Intervensiya(lotincha - aralashuv) - o‘zga davlat hududini bosib olish, o‘z hukmronligini o‘rnatish maqsadida shu davlat ichki ish- lariga zo‘rlik bilan aralashish. Komprador(ispancha - xarid qiluvchi) - iqtisodiy qoloq va qaram davlatlar buijuaziyasining chet el kapitali bilan ichki bozor o‘rtasida vositachilik qiluvchi qismi. . Konvensiya(lotincha - shartnoma) - ko‘p tomonlama xalqaro shart- noma turlaridan biri. 1
Xitoy va Yaponiya taraqqiyotining o‘xshash va o‘ziga xos xu-
susiyatlarini taqqoslang. Xitoy qay tariqa yarimmustamlakaga aylanib qoldi?
1876-yilgi Xitoy-Buyuk Britaniya konvensiyasi Xitoy uchun qanday oqibatlar keltirdi?
Ixetuanlar qo‘zg%loni va uning oqibatlari haqida nimalami bilib
@1. Nega Xitoy xorijiy mamlakatlaming xomashyo bazasiga aylanib . S’” „ ...... .... Xitoy-Buyuk Britaniya va Xitoy - Fransiya munosabatlari qan- day kechdi?
„Ixetuanlar kimlar edi?
XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddi- Ijtimoy-iqtisodiy ahvol yatlar kuchayib ketdi. Manjurlaming Sin sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi. 7 - Jahon tarixi, 9-sinf 97 Shoshilinch o‘tkazilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yax- shilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to‘siqqa aylangan feodal yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manjurlar boshqaru- viga qarshi harakat kuchaydi. Xitoy sanoati rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bo‘lsa-da, har yili 50 tadan ko‘proq korxona ishga tushirildi. Natijada, mamlakat eksport hajmi 2 baravar o‘sdi. Xorijiy davlatlar ichida Buyuk Britaniya tovar ayirboshlashda birinchi o‘rinda turar edi. Xitoyning chet elliklardan qarzi ortib bordi. Sun Yat Sen Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen (1866-1925) Xi- toydagi milliy ozodlik harakatining atoqli arbobi edi. U Guanchjou (Kanton) yaqinida dehqon oilasida tavallud topdi. Sun Yat Sen 90-yillaming boshida Gonkongda ingliz tibbiyot institu- tini tamomladi. Keyingi hayotini u siyosiy soha bilan bog‘ladi. Sun Yat Sen 1905-yilda „Xitoy uyushmalari ittifoqi" (Tunminxay) degan siyosiy tashkilot tuzdi. Yirik shaharlarda bu ittifoqning ya- shirin bo‘limlari ochildi. Ittifoq 1905-yiLznoyabrida „Minbao“ (Xalq gazetasi)ni chiqara boshladi. ,,Ittifoq“ Sun Yat Sen rahbarligida dastur qabul qildi. Dasturda Sin monarxiyasini ag'darish, Respublika ta’sis etish va yerga egalik huquqini tenglashtirish, mustaqillikni tikiash ko‘zda tutilgan edi. Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust taraqqiy etgan Xi toyda yerga egalik hifljuqini tenglashtirish yo‘li bilan ijtimoiy adolatli tuzum yaratish mumkin, degan fikrda edi. . . Muvaqqat Respublika hukumatining tuzilishi Sun Yat Sen tashkiloti respublika tuzummi o‘matish maqsadini qo‘ydi. Bu g‘oya man- jurlarga qarshi harakatni yanada kuchaytir- di. Bu harakat 1911-yili chet elliklardan temiryo‘l qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgach, qurolli qarshilik tusini oldi. Hatto armiyada ham norozilik boshlandi. Uxan shahrida askarlar yotog‘ini tintuv qilishga kirgan manjur ma’muriyati tarafdorlarini askarlar o‘ldirdilar. Qurol-aslaha omborini bosib oldilar. Boshqa qo‘shin qismlari ham ularga qo‘shildi. Inqilob- chilar 11-oktabrda Uxanni to‘la qo‘lga kiritdilar. Ular Respublika hu- kumatini tuzdilar va barcha Xitoy viloyatlarini Respublika atrofida birlashishga chaqirdilar. Manjur sulolasi hukmronligi tugatilganligi e’lon qilindi. Bu inqilob Xitoy tarixiga „Sinxay inqilobi“ nomi bilan kirgan. Shunday qilib, „Sinxay inqilobi“ qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan Xitoyda XVII asrdan boshlab hukm surgan manjurlar hokimi- yatini ag‘darib tashladi. 1911-yilda ko‘p yillik muhojirlikdan so‘ng Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi. Uni Xitoy xalqi xursandchilik bilan kutib oldi. 29-de- kabrda Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Maj- lisi to‘plandi. Millat Majlisi Xitoyni Respublika deb e’lon qildi va muhojirlikdan qaytib kelgan Sun Yat Senni Xitoy Respublikasining vaqtincha prezidenti etib sayladi. Millat Majlisi qabul qilgan konsti- tutsiyada barcha fuqarolaming tengligi va turli demokratik erkinliklar e’lon qilinsa-da, dehqonlaming orzu-tilaklarini ifoda etuvchi „yerga egalik qilishda teng huquqli bo‘lish“ shiori o‘z aksini topmadi. Bu- ning sababi - yerga egalik qilishda teng huquqqa ega bo‘lishga qar- shi kuchlaming katta mavqega ega bo‘lganligi edi. Yuan Shikay diktntnrasi [n<li'oib1 natijasida 'fatoyda ikki hokimi- yatchihk vujudga keldi. Ulaming bin - Xitoy Respublikasi hokimiyati, ikkinchisi - Shimolda saqlanib qolgan imperator hokimiyati edi. Pekindagi imperatd/ hukumatining boshlig‘i Yuan Shikay edi. Buyuk davlatlami Xitoydagi mavqelarining qay ahvolda qolishi tashvishga solib qo‘ydi. Shu sababli, ular turli bahonalar bilan Xi- toyning ichki ishlariga tobora ko‘proq aralasha boshladilar. Ular Xitoydagi inqilobni qurol lqjchM)ilan bostirish maqsadida o‘z kuchlarini birlashtirishga erishdilar. Buyuk davlatlarnwg Pekin hukumatini qo'llab-quvyatlashdan maq- sadi Xitoynmg ichki ishlariga о z bilgamcha aralashish edi. Biroq bu Xitoyda umurniy noroalik keltirib chiqardi. Aholi chet el tovarlarini boykot q.la boshladt Shunday sharo.tda respubhkaga qarsht kuchlar Bosh vazir Yuan Shikay atrofiga birlashdi. Pekin saroy ahli unga monarxiyaning xaloskori deb qarar edi. Biroq Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan 1912-уil 12-fev- ral kuni Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi. Hukmron tabaqalar butun hokimiyatni unga topshirishga urindilar. Bu orada, buyuk davlatlar ham Sun Yat Senning hokimiyatdan ketishini ochiq talab qildilar va Xitoyga intervensiya uyushtirishga oshkora tayyor- garlik ko‘ra boshladilar. Xitoyga qarshi intervensiya xavfi ostida Sun Yat Sen prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur bo‘ldi. Butun hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘plagan Yuan Shikay demokra- tik erkinliklarni yo‘qqa chiqara boshladi. U ishni, avvalo, inqilob qo‘shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan boshladi. Hukumatga qarshi tuzilgan har qanday guruh a’zolarining taqdiri o‘lim bilan yakunla- nardi. Har bir qishloqda jazo guruhi ish ko‘radigan bo‘ldi. Shunga qaramay, demokratik kuchlar 1912-yilda Gomindan (Milliy partiya)ni tuzdilar. Partly a boshqaruvi raisligiga Sun Yat Sen saylandi. O‘z g‘alabasidan ruhlangan Yuan Shikay Millat Majlisini o‘zini besh yil muddatga prezident etib saylashga majbur qildi. Buyuk davlatlardan asoratli shartlar evaziga qarz olish to‘g‘risidagi shart- nomani imzoladi. Shundan so‘ng, buyuk davlatlar Xitoy Respub- likasini tan olganliklarini ma’lum qildilar. Xitoyning iqtisodiy ah- voli og‘irlashdi. Aholi turmush darajasi y^n^pnlashdi. Shunday bir sharoitda Gomindan xalqni qo‘zg‘olon boshlashga undadi. 1913-yilda Xitoyning janubida hukumatning siyosatiga qarshi „Ikkinchi inqilob“ deb nomlangan qo‘zg‘olon boshlanify Icetdi. Biroq kuchlar teng bo‘lmaganli$i tufayli chet el davlatlaridan har- biy madad olgan hukumat qo‘shinlati tomonidan Jkkinchi inqilob“ tor-mor etildi. 1914-yilda Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi. Unda „Yangi Xitoy Konstitutsiyasi“ qabul qilindi. Yuan Shikay prezident sifatida cheklanmagaw hMimiyatga ega bo‘ldi. Mamlakatda harbiy diktatura o‘matildi. Respublika boshqaruv muassasalari tugatildi. , ,