7-sinf Algebra darsligi Kombinatorika elementlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana29.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#590375
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21


7-sinf Algebra darsligi 
 
 
 
 
 
Kombinatorika elementlari 
 
1. Kombinatorikaning asosiy qoidasi 
 
1-masala.
Samarqanddan Toshkentga 4 xil yo‘l bilan kelish mumkin: samolyot, poyezd, avtobus va yengil 
mashina (taksi). Toshkentdan Xo‘jakentga 3 xil transport vositasi olib boradi: poyezd, avtobus, taksi. 
Samarqanddan Xo‘jakentga necha xil usulda kelish mumkin? 
Samarqanddan Toshkentga kelishning jami 4 ta yo‘li bor. 
Mavjud 4 ta yo‘ldan bittasini tanlab, Toshkentga keldik, deylik. 
Endi Xo‘jakentga borishning 3 ta yo‘li – imkoniyati bor. Shunday qilib, Samarqanddan Toshkent orqali 
Xo‘jakentga borishning jami 4 · 3 = 12 xil usuli bor. 
Javob: 
12 xil 
 
1-Qoida:

shahardan 

shaharga kelishning 

ta, 

dan 

shaharga kelishning 

ta yo‘li bo‘lsa, u holda 

dan 

ga kelishning jami 
m · n 
ta yo‘li bor, ya’ni 

dan 

ga 
m · n 
xil usuli bilan kelish mumkin. 
Bu qoida ko‘paytirish qoidasidir va u kombinatorikaning asosiy qoidasi hisoblanadi. 
 
2- masala. 
„Makro“ supermarketining „Hammasi uy uchun“ bo‘limida 5 xil piyola, 6 xil taqsimcha, 4 xil choy 
qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U buni necha xil usulda amalga oshirishi 
mumkin? 
1) Piyola va taqsimchani 5 · 6 = 30 usulda; 2) Piyola va qoshiqni 5 · 4 = 20 usulda;
3) taqsimcha va qoshiqni 6 · 4 = 24 xil usulda olish mumkin. Demak, turli nomdagi ikkita buyumni 
30 + 20 + 24 = 74 xil usulda tanlab olish mumkin ekan. 
Javob: 
74 xil usulda 
3- masala. 
Nechta uch xonali sonda faqatgina bitta 7 raqami bor? 
7 raqami 1-, 2-, 3- o‘rinda (yuzlar, o‘nlar, birlar xonasida) bo‘lishi mumkin. Agar 7 raqami 1- o‘rinda turgan 
bo‘lsa, 2- va 3- o‘rinlarni 9 · 9 = 81 usulda to‘ldirish mumkin. Agar 7 raqami 2- o‘rinda bo‘lsa, u holda 1- 
o‘rinda 0 va 7 raqamlaridan boshqa ixtiyoriy raqam turishi mumkin. 1- o‘rinni egallashning 10 - 2 = 8 ta 
imkoniyati bor. Bu holda 3- o‘rinda 7 raqamidan boshqa ixtiyoriy raqam tura oladi;
demak, imkoniyatlar soni 8 · 9 = 72 ta. Agar 7 raqami 3- o‘rinda tursa, u holda 1- o‘rinni olish uchun 8 ta,
2- o‘rinni olish uchun esa 9 ta imkoniyat bor. Shunday qilib, o‘nli yozuvida faqatgina bitta 7 raqami bor uch 
xonali sonlar jami 81 + 72 + 72 = 225 ta ekan. 
Javob: 
225 ta. 
4- masala. 
Aylanada olingan 5 ta nuqta 
A, B, C, D, E 
harflari bilan belgilangan. Har bir nuqta qolgan har bir 
nuqta bilan tutashtirilsa, nechta kesma hosil bo‘ladi?

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish