- oʼquv-tarbiyaviy
faoliyat
barcha
bosqichlarining
mantiqiyligi
va
emotsionalligi;
- pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
- zarur bilim, koʼnikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini
shakllantirish;
- mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yoʼnaltiriladi: oʼqitish,
tarbiyalash, rivojlantirish. Аna shularni hisobga olib darsga umumiy talablar
didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki taʼlim)iy talablarga har bir darsning taʼlim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va koʼrinishlaridan mos ravishda foydalanish,
dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan
birga oʼquvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani taʼminlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish,
ilmiy moʼljal va darsni mahorat bilan oʼtkazishni taʼminlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qoʼyiladigan tarbiyaviy talablar oʼquv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
boʼlgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qoʼyish, faqat oʼquv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni
belgilash, oʼquvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, masʼuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish
bajarishga qobiliyatlilik, eʼtiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish,
oʼquvchilarga diqqat-eʼtiborli munosabatda boʼlib, pedagogik odob talablariga
amal qilish, oʼquvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan
manfaatdor boʼlishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga
oʼquvchilarda oʼquv-oʼrganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy
tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, oʼquvchilarning
idrok etish imkoniyatlari darajasini oʼrganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin
zonasini loyihalashtirish”, “oʼzib ketish” darajasidagi oʼquv mashgʼulotlarini
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi oʼzgarishlarni ragʼbatlantirish, oʼquvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan koʼra
bilish, boshlanayotgan oʼzgarishlarni hisobga olish asosida oʼquv mashgʼulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: