1
Mavzu: O
’
tish davri va bozor iqtisodiyoti.
Kirish.
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va
asosiy muammolarining hal
qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari.
1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari.
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari.
2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va
xususiyatlari.
2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning
asosiy yo`nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
2
Kirish.
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib
resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik,
iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan
foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan,
turli
mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida
boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat
taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor
iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural
xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va
xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun
yaratiladi. Bozor
iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-
sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik
yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda,
korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar,
mashinalarni ijaraga olish,
pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan
kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti
iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday
sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi
kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi.
Bozor mexanizmi iqtisodiy
rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish
tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor
iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop
iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi
bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi
3
belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan
iqtisodiyot,
davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari,
iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik,
ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q
va farovon yashovchi
o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va
fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor
iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor
iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan
aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari
mavjud.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot,
ayirboshlash va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy
munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan
paydo bo'lgan
yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li
bilan mustahkamlangan normalar majmui.
Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari
o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga
binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk,
pul va pul tizimi, davlat va
nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar
yordamida tashkil qilinadi.
Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va
sotuvchilar)
orasidagi
pul-mol
almashinuvi
tizimi
tushuniladi.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm.
2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon.