Erga ishlov beruvchi shirkat larda mehnat umumiy edi. Yakka dehqondan
mahsulotlarni olish uchun fuqarolar urushi davridagi oziq-ovqat armiyasi tuzish kerak edi. Kolxoz esa qishloqdagi g’allani tortib olishning eng qulay usuli edi. CHunki hosil umumiy omborga to’kilib, uni olib ketish osonlashardi. Yalpi. Majburiy jamoalashtirish siyosatidan kuzatilgan maqsad ham shu edi. G’allaning yalpi hosili 1928 yilgi bo’lsa-da, davlat rejasi 1931 yil 69,5 mln tonnagacha tushib ketgan bo’lsa-da, davlat rejasi to’ldrildi. 1928 yili 10,8 mln tonnadan 1931 yili 22,2 mln tonnaga. 1932 yili esa 22,7 mln tonnaga yetdi.
G’alla eksporti 1928 yili 99,2 ming tonnani tashkil qilgan bo’lsa, 1930 yili 4,84 mln, 1931 yili 5,18 mln edi. Aynan shu valyutaga mashinalar, uskunalar xarid qilindi, xorijiy mutaxassis-konsulьtantlarga haq to’landi. 30-yillarda SSSR mashina va uskunalarning eng yirik importeriga (haridoriga) aylandi.
Yangi iqtisodiy siyosatga zarba berish, iqtisodiy qonunlarning buzilishi iqtisodiy taraqqiyotdagi barqarorlikki olib keldi. Ma’muriy- buyruqbozlik asosida xo’jalikni boshqarish narxlarini belgilashda tartbsizliklarga olib keldi. Sanoat mahsulotlarining narxlari esa sun’iy tarzda tushirildi. Buning oqibatida agrar sektor sanoat mahsulotlari sotilmay qoldi. Proletariatga maosh to’lash muammosi kelib chiqdi. Amaldorlarning o’zboshimchaligi, chayqovchilik, korruptsiya, mehnat va ijro intizomining bo’shashib ketishi, reja ortidan, miqdor ortidan quvish, ishlab chiqarish texnologiyasini buzish kabi illatlar taraqqiyotga to’sqinlik qildi.
Sovet totalitarizmi sovet xalqini industrlashtirish siyosati komiga tashladi. Yangi shaharlar, sanoat korxonalari, ishlab chiqarish gigantlari barpo etildi. Majburiy mehnat va xalqning yangi hayot qurishga qaratilgan jo’shqin g’ayrati asosan og’ir sanoat-po’lat, metall, ko’mir, elektr quvvati ishlab chiqarishga qaratildi. Sanoatning «A» guruhi-ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, «B» guruh-iste’mol mollarini ishlab chiqarishdan ustun qo’yildi. Natijada iste’mol tovarlari oz ishlab chiqarildi. Barqaror taraqqiyotga 1929-1932 yillarda o’tkazilgan jamoalashtirish ham sezilarli zarba berdi.
Jamoalashtirishning dastlabki yillaridayoq misli ko’rilmagan ocharchilik yuz berdi. Ukraina, SHimoliy Kavkaz, Don, Volgabo’yi, Janubiy Ural, Qozog’iston hududida yashovchi o’ttiz millionga yaqin odam ocharchilik zonasida qoldi. 1928 yildan boshlab mamlakat kartochka tizimida yashayotgan edi. 1932 yil bahorida aholi yarim och holda yashadi. SHu yildan boshlab g’alla tayyorlash dehqonlarga qarshi chinakam urushlarga aylanib ketdi. Ilk boshoqlar pisha boshlashi bilan och qolgan bolalarning onalari qaychi olib tunda boshoq o’g’irlashga borishgan. Hosil o’rim-yig’im paytda kolxozchilar davlat rejasi topshirilgandan keyin g’allasiz qolishdan qo’rqib, uylariga cho’ntak va qo’ynilarida g’alla olib ketishardi. Bunga javoban 1932 yil 7 avgust kuni «sotsialistik mulkni qo’riqlash to’g’risida» qonun chiqarildi. Xalq uni «uch boshoq to’g’risidagi qonun» deb atadi. Boshoq terganlik uchun otuvga yoki mol-mulki musodara qilingani holda kamida 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqarilardi. 1932 yilning besh oyi mobaynida 55 ming kishi jazoga tortildi, shundan ikki ming bir yuz kishi otib tashlandi. Mamlakat rahbariyati fojianing ko’lamini yashirishga intildi. «ocharchilik» so’zini ishlatish 3-5 yilga qamoq jazosi qo’llaniladigan jinoyat deb baholandi. Ocharchilik jamoalashtirishni to’xtatib qo’ydi. Qishloqda o’tkazilayotgan siyosatni qayta ko’rib chiqish haqida fikrlar bildirila boshlandi. Kolxozchilarning tomorqa xo’jaligini kengaytirish, ikkita sigirga ega bo’lish huquqini berish kabi takliflar kiritildi. Biroq ma’muriyat 1934 yil iyunda jamoalashtirishning yangi, yakunlovchi bosqichi boshlanishini e’lon qildi. Yakka dehqon xo’jaliklaridan olinadigan qishloq xo’jaligi solig’i oshirildi, ular kolxozchilarga qaraganda davlatga majburiy topshiriladigan mahsulot hajmi 50%ga ko’tarildi.
SHu tariqa, katta qurbonlar evaziga, 1937 yili jamoalashtirish yakunlandi, dehqon xo’jaliklarining 93% i kolxozlarga birlashtirildi. Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi YaISni yo’q qilinishining asosiy omilidir.
Rahbarlikning oddiy ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan keyinroq shaxs diktaturasi va shaxsga sig’inish kabi holatga aylanagn stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o’sib chiqidi.
SSSRda XX asrning 30-yillarida shakllangan ma’muriy- buyruqbozlik tizimi o’z byurokratiyasi bilan birga boshqa rivojlangan davlatlarda mavjud bo’lgan boshqaruv tizimidan sifat darajasiga ko’ra farq qilardi. Agar «harbiy kommunizm» sharoitida barcha muammolar buyruqlar vositasida hal qilingan bo’lsa, ushbu ildizlar sanoatlashtirish va ayniqsa jamoalshtirish davrida YaIS bergan zarbalardan o’ziga kelib, mustahkamlashdi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va jamiyatning demokratik taraqqiyoti manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar tugamadi. Bu ziddiyatlarning hal qilinishi tizimni saqlab qolish va mustahkamlashni anglatardi. Bunga qanday erishganini, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy hayotga, milliy munosabatlarga va shaxsga qanday ta’sir qilganligini kuzatib ko’ramiz.
Iqtisodiyotda bu tizimning asosini markaz tomonidan qat’iy me’yorlashtirib berilgan taqsimlash mexanizmi tashkil etardi. 1928-1935 yillarda kartochka tizimining joriy etilishi ayrim paytlarda majburiy chora emas, sotsializm yo’lidagi bosqich deb izohlandi. Matbuotda pullar o’z umrini yashab bo’lganligini, savdodan mahsulotlarni pulsiz taqsimlashga o’tilishi to’g’risida maqolalar yana paydo bo’ldi. Banklarning keng tarmoqlari yopib qo’yildi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimida xalq komissarlari (ya’ni ministrlar) metallning har tonnasini, har bir traktorni, deyarli har bir yashikdagi mixni nazorat qilishardi. Partiya rahbarlari davlat va xo’jalik idoralariga otaliq qilishar, ba’zan esa ularning vazifalarini bajarishardi.
Bunday otaliqqa olish VKP (b) ning 1939 yilda bo’lib o’tgan XVIII s’ezdida qabul qilingan ustavida bevosita yozib, mustahkamlab qo’yilgan edi. Bundan buyon partkomlarga ma’muriyat faoliyatini nazorat qilish huquqi berildi. Bir so’z bilan aytganda, ma’muriy-buyruqbozlik va partiyaviy tizim hamma narsani nazorat qilar, oxir-oqibatda hech kim hech narsa uchun javob bermas edi. SHu tariqa Oktyabrь va harbiy kommunizm meros qilib olgan siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi XX asrning 30- yillarida mustahkamlanib olish uchun o’ziga sharoit yaratdi. Ko’plab ishchilarda g’oliblikning harbiy-kommunistik psixologiyasi shakllangan edi va shu bois ular harbiy kommunizm sharoitiga qaytishni ma’qullab qarshi oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |