Partiyada Stalin yakka hokimiyatining o’rnatilishi qanday sodir bo’ldi?
SSSRda savodsizlikni tugatish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
Madaniy inqilobning O’rta Osiyo Respublikalariga ta’siri qanday bo’ldi?
Madaniy inqilob davrida aholining turmush darajasi bilan mafkuraviy jarayonlar bir-biriga muvofiqmidi?
Milliy chekka o’lkalarda madaniy inqilob qay tarzda amalga oshirildi?
Aholini savodli qilishdan Sovet davlatining maqsadi nima edi?
Sinfsizlashgan jamiyat tushunchasi
9-10 Mavzu: Xrushev davrida iliqlashish: stalinizmlashtirishning nosobitligi
(1953-1964 yy.)
REJA:
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning kechishi va ziddiyatlari.
Siyosiy va ma’naviy hayotning xususiyatlari
Tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlari
Adabiyotlar:
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
R.Servis “Lenin”. M., 2002.
Emelьyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.
Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.
Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.
Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -188 b.
1953 yil 5 mart kuni I. V. Stalin vafot etdi. Uning o’limi hokimiyat uchun kurash va sovet jamiyati rivojining yangi yo’llarini izlab topish o’n yilligini ochib berdi. 1953 yilda davlat boshqaruvidagi lavozimlarni Stalinning safdoshlari egalladi. SSSR Ministrlar Soveti Raisligi lavozimini G. M. Malenkov, KPSS MQ Birinchi sekretarligi lavozimini N. S. Xrushchev egalladi. N.S. Xrushchev 1938–1949 yillarda Ukraina Kompartiyasi MQ Birinchi sekretari, 1949–1953 yillarda KPSS MQning sekretari, Moskva shahar Kompartiyasi birinchi sekretari edi. Yangi liderlar orasida L. P. Beriya ham katta mavqega ega edi. Ichki ishlar vazirligi lavozimida bo’lgan L. G. Beriya mamlakatda o’tkazilgan qatag’onlik siyosatining tepasida turdi. Bungacha u NKVD rahbari bo’lib, mamlakat miqyosida mahkumlar
mehnatidan foydalanishdan tortib, SSSR ning yadro qurolini yaratish dasturigacha bo’lgan ishlarga ham boshchilik qilgandi. I. V. Stalinning xohish-irodasi bo’yicha ishlab kelgan bu rahbarlar ichki va tashqi siyosatda o’zgarishlar qilish lozimligini tushunib yetardilar. Bu o’zgarishlar quyidagi holatlar bilan bog’liq edi: Avvalambor, GULAG (Lagerlar bosh boshqarmasi) muammosi turardi: tyurma va qamoq lagerlarida 2,5 mln kishi, turar-joyga
ega bo’lishda va kasb tanlashda cheklashlar o’rnatilganlar 7,5 mln kishi. Ular orasida ko’plab mashhur kishilar va ilgari jamiyatda obro’-e’tiborga ega bo’lgan va nohaq sudlanganlar juda ko’pchilikni tashkil etar edi. Jazo muddatlari yakunlanib borgan sari, yangi rahbariyat ommaviy qatag’on qurbonlari to’g’risidagi haqiqat yuzaga chiqishidan juda qo’rqardi. Norilьsk, Vorkuta, Qarag’anda va boshqa lagerlarda Stalin o’limidan keyin juda ko’plab qo’zg’olonlar bo’ldi
va bu qo’zg’olonlar qiyinchilik bilan bostirildi.
Mamlakat iqtisodiyoti ham qiyin ahvolda edi. Qishloqlar vayron bo’lgan, zudlik bilan yordam berilmasa, ocharchilik boshlanishi muqarrar edi. Aholining 60% ini tashkil etuvchi dehqonlar ommasida norozilik kayfiyati kuchayib borardi. Ta’qiblarga qaramasdan, ko’p dehqonlar shaharga ketib qolgandilar. Faqat 1949 yilning o’zida mehnatga yaroqlilar soni 3,3 mln kishiga qisqardi. Buning ustiga, keyingi besh yillik rejasida og’ir va harbiy sanoatni rivojlantirish va qishloq xo’jaligidan olinadigan soliqlarni oshirish ko’zda tutilgan edi.
Xalqaro maydonda mamlakatning ahvoli ancha murakkab edi. Koreya urushdan keyin, SSSR AQSH bilan harbiy to’qnashuv holatida edi. “Sovuq urush” tufayli G’arbiy va SHarqiy Yevropa o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar uzilib qoldi. Buning ustiga, SSSR o’z ichki muammolarini hal etish o’rniga, sotsialistik davlatlar va ittifoqchilarga yordam ko’rsatardi. Ko’rsatilgan bu yordamlar mam-lakat aholisi tomonidan qo’llab-quvvatlanmasdi. 1953 yilda GDRda antisotsialistik va antisovet kayfiyatdagi qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olon sovet qo’shinlari tomonidan bostirildi.
Mamlakatda L. P. Beriya va G. M. Malenkovlar tashabbusi bilan reformalar boshlandi. Matbuotda Stalin nomi kamroq eslatila boshlandi. “SHifokorlar ishi” ham begunoh insonlar jabr ko’rganligi sababli tugatildi. Nohaq qamalgan, gunohsiz sudlanganlarni oqlash jarayoni, ya’ni reabilitatsiya boshlandi. IIVni qayta tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Yangi rahbarlar xo’jalik organlarining rolini oshirish, milliy siyosatni qayta ko’rib chiqish va bosh lavozimlarga hududlardan milliy kadrlarni tanlab olish to’g’risida takliflar bilan chiqa boshladilar.
Tashqi siyosatni tubdan o’zgartirish masalasi ko’tarila boshlandi. Jumladan, L. P. Beriya Germaniya masalasida oldingi siyosatdan voz kechish va Germaniyaning birlashishida SSSRning to’sqinlik qilmasligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Lekin bu masala SSSR, KPSS rahbariyati tomonidan qattiq qarshilikka uchradi. Ayniqsa, Tashqi ishlar vaziri V. M. Molotov buni sovet siyosatiga xiyonat deb baholadi. Partiya safida o’z obro’siga ega bo’lgan “Stalin gvardiyasi” a’zolari Beriyaning xatti-harakatlariga qarshi chiqdilar. Xrushchev bundan foydalanib, Beriyani qamoqqa olish tashabbusi bilan chiqdi.
1953 yil 26 iyun kuni Ministrlar Soveti Prezidumining qaroriga binoan Beriya qamoqqa olindi. Zudlik bilan chaqirilgan KPSS MQ Plenumida Beriyaga davlat to’ntarishi qilishga tayyorgarlik ko’rish, partiyani hukumatdan ajratish, uni IIVga buysundirish, chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilish va asossiz repressiya-lar kabi ayblovlarni qo’ydi. 1953 yil dekabrida Beriya va bir qator IIV rahbarlari otib o’ldirildi.
1953 yilning yozidan boshlab reformalar tashabbusi bilan chiqish Malenkov qo’liga o’tdi. Uning taklifiga binoan, qishloq xo’jaligi solig’i miqdori deyarli 2 baravar pasaytirildi va uning miqdori 9,5 mlrd so’mdan 4,1 mlrd so’mga tushirildi. O’tgan yillar bo’yicha olingan qarzlar kolxozlarga qaytarildi, davlat tomonidan sotib olish narxlari oshirilib, dehqonlarga tomorqa yer maydonlari kengaytirib berila boshlandi. 1953 yil iyunda KPSS MQ Plenumida Malenkov Stalin shaxsiga sig’inishni illat sifatida qoralab chiqdi. 1953 yilning avgustida SSSR Oliy Soveti sessiyasida besh yillik rejani qayta ko’rib chiqishni, xu-susan, yengil va oziq ovqat sanoatini, qishloq xo’jaligini rivoj-lantirish va aholi turmush darajasini oshirish ishlarini kun tartibiga kiritdi. Boshqacha qilib aytganda, gap sovet jamiyati
rivojlanishining yangi Dasturi haqida borayotgan edi. 1954 yildan boshlab, yangi yerlarni o’zlashtirish Kompartiya siyosatining diqqat markazida turdi. Yangi yerlarga eng malakali mutaxassislar, bir necha o’n minglab yoshlar jo’natildi. Besh yil ichida 42 ming gektar yer o’zlashtirildi, Qozog’istonning shimoli-g’arbiy hududlarining o’zlashtirilishi mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qopladi. Malenkov xalqaro ahvolni yaxshilash, AQSH bi-lan munosabatlarni tiklashga urindi. 1954 yilda u: “Sovuq urush” yangi jahon urushiga sabab bo’lib, yana millionlab odamlar qurbon bo’lishiga olib keladi”, – deb ta’kidladi. Jahon urushidan kapi-talizmni yo’q qilishda foydalanish umidida bo’lgan “Stalin gvardiyasi” darhol Malenkovni ta’qib ostiga oldi. 1955 yilda KPSS MQ Plenumida N. S. Xrushchev Malenkovni soxta obro’ orqasidan quvuvchi opportunist va, shuningdek, Beriya safdoshi deb aybladi.
1955 yil fevral oyida Malenkov vazifasidan ozod qilindi va boshqaruv Xrushchev qo’liga o’tdi. 1954–1955 yillarda qatag’on qurbonlarini reabilitatsiya qilish davom etdi. “Leningrad ishi” bo’yicha ayblangan, “kosmopolitizm” qurbonlari va yana ko’plab harbiy boshliqlar oqlandilar. 1930 yil-lardagi repressiya ishlari ham qayta ko’rila boshlandi. 1956 yil-ning fevral oyidagi KPSSning XX s’ezdida N. S. Xrushchev Sta-lin rejimi repressiyalarini qat’iy qoralab chiqdi. Ushbu ma’ru-za asosida KPSS MQning “SHaxsga sig’inish va uning oqibatlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu ma’ruza Xrushchevning shaxsiy tashabbusi bilan tayyorlangandi. Boshqa rahbarlar uning mazmu-ni bilan tanish emasdilar. Stalinni dohiy va yetuk rahbar sifatida qabul qilgan s’ezd qatnashchilari dokladni eshitib, karaxt bo’lib qoldilar. Zalda kimdir: “Ahmoq!” – deb qichqirdi. Keyinchalik Xrushchev o’z memuarlarida stalinizm davrida Sovet Ittifoqida
nimalar ro’y berganligini mamlakat xalqiga va butun dunyoga ma’-lum qilish niyati reabilitatsiya davridan boshlanganini yozgan edi.
XX s’ezddan keyin qatag’on qurbonlarini reabilitatsiya qilish ancha davom etdi. 1956–1961 yillarda 700 mingga yaqin kishi oqlandi. 1957 yilda chechenlar, ingushlar, bolqorlar, qorachaylar, qalmiqlar o’z vataniga qaytish imkoniyatiga ega bo’ldilar.O’tgan yillarda yo’l qo’yilgan barcha xato va kamchiliklar Stalin nomi bilan bog’landi (Ejov va Beriya ham mustasno emas edi).
Mamlakatda iliqlik jarayoni boshlandi, tsenzura ancha yumshatildi. Avval reaktsion deb hisoblangan shoir va yozuvchilar asarlari chop etila boshlandi. “Xalq dushmani” tamg’asi bosilgan shaxslar haqida yozish, ular taqdiri bilan bog’liq voqealarni xalq ommasiga yetkazish imkoniyati tug’ildi. Lekin yangi siyosatda hamma narsa silliq ketyapti deb bo’lmasdi. Ba’zi bir qarorlar o’ylanmasdan qabul qilinardi. Surgundan o’z vatanlariga qaytib kelganlar va ularning joylarini egallagan ruslar o’rtasida milliy ziddiyatlar kelib chiqdi. Qrim tatarla-ri, Povolьje olmonlari reabilitatsiya qilinmay qoldi va bu ham muammolar chiqishiga zamin yaratdi. O’tmish tarixini tubdan qayta ko’rib chiqish masalasini ko’tarishga KPSS rahbariyati hali tayyor emasdi. Buxarin, Zinovьev, Kamenev, Trotsskiy kabi antistalin op-pozitsiyasi rahbarlarini reabilitatsiya qilish kun tartibiga umu-man qo’yilmadi. Bir vaqtning o’zida xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash ishla-ri SSSRning harbiy salohiyatini kuchaytirish evaziga amalga oshi-rilayotgan edi. Unda AQSHga qarshi davlatlarni qo’llab-quvvatlash ham ko’zda tutilgan edi. Bu qarama-qarshiliklar Xrushchev siyosatiga putur yetkazdi. KPSS Markaziy Qumitasi Prezidiumi a’zolari: Voroshilov, Molotov, Kaganovichlar 1957 yilning 18 iyunida
N. S. Xrushchevning iste’foga chiqishini talab qildilar. Yuz bergan vaziyatga SSSR mudofaa vaziri R. K. Jukovning katta sa’y-harakati N. S. Xrushchevning o’z vazifasida qolishi ahamiyatga ega bo’ldi. Uning tashabbusi bilan Moskvaga Xrushchev tarafdorlari samo-lyotlarda zudlik bilan yetkazib kelindi. 1957 yil 27 iyunda KPSS MQ Plenumida Xrushchev oppozitsiyani terror va repressiya davriga qaytishda aybladi. “Stalin gvardiyasi”liderlari mag’lubiyatga uch-radilar. Ular o’z vazifalaridan ozod qilinib, nafaqaga chiqarib yuborildi. SHundan so’ng Xrushchev Jukovga qarshi harakat boshla-di. KPSS MQ Jukovni iste’foga chiqarish to’g’risida qaror qabul
qildi. 1958 yil mart oyida Xrushchev KPSS MQ Birinchi kotibi bo’la turib, SSSR Ministrlar Soveti Raisi lavozimini ham egalladi. SHu tariqa mamlakatda yana yakkahokimlik siyosati o’rnatildi.
1953 yilda mamlakatda qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish ishla-ri ijobiy natijalar bera boshlagan edi. 1953–1958 yillar orasi-da qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 34% ga oshdi, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari esa 1,6 barobar ko’paydi. Mamlakatda fan-texnika yutug’i sifatida 1957 yilda uchirilgan yerning sun’iy yo’ldoshini ko’rsatib o’tish mumkin.
Bu yutuqlar partiya rahbariyatida sovet jamiyati va sotsialistik tizimning imkoniyatlari nihoyatda katta degan ishonchni tug’dirdi. KPSSning 1959 yilda bo’lgan XXI s’ezdida o’n yil ichida SSSR ning eng rivojlangan mamlakat – AQSHdan ham o’zib ketishi vazifa qilib qo’yildi. Bu vazifalarni qo’yishda KPSS rahbariyati xalq xo’jaligi rivojlanishining yuqori sur’atlarini (ya’ni 1 yilda 10% dan ortiq) saqlab qolishni ko’zda tutgan edi. Biroq bunday ri-vojlanishga erishish uchun mamlakatda moddiy resurslar ham, ishchi kuchi ham yetishmasdi.
Iqtisodiy o’sish sur’atlarini ko’tarishda Xrushchev va uning atrofidagilar eski ma’muriy buyruqbozlik uslublaridan foydalanardilar. Rivojlanish modeli mafkuraviy asosda shakllanti-rildi. XXI s’ezdda sotsializmning uzil-kesil g’alaba qilganligi ta’kidlandi va kommunistik jamiyat qurish vazifa qilib qo’yildi. Iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari sovet rahbarlarining kommunizm qurish haqidagi tasavvurlariga muvofiqlashgan edi. Iqtisodiy tajribalardan dehqonlar katta zarar ko’rdilar. Biroq ba’zi bir yo’nalishlar bo’yicha ular manfaat ham ko’rdilar. Masalan, 1964 yildan boshlab ularga nafaqa belgilandi, fuqarolik pasporti berila boshlandi. Lekin tomorqa xo’jaligi yuritish eski-lik sarqiti, kommunistik jamiyat uchun yot narsa deb qaraldi.
1959 yilda kolxozlardan va jismoniy shaxslardan majburiy ravishda mollarni sotib olish siyosati boshlandi. CHorvador tumanlarda shaxsiy xo’jaliklarda 1 ta sigir, 7 ta mayda shoxli chorva mol saqlash belgilab qo’yildi. Bunday siyosat oqibatida mamlakat-da chorva mollari soni keskin kamayib ketdi. Bir vaqtning o’zida MTS (mashina-traktor stantsiyalari)ni yo’q qilish to’g’risida qaror chiqdi. Kolxozlar qarzdor bo’lib qoldilar.
N. S. Xurushchevning makkajo’xori ekish hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini qoplash to’g’risidagi siyosati qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazdi. Makkajo’xori hosili ancha past bo’lishiga qaramay, 1955 yildan 1962 yilgacha makkajo’xori uchun ajratiladi-gan yer maydonlari hajmi oshib bordi. Bug’doy yetishtirishda uzilishlar paydo bo’ldi. mamlakatda ocharchilik xavfini tug’dirdi. Zudlik bilan chora ko’rish kerak edi. Mamlakatda birin-chi bor chet eldan bug’doy sotib olish boshlandi. Non mahsulotlari, go’sht narxi ko’tarildi. Xalqda norozichilik kayfiyati uyg’ondi. 1962 yilda Novocherkaskda ochiqchasiga ko’zg’alonlar bo’lib o’tdi. Bu yerga yetib kelgan KPSS MQ Prezidiumi a’zosi A. I. Mikoyan radio orqali shaharliklarga murojaat qilib, narx-navoning oshishi sa-bablarini tushuntirishga urindi. Lekin qo’zg’olon tinchimadi. 46
kishi qamoqqa olindi, 23 kishi halok bo’ldi. Bu voqealar 1980 yillar oxiriga kelib xalqqa oshkor etildi. KGBning ma’lumotlariga qaraganda, bunday harakatlar o’nlab shaharlarda yuz bergan. Xrushchev reformalari yaxshi natija bermadi.
1960 yillar boshida SSSRda erishilgan muvaffaqiyatlar talaygina edi. 1961 yilning 12 aprelida dunyoda birinchi inson (Yu. Ga-garin) koinotga uchirildi.Uy-joy masalasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. O’n yildan kamroq vaqt ichida mamlakatning har to’rtinchi fuqarosi uy-joy sharoitini yaxshilab oldi. Endilikda odamlar kommunal xonalarda emas, alohida xonadonlar bilan ta’minlandilar. Biroq qurilgan bu uylarning sifati haqida keyinchalik tanqidiy fikr-lar paydo bo’ldi. Bu uylar 20–25 yil foydalanishga mo’ljallangan
bo’lib, sharoitlari yetarli emasdi. Bunday uylar “xrushchevkalar” deb atalib, shahar ko’rinishiga ko’rk qo’shmasdi. SHunday bo’lsa-da, oldin uyga ega bo’lmagan aholi uchun bu yaxshi qulaylik edi. Aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari ko’rildi. Nafaqa yoshi pa-saytirilib, miqdori oshdi. Majburiy 8 yillik o’rta ta’lim jo-riy qilindi. Oliy o’quv yurtlarida o’qish imkoniyatlari kengaydi. Ish haftasi qisqartirildi, maoshning bir qismini zayomlar bilan
berish to’xtatildi. Bir vaqtning o’zida mamlakatda yechimi topilma-yotgan muammolar ham yig’ilib qoldi. Qishloq xo’jaligi inqirozi, sanoat ishlab chiqarishning pasayib ketishi, 1959–1965 yillarga mo’ljallangan yetti yillik rejaning bajarilmay qolishi shular jumlasidandir.
KPSSning XX s’ezdidagi Stalin shaxsiga sig’inishga qarshi kurash bilan boshlangan “iliqlik” yuqoridagi salbiy holatlar tufayli asta-sekin yo’qotildi. Mamlakatda ro’y berayotgan voqealarni tasvirlashga uringan yozuvchilar, rejissyorlar ta’qib qilina boshlandi. B. L. Pasternak ishi katta shov-shuvga sabab bo’ldi. 1958 yil-da “Nobel” mukofotiga sazovor bo’lgan “Doktor jivago” romanida Rossiyada inqilobiy voqealar, fuqarolar urushi va sovet jamiya-ti mohiyati haqqoniy tasvirlab berildi. Yozuvchi hokimiyat bosimi ostida “o’quvchilar” jamoalari, hatto bu romanni o’qib ko’rmagan odamlar oldida o’z “xatolarini” bo’yniga olishga va kechirim so’rashga majbur etildi. 1961 yilda qabul qilingan partiyaning yangi dasturiga ko’ra, ziyolilardan yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalash ishida faol ishtirok etish talab qilingandi. Kommunizm mod-diy va ma’naviy boyliklarga to’lib-toshgan va “har bir kishidan qobiliyatiga yarasha, har bir kishiga ehtiyojiga yarasha” tamoyiliga asoslangan jamiyat sifatida targ’ib etilardi.
Xalq ishonchini qozonish uchun Stalinga qarshi yangi kompaniyani shakllantirishga
urinishlar bo’ldi. KPSS safidan Stalinning yaqin safdoshlari chiqarib yuborildi. XXII s’ezd qaroriga asosan, Stalinning jasa-di mavzoleydan olindi va yerga ko’mildi. Yangi Konstitutsiya haqida fikrlar muhokama qilinardi. Jamiyatni demokratlashtirish borasi-da g’oyalar ilgari surildi. Bu yerda, asosan, hukumat rahbarlarining yuqori lavozimlarni egallash muddatlari, davlat organlari ishida oshkoralik, zavod va fabrika, sovxoz rahbarlarini saylov asosida qo’yish, referendumlar o’tkazish, Konstitutsion sudni shakllanti-rish kabi muhim masalalar haqida gap borardi. 60- yillarda yuqori rahbariyatdagilarning bir qismi quruq g’oyalar bilan yaxshi natija-ga erishib bo’lmasligini tushunib yetgandi.
N. S. Xrushchev siyosatidagi qarama-qarshiliklar, muvaffaqiyat-sizliklar, g’oyaviy sohadagi uzilishlar unga qarshi yangi muxoli-fatni vujudga keltirdi. Bu muxolifat Xrushchevning eng ishonch-li odamlaridan iborat edi. Ular orasida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga boshchilik qilgan KPSS MQ sekretari L. I. Brejnev Davlat Xavfsizligi komiteti boshlig’i V. Ye. Semichastniy, partiya nazorat Qo’mitasi raisi A. SHelepin va boshqalar bor edi. 1964 yil 13 oktyabrda oppozitsiya (muxolifat) KPSS MQ Plenumi chaqirildi va Qrimda dam olayotgan N. S. Xrushchev ham taklif qilindi. Xrushchev mamlakat hayotini izdan chiqarishda, jamiyat ri-vojini orqaga ketkazishda va yakkahokimlikda ayblandi. Xrushchev iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. KPSS MQ Birinchi sekretari qilib L. CH. Brejnev saylandi. Avval Moliya vaziri lavozimida ish-lagan A. N. Kosigin Ministrlar Sovetining Raisi bo’ldi.
N.V.Podborniy kadrlar bo’yicha, M.A.Suslov mafkura, N.A.SHelepin partiya nazorati bo’yicha lavozimlarga tayinlandi. L.I.Brejnev 1966 yili qayta tiklangan Bosh sekretarь lavozimiga saylanib, kollegial rahbarlikning lideriga aylandi. Sovet tuzumining bu davri keyinchalik turg’unlik davri deb ataldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |