Taʼlimning yordamchi shakllari.
Taʼlimning yordamchi shakllari: toʼgarak, praktikum, seminar, konferentsiya,
maslahat
(konsul’tatsiya),
fakul’tativ
mashgʼulot, oʼquv
ekskursiyalari,
oʼquvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashgʼulotlarning asosiy va barqaror turlariga oʼqish
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, oʼquvchilarning mustaqil uy
ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda oʼzlashtirilgan bilim, koʼnikma va
malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish,
oʼquvchilarning individual layoqati, isteʼdod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Bu ishlar oʼquv dasturi talablari, oʼquvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda
ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. Oʼquvchilarning mustaqil uy
ishlari maʼlum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda oʼzlashtirilgan
bilim, koʼnikma
va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan oʼquv
materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish
koʼnikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda
individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish,
individual
kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar,
gazeta va jurnal lavhalari statistik maʼlumotlar kabi oʼquv qoʼllanmalarini toʼplash
va tayyorlash va boshqalar.
Darslarda pedagogning oʼquvchilar tomonidan uy vazifalarining halol
bajarishlariga kam eʼtibor berayotganliklari,
ularni sinfda tekshirishga
uninmasliklari, yaxshi oʼzlashtirayotgan oʼquvchilarni ragʼbatlantirib bormasliklari
taʼlim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini
tushuntirib berishga koʼpincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar
kamdan-kam hollarda, oʼquvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan
qiyinchiliklarini koʼrsatib beradilar, ularni bartaraf etish yoʼlini esa koʼrsatmaydilar.
Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz boʼlib qoldi.
Fan toʼgaraklari yoʼnalishi, mazmuni, ish metodi, oʼqish vaqti va boshqa
jihatlari bilan ajralib turadi. Ular oʼquvchilarning
qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirish, oʼqishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
Toʼgaraklar oʼqishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bogʼliqlikni
rivojlantiradi. Fan toʼgaraklarida oʼquvchilarning ishlari oʼquv jarayonini
faollashtiradi, oʼqish sifatini oshirishga yordam beradi.
Taʼlimning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy,
guruhli va kichik guruhli boʼlishi mumkin. Oʼquv ekskursiyalari alohida fanlar
hamda bir qancha fanlar boʼyicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli
oʼtkazish uchun oʼqituvchi unga puxta tayyorlanishi: obʼekt va mashrut bilan
oldindan
tanishib chiqishi, toʼla rejani ishlab chiqishi, oʼquvchilarni boʼlajak
topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va
maqsad, obʼekt, u bilan tanishish tartibi, oʼquvchilar idrok etish faoliyatlarini
tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur boʼlgan vositalar va uskunalar, yakun
yasash koʼrsatiladi. Ekskursiyani oʼtkazish
metodikasi mavzu, didaktik maqsad,
oʼquvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obʼektiga bogʼliq
boʼladi.
Maktab oʼquv rejasi turli fakul’tativ va tanlovi boʼyicha kurslarni tashkil
etishni koʼzda tutadi. Ular oʼquvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini
hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Аmaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va
radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik
tarix, botanika baʼzi sohalari,
ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya,
kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakul’tativ sifatida oʼrganiladi.
Fakul’tativ va fanlarni roʼyxatini aniqlashda faqat oʼquvchilar istaklari emas, balki
ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakul’tativ va tanlovi
boʼyicha mashgʼulotlar majburiy va umumiy oʼrta taʼlim fanlari bilan uzviy
bogʼliqlikda oʼtkazilishi kerak.
Maslahat
(konsul’tatsiya
-
oʼquv suhbati)ga talablar koʼpincha
oʼquvchilarning maʼlum oʼquv materiali yoki topshirigʼi ustida mustaqil ishlashi
sababli yuzaga keladi. Bunda koʼproq oʼquvchi savol beradi. Toʼgʼri tashkil etilgan
konsul’tatsiya oʼquvchilarga oʼquv materialini
egallashda qiyinchiliklarni
yengishga yordam beradi. Konsul’tatsiya davomida oʼqituvchi oʼquvchilar
faoliyatini u yoki bu masalani toʼgʼri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun
qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, oʼrganilayotgan materialni mohiyatini
ochishga oʼrganadigan qilib yoʼnaltiradi. Konsul’tatsiya oʼqituvchiga oʼquvchilar
bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida eʼtibor berishni talab etuvchi
vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. Toʼgʼri tashkil etilgan
konsul’tatsiya oʼquvchilarda oʼzini
nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy koʼz bilan
qarashni tarbiyalaydi. Oʼqimishlilik darajasini toʼgʼri aniqlashga yordam beradi.