Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi


-8 Mavzu: Stalinizm davrida (1929-1953 yy.)



Download 1,64 Mb.
bet14/40
Sana12.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#659266
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
shamsiyeva

7-8 Mavzu: Stalinizm davrida (1929-1953 yy.)


REJA:

    1. VKP (b) ichida ziddiyatlarning o’sishi.

    2. YaIS va jamiyatdagi demokratik asoslarga barham berishning boshlanishi.

    3. Sanoatlashtirish va jamoalashtirish davridagi ijtimoiy-siyosiy hayot.

Adabiyotlar:



  1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.

  3. Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.

  4. R.Servis “Lenin”. M., 2002.

  5. Emelьyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.

  6. Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.

  7. Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.

  8. Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -188 b.

Yangi iqtisodiy siyosatga o’tish keskin burilish edi. Siyosatda, iqtisodiyotda, mafkurada, jamiyat a’zolari psixologiyasida-hamma narsada keskin burilish boshlandi. Ushbu burilishni darhol va hamma ham qabul qila olmadi, uning muximligiga va muqarrarligiga tushunib yetmadilar.


Sovet davlatining XX asrning 20-30 yillar tarixi qayta mulohazaga muhtojdir. Bu yillar YaIS yillari va undan keyingi yillardan iborat ikki bosqichga bo’linadi. YaIS yillarida RKP(b) lenincha tamoyillarga tayanib ish ko’rgan, keyingi yillarda esa Stalin va uning atrofidagilar bu tamoyillardan voz kechib, ish yuritganlar. 1925 yillargacha yangicha siyosiy fikrlashning ilk kurtaklari paydo bo’lishiga olib kelgandi.
«Harbiy kommunizm»dan YaISga o’tish keskin bo’ldi. Ushbu siyosatga nisbatan bildirgan fikrlar ziddiyatli bo’lishi tayin edi. YaIS muxoliflari orasida oshkora e’tiroz bildirishmasa-da, amalda uni sabotang qilganlar ham bor edi. YaIS sharoitida partiyaning vazifalari va uning rolini tushuntirishda printsipal ixtiloflar o’tkazildi.
YaIS nihoyatda tez, samarali o’zgarishlar berdi. 1921 yilda sanoatning asta sekin yuksalishi sezila bordi. GOELRO rejasi bo’yicha GESlar qurish jadallashdi. 1922 yili ocharchiliklar yengib o’tildi, g’alla hosildorligi ortib, non mahsulotlari ishlab chiqarish o’sdi. 1923-1924 yillarda non iste’moli 1913 yilga nisbatan oshib ketdi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tazyiqini u yoki bu darajada boshidan kechirayotgan YaIS inqirozdan qochib qutula olmas edi. Siyosatning iqtisodiyotdan ustunligi YaIS mexanizmini izdan chiqarib turardi. Iqtisodiyotni boshqarishdagi xatolar ham o’z ta’sirini o’tkazdi. YaIS ning birinchi inqirozi 1923 yili yuz berdi. Iqtisodiyotda mahsulotlarni sotishda muammolar yuzaga keldi. Iqtisodiy erkinlik olgan 100 million dehqon shahar bozorlarini arzon qishloq xo’jalik mahsulotlariga to’ldirib yubordi. Sanoatda band bo’lgan besh million ishchi mehnatini rag’batlantirish uchun davlat sanoat mahsulotlari narhini sun’iy ravishda oshirdi.1923 yilning kuziga kelib qishloq xo’jalik va sanoat mahsulotlari narhlarining farqi uch yuz foizga yetdi.
Bir qator sanoat rayonlarida ish tashlashlar bo’ldi. Korxonalarga davlat kredit bermay qo’ydi. Maosh to’lashga pul mablag’lari yo’q edi. Ishsizlar soni oshdi. 1922 yil yanvaridan 1923 yil sentyabrigacha ishsizlar soni 63 mingdan bir million 60 minggacha o’sdi. Inqiroz omillariga hokimiyat uchun kurash ham qo’shildi. Partiya rahbarlarining aksariyati muammolar bozorini normallashtirish, sanoat mahsulotlarining narxini tushirish, davlat zahiralarini ishga solish orqali hal qilish mumkish, deb hisoblardi. N. Osinskiy, B.Prebrajenskiy, L.Trotskiy, B.Pyatakov va boshqa so’l muxolifat vakillari shunday fikrda edilar. Jamiyat hayotida shu tariqa iqtisodiy, siyosiy, ichki partiyaviy inqirozlar qorishib ketdi. Partiyaviy inqiroz iqtisodiy muammolardan tashqari ishchi va partiyaviy demokratiya, ko’rachilik, boshqaruv usuli va shakllari to’g’risidagi bir qator muammolarni ham xal qilishi lozim edi. 1923 yilgi qarama-qarshiliklardagi bosh qatnashchilar Zinovьev, Kamenev va Stalin bir tomonda, Trotskiy boshchiligidagi guruh ikkinchi tomonda edi. Trotskiy tarafdorlari ozchilikni tashkil qilganliklari bois muxolifatda qolishdi. Dolzarb masalalarni muhokama qilishda Trotskiy va uning safdoshlari birin-ketin mag’lubiyatga uchray boshladilar. Zinovьev va Kamenev Trotskiyni partiyadan chiqarishni talab qila boshlashdi. Trotskiy va trotskiychilik bosh xavf-xatar deb e’lon qilindi. Partiya ichidagi kurash 1930 yilgacha davom etdi.
1925 yilga kelib mamlakat vayronalikka barham berdi. Bozor iqtisodiyoti (munosabatlari) sharofati bilan SSSR iqtisodiy qiyinchiliklardan qisqa muddatlarda chiqa boshladi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, 1913 yilgi ko’rsatkichlar o’rtacha taraqqiy etgan kapitalizm ko’rsatkichlari edi. Ilgarilab ketgan g’arb davlatlariga yetib olish, texnikaviy va iqtisodiy qoloqlikni yengib o’tish uchun mashinasozlik, metallurgiya, temir yo’llar, elektr energiya ishlab chiqarish kabi qator sohalarni moderinzatsiyalashtirish zarur edi.
Sanoatlashtirish moliyaviy mablag’lar yetishmasligi, tashqi savdo va iqtisodiyotda davlat monopoliyasi mavjudligi sharoitida o’tkazilishi kerak edi. Imkoniyatlar va istaklar mos tushmas edi. 1925 yili L.Trotskiy to’satdan fermer xo’jaliklari uchun import uskunalarni sotib olish sanoatni tiklashga yordam beradi, bu keyinchalik jamoalashtirish imkoniyatini tug’diradi, deb taklif kiritdi. Lekin shu yiliyoq L.Trotskiy bu fikridan qaytib qishloqda «harbiy kommunizm» metodlaridan foydalanishni yoqlab chiqadi. O’z fikrini tez o’zgartirib turuvchi Trotskiy 1925 yil yanvarь oyida o’tkazilgan MK plenumidan so’ng inqilobiy harbiy kengash raisi, harbiy dengiz floti xalq komissari kabi oliy davlat mansablaridan bo’shatiladi va Siyosiy byuro tarkibidagina qoldiriladi.
1925-1926 yillardagi muammolar vamota zahirasi hisobiga va spirtli ichimliklarni davlat tomonidan sotishga ruxsat berish orqali xal qilindi. Biroq bu so’nggi choralardan edi. Aholining qishloqdan shaharga ko’chib kelishi oqibatida ishsizlar soni 310 ming kishiga ko’payib, 1926-1927 yillari 1 mln 300 mingni tashkil etdi. 1925 yilgi iqtisodiy qiyinchilklarning sababi deb partiyaning ayrim rahbarlari iqtisodiyotni ma’muriy jihatdan boshqarish choralarini bo’shashtirilishi, deb aytishdi. SHu bois butun xalq xo’jaligini «sotsialistik relьs»larga o’tkazish va sanoatlashtirishni jadallashtirish taklif etildi.
SHunday taklif bilan chiqqan muxolifatni Buxarin, Rikov, Stalin va boshqalar keskin tanqid qilishdi, Trotskiy, Preobrajenskiy, Zinovьev, Kamenev va boshqalar sanoatlashtirishni qishloq hisobidan amalga oshirishga urinmoqda, deb ayblanishdi. Qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning moddiy ahvolini yaxshilash orqali o’tkaziladigan sanoatlashtirish mamlakat uchun qiyinchiliklar tug’dirmaydi, deb faraz qilindi. Boshqa tomondan yondashilsa, bunday yechim zarur bo’lgan mablag’lar muammosini keltirib chiqardi. CHunki 20-yillarning o’rtalarida o’ziga to’q dehqon xo’jaligi SSSRda 800-2000 rublь daromadga ega bo’lsa, AQSH fermeri 8-12000 rublь daromad olardi. Dehqonlar jahon bozoriga chiqish uchun davlat tashqi savdo monopoliyasini bekor qilinishini talab etdi, shaharni avvalgidek ta’minlashdan bosh tortdi. Biroq tashqi savdo monopoliyasi dahlsiz qolaverdi.
XIV s’ezd YaIS tamoyillarini mustamlakalashga qaratgan qarorlar qabul qilsa-da, 1925 yilgi iqtisodiy qiyinchiliklar ma’muriy-buyruqbozlikni va iqtisodiyotni boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga olib keldi. Ayni paytda aholining keng qatlamlari YaIS dan norozi ekanliklari ma’lum bo’lib qoldi. NEP manlarning maishat surishi, o’yin-kulgi bilan vaqtichoqlik qilishlari hammaning ko’z o’ngida bo’layotgan edi. Biroq sarmoyalarning yirik sanoatga joylashtirish taqiqlanganligi bois «yashirin millionerlar» haqida ko’pchilik nafrat bilan gapira boshladi. O’z ishining ustasi hisoblanmish kishilardan, ularning yuksak daromadlari, tashabbuskorligi va ishbilarmonligidan norozilik o’sib bordi. Mehnat xalq komissariati 1924 yildayoq maoshlarning yuqori chegarasini belgilashni taklif qilgan edi. Lekin bu ish joyidagi loqaydlik, o’g’irlik, befarqlik kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi hisobga olinib rad etildi.
«Quyi»dan qo’llab-quvvatlanayotgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi xatti-harakatlar bilan navqiron YaIS mexanizmini yakson qila boshladi. YaIS boshlangan paytda sanoatning davlat sektoriga yetarlicha mustaqillik berilmagan edi. Iqtisodiy rag’batsiz yazshi ishlab bo’lmasdi. 1927 yilgi Nizomga ko’ra har bir korxona mustaqilligiga barham bergan rejali faoliyat kuchga kiritildi.
SHu bilan bir vaqtda yalpi mahsulot hajmi xususiy korxonalarda qisqarib bordi. Agar 1925-1926 yillarda yalpi mahsulot hajmi 2478 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, 1927-1928 yillarda bu ko’rsatkich 1975 mln so’mni tashkil etdi. Ulgurji savdo xususiy sektor hissasiga tushadigan tovar oboroti (aylanmasi) 700 mln so’mga qisqarib, 1926 yili L.Trotskiy
«quloq»lardan 150-200 mln pud g’alla qarz olishni taklif qildi. U qishloqdagi boyliklar, mablag’larni (qishloqdan) shaharga ko’chirish tarfdori edi. 1928 yili sanoat ishlab chiqarishi bir qator muhim ko’rsatkichlar bo’yicha 1913 yilga nisbatan ilgarilab ketdi. 1927 yildan boshlab TurkSib (1500 km) qurila boshlandi. 1926 yili Stalingradda traktor zavodi poydevori qo’yildi. DneproGES qurilishi boshlandi. Bu qurilishlar haybatli edi. 1929 yili mamlakat ulkan qurilish maydonini eslatardi. Magnitogorsk metallurgiya zavodini qurish muddatlari hukumat tomonidan bir yilga qisqartirildi.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sovet kishilaridan
«g’oliblik» kayfiyatini shakllantirardi. Mehnatkash xalqining jo’shqin g’ayrati tezda so’nishi mumkinligi hech kimning xayoliga kelmasdi. Mamlakatda qiyinchiliklar boshlandi. 1929 yili oziq-ovqat kartochkasi joriy qilindi. Ishsizlik ko’paydi. Uy-joy muammosi keskinlashdi, malakali taqchilligi oshdi.
Sanoatdagi yutuqlardan mamnun, sarxush bo’lgan Stalin 1929 yili 1928-1932 yillarni qamrab olgan besh yillik rejaga o’zgartirishlar kiritdi. Sanoatda 1928 yili 3,3 mln t tonna cho’yan quyilgan bo’lsa, 1932 yil rejasi 10 mln edi. Stalin uni 15-17 mln tonna deb o’zgartirdi. Traktorlar 1928 yili 180 dona ishlab chiqilgan bo’lsa, 1932 yili ishlab chiqarilgan traktorlar soni 53 mingtaga yetishi kerak edi. Stalin bu raqamni uch baravardan ham ko’paytirib. 170 ming qilib, belgiladi. Aslida-chi, 50,8 ming dona traktor xalq xo’jaligiga yetkazib berildi.
1933 yil 7 yanvarь kuni, asl natijalar boshqacha bo’lganiga qaramasdan, Stalin beshyillik 4 yilu 3 oyda bajarildi, deb e’lon qildi. 1930 yili birinchi besh yillikning bajarilishi gumon bo’lib qolganda, Sovetlar YaIS mexanizmini ishga solishdi - xodimlar manfaati e’tiborga olindi, mehnatni rag’batlantirishga (individual-ishbay maosh xom ashyo tejaganlik, materiallar asbob-uskunalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lganlik uchun mukofotlar tayinlandi. Biroq, ishdagi sharoit, vaziyat yaxshilangani sari, ishlab chiqarishdagi, «buzg’unchilar»ni aniqlash kabi holatlar kuchaydi. Lekin, 1930 yillarda tashabbuskorlik va o’zini o’zi boshqarish majburiy ma’murlikka qarshi turgan holatlar bo’lib qoldi.
Qishloqni o’marish ulkan moddiy va kishilik resurslarini safarbar qilish hisobiga shturm va majburlash metodi bilan o’tkazilgan sanoatlashtirish hisobiga 1933-1937 yillarda sezilarli natijalar ko’rsatdi. Agar, 1928 yili dastgohlarni chetdan keltirish 66 % ni tashkil etgan bo’lsa. 1934 yili 31,9, 1935 yili esa 14% ni tashkil etdi. Sanoat maxsuloti hajmi bo’yicha SSSR 30-yillarning oxirida dunyoda AQSHdan keyingi ikkinchi o’ringa chiqdi. Texnikaviy va iqtisodiy qoloqlik, importga qaramlik bartaraf etildi.
Sanoatlashtirish natijasida ishchilar soni ortdi. (1928 yili-9mln, 1940 yili-23 mln) . Xususiy sarmoyalar sanoatdan va xalq xo’jaligi aylanmasidan to’liq siqib chiqarildi. Mamlakat agrar-sanoat mamlakatiga aylandi. Ishsizlik tugatilib, shahar va posyolkalarning qiyofasi o’zgardi. Biroq 1938-1940 yillardayoq sanoatda turg’unlik kuzatildi, ayrim sohalarda xatto ortga qaytish (regress) boshlandi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga solishtirma hissasi faqatgina 1960 yillarda ortdi. Buning boisi shu ediki, sanoatda davlat mulki bo’lib, bozor munosabatlari va mexanizmlari tugatilgandi. Mehnatkash inson iqtisodiy erkinlikdan mahrum etilgan edi. Insonni inson tomonidan ekspluatatsiya qilinishi o’rniga insonni davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishi keldi. Inson ulkan davlat mexanizmining kichkina bir qismiga,
«vintiga» aylantirildi. Mahsulot ishlab chiqarishning qat’iy rejalashtirilishi xo’jaliklar faoliyati erkinligini yo’qqa chiqarib, har bir fuqaroning individual ehtiyojlarini nazarga ola olmas edi.
Byurokratiya o’sib bordi. Xodimlar malakasi past bo’lgani holda miqdor ortidan quvish mahsulot sifatini pasayishiga olib keldi. Ish haqi xodimning umumiy ishga qo’shgan hissasini e’tiborga olmasdan, teng taqsimlash ususlida to’lanardi. Insonning mehnatdan rag’bati so’nib borardi.
Sanoatning davlat nazoratida bo’lishi iqtisodiy taraqqiyot yo’nalishlarini bir necha o’n yilliklar uchun belgilab berdi. Markazlashgan boshqaruv, ma’muriy-buyruqbozlikning kengayishi sotsializmning kazarma modelini shakllantirdi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, 20-yillarning ikkinchi yarmida kuzatilgan «katta sakrash» qishloqda o’tkazilgan jamoalashtirish siyosatida keskin burilish yasadi. Bu mablag’larni yirik, baquvvat dehqon xo’jaliklari, shu jumladan qishloq shu jumladan quloq xo’jaliklari berishi mumkin edi. O’z atvoriga ko’ra iqtisodiy jihatdan erkin tovar ishlab chiqaruvchi bo’lgan quloq iqtisodiyotni ma’muriy boshqarish tizimiga «sig’mas» edi. O’z xo’jaligidan yollanma ishchi kuchidan foydalanganligi uchun u ekspluator sifatida ijtimoiy dushman sanalardi.
1927 yili qishloq xo’jaligida quloqlar 4 % ga yaqin bo’lib, 25-26 mln dehqon xo’jaliklaridan 1 mln ni tashkil qilishardi. Ularning tasarrufida ekin maydonlarining 15% i, ish hayvonlarining 11,2 %i bor edi.
20-yillarning ikkinchi yarmida quloqlarga o’tkazilayotgan zulmning kuchayishi quloq oldiga quyidagi savolni qo’ydi: xohlagan paytda ortiqcha mahsulot tortib olinadigan bo’lsa, chorvani ko’paytirish va ekin maydonlarini kengaytirishdan nima foyda? Oqibatda 1927-1928 yillarda g’allani chetga sotish 1926-1927 yilga nisbatan 8 baravar qisqardi. G’alla tayyorlashdagi inqiroz sanoatlashtirish rejalarini xavf ostiga qo’ydi. Vaziyatdan chiqish maqsadida mamlakat rahbariyati quloqqa zug’umni kuchaytirdi va aholining qashshoq qismiga tayandi. Stalin muammoni hal qilish uchun qishloqda ishlab chiqarish kooperatsiyasi-jamoalashtirishni amalga oshirish zarur deb hisoblardi. O’ng muxolifat jamoalashtrishni inkor etmagan holda, agrar sohaning asosini ko’p yillar mobaynida yakka dehqon xo’jaliklari tashkil etishi zarur deb hisobladi. Agar 1928 yili N.I.Buxarin favqulodda choralarni vaqtinchalik deb, hisoblagan bo’lsa, 1929 yili esa bunday choralarni qat’iyan rad etdi, u Siyosiy byuro tarkibidan chiqarildi. Rikov va Tomskiylar ogohlantirildi.
Sanoatlashtirishning ma’muriy-majburlash metodlari endilikda qishloqqa ko’chirildi. Ortiqcha mahsulotni topshirmaganlik uchun chayqovchilik to’g’risidagi 107 modda qo’llanildi. Musodara qilingan g’allani davlat qayta taqsimlab, kambag’allarga 25%ini kreditga yoki davlat narxida berardi. Dehqonlarning ishsiz yurishlari, bozorlarda bo’lishlari, mast holda sanqishlari tez-tez uchraydigan holga aylandi. Ish vaqtida nega bunday yurishgani haqidagi savolga dehqonlar shunday javob berishardi: 67-modda: bizni oz g’alla ekkanimiz uchun jazolaydi, 107 modda-ko’p ekkanimiz uchun biz shu qirqta modda ichida hayotga moslashamiz»
Mamlakat davlat reja topshirig’i shaklidagi oziq-ovqat razverstkasiga qayta boshladi. G’allani sotish taqiqlandi, ortiqcha mahsulot tortib olindi, dehqon mehnatining xususiyati buzildi. VKP (b)ni endi dehqonlar bolьsheviklarning ikkinchi krepostnoylik huquqi (ruscha so’zlar bilan Vtoroe Krepostnoe Pravo bolьshevikov) deb atay boshladilar.
Qishloq xo’jaligida qo’llanilgan favqulodda choralar 1929 yili dehqonlarning noroziligining kuchayishiga. Hatto qurolli chiqishlariga olib keldi. 1929 yilning o’zida 1300 ta chiqish kuzatildi. Dehqonlarning bu chiqishlari quloqlar isyoni, deb ataldi. Yozda Stalin yalpi jamoalashtirish shiorini ilgari surdi. Bunga ko’ra 1930 yil kuzi yoki 1931 yil bahoriga kelib SHimoliy Kavkaz, Quyi va O’rta Volgada jamoalashtrishni yakunlash zarur edi. G’alla yetishtiruvchi boshqa rayonlarda 1931 yil kuzi va 1932 yil bahorida nihoyasiga yetkazilishi lozim edi. Lekin 1927 yilda jamoalashtrish uzoq davom etuvchi jarayon sifatida ko’rilgan edi. Qishloq xo’jaligi uchun birinchi 5 yillik rejalari boshqacharoq edi: 1933 yil oxirigacha dehqon xo’jaliklarining 85%i kooperatsiyaga tortilishi kerak edi (ulardan 18-20%i kolxozlarga kirishi kerak edi).
SHunga qaramasdan 1928 yili kolxozlar kommuna, artelь va yerga ishlov beruvchi shirkat lar ko’rinishida edi. Kommunada ishlab chiqarish va hatto maishiy turmushning keng umumlashuvi kuzatildi. Artelda yer, ish hayvoni, mayda tuyoqli hayvonlar, parrandalar, jihozlar umum mulki bo’lgan.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish