Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi



Download 1,64 Mb.
bet13/40
Sana12.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#659266
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
shamsiyeva



Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Fuqarolar urushi qaysi yillarda bo’lib o’tdi?

  2. Antanta intervensiyasining amalga oshirilishi va oqibatlari

  3. Fuqarolar va intervensiyasi yillarida sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan siyosat va undan ko’zlangan maqsad nima edi.


5-6 mavzu: Totalitar tuzumning yangi iqtisodiy siyosat davri (1921-1928 yy.)


REJA:

  1. 1920-1921 yillardagi iqtisodiy qiyinchiliklar.

  2. Mamlakatning xalqaro ahvoli.

  3. RKP (b) ning X s’ezdi.

  4. Yangi iqtisodiy siyosat ning mohiyati.

  5. YaIS va tashqi siyosat.

Adabiyotlar:

  1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – T., 1998.
3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T., 1997.
4.R.Servis “Lenin”. M., 2002.
5.Emelьyanev Yu.V. “Stalin” v 2-x tomax. M., 2003.
6.Avtorxonov A. Kreml saltanati. –T.: 1993.
7.Xaydarov M. Uzbekistonda sovet davlati boshkaruv tizimi: shakllanishi, boskichlari va moxiyati (1917-1941 y). –T.:, 2012.-272 6.
8.Igor Bunich. Partiyaning oltinlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2005 -188 b.

1920-1921 yillarga kelib mamlakat murakkab iqtisodiy vaziyatga tushib qoldi. Jahon urushining qariyb 4 yili, 1917 yilgi burjua inqilobi, oktyabrь davlat to’ntarishi, fuqarolar urushi, «harbiy kommunizm» siyosati chet el interventsiyasi mamlakatni xonavayron qildi. Inqiroz ijtimoiy hayotning barcha sohalarini: sanoatni, qishloq xo’jaligini qamrab oldi. Ekin maydonlari qisqarib, hosildorlik pasayib ketdi. Agrar sektorning yalpi mahsuloti qariyb 2 marta kamaydi, non, gugurt, tuz yetishmovchiligi boshlandi. SHakar ishlab chiqarish 1913 yilga nisbatan 45 marta qisqarib ketdi. SHahar va qishloq o’rtasidagi an’anaviy aloqalar buzildi. Ayrim hujjatlarda keltirilishicha, kommunistlar yetakchisi V.I.Lenin 1921 yil oktyabrida, “biz kommunistik ishlab chiqarish va taqsimotga bevosita o’tish mumkin, deb yanglishdik. Biz dehqonlar razverstka bo’yicha bizga atroflicha don beradi, biz esa donni zavod va fabrikalarda taqsimlaymiz hamda shu orqali kommunistik ishlab chiqarishva taqsimotga erishamiz, deb o’yladik.” deya yozgan edi. Fuqarolar urushining xalq xo’jaligini tiklash masalasini ko’ndalang qilib qo’ydi. Texnikaviy baza qashshoqligida ko’plab iqtisodiy masalalarni hal qilish mumkin emasligi ayon bo’lib qoldi. SHu bois 1920 yil dekabrь oyida amalga oshirilishi 10-15 yilni o’z ichiga olgan «Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi» (GOELRO) qabul qilindi.
Inqiroz shunga olib keldiki, 1920 yilning yozida Tambov va Voronej guberniyalarida dehqonlar qo’zg’oloni ko’tarildi. Ularni «quloqlar isyoni» deb atashdi. Don, Kubanь, Ukraina, Volgabo’yi, Sibirda ham shunday qo’zg’olonlar bo’ldi. Bu esa shaharliklarning shunday ham yengil bo’lmagan hayotini og’irlashtirib yubordi. 1921 yil yanvarida ishchilarning non payogi (ulushi) qisqartirildi. 40 mln dan ziyod odam och edi. Hukumat dehqonlarni faqat armiyagina tinchlantira oladi, deb o’ylab, Tambovga Tuxachevskiy rahbarligida 50 ming qizil askarni yubrdi. Biroq 1921 yil mart oyida Kronshtadtda bo’lgan voqealar bu puch xayol ekanini ko’rsatdi.
1921 yili 1 mart kuni qo’zg’olon ko’targan dengizchilar so’z, matbuot erkinligi, savdo erkinligi, dehqonlarning yerga to’la egalik qilish huquqini talab qilib chiqishdi. Trotskiy rahbarligida bu qo’zg’olon bostirildi.
1920-1921 yillardagi oziq-ovqat razverstkasi sotsializm qurishning harbiy-kommunitik usullarining inqirozi ekanligi ma’lum bo’ldi. Aslida bu rus ozodlik harakatiga marksizm kirib kelgan davrlardan buyon gegemonlik qilib kelayotgan sotsializm kontseptsiyasining ( kontseptsiya – bu o’rinda ta’limot) chuqur inqirozi edi.
SHunday sharoitda RKP (b) ning X s’ezdi (1921 yil 8-16 mart) bo’lib o’tdi. S’ezdning yettinchi ish kunida oziq-ovqat razverstkasini oziq-ovqat solig’i bilan almashtirish masalasi ko’rib chiqildi.
Avvaliga savdo-sotiq to’g’risida ochiqdan-ochi salbiy ohanglarda gapirgan Lenin dehqonlar qo’zg’alonlarini, jahon inqilobining pasayishi, Kronshtadt isyonini ko’rib, savdo erkinligini yoqlab chiqdi.
SHu tariqa oziq-ovqat razverstkasini oziq-ovqat solig’i bilan almashtirish va savdo-sotiqqa berilishi YaIS nomini olgan siyosatgan asos bo’ldi. YaISni o’zaro bog’liq bo’g’inlardan iborat zanjirga qiyoslash mumkin. Bitta bo’g’inni boshqa bo’g’inlardan alohida holda rivojlantirib bo’lmas edi. Sanoat, transport, boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xo’jaligi va shu kabi bo’g’inlarni kompleks rivojlantirmasdan iloji yo’g’ edi. Birinchi bo’g’in savdo edi. Oziq-ovqat solig’ini to’lab qo’ygan dehqon endi, ortiqcha mahsulotni erkin tasarruf qilishi, ya’ni sotishi mumkin edi. Savdo-sotiq erkinligi davlatning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini taqsimlashdagi monopoliyanigina emas, balki shahar sanoatnini boshqarishdagi monopoliyani ham bartaraf etdi. Sanoat korxonalari endi xo’jalik hisobiga o’tkazildi. Xo’jaliklar asta-sekin o’z xarajatlarni o’zi qoplash, mablag’ bilan o’zini o’zi ta’minlash va o’zini o’zi boshqarishga o’ta boshladi. Korxonalar o’z mahsulotining bir qismiga o’zi egalik qila boshladi. Ishchilarni moddiy rag’batlantirish joriy qilindi. Ko’plab korxonalar, shirkatlar, kooperativlar yoki xususiy shaxslarga ijaraga berila boshlandi. SHu tariqa barcha mayda va kustar sanoatni umumxalq mulkiga aylantirish to’g’risidagi dekretlar bekor qilindi. 1921 yil 7 iyuldagi yangi Nizomga ko’ra bir shaxs bitta mayda sanoat ishlab chiqarishini yo’lga qo’yishiga ruxsat berildi. O’ntadan yigirmatagacha xodim yollashga ijozat berildi. 1923 yilning mart oyiga kelib kustar sanoatning 80%i davlatga, qolganlari-xorijiy kontsessiyalarga qarashli edi.
Mayda va ayrim o’rta sanoat korxonalari avvalgi egalariga qaytarildi. SHaharlardagi binolar va korxonalar, qishloqlardagi yer va texnika ijaraga berildi. Davlat zavodlariga ko’plab mutaxassislar jalb qilina boshlandi. NEPmanlar, ya’ni yangi iqtisodiy siyosat burjuaziyasi shakllana boshlandi. Eski burjuaziya mashg’ulot turiga ko’ra 30% dan 50% gachani tashkil etardi. NEPmanlarning qolgan qismi sovet xizmatchilari, dehqonlar va mayda ishlab chiqaruvchilardan iborat edi. Ushbu burjuaziya ham xususiy ham davlat kapitalistik ukladi bilan bog’liq edi. Sarmoyalarning tez aylanishi tufayli savdo-sotiq nepmanlarning asosiy ish faoliyatini tashkil qildi. 1921 yil umumiy mehnat majburiyatining bekor qilinishi tadbirkorlik bilan shug’ullanishga imkon yaratdi. SHu tariqa YaIS insonga tashkiliy iqtisodiy erkinlik berdi, tashabbuskorlik va tadbirkorlik uchun imkoniyatlar yaratdi.
YaISning Ukraina, Kavkaz, Qrim, Uralbo’yi, Volgabo’yi rayonlarida 1921 yili qo’rg’oqchilik bo’lib, 1921-1922 yillari aholisi 90 million kishidan iborat 40ta guberniyada ocharchilik boshlandi. SHundan 40 million kishi o’lim xavfi ostida qoldi. Ochorchilikdan 5 mln kishi hayotdan ko’z yumdi. Volgabo’yidan Moskvaga kelgan delegatlar o’z rayonlaridagi kannibalizm holatlarini so’zlab berishdi.
Dehqonlar ommaviy ravishda qishloqlarni tark eta boshlashdi. Ular shaharda biron-bir payok olishga umid qilishardi. Masalan, Moskvada bir ishchi og’ir jismoniy mehnat bilan band bo’lsa-da, bir kunda 225 gramm non, 7 gramm go’sht yoki baliq, 10 gramm shakar olardi. Mamlakatda millionlab bolalar nazoratsiz, daydib yurishardi. Tif, vafo, suvchechak kabi kasalliklar epidemiyasi tarqalgandi. Isitilmagan uylar, yopilgan zavod- fabrikalar, sovub qolgan domen pechlari, relьslarda turib qolgan vagon va parovozlar-bu o’sha davrning mash’um ko’rinishi edi. Bolalar jinoyatchiligi 1913 yilga nisbatan 7,4 marta o’sdi. Eng zarur narsalar yetishmas edi. Oddiy sovunning bir parchasi ham qimmatli edi.
Fuqarolarning aksariyati «millioner» edi. 1921 yili 16 kg guruch uni 140 ming so’m turardi. Tramvayda bir bekat masofa uchun 500 rublь yo’l haqi olinardi. «Pravda» gazetasining bitta soni 250 rublь edi. SHakar 1913 yilga nisbatan 162 ming marta qimmatlashgandi. Eng zarur mahsulotlarni xarid qilish uchun bozorga bir necha million rublь bilan borilardi.
Hukumat bu qiyinchiliklardan chiqish yo’llarini zo’r berib izlay boshladi. Ochlarga yordam berish uchun bir qator komissiyalar tuzildi. Mamlakatda och qolgan qishloqlarga yordam beruvchi siyosiy kuchlarning muvaqqat birlashuvi yuz berdi. Rus cherkovi o’z qimmatbaho boyliklarini ochlarni qutqarish jamg’armasiga topshira boshladi, xorijdagi rus muhojirlaridan yordam keldi. Biroq tez orada cherkov ta’qib qilina boshlandi. Oziq-ovqat sotib olish uchun cherkov jihozlari zo’rlik bilan majburan tortib olindi. San’at asarlari chet elga sotib yuborildi. Lekin ochlikni ichki imkoniyatlar bilan bartaraf etib bo’lmadi. Sovet hukumati dunyoga yordam so’rab murojaat qildi. Xalqaro proletariat, Amerika yordam ma’muriyati va Yevropa davlatlaridan yordam keldi. Biroq bularning barchasi ochlik muammosini hal eta olmas edi. CHuqur iqtisodiy va moliyaviy islohotlar o’tkazish zarur edi.
1922-1924 yillarda pul islohoti o’tkazildi. 1922 yilning oxirida boshlangan islohot sovet chervonetsini muomalaga chiqarildi. 1 chervonets 60 ming rublga almashtirildi. Almashtirilgan pul miqdori 886,5 kvadrillion rublni tashkil qildi.1924 yil fevraliga kelib Davlat banki aholidan barcha rubllarini (sovznak) sotib oldi. Oltin rublь ingliz funt sterlingidan qimmat turar va AQSHning 5 dollar 14,5 tsentiga teng edi.
1920 yilda qabul qilingan qonunlar ichida eng muhimlaridan biri
«Kontsessiyalar to’g’risidagi qonun» edi. Sovet hukumati kelishilgan holda xorijiy tadbirkorlarga ma’lum bir muddatga tabiiy boyliklarni, korxona va boshqa xo’jalik ob’ektlarini foydalanishga berdi. RSFSR Katta SHimoliy telegraf jamiyati bilan (1921 yil) Rossiya, Daniya, Yaponiya, Xitoy, SHvetsiya va Finlyandiya bilan suv ostidan o’tkazilgan telegraf liniyalaridan foydalanish kontsessiyasi tuzdi. 1922 yili Moskva- Kenigsberg xalqaro avialiniyasi ochildi. Maxsus hissadorlik korxonalari ochildi. Ular rus, xorijiy va aralash korxonalar edi. 1923 yili 24 ta aralash, ya’ni qo’shma korxona ishlab turardi. Lekin qo’shma korxonalarning iqtisodiy erkinligi cheklab turilishi oqibatida ular keng rivoj topmadi. G’arb davlatlarining Sovet hukumatiga ishonmaganligi (ya’ni qaytarilmagan qarzlar tufayli vujudga kelgan ishonchsizligi) ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qo’ymadi. Kommunistlar yirik sanoat va bank ustidan o’z hokimiyatini saqlab qolganliklari uchun boshqa sohalarga o’z hukmini o’tkazishga intilashardi. SHu bois YaIS 1923, 1925 va 1928 yillarda inqirozga yuz tutdi, oxir-oqibatda YaIS barham topdi. Qattiq ma’muriy – buyruqbozlik, o’z mohiyatiga ko’ra «harbiy kommunistik tizim» shakllandi.
Boshqaruv apparati yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga juda sekinlik bilan moslashar, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. Davlat tizimi va yangi bozor tuzilmalari bir vaqtning o’zida o’zaro til topishib keta olmasdi.
YaIS boshqaruv xodimlari o’rtasidagi ishsizlikni o’sishiga olib keldi. 1924 yilning yanvariga kelib 1 mln ishsizdan 750 mingi sobiq xizmatchilar edi. Ishsizlik nafaqasi 27 rublь 56 tiyinni tashkil qilardi. Unga 2 ta (demisezon) palьto xarid qilish mumkin bo’lsa-da, ishsizni boshqa savol qiynar edi: “Biz shuning uchun qon to’kkanmidik?”.
Qishloqda ham yollanma mehnatdan foydalanish, tabaqalanish kuchaydi. Lyumpenlar, malakasi past ishchilar va xizmatchilar, kambag’allar, batraklar, ishsizlar YaISni boshqaruv apparatidagilar singari yomon qabul qilishgan edi.

Savol va topshiriqlar



  1. “Harbiy kommunizm” siyosati qanday salbiy oqibatlarga olib keldi?

  2. Bolsheviklar partiyasini iqtisodiyotda yangi siyosatga o’tishga nima majbur qildi?

  3. Yangi iqtisodiy siyosatning Rossiyaga qilingan interventsiyada roli qanday bo’lgan?

  4. Yangi iqtisodiy siyosat va uning mohiyati va uning natijalari




Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish