Ill BO‘LIM
OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI
XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA OSIYO DAVLATLARI
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya
Tub o‘zgarishlar 1867-1868-yillarda Yaponiyada yuz bergan Meyd-
yo‘lida z* islohoti mamlakatda bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurilishiga keng yo‘l ochdi. Endigi asosiy vazifa - yapon xalqining milliy an’analarini saqlab qolgan holda jamiyatni G‘arb modelida qayta qurish edi. Imperator Mutsixito ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblami bekor qildi. Yaponiya dunyoning barcha davlat- lari uchun ochib qo‘yildi. Mamlakatni modemizatsiyalash boshlandi. Dastlab, yagona pul birligi - iyena joriy etildi.
Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to‘siqlar olib tashlandi. Bu tadbirfar mamlakat miqyosida savdo-iqti- sodiy aloqalarga keng*^o‘l ochdi. Yo‘llarda dehqonlaming shaharga qochib ketishiga qarshi, ulami tutib joyiga qaytarish uchun qo‘yilgan poyloqchilik manzilldri uigatildi. Chunki sanoat qishloqdan ishchi kuchi ,oqib“ kelishidan manfaatdor edi. Bu tadbirlar Yaponiyada .chki bozoming,-™oat tannoqlanning nvojiga xizmat qi a boshladi. 1869-yilda Yaponiyada to rt tabaqa haqidagi qonun bekor qihndi. Feodal zandndor samuray. dehqon hunarmand va savdogar tabaqalari rasman teng huquqli deb e Ion qilindi.
Butun mamlakat miqyosida markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga keldi. Yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi.
1871-1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yemi erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlami ekishga rux- sat berildi. Hosildan hissa ko‘rinishidagi soliq pul solig‘i bilan al- mashtirildi. Yerning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi.
Sanoatni rivojlantirishda Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Yapo- davlatning roli niyada bozor munosabatlari tez rivojla- na boshladi. Sharqda birinchi bo‘lib Yaponiya Yevropa taj rib al arid an foydalandi. Yevropada uzoq vaqt da- vomida yuzaga keltirilgan ilg‘or sanoat texnikasini Yaponiya tayyor holda sotib ola boshladi. Davlat sanoatni rivojlantirish ishiga homiy- lik qildi.
Birinchi galda Yaponiyada to‘qimachilik sanoati tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi. Chorak asr davomida 1300 ta sanoat korxonasi qurildi. Ular dastlab badavlat sanoatchilarga ijaraga berildi. Keyinroq esa sanoat korxo- nalari o‘z narxining yarmiga, hatto 10-15 foiziga ham xususiy qi- lib sotiladigan bo‘ldi. Natijada, bank kapitali bilan sanoat kapitali qo‘shilib bordi. Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan o‘n barobar tezroq rivojlandi.
Yaponiyada monopohstik kapitalizm feo-
Yaponiya taraqqiyotining dal-monarxiya qoldtqFari bilan chirmashib ketdi. Bu jihatdan Yaponiya Rossiyaga o‘xshab ketajdi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSHdan farqli o‘laroq, Yaponiyada hokimiyat burjuaziya qo‘lida bolmay, balki zamindor-burjuaziya tabaqalari ittifoqi qo‘lida edi.
Yaponiya, ayni paytda, armiya va flotni ham qayta qura boshladi.
Yaponiya hukumati og‘ir industriyani rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Oqibatda, 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Italiyadan o‘zil>ketib, Fransiyaga yaqinlashdi. Mamlakatda sanoat, savdo-sotiq va banklar markazlashib, monopoliyalar vujudga keld1' T ...... . .
Do'stlaringiz bilan baham: |