Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021


-ma’ruza: Turkistonda mustabid tuzumga qarshi qarshilik harakati



Download 0,58 Mb.
bet11/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

6-ma’ruza: Turkistonda mustabid tuzumga qarshi qarshilik harakati.
Reja:

  1. Farg’ona vodiysida mustabid tuzumga qarshi qurolli harakatning vujudga kelishi sabablari

  2. Kichik va Katta Ergash faoliyati

  3. Madaminbek faoliyati. Farg’ona vodiysida xalq harakatining kuchayib borishi.



Tarixiy manbalarda Turkiston o‘lkasi xalqlarining sovetlar bosqinigaqarshi milliy ozodlik va istiqlolchilik harakatining boshlanishva uni davrlashtirish bo‘yicha har xil fikr-xulosalar ilgari surildi. Jumladan,sovetlar tarixshunosligida o‘lkamiz xalqlarining ozodlik va milliymustaqillik uchun kurashi davrini ko‘r- ko‘rona grajdanlar urushidavri deb qaraldi, Rossiyadagi fuqarolar urushi davridan aynanko‘chirib olindi va 1918-1920-yillar bilan belgilandi. Holbuki, bu tarixiyhaqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy ozodlik va istiqlolchilikharakatining sabablari to‘g‘risida ham tarixiy manbalarda har xil fikrlarbayon etiladi. Ayniqsa, sovetlar davrida chop etilgan adabiyotlardao‘lka xalqlarining milliy ozodlik va istiqlolchilik harakatining mohiyatibuzib, soxtalashtirilib «bosmachilik» deb ataldi va sabablari biryoqlama yoki juda toraytirilib ko‘rsatildi.Tarixdan ma’lumki, Anvar Posho Kamol Otaturk bilan birga inglizimperialistlariga qarshi hayot-mamot janglarida qatnashgan. U «inglizjosusi» bo‘lishi mumkin emasligi ayon edi. Uni el ichra obro‘sizlantirishuchun «ingliz josusi» deb targ‘ibot yuritish vazifa qilinayotganedi. Xuddi shuningdek, Vatan mudofaasiga otlangan mujohidlarni hamxalq orasida obro‘sizlantirish uchun ularga nisbatan «bosmachi» atamasinibirinchi bo‘lib shovinistlar tarqatganiga shubha qilmasa hambo‘ladi. Ammo bu kabi g‘ayriilmiy, tuhmat qarashlarning aksi o‘laroq, haqiqatga yaqin fikrlar ham o‘sha 20- yillardayoq bildirilgan edi. N.E.Kakurin, G.Kozlovskiy, L.Soloveychiklar «bosmachilikni «partizanlar harakati», «xalq harakati», inqilobiy kurash», «ozodlik kurashi» deb talqin etishgan. Hatto milliy qirg‘in aybdorlaridan biri V.V.Kuybishev ham Buxorodagi «bosmachilik»ni ozodlik kurashi, «bu bosqinchilik, bosmachilik harakati emas, balki siyosiy harakatdir» deb aytgan edi. Harbiy arboblardan biri bo‘lgan Vrachyov 1922-yil, 12-mayda «Buxoroda avj olgan bosmachilik ma’lum ma’noda xalq qozg‘oloni, xalq isyoni xarakteriga ega» deb ko‘rsatgan. Harbiykomissar Sokolovning fikricha: «Bosmachilik Turkiston xalqining begona hokimiyatga qarshi milliy isyonidir».Turkiston tarixining bilimdoni, «bosmachilik urushi» ishtirokchisi Ahmad Zakiy Validiy (To‘g‘on) fikricha, «Bosmachilik harakati Turkistonda 1918-1923-yillar oxirida faol harakatlarga ega holda butun quvvatini o‘ziga jalb etib, o‘rtaga chiqqan muazzam ozodlik harakatdir».
Qizil saltanat mustamlakachiligi va shovinizmiga qarshi boshlangan Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy ozodlik va istiqlol uchun kurashining sabablari to‘g‘risida yozma manbalarda har xil qarash, g‘oya va fikrlarga to‘g‘ri kelamiz. Albatta, mazkur masala bo‘yicha qalam tebratuvchi har bir shaxs qaysi millatga, qaysi siyosiy guruh va g‘oyaviy dunyoqarashga mansubligiga va kimning buyurtmasi va topshirig‘ini bajarayotganligiga qarab ijod qiladi va fikrlaydi. Jumladan, P.Alekseyenko o‘zining 1931-yilda chop ettirgan «Что такое басмачество?» kitobida bosmachilikning kelib chiqishiga asosiy sabab qilib paxtani musodara etish haqidagi Kolesov dekreti oqibati natijasi o‘laroq yuzaga kelgan ishsizlik deb baholaydi. Bu fikr-xulosaga harbiytarixchi D.Zuyev ham qo‘shiladi. Ammo bu mualliflar milliy ozodlikva istiqlolchilik urushining asl mohiyati va sababini ochishdan o‘zlarinichetga oladilar. Tarixchi olim Sh.Shoma’diyev bergan ma’lumotlarga qaraganda rus qizil askarlari va dashnoqlar

  1. yilning boshidagina Farg‘ona vodiysidagi ko‘plab shahar va qishloqlarni yondirib kulini ko‘kka sovurdilar. Ana shu dahshatli qirg‘in davridagina Marg‘ilon shahrida 7000 ga yaqin, Andijon shahrida 6000, Namangan shahrida 2000, Bozorqo‘rg‘on va Qo‘qon qishloq atroflarida 4500 turkistonlik musulmonlar shahid bo‘ldilar4. Bu, albatta, o‘lka xalqlarining mustamlakachi bosqinchilariga nisbatan qahr-g‘azabi va nafratining mislsiz darajada kuchayishiga sabab bo‘ldi. Yuqoridagi fikr-xulosalarni umumlashtiradigan va tahlil qiladigan bo‘lsak, Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy ozodlik va mustaqillik uchun qurolli kurashga otlanishiga sabab bo‘lgan asosiy omillarquyidagilardir:

Birinchi va asosiy sabab, Turkiston o‘lkasi xalqlarining erk uchun, ozodlik uchun va milliy mustaqillik uchun kurashga tarixiy an’anaviy moyilligi, ota- bobolarimizning udumlariga sodiqligi, bosqinchi mustamlakachilarga nisbatan cheksiz nafrat, tiz cho‘kib, bo‘yin egib va qul bo‘lib yashashdan ko‘ra, tik turib, kurashib jang maydonida mardonavor o‘limni afzal ko‘rishlik, Vatan va millatga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat va vatanparvarlikdir.
Ikkinchi sabab, chor Rossiyasining mustamlakachilik va shovinistik siyosatiga sodiq bo‘lgan sovetlar hukumatining Turkiston o‘lkasida olib borgan buyuk davlatchilik va o‘lka xalqlarining insoniy qadr-qimmatini va g‘ururini kamsituvchi, yerga uruvchi va oyoqosti qiluvchi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy- mafkuraviy va milliy genotsid siyosatidir. Bolsheviklar qozi sudlovini bekor qildilar, vaqf erlarini
tortib oldilar, mulkchilikning barcha shakliga chek qo‘ydilar, iqtisodning barcha jabhalarida davlat monopoliyasini joriy etdilarki, bular ham xalq ommasini sovetlarga qarshi qurolli jang olib borishga majbur qildi. Bolsheviklarning targ‘ibot va tashviqotlariga aldanib dastlab ular tomoniga o‘tgan tub yеrli aholi vakillari oktabr to‘ntarishidan so‘ng o‘z ko‘zlari bilan sovetlar hukumati yurgizgan siyosatni ko‘ribundan yuz o‘girdilar. Ma’rifatparvarlarning «Hurriyat» nomli gazеtasida 1913-yil, 9-mayda «Bolshеviklarimiz» dеb nomlangan maqola e’lon qilindi. Unda bolsheviklarning barcha hiyla-nayranglari fosh etiladi: «Bolshеviklarish boshig‘a o‘tib olg‘on kunlarda: «Biz, kichik millatlarg‘a tamom hurriyat va istiqlol bеramiz!» dеb va’da qilgan bo‘lsalar ham bu quruq so‘zlari qog‘oz ustindagina qoldi, bular hozircha hеch bir millatning muxtoriyat va istiqloliyatini tasdiq etmadilar, balki bil’aks shunday muxtoriyat va istiqloliyatini e’lon etgan millatlarga to‘p va putemyot bilan muqobala etdilar va etmoqdalar. Bolshеviklarning bu g‘ayri tabiiy tilaklari, buzuq g‘arazlari hozircha Rossiyada bo‘lg‘on hеch bir millat tarafindan qabul qilinmadi. Shuning uchundirki, bolshеviklar o‘zlarig‘a bo‘ysinmay «sotsializm»maslagini qabul etmagan millatlar bilan urushmoqdalar. ...Musulmonlarorasiga muxolifot solmoq uchun musulmon soldatlarini vamusulmon ishchi, dеhqonlarini ig‘vo etdilar... Musulmonlar bolshеviklarningbuzuq muddaolarini anglab olib o‘zlarini tortdilar, aldanmadilar».
Toshkеnt shahar Dumasining so‘ngi majlisida musulmon dеputatiIbn Yamin Yonboyеv sovetlar hukumati haqida bunday dеgan edi:«Hozirgi hokimiyat (F.Kotesov va boshqalar) tan olingan dеmokratiyaligidargumon. Ushbu hokimiyat musulmonlar nomidangapirishi esa qip-qizil yolg‘on... Mazkur hokimiyatning asl kuchi -to‘p va pulеmyotlardir, lеkin biz, musulmonlar, bu kuchdan qo‘rqmaymiz.
Bizda o‘zga kuch mavjudkim - ul kuch ruhimizdir. Tarixushbu soxta hokimiyatning amalini qoralaydigan vaqt albatta kеlajak!(olqisЫar)».
Uchinchidan, Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi vaQo‘qondagi dahshatli fojialardir. Aslida bu fojialarni milliy ozodlik vamustaqillik uchun qurolli kurashning boshlanishiga sabab dеb emas,balki bunday qonli muhorabaning boshlanishi uchun bir turtki, bahonadеb qaramoq maqsadga muvofiqdir. Chunki Qo‘qondagi dahshatlivoqеalar ozodlikka, erkka va milliy mustaqillikka yillar davomidatashna bo‘lgan Turkiston o‘lkasi xalqlarining sabr kosasini haddantashqari to‘ldirib yubordi. Qo‘qondagi sovet askarlarining miltiq,to‘p va zambaraklardan otgan o‘qlari o‘lka xalqlarining tinch vositalaryordamida ozodlikka, muxtoriyatga va milliy mustaqillikkabo‘lgan so‘nggi umidlarining chilparchin bo‘lganligi va o‘qqa tutilganliginibildirar edi. Vatan, millat, ozodlik, hurlik, erkinlik va milliymustaqillik kabi tushuncha va g‘oyalardan bеgona bo‘lmagan vaqizil vabodan qutulish istagi andakkina bo‘lsada qalbida jo‘sh urganmillat vakillari qo‘lga qurol olishdan boshqa yo‘lni topa olmadilar.Buni xalq lashkari Madaminbеkning quyidagi so‘zlari yorqin ifodaetadi: «Qo‘qon (Turkiston) Muxtoriyati hukumati davrida mеn -Madaminbеk musulmon qo‘shinlariga yеtarli darajada yordam bеraolmadim. Mеn bolshеviklar hokimiyatini xalq uchun eng yaxshi vafoydali hukumat dеb o‘ylagan edim. Lеkin tеz orada shunga ishonchhosil qilyapmanki, bolshеviklar boy, kambag‘al va qashshoqlarnitalashdan nariga o‘tmas ekan. Shuning uchun ham mеn sovetlarxizmatini tashlab, eski Marg‘ilon Qo‘rboshisi (militsiya boshlig‘i)lavozimidan kеtdim».Xullas, istiqlolchilik harakati, milliy kurashining asosiy harakatlantiruvchikuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlarva kosiblar edi. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi: o‘ziga to‘qbadavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, din arboblari hamda ba’ziboylar qo‘shildi. Istiqlolchilar safida oq-qorani tushungan savodxonkishilar - ziyolilar ham ko‘pchilikni tashkil qilardi va ular jadidlarorasidan ajralib chiqqan Turkiston munavvarlari va muborizlari edi.Bir so‘z bilan aytganda, istiqlolchilar safida xalqning barcha tabaqasigamansub kishilar bor edi.
Turkiston o‘lkasi xalqlari qo‘lga qurol olib, qalbda vatanparvarliktuyg‘usi bilan miliy ozodlik va mustaqillik uchun muqaddas janggaotlandilar. Har ikkala tomondan bu qirg‘inbarot jangda qancha kishiqatnashdi degan savolga manbalarda turlicha raqamlar keltiriladi. Jumladan,sovet tarixchilari asarlarida bu raqam 6 mingdan 60 minggachadeb tilga olinadi. Ingliz olimi R.Frezer 1922-yil noyabrida Turkistonda100 ming kishilik sovet qurolli kuchlariga qarshi 60 mingistiqlolchi kurashgan deb yozadi.
Turkiston respublikasi Markaziy ijroiya qo‘mitasi raisi Xidiraliyevning ma’lumotlariga qaraganda 1920-yil sentabrida istiqlolkurashchilarining soni 70 ming kishiga yetgan. Bu raqamlar vaqtga,sharoitga qarab goh ko‘payib, goh pasayib turgan. Bu o‘rinda 2- Turkistono‘qchi diviziyasi komandiri F.D.Karpovning 1920-yil, 8- avgustidaTurkfront qo‘mondoni M.V.Frunzega telefon orqali yuborganxabari diqqatga loyiq: «Farg‘onadagi kurash yerli xalqning Sovethukumatiga qarshi uyushgan qo‘zg‘olonidir. O‘tgan safargi operatsiyadabosmachilar juda katta talafot ko‘rdilar, hozirgi paytda ularningsafi yana to‘ldirildi, hatto ko‘p, har bir vintovkaga besh nomzodbor».
Istiqlolchilarga qarshi jang olib borgan qizil askarlar 160-170ming kishiga yetgan. Ayni paytda qizillar zamonaviy qurol, harbiytexnika, pulemyot, aeroplan va boshqa vositalarga ega edilar.Turkistondagi milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatining yirikmarkazlaridan biri Farg‘ona vodiysi bo‘ldi. Kichik va Katta Ergashlar,Muhammad Aminbek (Madaminbek), Shermuhammadbek(Shermat), Xolxo‘ja Eshon, Parpibek, Muhitdinbek, Omon Pahlavon,Nurmuhammadbek, Jonibek qozi va boshqalar ana shular jumlasidandir.1918-yil, fevral oyida qizil askarlar Turkiston Muxtoriyatini tormorqilib, Qo‘qonni dahshatli qonga botirgach shaharni himoya qilishnio‘z zimmasiga olgan Kichik Ergash o‘z qaramog‘idagi kuchlarbilan Qo‘qonni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. U shaharga yaqinBachqir qishlog‘iga kelib o‘rnashdi va shu yerdan turib qizillargaqarshi kurashni davom ettirdi. Kichik Ergash 1918-yil, 27-fevraldaqizil askarlarga qarshi olib borilgan janglarning birida halok bo‘ldi.1918-yil mart oyida Bachqir qishlog‘ida 40 ta qo‘rboshi to‘planibKatta Ergashni «Amir ul Musulmon»likka ko‘tardilar. AsliBachqirlik bo‘lgan bosh qo‘mondon Mulla Ergashga Madaminbekva Shermuhammadbek o‘rinbosar etib tayinlandilar. O‘tgan mavzulardata’kidlanganidek Madaminbek sovetlarning adolatsizliginiko‘rgach, Qo‘qondan qochib kelib Marg‘ilonda «Marg‘ilon Muxtoriyati»ni tuzish harakatini boshlab yubordi. Bu harakatga A.O‘razayev,Y.Ageyev, Mir Odilbek, M.Mirahmedov, M. Chanishev vaboshqalar boshchilik qildilar. Turkiston Muxtoriyatini Marg‘ilonda tiklamoqchibo‘lgan kuchlarga qarshi xunrezlikka Qo‘qon fojiasi dahshatiningfaol ishtirokchisi Osipov boshchilik qildi. 23-fevralda MirOdilbek Marg‘ilonda «Turkiston muxtoriyati» tiklanganligini e’lonqildi. Ammo 24-fevralda qizil askarlar va dashnoqlar katta kuch bilanMarg‘ilonga hujum boshladilar. Madaminbek o‘z kuchlari bilanchekinishga majbur bo‘ldi. Marg‘ilonda ham Qo‘qondagidek ommaviyqirg‘in boshlandi. Muxtoriyatning 15 a’zosi shu jumladan MirOdilbek ham qo‘lga olinib qatl etildi.
Qizil askarlar Marg‘ilondan Quvaga o‘tib bu yerda ham ommaviyqirg‘in uyushtirdilar. Hech qanday aybsiz, so‘roqsiz 200 musulmonotib tashlandi. Bu dahshatga javoban 1918-yil, 28-, 29-fevralda Shermatbekqo‘rboshi boshchiligidagi kuchlar qizil askarlarning Quvashahrida joylashgan garnizoniga hujum boshladilar, rus askarlaridananchasi qirib tashlandi, katta bir guruhi asir olindi.1918-yil yoziga kelib milliy ozodlik harakati katta kuchga aylanganedi. Jumladan, Ergash qo‘rboshi rahbarligidagi vatanparvar kuchlarningo‘zi 1918-yil yozida 70 otryaddan iborat bo‘lib, har birotryadda 20 nafardan 1800 nafargacha jangchilar bor edi.1919- yilning bahoriga kelib deyarlik butun Farg‘ona vodiysi istiqlolchikuchlar qo‘liga o‘tdi. Sovetlarning raislari, ijroiya qo‘mitalaria’zolari va RKP(b) Farg‘ona guruhlari raislarining 1919-yil, 29-31-martda bo‘lib o‘tgan Favqulodda quriltoyi Farg‘ona vodiysida vujudgakelgan vaziyatdan jiddiy xavotirga tushganini e’lon qildi. Ammo buvaziyatni oqilona bartaraf etish yo‘lini ko‘rsatib bera olmadi. AksinchaFarg‘ona vodiysida vatanparvar kuchlarga qarshi qonli kurashniyanada kuchaytirish g‘oyasini ilgari surdi.
Mahalliy tub yerli aholi orasidan chiqqan Kompartiya a’zolari bug‘oyaga qarshi chiqdilar. Ular aksincha bunday og‘ir vaziyatdanchiqish uchun istiqlol uchun kurashganlarga umumiy afv e’lon qilishlozim, deb hisobladilar. Andijonlik musulmon kommunistlar ilgari surganbu fikrni O‘lka musulmonlari byurosi ham ma’qulladi va uniamalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqdi. Ular nimalardan iboratedi? Birinchidan, o‘z ixtiyori bilan qurolni topshirganlarga hayotinisaqlab qolishni kafolatlash; ikkinchidan, vayron bo‘lgan xalq xo‘jaliginitiklash uchun moddiy jihatdan yordam berish; uchinchidan,Farg‘ona vodiysidagi sovet organlari va qizil askar qo‘shinlarini mustamlakachiva shovinistik yot unsurlardan tozalash; to‘rtinchidan,arman millatiga mansub dashnoqlardan tuzilgan qurolli kallakesarto‘dalami qurolsizlantirish va ularni Farg‘ona vodiysidan olib chiqibketish kabilarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. 1919-yil, 7-maydaTurkiston MIQ istiqlol uchun kurash qatnashchilariga umumiy afve’lon qildi. Afv mohiyati Turkiston MIQ, Respublika XKS va MillatlarKomissarligining 1919-yil 9-mayda e’lon qilingan «Farg‘onaningmehnatkash musulmon aholisiga» murojaatnomasida tushuntirildi.E’lon qilingan afvni amalga oshirish uchun Farg‘ona vodiysigaK.E.Sorokin boshchiligida Favqulodda komissiya keldi. Komissiyatarkibiga mahalliy millat vakillari Turar Risqulov, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev, Abbosxo‘jayev, Haqqul Husanboyev va boshqalar kiritildi.Ammo bu tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Uncha katta kuchgaega bo‘lmagan bir necha qo‘rboshi qurolini tashlab, sovetlar tomonigao‘tdi, xolos. Istiqlolchilik harakatining asosiy kuchlari adolat va haqyo‘lida kurashni davom ettirdilar. Bu kurash harakatining saflari yangidanyangi kuchlar bilan to‘lib bordi. Chunki tub yеrli mahalliy aholisovetlarning bu chaqirig‘i - murojaatiga ham ishonmadi, uni yana birnavbatdagi nayrang va o‘zi uchun tuzoq dеb bildi.

  1. yil, 22-oktabrda istiqlol uchun kurash harakati kuchlarinitiklash va uni yanada mustahkamlash maqsadida Ergashtomdaqo‘rboshilar qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda Muvaqqat Farg‘onahukumatini tuzishga qaror qilindi, hukumat boshlig‘i va bosh qo‘mondonlikka Madaminbеk saylandi. Hukumat boshlig‘ining o‘rinbosarligigaMonstrov nomzodi ko‘rsatildi. Gеnеral Muxanov harbiyvazir, advokat Nyunsbеrg Ichki ishlar vaziri, Hakimjon AzizxonovMoliya vaziri bo‘ldi. Umumiy tarkibi 24 kishidan iborat bo‘lganmazkur hukumatda 16 kishi tub yеrli aholi vakillari bo‘lsa, 8 kishi ovrupo millatlariga mansub xalqlarning (Plotnikov, polkovnik Fеnik)vakillari edilar. Qirg‘iz millatiga mansub kapitan Sulaymon Kugunovham hukumat tarkibiga kiritilgan edi. Madaminbеk Farg‘ona vodiysidasovet hukumati organlariga muqobil bo‘lgan siyosiy boshqarishtizimini joriy etdi. «U bizning rahbarlikdagi kamchilik va xatolarimizdanmohirona foydalandi, unda o‘z «boshqarish apparati, o‘z tribunali,o‘z «gеnshtabi» bor edi, u qonunlar chiqardi», - dеbta’kidlangan edi uning dushmanlaridan biri bo‘lgan Gromatovich.Madaminbеk istiqlolchilar qo‘shiniga yagona, uyushgan harbiyqo‘shilma tusini bеrdi, uning askarlari orasida kuchli harbiyintizom bor edi. Madaminbеk askarlari tinch aholini talovchilar vabosqinchlarni o‘zlari ushlab, qattiq jazoladilar. Muvaqqat Farg‘onahukumati harbiy va moddiy yordam so‘rab Buxoro amirligi va Afg‘onistonhukumatiga o‘z vakillarini yubordi. Ammo hеch qanday amaliyyordam ololmadi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish