Mavzu: o ’ tish davri va bozor iqtisodiyoti


Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi



Download 356,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana26.02.2022
Hajmi356,28 Kb.
#467959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O’tish davri va bozor iqtisodiyoti. PDF

1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi. 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot 
nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar 
tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo « 
bozor 
» 
va « bozor iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab 
o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalasb, 
ba’zi adabiyotlarda sinonim so

zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish 
hollan uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat 
taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa 
bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib, 
tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi iqtisodiy 
tizimni anglatadi. 
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat 
bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki 
qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar 
sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga 
e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli 
davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar 
ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy 
jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar 
ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki 
yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida 
namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlaming paydo 
boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar. Lekin 
hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga 
boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo’lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt 
va masofa bo’lmay, bir vaqtning o

zida o'shajoyda almashuv jarayoni sodir boigan. 


18 
Kcyinchalik tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib bori-
shi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-P-
T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va 
makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda 
pulga ayirboshiab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi 
mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab 
chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan 
shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo’ldi. 
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul 
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini 
bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-
birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa 
qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, 
yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida 
namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar - 
ishchi kuchining paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni 
yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki 
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab 
chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g

ridan-to‘g‘ri 
emas, balki bilvosita- bozor orqali sodir bo’la boshladi. Shunday qilib, hozirgi 
davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming ko‘p qirrali murakkab 
aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo

g‘in, 
jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida 
shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va 
xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan 
munosabatlar majmuasi. 
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
-
sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida 
ayirboshlash; 
-
sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi; 


19 
-
to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik. 
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, 
ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib, hozirgi 
davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir. 
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib 
ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni 
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, 
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, 
sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo'yilsa ham zarar 
oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning 
barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor 
iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami 
uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. 

Download 356,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish