tarkibini aniqlab bering.
Istiqlol uchun kurashganlarga umumiy afv e’lon qilish lozimligi qachon va qaysi sabablarga ko‘ra qo‘llanildi?
Muvaqqat Farg‘ona hukumati haqida nimalarni bilasiz?
8-ma’ruza: Xiva xonligining qizil armiya tomonidan tugatilishi
Reja:
TASSR ning tashkil etilishi va huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi
Turkiston kompartiyasining tashkil etilishi
Turkistonda bolsheveklarning yakka hukmronilgining o’rnatilishi
Bolsheviklar istak-xohishiga batamom javob bera oladigan Turkiston Muxtor Sho‘rolar Respublikasi Turkiston o‘lkasi Sho‘- rolarining V qurultoyida tashkil etildi. 0‘lka Sho‘rolarining V qurultoyi 1918-yil 20-aprelda o‘z ishini boshladi. Unda 263 mandatga ega bo‘lgan vakillar qatnashdi. Shulardan 86 kishi bolshevik, 70 so‘l eser va 87 kishi partiyasiz edi. Qurultoyda tub yerli xalq vakillaridan bor-yo‘g‘i 50 ga yaqin kishi qatnashdi. Bu qurultoy vakillarining atigi 20 foizini tashkil etardi. Shu bois qurultoy qabul qilgan qarorlar mahalliy musulmon xalqlarining talab va ehtiyojlarini o‘zida to‘la ifoda etar edi, deb aytish uchun hech qanday asos yo‘q edi.
23-26-aprel kunlari qurultoy sanoat korxonalarini milliylashtirish, temir yo‘l transportidagi ishlaming borishi, yer-suvga doir tadbirlami amalga oshirish, harbiy qurilish, oziq-ovqat ishlarining ahvoli kabi masalalami muhokama qildi va qarorlar qabul qildi. 27-aprelda qabul qilingan «Turkiston Xalq Komissarlari Sho‘rosining nav- batdagi vazifalari to‘g‘risida»gi deklarasiyada ochiqdan-ochiq mustamlakachilik ruhidagi qaror qabul qilindi. Unda: «...Turkiston Rossiya Federatsiyasining tarkibiy qismi boiib qoladi»49, deyilgan edi.
aprelda shaxsan V.I.Leninning ko‘rsatmasi asosida qurultoy RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Muxtor Sho‘rolar Respublikasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va «Turkiston Sho‘ro Respublikasi to‘g‘risida Nizom»ni tasdiqladi.
Qurultoy Turkiston Muxtor Sho‘ro Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini va Xalq Komissarlari Sho‘rosini sayladi. Markaziy Ijroiya Qo‘mita tarkibiga 36 kishi saylandi. Shulardan bolsheviklar va so‘l eserlardan 18 tadan vakil bor edi. Markaziy Ijroiya Qo‘mita raisligiga bolshevik P.A.Kazakov saylandi. Turkiston Respublikasining oliy davlat organlari tarkibiga birinchi marta mahalliy aholi vakillari: Markaziy Ijroiya Qo‘mitaga 7 kishi va Xalq Komissarlari Sho‘rosiga 4 kishi kiritildi. Turkiston Muxtor Sho‘rolar Respublikasining oliy organlariga S.Yusupov, X.Husanboyev, Inog‘omxo‘jayev, Safo Jo‘raboyev, Sanjarbek Asfandiyorov, A.Sha- rafudinov, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev50, Sh.Ostonboyev va boshqalar a’zo bo‘lgan edilar. Rahbarlik o‘rinlarining 80 foizini51 tub yerli bo‘lmagan millatlar vakillari egallab oldilar. Ana shu tariqa Sho‘ro hukumati Turkiston o‘lkasi xalqlarining talab va ehtiyojlarini biz qondirdik, ularga muxtoriyat berdik deb dunyoga jar soldilar. Amalda esa berilgan muxtoriyat tabiatan milliy emas, hududiy edi, xolos. Bu muxtoriyatning barcha samarali mustamlakachi sho‘rolar hukumati manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi.
Bu oddiy haqiqatni yana shundan ham bilish mumkinki, 1918- yil 4-iyulda Moskvada to‘plangan Sho‘rolaming V qurultoyi RSFSRning birinchi Konstitutsiyasini qabul qilishi bilan 1918- yil 5-14-oktabrda Turkiston o‘lka Sho‘rolarining VI favqulodda Qurultoyi chaqirildi. Unda RSFSR Konstitutsiyasidan ko‘chirib va unga monand tarzda Turkiston Muxtor Sho‘ro Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Albatta, bu ishlaming hammasi siyosiy o‘yin va nayrangbozlikdan boshqa hech narsa emas edi. Ayyorona siyosiy nayrangbozlik Turkiston Kompartiyasini tashkil etish jarayonida ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |