Ta 'Um maktablarining 9- sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan



Download 1,25 Mb.
bet26/57
Sana27.03.2022
Hajmi1,25 Mb.
#512717
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
jahon tarixi 9 uzb

T'fmn' ha of Yaponiyada kapitalizm taraqqiyoti dehqonlaming . . . ye.rdbil“ birgalikda kechdi. Agrar
islohotga kora, yer olgan dehqonlaming atigi 1/3 qismigma. olgan yerlanm saqlab qola oldi. Raqobatga bardosh bera olmaganlar ijaraga yer olib xo‘jalik yuritishga majbur bo‘ldilar. Qolganlari esa shaharga ketib, yollanma ishchilarga aylandilar. Sanoat egalari yangicha, ilg‘or ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yib, mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga ko‘payib bordi.
Lekin shu sanoat korxonalarida ishlayotgan ishchilaming iqtisodiy ahvoli og‘ir edi. Chunki, ish haqi juda past edi. Korxonada texnika xavfsizligiga javobgarlik yo‘q edi. Buning ustiga, yapon ishchilari va mehnatkashlari na siyosiy, na ijtimoiy huquqlardan foydalanar edilar.
Yaponiya ishchilar sinfi kasaba uyushmalariga birlasha boshladilar. Yaponiya jamiyatining ilg‘or qatlami parlament tashkil etish uchun kurashdilar.
Iqtisodiy islohotlar burjuaziyaning o‘sishiga va 1889-yil siyosiy jihatdan kuchayishiga sabab bo‘ldi. Bur- konstitutsiyasi juaziya davlatga rahbarlikni o‘z qo‘liga olishni da’vo qila boshladi.
Shunday sharoitda hukumat yon berishga qaror qildi. Nihoyat, 1889-yilda Prussiya konstitutsiyasi namunasi asosida tuzilgan kons- titutsiya qabul qilindi. Mamlakatda ikki palatali (yuqori (perlar) va quyi (vakillar)) parlament joriy etildi.
Konstitutsiya imperatoming mavjud barcha huquqlarini nafaqat saqlab qoldi, balki unga yanada keng huqqnlar berdi. Masalan, u parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish, qonunlar o‘miga oliy farmonlar chiqarish, qo‘shinlaming Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish, urush e’lon qilish, sulh tuzish kabi huquqlami o‘zida saqlab qoldi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Vazirlar Kengashi faqat imperatorga hisob be­rardi.
Parlamentning barcha qarorlari imperator huzuridagi Yashirin Kengashdan o‘tishi zarur edi. Stl^lov huquqi mol-mulk senzi bilan cheklandi. Saylov уоэйк 25 yosh qilib belgilandi. Shunga qaramay,
Yaponiyadek o‘rta asrlar an’analariga boy mamlakatda konstitutsiya qabul qilinishi"'—
atta voqea edi.
Tashqi siyoL J Aholintag kambag'alltgi sanoat mahsulotlarining - sotib ohnishim qiymlashtirdi Bu hodisa Yapom- ya hukmron doiralarini qo shm davlatlar hududlanm bosib ohshga undagan Bu maqsadni ro/yobga chiqarish uchun Yaponiya zo'r be­rth qurollandi. Yapomyaning bosqinchihk maqsadlari Koreya, Xitoy, Tinch okeam havzasiga qaratildi. Tez orada Yaponiya bosqinchihk urushlarini boshlab yubordi. 1879-yilda Yaponiya, Xitoyning norozili- giga qaramay, Ryukyu orolini bosib oldi. 1875-yilda Janubiy Saxa- lin hisobiga Kuril orollarini Rossiyadan ajratib, o‘ziga qo‘shib oldi. 1876-yili yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilindi. Yapon mahsulotlari bojsiz sotiladigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan Koreya Xitoy ta’siridan ajratib olindi. Maqsad Koreyani anneksiya qilish edi.
1894-1895- yillardagi
Yaponiya-Xitoy urushi
1894-yil Yaponiya Seulda saroy to‘ntarishi uyushtirib, yaponparast hukumat tuzdi va poytaxt garnizonini qurolsizlantirdi. Bu hodisa Yapon-Xitoy urushi boshlanishiga olib keldi. Xitoy harbiy flotining transport kemalari cho‘ktirildi. Ayni paytda, yapon qo‘shin- lari urush e’lon qilmasdan Koreyada turgan Xitoy harbiy qismlari- ga hujum qildi. 1894-yilda Xitoy qo‘shinlari Pxenyan yonida mag‘- lubiyatga uchradi. Bu hoi Yaponiyaning Uzoq Sharqda ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l ochdi. Yaponiyaning zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan harbiy kuchlari ham quruqlikdan, ham dengizdan hujum uyushtirib, Xitoy qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. 1895-yilda bu ikki davlat o‘rtasida Simonoseki sulhi tuzildi. Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi. Lyaodun, Tay van, Penxu (Peskador) orollari- ni Yaponiyaga berdi. Shuningdek, Yaponiyaga katta miqdorda tovon to‘lashga majbur bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, Yaponiya o‘z savdosi ^ichun Xitoy hudu- dida sanoat korxonalarini qurish va ulardan *foydalanish huquqini oldi. Endi uning maqsadi Uzoq Sharqdagi asosiy raqibi - Rossiyani mag‘lub etish edi. . < X
Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi. Rossiya bi­lan urush chiqqan taqdirda, buyuk davrajlaming betaraf qolishini ta’- minlaydigan shartnomalar tuzishga erishdi. Shunday qilib, muqarrar bo‘lib qolgan urushda Rossiya yolg‘izlatib qo‘yildi. 1904-1905-у ill ar­da yuz bergan Rossiya-Yaponiya urushida erishilgan g‘alaba Yaponi­yaning qudratini yanada orttirdi.
1910-yilda Yaponiya Korey a yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo-shib oldi. Koreyada yapon general-gubematon cheklanmagan hokimiyatga ega.bo ldi Mustam akachi hukumatm qo lab tunsh maqsadida Yaponiya kat a harbiy kuchlami Koreyaga joylashbrdr.
Yaponiya endilikda barcha e tiborni X.toyga qaratd. Yevropa davlatlan va AQSHmng Xitoy boyhklandan foydalanishi Yapomyam ham Xitoy mulklaridan foydalanishga undar edi. Uning bu harakati AQSH va Buyuk Britaniya bilan munosabatlarining yomonlashuvi- ga olib keldi. Yaponiya Uzoq Sharqda xavfli raqibga aylandi. Shu tariqa, Yaponiya ham yangi urush girdobiga tobora ko‘proq tortilib boraverdi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish