Adabiyotlar:
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
Bozorov O. Farg’ona fojeasi: uning sabab va oqibatlari.– T.: 2010.– 90 b.
O’zbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: Oʻzbekiston, 1996.
O’zbekiston tarixi. R.H.Murtazayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, 2010.
Qayta qurishning birinchi yillaridayoq SSSRda millatlara-ro munosabatlar murakkablashdi. Ruslashtirishga qarshi, shimol xalqlarining tirik qolishi, qatag’on qilingan xalqlarni to’la reabilitatsiya qilish talabi bilan kichik millatlarga qarshi siyo-satni qoralab va muxtoriyatlarning huquqlarini kengaytirishga chaqiruvchi chiqishlar yuzaga keldi. 1988–1991 yillarda bu sohada 150 dan ortiq to’qnashuvlar ro’y berdi. Ularning 20 tasida qurbonlar bo’ldi, 600 kishi halok bo’lib, o’n minglab kishilar qochishga majbur bo’ldi.
Gorbachev 1988 yildan boshlangan respublikalarning ketma-ket mustaqilliklarini e’lon qilishlarini kinoya bilan “suvereni-tetlar marshi” deb atagan edi. 1988 yil noyabr oyida Estoniya Oliy Soveti Mustaqillik Deklaratsiyasini ma’qulladi va respublika Konstitutsiyasiga ham mos o’zgartishlar kiritdi. Kelasi yil may oyida esa SSSRdan chiqish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1989 yil kuzida Gruziya aholisining ko’pchiligi uning mustaqilligini tiklash uchun ovoz berdi va 1991 yil aprel oyidagi referendumdan so’ng mamlakat mustaqil deb e’lon qilindi.
Moldaviya Respublikasi 1989 yilda o’zining suverenitetini, 1990 yilda mustaqilligini
e’lon qildi. 1990 yil bahorida Litva va Latviya o’z mustaqillik va suverenitetlarini tiklab olishdi. 1990 yil yozida Rossiya, Ukraina, Belorus, O’zbekiston va Turkmanistonning suverenitetlari e’lon qilindi. 1990 yil oktyabrida Qozog’iston, dekabrida Qirg’iziston o’z suverenitetlarini e’lon qildilar. 1990 yilda Ittifoqdosh res-publikalardan tashqari, Tog’li Qorabog’, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Gagauzlar Respublikasi va Dneprbo’yi Moldaviya Respublikasi o’z suverenitetini e’lon qildi.
Rossiya Prezidentligiga umumxalq saylovlari vaqtida yanada kuchaydi. Gorbachev va Yelьtsinning o’zaro shaxsiy adovati nimadaligidan qat’i nazar, ulardagi ziddiyatning mohiyati mamlakatni taraqqiy ettirishning turli yo’llari, sotsialistik va liberal yo’llar uchun kurashdan iborat edi. Ularning respublikalar mustaqilligiga
turli munosabatda bo’lishi va hokimiyat uchun kurashi ham shu bilan belgilanar edi. Gorbachev va uning ittifoqchilari barcha kuch-larni Yelьtsin raqiblarini qo’llab-quvvatlashga safarbar etganla-riga qaramasdan, 1991 yilning iyun oyida saylovchilarning 57% i islohotlar o’tkazishga va’da bergan Yelьtsin uchun ovoz berdi. Yelьtsin Rossiyaning Prezidenti bo’ldi. SHunday qilib, ko’pchilik Rossiyaliklar kelajak haqida hech qanday tasavvurlarsiz liberal-demokratik yo’lni tanladi. Eng yirik ittifoqchi respublika – Rossiyada kommu-nistlar hokimiyatni qo’ldan boy berdilar.
1988–1991 yillardagi “real sotsializm” tanazzuli va SSSRning parchalanishi natijasida Yevroosiyoning shimoli-sharqidagi ulkan hududda 15 ta mustaqil davlat paydo bo’ldi. SSSRning rang-barang hududi, aholisi va ishlab chiqarishini meros qilib olgan respubli-kalar o’z yo’llarini izlashni ularga meros sifatida berilgan mu-ammolarni hal etishdan boshlashlari, “real sotsializm” xarobalari ustida o’z kelajaklarini qurishlari kerak edi.
Zamonaviy “ajralish” – mustaqil davlatlar tomonidan SSSR merosini tinchlik yo’li bilan taqsimlashga 1991 yil dekabrida MDHning tuzilishi va uning faoliyati yordam berdi
Unga asta-sekin 12 respublika a’zo bo’lib kirdi. Faqatgina Boltiqbo’yi davlatlari bundan mustasno.
Evroosiyo tarixida eng yangi davrning uchinchi bosqichi 1991 yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo’lgan voqealarni o’rganadi. Bu davrda sotsialistik tizimning barbod bo’lishi, SSSRning tarqalib ketishi jahon miqyosida kuchlar nisbatiga, qudratli davlatlar o’rtasida shakllangan muvozanatga katta ta’sir ko’rsatdi.
Ikkinchi jahon urishidan so’ng jahondagi kuchlar nisbatini belgilab kelgan kapitalistik va sotsialistik harbiy va siyosiy bloklar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar 1990-yillarda barham topdi.
1990 yillar boshlarida xalqaro munosabatlar tizimida tub burilish yuz berdi. Avval Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida sotsializmning barbod bo’lishi, keyin esa SSSRning tarqalib ketishi va “ikki qutbli dunyo” modelining barham topishi natijasida dunyoda bitta qutb, ya’ni AQSH boshchiligidagi arb davlatlarining hukmronligi o’rnatildi. Sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridagi qiyinchiliklar Germaniyaning birlashishi va arb davlatlaridagi integratsiyalashuv jarayonlari XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning muhim omiliga aylandi.
Vujudga kelgan mafkuraviy bo’shliqqa millatchilik, diniy mutaassiblik, tajovuzkorlik oyalari kirib kela boshladi. Global to’qnashuv xavfi o’rnini lokal urushlar xavfi egalladi. 1990-yillar oxirida Tropik va Janubiy Afrikaning bir qator mamlakatlari qonli urushlar, davlat to’ntarishlari, partizanlik harakatlari maydoniga aylandi.
Hindiston, Pokiston va SHimoliy Koreyaning yadro quroliga ega bo’lishi bu davlatlarning xalqaro munosabatlarda mustaqilligini oshirdi. Eron ham o’z rolini oshirishga intilib, boshlagan yadroviy dasturi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishga soldi.
Xitoy va Braziliyaning jadal rivojlanishi “uchinchi dunyo” mamlakatlari qatoridan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar o’nligiga olib chiqdi. Turkiya, Saudiya Arabistoni, Meksika, Fors ko’rfazi mintaqasidagi arab davlatlari va boshqa davlatlar xalqaro va mintaqaviy munosabatlarga kuchli ta’sir ko’rsata boshladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentyabrda BMTning 72-sessiyasida so’zlagan nutqi ko’pqutbli dunyo shakllanishi va globallashuv jarayonida O’zbekistonning o’rnini belgilab berishga qaratildi. Uning Markaziy Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish, Orol muammosini hal qilishda umumjahon ishtiroki, Afonistonda tinchlik o’rnatish va butun dunyo yoshlarini terrorchilik xavfidan asrab qolish zarurligi haqidagi takliflari jahon jamoatchiligi tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
Jahonning 20 ta iqtisodiy eng yirik mamalakatlari vakillarini birlashtirgan “Katta yigirmalik” – G-20 klubi tashkil qilindi. Jahon YIMining 80%i shu mamlakatlar hissasiga to’ri keladi.
“Sovuq urush” yakunlangandan so’ng xalqaro munosabatlarda, avvalo AQSH va Rossiya o’rtasida vujudga kelgan hamkorlik holati 2014 yilgacha davom etdi.
1990 yil 20 iyun O’zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida O’zbekiston SSR ning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
1991 yilning 19-21 avgustida Sovet Ittifoqida davlat to’ntarishi sodir etildi. Mamlakatda mavjud siyosiy hokimyat adarilib, favqulodda holat joriy etildi va hokimyat Favqulodda holat davlat komiteti qo’liga o’tdi. O’zbekiston SSR Oliy Kengashining Rayosati, O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1991 yil 19-21 avgustda qo’shma majlis o’tkazib, unda “SSSR GKCHPning O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O’zbekiston hududida amal qilmaydi”, degan qaror qabul qildilar.
1991 yil 25 avgust kuni O’zbekiston SSRPrezidenti mamlakatimizning to’la mustaqilligi yo’lida tamal toshini qo’yganyana bir muhim bir farmonni e’lon qildi. Unda “Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O’zbekiston SSRning tasarrufiga olinsin. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston SSR Prezidentiga bo’ysundirilsin.
O’zbekiston SSR Oliy Kengashining Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustqailligi to’risida qonun loyihasini tayyorlash va uni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin”.
XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o’z ishini boshladi. Unda “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’risida”gi masala kun tartibiga qo’yilib, qizin muhokama etildi.
“O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’risida”gi qonun 17 moddadan iborat bo’lgan.
1991 yil 5 sentyabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to’grisidagi, 6 sentyabrda imzolangan “O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlar vazirligini tuzish to’risida”gi Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlardir.
O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yil mart oyida ilgari surildi. 1990 yil 20 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Birinchi Prezident Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat komissiya tuzish to’risida qaror qabul qildi.
Konstitutsiyaviy komissiya 2,5 yil davomida O’zbekiston Konstitutsiyasini yaratish ustida ishladi. Loyihaning dastlabki varianti 1991 yil oktabr-noyabrgacha tayyorlab bo’lindi. U muqaddima, 6 bo’lim va 158 moddadan iborat edi. 1992 yil bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi variant ishlab chiqildi. 1992 yil kuzida xalq muhokamasi uchun 2 marta qo’yildi. 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. 1992 yil 8 dekabr XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.
1991 yil 15 fevral O’zbekiston SSR Oliy Kengashi ”O’zbekistonning davlat ramzlari to’risida” maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo’lib o’tgan VIII sessiyasi “O’zbekiston Respublikasining davlat bayroI to’risida”gi, 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Oliy Kengashi X sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi to’risida”gi, O’zbekiston Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to’risida”gi qonun qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi –Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi.
1990 yil 24 martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi.
1990- yil 15- noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ Farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.
1992- yil 4- yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.
O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tuzilishi (1995-2004 yillar) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladi.
2005-yildan 2-palatali Parlament faoliyati yo’lga qo’yildi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlari quyigilardan iborat.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.MDH qachon tashkil topdi?
2.O’zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi qachon qabul qilindi?
3. Davlat ramzlari to’g’risidagi qonun qachon qabul qilindi?
4. Parlament tarixi necha bosqichga bo’lish mumkin?
5.O’zbekistonning xalqaro reytinglarda o’rni?