Mavzu: Safarnoma va sayohatnoma turkimidagi asarlar
Nosir Xisrav, Ibn Battuta va boshqalarning asari misolida.
Reja:
1. Safarnoma va sayohatnoma turkimidagi asarlar haqida
2.Nosir Xisrav va uning “Safarnoma” asari haqida
3. Ibn Buttata va unung “Sayohatnoma” asari haqida
1. SAYOHATNOMA — badiiy adabiyotdagi janr. Sayohat taassurotlari va tafsilotlari tasviriga bagʻishlangan asar. S. larning tarixiy-badiiy qimmati muallif maqsadi, uslubi va mahoratiga bogʻliq. Adabiyot tarixida sayohat taassurotlarining nasriy va sheʼriy tasviridan iborat oʻnlab asarlar mavjud. Nasriy Sayohatnoma larda joy va voqealarning izchil tafsiloti yetakchi oʻrin tutsa, sheʼriy Sayohatnoma larda tasvir ixcham va umumlashma xarakterda boʻladi. Nosir Xucpaewm «Safarnoma»si bu janrning dastlabki namunasi boʻlib, unda 7 yillik sayohat taassurotlari nasriy yoʻl bilan bayon qilingan. Oʻzbek adabiyoti tarixi uchun, asosan, sheʼriy Sayohatnomalar xarakterlidir. Mac, Muqimiynnnt murabbaʼ shaklida yozilgan «Sayohatnoma»si gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan bu janrning original namunasi x,isoblanadi. Nodimning Samarqand va Toshkentga qilgan safari natijasida yuzaga kelgan Sayohatnomasi esa qasida shaklida yozilgan.
Hoz. davr adiblari va publitsistlarining turli mamlakatlarga qilgan safarlari natijasida qam bir qator nasriy Sayohatnomalar yuzaga keldi. Ular uslubida ocherk va publitsistika uchun xarakterli xususiyatlar koʻproq. Mac, Oybekning «Pokiston taassurotlari» asarida Sayohatnoma mavzuining kengayganligi, bayon va tasvir shakllarining oʻziga xosligi koʻzga tashlanadi.
Muqimiy ko’plab g’oyaviy – badiiy kamol satiric va yumoristik asarlar ham yozgan . U o’zbek adabiyotida yangi va ijobiy hodisa bo’lgan mashhur “ Sayohatnoma ” ni yaratgan .
Yo’l xotiralari bayonini o’z ichiga olgan “ Sayohatnoma ” 3 qismdan iborat bo’lib unda Muqimiyning Qo’qondan - Shihimardonga , Qo’qondan Farg’onaga , Qo’qondan Isfaraga yo’nalishlar bo’yicha turli vaqtda qilgan safar taassurotlari aks ettirilgan . Shoir bu asarda Farg’ona viloyati shahr va qishloqlarning xarobaligini tasvirlagan , hukmron guruhlarning kirdikorlarini fosh qilgan zulm va adolatsizlikni qoralab mehnatkash xalqning ayanchli hayotiga qayg’urgan . O’quvchilardan “ Sayohatnoma ” dan parchalar so’raladi va tushunmagan so’zlariga o’qituvchi tomonidan izoh beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |