Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi


-14 mavzu: Totalitar tuzumining qulashi (1985-1991 y.)



Download 1,64 Mb.
bet21/40
Sana12.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#659266
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
shamsiyeva

13-14 mavzu: Totalitar tuzumining qulashi (1985-1991 y.)


Reja:

  1. M.S.Gorbachevning hokimiyat tepasiga kelishi.

  2. Qayta qurish va oshkoralik. Ijtimoiy-siyosiy hayotning jonlashishi.

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy inqirozining yetilishi.

  4. Ittifoqchi respublikalarda milliy harakatlarning o’sishi. Gorbachyovning tashqi siyosati.

Adabiyotlar
1.Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
4.R.Servis “Lenin”. M., 2002.
5.Emelьyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.
6.Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.
7.Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.
8.Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -188 b.

L. I. Brejnev haqida esa: “Kulьt bor, ammo shaxs yo’q”, – deb ay-tishardi. Ammo nomenklaturadagi xodimlar unga xos bo’lgan eski-likni yoqlash, ko’ngilchanlik va bemalollik xususiyatlarini hamda xatolarga va suiiste’mol qilishlarga beparvoligini qadrlar edi. Undan keyin oligarxiyani boshqargan, 1982–1984 yillarda KPSS MQ Bosh kotibi bo’lgan Yu. Andropov “real sotsializm”ning lenincha hayotiyligiga zarracha shubha qilmasdi. U intizomni mustahkamlash, “sovet xalqi”ni ma’muriy-milliy birlashtirish (ruslashtirish orqali) va mamlakatni harbiylashtirish uchun jon kuydirdi.


Uning qat’iyligi va jamiyatni o’rganish zaruratini tan olganligi mam-lakatda o’zgarishlarni kutish sukunatini jonlantirdi, ammo u 1984 yil fevralida olamdan o’tdi. Uning vorisi K. CHernenko, ka-sal bo’lishiga qaramay, imkoni boricha “brejnevcha” yo’l tutdi, ammo 1985 yil martigacha ham yashay olmadi.
1985-yil mart oyida M. S. Gorbachyov KPSSning Bosh kotibi lavozimini egalladi. SHu yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi. Unga ko’ra, 15 yil ichida (1985—2000) SSSRning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya’ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi.
Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular:
— korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo’jalik hisobiga va o’zini o’zi mablag’ bilan ta’minlashga o’tkazish;
— mehnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy
turmush sharoitlarida chuqur o’zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to’lash;
— oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini
faollashtirish.
Aslida jadallashtirish dasturi ham KPSS va Sovet davlati rahbariyati- ning yana bir xomxayol orzusi bo’lib chiqdi. CHunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo’lmas edi. Buning ustiga SSSR aholisi ongi yangi — bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo’jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi.
Byudjet taqchilligi 100 mlrd so’mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985—1991) 10 baravar kamaydi va u atigi 240 tonnaga tushib qoldi. Aholining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi. SHunday sharoitda
M. S. Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm» qurilishini e’lon qildi. Biroq endi uning cho’pchaklariga deyarli hech kim ishonmay qo’ydi. Ittifoq davlati oliy rahbariyati va organlari aholi ko’z o’ngida obro’-e’tiborini, ishonchni yo’qotib qo’ydi.
M. S. Gorbachyovning siyosati tarixga «qayta qurish» siyosati nomi bilan kirgan. Bu qayta qurish mamlakat siyosiy hayotiga ham taalluqli edi. 1988- yilda KPSSning XIX Butunittifoq konferentsiyasi
qarori asosida qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi — SSSR Xalq deputatlari sezdi tuzildi.
Yangi oliy lavozim — SSSR Oliy Soveti raisi — joriy etildi. 1989-yilning
mart oyida chaqirilgan SSSR xalq deputatlari 1 sezdida KPSS MK Bosh sekretari M. S. Gorbachyov ayni paytda SSSR Oliy Soveti raisi etib saylandi. Binobarin, siyosiy islohot tugab borayotgan KPSSning rahbarlik rolini saqlab qolishga ham xizmat qilishi lozim edi.
Mamlakatda tsenzura deyarli olib tashlandi. Biroq bular mavjud tuzumni saqlab qola olmadi. Bu davrda qator respublikalarda mavjud davlat hokimiyati organlariga parallel ravishda yangi hokimiyat organlari ham vujudga keldi. Ko’ppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bilan raqobatlasha boshladi ham. Aksariyati sovet modelidagi sotsializmni, KPSSning davlat hokimiyatiga bo’lgan monopol huquqini inkor etdi.
Ammo ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muvaffaq bo’linmadi. 80- yillarga kelib eskirgan asbob-uskunalar ulushi 40% dan oshdi. Eng yangi mashinalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish uchun SSSRda AQSHdagiga ko’ra 9–10 barobar ko’proq vaqt sarf etilardi. Sovet ishlab chiqarishida energiya va xomashyo sarfi G’arbiy
Evropadagidan 1,5–2 baravar ko’p, ammo ishlab chiqarish samarador-ligi bir necha barobar past edi. Korxonalarning 25–30% i surunka-li ravishda daromad bo’yicha rejalarni bajarmas edi. Agrosanoat kompleksining maxsus tarzda tashkil qilinishiga qaramasdan, 70% ga yaqin kolxoz va sovxozlar hatto sovet o’lchovlari bo’yicha zarariga
ishlar edi. 80- yillarning o’rtalariga kelib neftning dunyo bozo-ridagi narxlari pasayishi munosabati bilan, sovet byudjeti uchun juda muhim bo’lgan neftь eksportidan olinadigan daromad ham ancha qisqardi.
Sovet iqtisodiyoti harbiyligicha qolaverdi. Eng avvalo, harbiy maqsadlarda
strategik xomashyoni qazib olish oshirilar, tadqiqotlarning 4–5 qismi harbiy maqsadlarda o’tkazilar, yangi harbiy texnologiyalar yaratilar, raketalar va sun’iy yo’ldoshlar uchirilardi. Ammo SSSR biror strategik texnologiya bo’yicha AQSHdan o’zib keta olmadi va faqatgina bir necha yo’nalish bo’yicha tenglikni saqlab qola oldi, xolos. Umuman, ishlab chiqarishning yillik o’sish sur’atlari 13,2 dan
10% gacha pasaya bordi. Yuksak texnologiyalar o’choqlari yaratilishi-dan qat’i nazar, ishlab chiqarish samaradorligi bo’yicha u elektron axborot ishlab chiqarishga o’tgan mamlakatlardan tobora ortda qolib bordi. Aholining davlat monopoliyasiga asoslangan ekspluatatsiyasi chuqurlashib bordi. Mehnatga haq to’lash uning natijalariga umuman mos kelmas edi va ishchilar yaratgan daromadning tobora kattaroq qismi
ijtimoiy iste’mol fondlari tomonidan mehnat samarasiga nomu-tanosib tarzda taqsimlanardi.
Eng malakali va qobiliyatlilarning bor mahorat bilan mehnat qilishi qiziq bo’lmay qoldi, chunki ular-ning mehnati juda past baholanar edi.
“Umuman, SSSRda yaxshi ishlash befoyda edi”, – deb guvohlik beradi V. Pavlov.
80- yillarning o’rtalariga kelib, hukumatning e’tirof qilishicha, aholining 40 million nafari qashshoq ahvolda yashagan. SSSRda aholining sog’liq darajasi va o’rtacha umr kechirishi eng rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha yomon edi. Har yili 120 ming nosog’lom bolalar tug’ilardiki, bu aholi genefondi (nasliy aql-zakovati)ga katta zarar yetkazdi.
Neftni eksport qilishdan keladigan daromadning kamaygani sa-babli import qisqartirildi va aholiga zarur mollar tanqisligi oshdi, hukumat esa o’zining xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini oshirdi
Bu narxlarning ko’tarilishiga, olib-sotarlikning avj olishiga va noqonuniy korxonalar – “yashirin iqtisodiyoti”ning faollashishiga olib keldi.
Ekologik vaziyat ham tobora murakkablasha bordi, tabiatning atom va kimyoviy chiqindilar bilan ifloslanishining haqiqiy ko’rsatkichlari yashirilar edi. Yillik ekologik talofotlar SSSRda tabiatni muhofaza qilish uchun sarflangan xarajatlardan 4–5 ba-robar ko’p edi. Ekologik ofat mintaqalari soni 150 dan oshib ketdi.
Orol dengizi qurib borar, Baykal va Ladoga ko’llari zaharlandi.
Ayni paytda KPSSning o’zida ham 3 oqimga bo’linish yuz berdi.
Boltiqbo’yi respublikalari kommunistik partiyalari 1989—1990-yillar davomida KPSS tarkibidan ajralib chiqdi. SHu tariqa SSSRda jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya bordi. Bu hol milliy res- publikalarda aholi milliy ongining uyg’onishiga qulay sharoit yaratdi.
Endi ularda mustaqillikka intilish tobora kuchaydi. Boltiqbo’yi respub- likalari «Davlat suvereniteti to’g’risida deklaratsiya» qabul qildilar. O’zbe- kistonda prezidentlik lavozimi joriy etildi. SHunday sharoitda Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yo’li bilan SSSRni saqlab qolishga urindi.
1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o’rtasida Tog’li Qorabog’ masalasida munosabatlar keskinlashdi. 1989-yilda Farg’ona, 1990- yilda O’sh, 1991-yilda Gruziya — Abxaziya, Gruziya — Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqarildi. Ayni paytda M.S. Gorbachyov va Rossiya rahbari B. Yelsin o’rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi.
SSSRning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roli beqiyos katta bo’lgan- ligiga SSSRning 70-yillik tarixi guvoh. Biroq
qayta qurish yillarida KPSS obro’si borgan sari yo’qolib bordi. Partiyada poraxo’rlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Kon- stitutsiyasiga yozib qo’yilgan KPSSning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). SHunday sharoitda yangi la- vozim — SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III sezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi.
M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSRni qanday bo’lmasin saqlab qolish edi. CHunki u o’zi boshlagan islohot SSSRni qulatishi mumkinligini aslo
xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi.
M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari
bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to’g’ridan to’g’ri muzokara o’tkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi.
Unga ko’ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo’qotar va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shug’ullanar edi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda rus tili davlat tili maqomini yo’qotib, millat- lararo muloqot tiliga aylanardi.
SHartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustga belgilandi. Biroq real hoki- miyatni qo’ldan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan 19-avgustga o’tar kechasi davlat to’ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda
Holat Davlat Qo’mitasi) tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M. S. Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHPga SSSR vitse-prezidenti G. Yanaev rahbarlik qildi. GKCHP SSSRning ba’zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSRning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati to’xtatilganligi, mitinglar va namoyishlar o’tkazish man etilganligi, ommaviy axborot vosi- talari nazoratga olinganligi e’lon qilindi.
Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHP- ni qo’llab-quvvatlamadi. Aksincha, ular GKCHPga qarshi chiqqan Rossiya Prezidenti B. Yelsin tarafida bo’ldilar. B. Yelsin moskvaliklarni GKCHP- ga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHPni qo’llab- quvvatlamadi. G’arb davlatlari ham GKCHPni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum bo’lgan GKCHP oxir-oqibatda mag’lubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHPning barcha rahbarlari davlat to’ntarishi qilishga uringanlikda ayblanib hibsga olindilar.
Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini taqiqlash haqida farmon chiqardi. SHu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan
M. S. Gorbachyov SSSRni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSRni tuzgan 3 davlat — Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari 1991- yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e’lon qildilar hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzoladilar.
Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. SHu tariqa SSSR parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladilar. 25-dekabr kuni
M. S. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste’fo berdi.
SSSRdan Rossiyaga og’ir meros qoldi. Bozor iqtisodi qonunlarini joriy etish juda murakkab yo’ldan bordi. Rossiya sobiq sovet respublikalari o’rtasida va xalqaro maydonda o’z mavqeyini yo’qotmasligi lozim edi. Bu oson ish emas edi.
1992-yilda narxlar erkinlashtirila boshlandi. Yil oxiriga kelib davlat ixtiyorida faqat byudjetda ishlovchilarning ish haqini va ular ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilash qoldi. Davlat eng asosiy korxonalardan tashqari, barcha korxonalarini o’z tasarrufidan chiqara boshladi. Bu korxonalar u yerda ishlovchilarning aksionerlik mulkiga aylandi. Ular aktsiyalarning katta qismini boshqa fuqarolarga xususiylashtirish chekiga (vaucherga) sotish huquqiga ega edilar. Mamlakatda 24 ming korxona, 15 foiz fermer xususiylashdi.
Davlatda yetarli mablag’ning yo’qligi natijasida bir yilda ishlab chiqarish 20 foizga pasaydi. Ijtimoiy ta’minot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash xodimlari qiyin ahvolga tushib qoldi.
Aholi daromadi 2 baravar kamaydi. B. Yelsin 1992-yil dekabrda Ye. Gaydar o’rniga V. CHernomirdinni Bosh vazir etib tayinladi.
1993-yil 23-aprelda umumxalq referendumi o’tkazildi va ko’pchilik
B. Yelsinni qo’lladi. Lekin Oliy Sovet raisi R. Xasbulatov Prezidentga qarshi faoliyatni davom ettirdi. 1993-yil 21-sentyabrda B. Yelsin Oliy Sovetni tarqatdi. Ammo Xasbulatovchilar bo’ysunmay, Oq uyda sezd chaqirib,
B. Yelsin ishdan olinganligini va A. Rutskoy vitse-prezident etib saylanganini bildirishdi va qurolli hujumga o’tdi. B. Yelsin bunga kuch bilan javob berdi va 4-oktyabrda Oq uy o’qqa tutildi, oppozitsiya taslim bo’ldi. Prezident Sovetlarni tarqatib yubordi. 1993-yil 12-dekabrdagi Umumxalq referendumida 58 foiz qatnashchilar yangi Konstitutsiya uchun ovoz berdilar.
Iqtisodiyotda o’tkazilgan tadbirlar natijasida ishlab chiqarishning 70 foizi aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo’liga o’tdi. Rossiyada ko’plab g’oyalar, harakatlar yuzaga keldi. G. Yavlinskiy, A. CHubays, Ye. Gaydar va boshqalar o’z takliflari bilan chiqdilar. Lekin ahvol murakkabligicha qoldi. Buni V. CHernomirdin «iloji boricha yaxshi bo’lishini istadik, ammo ahvol har doimgidek davom etaverdi», deb tan oldi.
Oppozitsiya yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo’yishga xalaqit berardi. Ularning deyarli barchasi eski sovet davri rahbarlari bo’lib, yangi sharoitga, bozor iqtisodi sharoitiga ruhiy va amaliy jihatdan moslashishga qiynaldilar. Buning ustiga CHechenistondagi harakat Rossiya uchun juda qimmatga tushdi.
1996-yilgi saylovlarda B. Yelsin qiyinchilik bilan g’alaba qildi. U bozor iqtisodiga o’tishni «yosh islohotchilar» (CHubays) qo’li bilan jadallashtirishga harakat qildi. Lekin 1998-yilda byudjetni hayotga tatbiq etishning iloji bo’lmadi.
B. Yelsin CHernomirdin o’rniga Bosh vazir etib S. Kirienkoni tayinladi. Lekin ahvol o’nglanmadi. 1998-yil sentyabrda keksa siyosatchi Ye. Primakov Bosh vazir etib tayinlandi. 1999-yil ishlab chiqarish biroz jonlansa-da, yangi bozor iqtisodi tartiblari o’rnatilmadi. 1999-yil may oyida Ye. Primakov ishdan olinib, dumaparast V. Stepashin hukumat boshlig’i qilib tayinlandi. Moskva meri Yu. Lujkov «kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taq- simlash» shiori bilan chiqdi.
SHunday og’ir sharoitda B. Yelsin hokimiyatga munosib nomzod izladi va 1999-yil avgustida V. Putin hukumat boshlig’i qilib tayinlandi.
Razvedka maktabini o’tagan, qat’iyatli, yangicha fikrlovchi, sotsializm
mansablarida ishlamagan aqlli va irodali V. Putin tezda o’zini ko’rsatdi. U chechen jangarilarini jilovlashda oqilona yo’l tutdi va katta obro’ qozondi. 1999-yil kuzida ma’muriyat «Edinstvo» (Birlik) harakatini tashkil etdi va
V. Putinga yordam berdi. 1999-yil dekabrda Dumaga saylovlarda Lujkov — Primakov bloki va kommunistlar zaiflashib qoldi.
Hokimiyat ishonchli qo’lga o’tganini tushungan B. Yelsin 2000-yil boshida muddatidan oldin iste’foga chiqdi. Mart oyidagi Prezident saylovida V. Putin g’olib chiqdi.

Savol va topshiriqlar


1 Urushning SSSR uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
2 Qanday omillar SSSR xalq xo’jaligini qisqa yillar ichida tiklab olishga imkon berdi?
3 Nega Sovet rahbariyati tez-tez qatag’onlar o’tkazib turgan?
5 Kommunizm qurish dasturi nega barbod bo’ldi?
6 L.I.Brejnev davrida tashqi siyosatda qanday xatolarga yo’l qo’yildi? Ular SSSRning taqdiriga keyin qanday ta’sir ko’rsatdi?
7 M. Gorbachyov e’lon qilgan jadallashtirish yo’li nega natija bermadi?
8. Siyosiy islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsadni qayd eting.
9. O’ylab ko’ring: M. Gorbachyov 1991-yilgacha ham yangi Ittifoq shartnomasining imzolanishiga erishishi mumkin bo’lgani holda, nima uchun unga erisha olmadi?
10. SSSR qay tariqa parchalandi? Rossiyaga qanday meros qoldi?
11.Rossiyaning bozor iqtisodiga o’tishi qanday kechdi?






Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish