Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi



Download 1,64 Mb.
bet17/40
Sana12.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#659266
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
shamsiyeva

Siyosiy soha. XVIII asrdayoq mashhur frantsuz faylasufi va ma’rifatparvari SH.Monteskьe «to’g’ri tashkil etilgan davlatda yagona hokimiyat bo’lishi mumkin emas, bir-biridan mustaqil bo’lgan uch hokimiyat-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo’lishi zarur. Ularning biron-bir organ yoki shaxsning qo’lida mujassaslashuvi umumiy manfaatьarning unutilishiga, suiiste’molliklarga olib keladi. Bu hol shaxsning siyosiy erkinligiga ziddir », deb yozgan edi.
SSSRda o’rnatilgan hokimiyat partiya apparatining siyosiy hukmronligiga asoslandi. Sud hokimiyati fuqarolar urushi davrida Butunittifoq favqulodda komissiya, boshqa favqulodda va XKSga bo’ysungan mahalliy ijroqo’mlarning qo’lida edi.
YaIS yillarida boshqaruv va sud idoralarining funktsiyalari ajratib qo’yildi. Biroq 30-yillarning boshlariga kelib, bu jarayon to’xtatib qo’yildi. Vakillik idoralari bo’lgan Sovetlarning roli pasayib, ijroqo’mlarning boshqaruv funktsiyalari kengayib bordi. Vakillik demokratiyasining zaifligi uni Rossiyada tarixian shakllanmaganligi bilan izohlanardi. Bu esa partiya apparatiga hokimiyat va boshqaruvni ijtimoiy-negiz-xalqdan ajratib olishiga olib keldi. Partiya va davlat apparatining sud ishlari-hukm chiqarish, ijro etish kabilarga muttasil aralashuvi kuzatildi. Ayniqsa, siyosiy ishlar bo’yicha chiqariladigan humlarning mohiyati avvaldan tayyorlanib, belgilab qo’yildi.
Stalinga alьbomning alohida sahifalarda bayon qilingan ishlar ko’rib chiqish uchun taqdim etilardi. Har bir ish (delo)ning ostida uchta familiya bo’lib, imzo qo’yilmasdi –Ulьrih Yejov, Vishinskiy. Agar Stalin bironta familiyaning ro’parasiga «1» raqamini yozsa, bu otuvni, «2» raqamini yozsa- 10 yil qamoqni anglatardi. Stalin raqamlamagan familiyalarga Ulьrih, Yejov va Vishinskiylar o’z xohishlariga ko’ra jazo belgilashardi.
Sovet jamiyati 30-yillarda fuqarolik jamiyati, davlat esa huquqiy davlat bo’la olmas edi. Umumiy qonunbuzarliklarga yo’l qo’yilayotgan 1936 yili SSSRning Asosiy qonuni-Konstitutsiya qabul qilindi. Unda yozishmalar maxfiyligi, shaxs dahlsizligi kabilar sovet kishilarini masxaralagandek yozib qo’yilgan edi. Mamlakatda esa shafqatsiz qatag’onlik mashinasi ishlab turar, ommaviy hibsga olishlar, qatl etishlar avj olgandi.
Ushbu konstitutsiyada odil sudlovni sudlar amalga oshiradi, sudьyalar mustaqil, ular faqat qonunlarga bo’ysunadilar, degan demokratik tamoyillar yozib qo’yilgan edi. Ayni paytda sudga bo’ysunmaydigan Konstitutsiyaga zid keluvchi faoliyatni amalga oshiruvchi suddan tashqari idoralar tizimi - OGPU huzuridagi maxsus majlis, turli «uchlik»lar,
«ikkilik»lar odil sudlovni «ro’yobga» chiqarardi.
1934 yil 1 dekabrь kuni SSSR MIK ning terrorchi tashkilotlar va terrorchilik harakatlari to’g’risidagi surishtiruv-tergov ishlarni 10 kunlik muddatda ko’rib chiqish hamda ishlarni sudda himoya va ayblovchilarsiz ko’rilishini, hukmning ijrosiga hukm o’qib eshittirilgandan so’ng darhol amalga oshirishni nazarda tutgan qarori chiqarildi. Ushbu qarorning chiqarilishi 1934 yil 1 dekabrь kuni Smolьniyda Leningrad partiya tashkilotning rahbari, VKP (b) MK Siyosiy byurosining a’zosi, 48 yoshli S.M. Kirovning o’ldirilishi bilan bog’liqdir, deb faraz qilish mumkin. CHunki 1934 yili VKP(b)ning XVII s’ezdida partiyaning Markaziy Komitetiga saylovlar o’tkazildi. Unda S.M. Kirov Stalinga nisbatan ko’p ovoz oldi. S’ezdning 1966 delegatidan 1108 tasi hibsga olindi. MK a’zolari va a’zolikka nomzodlardan 138 tasi 98 kishi qatag’on qilindi.
Keyinchalik aniqlanishicha, Kirov Leningradlik terrorchi va trotskiychi-zinonьevchi markaz tomonidan o’ldirildi, degan xabarlar chiqdi.Bu esa Kirovning o’ldirilishi Stalinga o’zi yoqtirmagan shaxslardan o’ch olishga bahona bo’ldi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining xarakteri millatlar va elatlarning o’zaro munosabatlariga ham ta’sir qildi. Federatsiya nomi ostida 30-yillarda qat’iy markazlashgan davlat tashkil topdi. Mamlakat milliy strukturasi ham soxtalashtirdi. 1936 yilgi Konstitutsiya loyihasi to’g’risida qilgan ma’ruzasida Stalin mamlakatda 60 millat yashaydi, deb aytdi, holbuki millatlar soni ikki baravar ko’p edi. Agar 1926 yilgi aholini rhyxatga olish mobaynida 194 millat borligi faraz qilingan bo’lishsa, 1939 yilgi ro’yxatga olishda 100 dan kam millat ko’rsatishdi. Ko’plab millatlarning, ayniqsa, kam sonli millatlarning mavjudligi inkor etildi. Milliy ishlar bo’yicha xalq komissarligi 20- yillardayoq tugatilgan edi. 1936 yilga kelib SSSR Oliy Soveti tarkibida tuzilgan Millatlar Soveti tarkibida tuzilgan Millatlar Soveti muayyan milliy masalalar bilan kam shug’ulanardi.
1936 yilga kelib milliy-ma’muriy bo’linishning milliy rayonlar va milliy qishloq Sovetlari kabi shakllari yo’q qilindi. Ushbu bo’linmalar millatlar ona tilida maktab ta’limi va madaniy-ma’rifiy faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoritlar yaratish ishlarini olib borishardi.
Fan sohasida ham shunday hollar yuz berayotgan edi. Urushdan va inqilobdan keyingi yillarda mamlakatning yangi va inqilobgacha mavjud bo’lgan ilmiy xizmatlari milliy muammolar bilan shug’ullangan bo’lsa, 30- yillarga kelib bunday xizmatlar yopib qo’yildi.
Oliy hokimiyat idoralari o’z farmoyishlari va yo’riqnomalarini chiqarishda millatning o’ziga xos jihatlari–geografik o’rni, iqlimiy sharoitlari, milliy ruhiyatining xususiyatlari kabilarni nazarga ilmas edi. Masalan CHechen-Ingushetiya dehqonlari jamoalashtirish to’g’risidagi ko’rsatmalarni inkor qilishdi. Buning boisi kolxozlarga munosabatda emas, balki tog’li tumanlarda aholini ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanishi va ko’pchilik bo’lib turg’un yashamasligi edi. Bu tumanlarda yakka xo’jaliklar sovet idoralari tomonidan eskilik sarqiti deb ko’rildi. CHechenlar va ingushlarning dastlabki chiqishlari 1930-1932 yillarga to’g’ri keldi. Ular partiya va Sovet xodimlarini o’ldirishar, chorvani haydab ketishardi. SHimoliy Kavkazning ko’p millatli hududidagi vaziyat 30-yillarda juda keskin edi. Bu ma’muriy-buyruqbozlik tizimining millat iqtisodiyotiga uning xususiyatlarni e’tiborga olmasdan, milliy an’analar hamda ehtiyojlarga hurmat ko’rsatmasdan, milliy ongni shikastlagan holda aralashuvining birgina misolidir.
«Millatlarning uyg’unlashuvi» siyosatini o’tkazish millatlararo nizolarning yangi va yangi muammolarni keltirib chiqardi.
Mulkdan, hokimiyatdan, boshqaruvdan mahrum qilingan inson huquqiy jihatdan shaxs bo’lishi mumkin emas edi. SHaxs huquqlar sinfiy, guruh va partiya–byurokratik manfaatlari bilan almashtirildi. Partiya-davlat byurokratiyasi borgan sari sinf, toifa tusini ola boshlad. Inson huquqiy muhofazaga kafolat bera olmasdi. Maktab o’quvchilarni «xalq dushmanlari»ga nisatan murosasizlik ruhida tariyalardi. Ko’pincha o’quvchining otasi, onasi, qatag’onlik ongi, tafakkuri shakllantirilardi-fuqarolar «xalq dushmanini» topishga samimiy yordam berishar, u esa barcha rahbarlik bo’g’inlari tomonidan rag’batlantirildi. Ma’muriy- buyruqozlik va partiya - davlat tizimi «erkin shaxs» bushunchasi qamrab oladigan mustaqil fikrlar, erkinlik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, tanqidiy munosabat, ijodiy fikrlash kabi jihatlarni yo’q qilib berardi. Insonlar oddiy ijrochi , «o’rtamiyona individ»ga aylana borishdi.
Totalitar tuzum shaxsning va ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib borar, insonning ichki dunyosini ham nazorat qilishga urinardi. Bunga qarshilik ko’rsatish mushkul edi. Qarshilik ko’rsatganlarni qatag’onlik kutardi.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish