Nazorat uchun savollar:
1. Ijtimoiy falsafaning predmetiga ta’rif bering.
2. Ijtimoiy falsafaning falsafa fani bilan aloqasini izohlang.
3. Ijtimoiy falsafaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi va
farqli tomonlarini tushuntiring.
4. Ijtimoiy falsafaning dunyoqarashlik funksiyasini tushuntirib bering.
5. Ijtimoiy falsafaning insonparvarlik fimksiyasining ahamiyatini
ko'rsating.
6. Ijtimoiy falsafaning tamoyillari o‘rtasidagi aloqadorlikni tushun
tiring.
23
JAMIYAT - YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Jam iyat tushunchasi va m azmuni.
Jam iyat nim adan iborat
degan m asala ko‘p asrlardan beri faylasuflarni qiynab kelmoq-
da. Dastlab javob aniq ko‘rinib turgandek tuyuladi: jam iyat — bu
odamlarning majmuasi. Biroq bu javob, olimlarni anchadan buyon
qoniqtirm ay q o ‘ygan. Axir, uyni oladigan boMsak, bu shunchaki
gMshtlaming yig ‘indisi emas-ku! Bunda hammadan m uhim rog‘i
tarqoq elementlami bir butun qilib birlashtiruvchi bog‘lanishlar va
o ‘zaro ta’sirlardir.
“Jamiyat” deganimizda uning o ‘ziga x o s tomonlari, institutlari,
rivojlanishi, m unosabatlam ing takomillashuvi masalalariga oydin-
lik kiritish nihoyatda zarur.
Jam iyat (arabcha - um um iy) - tabiatning bir qismi, borliqning
alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha; odam lar uyush-
masining maxsus shakli, kishilar o ‘rtasida amal qiladigan ko'plab
m unosabatlar majmuasi, jam iyat o‘zida moddiylik va m a’naviylik-
ni, obyektivlik va subyektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujas-
samlashtiradi. Insoniyatning ulug' mutafakkirlari doim iy o ‘zgarish
va rivojlanishda boMgan jam iyatning tub mohiyatini bilishga, in-
sonning jam iyatdagi o ‘m i va rolini belgilashga, taraqqiyot man-
tigMni anglashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda jam iyat
mohiyati m ifologik, diniy taMimotlar orqali izohlangan. Jamiyat
mohiyatini ilmiy-falsafiy bilish, jam iyatning yaxlit ilmiy man-
zarasini yaratish insoniyat m a’naviy taraqqiyotining buyuk yutugM
boMdi. Ilm iy bilimlar va falsafiy tafakkum ing rivojlanishi bilan
jam iyat mohiyatini ilmiy asosda o ‘rganish imkoniyati vujudga kel
gan. Gegelning fikricha, jam iyat falsafa orqali o'zligini anglaydi.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan A bu N asr Forobiy, A bu Ray-
hon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ulug* m utafakkirlar jam i-
yatoing paydo boMishi, m ohiyati va istiqbollari to ‘g ‘risida ilg‘or
24
ilmiy qarashlam i ilgari surdilar. Forobiyning ideal (fozil) jam iyatni
barpo etish to ‘g ‘risidagi g ‘oyalari ijtimoiy falsafa rivojida muhim
o ‘rin tutadi. Ibn Sino jam iyatning paydo b o ‘lishi kishilarning bir-
dam likka boMgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy
tengsizlik, tabiiy holat, m ehnatning ijtim oiy taqsim lanishi jam iyat
taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatdi. Beruniy birinchi boMib
sivilizatsiyalarning paydo boMishida tabiiy-geografik om ilning hal
qiluvchi rol o‘ynaganligini asoslashga harakat qildi, jam iyat hayoti-
da oila, til va madaniyatning ahamiyatini ko‘rsatdi. M arkaziy Osiyo
m utafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy taMimotlari keyinchalik Yevro-
palik olim lar tom onidan ijodiy rivojlantirildi. X IX asr o ‘rtalariga
kelib jam iyatni ilmiy asosda tadqiq etish, etiigan ijtimoiy m uam
m olam i oqilona hal etishda fan yutuqlaridan foydalanish, jam iyat
istiqbolini oldindan ko‘rish hayotiy zaruriyatga aylandi. G ‘arbiy
Yevropaning G.Spenser, E.Dyurkgeym , Gegel, M.Veber, V.Pareto
singari nazariyotchi faylasuflari jam iyatni tabiiy-tarixiy jarayon,
murakkab ijtimoiy tizim sifatida tadqiq etdilar va jahon ijtimoiy
falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo'shdilar.
H ar bir o'zgargan tarixiy davrda jam iy at mohiyatini yangicha
idrok etish, yangicha yondashish zaruriyati paydo boMadi. Turli
tarixiy davrda yaratilgan jam iy at to ‘g ‘risidagi falsafiy ta ’limotlar-
da davr pyhi, jam iyatning m a’naviy salohiyati o ‘z aksini topadi.
Ijtimoiy nazariya va ta ’lim otlar ham isha jam iyat duch kelgan mu
rakkab m uam m olam i hal etish zaruriyatidan paydo boMadi. Jam i
yat ilg‘or falsafiy ta ’lim otlar tufayli olg ‘a tom on rivojlanishi bilan
hozirgacha amal qilib kelgan ta ’lim otlar o ‘m iga ilg‘orroq ta ’Iimot-
lami yaratish hayotiy ehtiyojga aylanadi. Jam iyat g ‘oyat m urakkab
ijtimoiy organizmdir. U odam lar o ‘rtasida amal qiladigan axloqiy,
diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va h.k. munosabat-
laming, tarixan tarkib topgan oila, din, davlat, axloq va sh.k. ijti
moiy institutlam ing majmuasidir. Jam iyatning m oddiy va m a’naviy
hayotini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish ham, ulardan birini mu
him, boshqasini nomuhim deb hisoblash ham birday xatodir. Jami
yat hayotining m a’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalari bir-bi
ri bilan o ‘zaro bogMiq. Ularni boshqarish va takom illashtirishda
25
davlat, jam iyat tashkilotlari va kishilarning o ‘z-o ‘zini boshqarish
organlari muhim rol uynaydi. H ar bir tarixiy davrda jam iyatning
m a’naviy-intellektual salohiyati, siyosiy va huquqiy madaniyatiga
muvofiq ravishda siyosiy boshqarish usuli shakllanadi va amal qila
di. D em okratik jam iyat iqtisodiy bozor munosabatlari vositasida
boshqariladi, davlat siyosati iqtisodiy munosabatlami takomillash-
tirishga yordam beradi. Ijtim oiy raqobat, manfaatdorlik iqtisodiy
rivojlanishning muhim qonuniyati sifatida amal qiladi. Demokra
tik davlat jam iyat m a’naviy hayotini takomillashtirish, jam iyatning
intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilm-fanni taraqqiy ettirish
haqida k o ‘proq, g ‘am xo‘rlik qiladi. Davlat jam iyat m a’naviyati-
ning hom iysi sifatida ta ’lim-tarbiya sohasida tub islohotlami am al
ga oshiradi. YUksak m a’naviyat taraqqiyotning asosidir. Jamiyat
tarkibini turli sinflar, sotsial qatlam lar va guruhlar tashkil etadi. Ja
m iyat ijtimoiy tarkibiningxilm a-xilligi m ehnatning ijtimoiy taqsim-
lanishi, mulkchilik turli shakllarining mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Demokratik jam iyatda m ulkdorlar sinfi dem okratik davlatning
siyosiy va ijtimoiy tayanchi, iqtisodiy farovonlikni ta ’minlovchi
kuch hisoblanadi. Demokratik jam iyatning shakllanishi va taraq-
qiyotini m a’rifatli-huquqiy davlatsiz tasavvur etib boMmaydi. Ijti
moiy farovonlik va ijtimoiy totuvlik kom il inson shaxsini shakllan-
tirishga, fuqarolik jam iyat asoslarini yaratishga, huquqiy bilim va
madaniyatni rivojlantirishga bog‘liqdir. Bozor m unosabatlari sha-
roitida iqtisodiy hayotni erkinlashtirish m uqarrar ravishda siyosiy
hayotni erkinlashtirishni taqozo etadi. Fuqarolik jam iyati Ьаф о
etish, dem okratik institutlami rivojlantirish, komil inson shaxsini
shakllantirish demokratik jam iyat taraqqiyotining bosh maqsadidir.
Shuni aniq aytish m um kinki, ijtimoiy aloqalaraing mohiyatini
aniqlash va tushuntirib berish - ijtim oiy falsafaning asosiy vazifa-
sidir. Aflotunning fikricha, jam iyat odam lam ing ehtiyojidan paydo
boMadi. Arastu uni “ tabiatning hosilasi”, o ‘rta asr falsafasi — Al-
loh yaratgan degan fikm i olg ‘a suradi. Forobiy jam iyatning paydo
boMishini teleologiya — oldindan belgilangan m aqsadga muvofiq
nuqtai nazardan tushuntiradi - jam iyat odam lam ing kom illikka eri-
shishi uchun zam r, deb hisoblaydi.
26
Jam iyat tushunchasini tahlil etishda bir qancha ta ’r if va yon-
dashuvlam i uchratish mumkin. M asalan, nemis faylasufi M aks
Veber (1864-1920) fikricha, jam iyat insonlarning o ‘zaro ta ’siridan,
ya’ni ijtimoiy xatti-harakatlardan tashkil topgan tizim boMib, bosh
qa odam lam ing xatti-harakatiga qarshi javob tariqasida y o ‘naltiril-
gandir. M. Veber jam iyat rivojining asosini ijtimoiy faoliyatda, deb
hisoblaydi.
Am erika sotsiologi va ijtim oiy falsafa bo‘yicha mutaxassis —
faylasuf Tolkott Parsons (1902-1979) iikricha, jam iyat qadriyatlar
va m e’yorlar bilan bog‘langan odam lam ing m unosabatiga asoslan
gan tizimdir. Inson shularga asoslanib o ‘z ijtim oiy faoliyatini am al
ga oshiradi. T.Parsonsni m a’lum m a’noda M .Vebeming g‘oyaviy
m erosxo‘ri deyish mumkin.
Fransuz faylasufi va sotsiologi Em il D yurkgeym (1858 — 1917)
ning fikricha, “jam iyat — bu individlam ing oddiy yig'indisidan ibo-
rat bo‘lmay, maxsus xususiyatlarga ega boMgan, ulam ing birlash-
masidan tashkil topgan tizim b o ‘lib, reallikni o ‘ziga xos xususiyat
larga ega boMgan “sui generis” aks ettiradi”.
Taniqli faylasuf P.A.Sorokin (1889-1968) jam iyatga individlar
va ijtimoiy guruhlam ing o ‘z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
faoliyati bilan belgilanadigan, bir-biri va jam iyat bilan o 'zaro mu
nosabatlari natijasida vujudga keladigan integral yaxlitlik sifatida
ta’r if beradi. U ning fikricha, “jam iyat m avjud boMishi uchun hech
boMmasa ikki kishi boMishi va ular bir-birlari bilan o ‘zaro ta ’sir
bogManishida bogMangan boMishi kerak. B u eng oddiy jam iyatning
ko‘rinishidir...”.
P.A.Sorokin jam iyatni gorizontal, vertikal y o ‘nalishlarda va
fiuktuatsiya (tebranish) tarzida m urakkab harakatda boMgan ijti-
m oiy-m adaniy tizim lam ing rang-barangligini tan olish nuqtai naza-
ridan tavsiflagan.
Hozirgi davrning taniqli faylasuflari R.Aron, D .Bell, P.BIau,
E.Giddens, R.Darendorf, G .Zim m el, F. Znanetskiy, T.Kun, K.Le-
vi-Stross, K. M anngeym , R. M erton, X .Ortega-i-Gasset, K.Popper,
P.A. Sorokin, E.From m , K.YAspers va boshqalar jam iyat to ‘g ‘ri-
sidagi o ‘ziga xos fikrlarini bildirganlar. K o‘pchilik m utafakkirlar
27
jam iyatning mohiyatini bir yoki bir nechta asosiy prinsip orqa
li tushuntiradilar. M asalan, O.Shpannda bu prinsip — birbutunlik,
O.Tofflerda — plyuralizm, U .R ostouda — bosqichma-bosqichlik,
K.Popperda — ochiqlik, R.M ertonda —universallik. Lekin masalaga
jiddiy qarovchi faylasuflar hatto o ‘zlarining prinsiplarini ham mut-
laqlashtirmaydilar. M asalan, K.Popper ochiqlik prinsipi to ‘g ‘risi-
da shunday deb yozadi: “Ochiq jam iyatlar... hali mukammallikdan
yiroqda..., balki avlodlarim iz bir necha yuz yillardan so 'n g axloqiy
jihatdan bizdan ancha o ‘tib ketsalar kerak. Bulam ing barchasi ro ‘y
berishi mumkin, deb hisoblasam-da, shunga qaramay, yana qay-
taraman: hozirgi davrda biz yashab turgan ochiq jam iyatlar — qa-
chonlardir mavjud boMgan jam iyatlarning eng yaxshisi, eng erkin
va adolatlisi, o ‘z-o ‘zini tanqid qiluvchi va islohotlam i eng tez qabul
qiluvchilardir” 1.
Rossiyalik taniqli tadqiqotchi E.V. Tadevosyan o ‘zining ja m
iyatga bergan ta ’rifida uning barqarorlik, bir butunlik, o ‘zini-o‘zi
boshqarish, o ‘ziga to ‘qlik, o ‘zini-o‘zi rivojlantirish, odam lam ing
maMum aloqadorligi va o‘zaro ta ’sirda boMishi, m uayyan ijtimoiy
m e ’yorlar va qadriyatlarning mavjudligi kabi xususiyatlam i ajratib
k o ‘rsatdi.
“Jamiyat” tushunchasi yuqorida k o ‘rsatib o ‘tilgan m a’nolardan
tashqari yana: a) biologik tizim lam ing eng rivojlangan bosqichi;
b) konkret aniq sotsium; v) ijtim oiy aloqalar va o ‘zaro ta’sirlar
shakli va b. Jam iyat to ‘g ‘risida gap ketganda, u keng, falsafiy nuqtai
nazardan tushuniladi. Eng keng m a’noda, jam iyat - bu odam lar bir-
lashuvining ham m a shakllari, ularning o ‘zaro aloqalari va o ‘zaro
ta ’sirlarining ham m a usullari majmuidir.
Dem ak, “jam iyat” tushunchasi quyidagi m a’nolam i qam rab ol
gan:
1.
Jam iyat tushunchasida nafaqat hozir yashab turgan kishilar
ning faoliyatlari, balki ulam ing o ‘tmishi ham da kelajak avlodlar
hayoti, ya’ni insoniyat tarixining ilk boshlanishidan tortib, uning
kelajagigacha, barcha jihatlari aks etadi.
1
КЛоппер.
Открытое общество и его враги. М., 1992, Т.2, С.276-277.
28
2. B u tushunchada m uayyan xildagi jam iyatlarning o ‘ziga xos
jihatlari ham ifodasini topadi. M asalan, “antik davr jam iyati”, “Yev-
ropa jam iyati”, “osiyocha jam iyat” va hokazolar.
3. M azkur tushunchada bir-biriga bevosita bogManmagan holda
mavjud boMgan jam iyatlar ham ifodalanadiki, bunda ulam ing ma-
kon va vaqt bilan aloqador jihatlari e’tiborga olinadi. Bularga misol
tariqasida qadimgi saklar, 0 ‘rta Osiyo jam iyatlari, Yaqin Sharqdagi
arab jam iyatlari yoki G ‘arbiy Yevropadagi jam iyatlar va boshqa-
lami olish mumkin.
Hozirgi k o ‘rinishda jam iyat takror ishlab chiqarish, o ‘zini o ‘zi
boshqarish va o ‘zini o ‘zi tashkil qilish ichki m exanizm lariga ega
boMgan tarixan muayyan, yaxlit va barqaror tizim sifatida namoyon
boMadi. Jam iyat — bu, insonlarning shunday birlashm asiki, uning
yaxlitligi ijtim oiy ishlab chiqarish, y a ’ni insonlarning um um an ish
lab chiqarish, o ‘z hayotini q u w atlash va takror ishlab chiqarishga
qaratiigan birgalikdagi faoliyati bilan ta’m inlanadi1.
Jam iyat ijtim oiy tizim sifatida quyidagi funksiyalam i bajaradi:
• hayotiy ne’matlamLishlab chiqarish;
• ishlab chiqarishni tizimlashtirish;
• takror ishlab chiqarish va insonni ijtimoiylashtirish;
• m ehnat natijalarini taqsimlash;
• davlatning boshqaruv faoliyatining qonunga muvofiqligini
ta ’minlash;
• siyosiy tizim lam i strukturalash;
• mafkuralarni shakllantirish;
• m adaniyatlar va m a’naviy qadriyatlarning tarixiy davom iyli-
gini ta ’minlash.
Jam iyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rtasida barqaror aloqa-
lam ing m avjudligi, ulam ing yakdilligi hech qachon faylasuflarda
shubha o ‘y g ‘otmagan. Shunday boMsa-da, jam iyatning yaxlitligi,
butunligi xarakteriga nisbatan turli yondashuvlar m avjud boMgan
1
Shermuxamedova N.
Falsafa:o‘quv-uslubiy majmua.—Т.: Noshir, 2012. — 509-
510-b.
29
va m avjud bo‘lib qolmoqda. Falsafa tarixida jam iyatning “atom-
li” nazariyasi, “ijtim oiy guruhlar” nazariyasi, ijtim oiy institutlar
va tashkilotlar nazariyasi, jam iyatning “jam iyat organizm kabi”
nazariyasi singarilar m a’lum. Bugungi kunda k o ‘plab faylasuflar
jam iyatning tizim sifatidagi nazariyasidan foydalanadilar. Ushbu
tizim alohida sifatlarga ega, ya’ni:
— integrallik (tizim yaxlitlik sifatida, o (zining elementlaridan
yuqori);
— funksionallik (har bir elem entning roli uning tizim ichidagi
o ‘m iga b o g ‘liq);
— tuzilm aviylik (tizim elementlari aloqalarining va munosabat-
larining nisbatan barqarorligi);
— tashqi m uhit bilan o ‘zaro bog‘liqligi (har qanday tizim bir
m uncha kattaroq tizim ning elementi hisoblanadi v a bir tom ondan
ushbu katta tizim ning impulslariga bog‘liq b o ‘lsa, boshqa tomon
dan, o ‘zi ham tashqi m uhitga ta ’sir k o ‘rsatadi).
U shbu barcha belgilarga insoniyat jam iyati m os keladi.
Jam iyat k o ‘p darajali jam iyat b o ‘lib, asosiy darajalari quyida--
gicha nam oyish qilinishi mumkin. Birinchi daraja — bu ijtimoiy
o ‘zaro m unosabatlar strukturasini belgilab beradigan ijtim oiy rol.
Ikkinchi daraja — ushbu ijtimoiy rollar taqsim langan turli ijti
m oiy guruhlar va institutlar.
U chinchi daraja — ko‘plab avlodlar tajribalari tom onidan taj-
ribadan o ‘tkazilgan, inson faoliyati nam unalarini k o ‘rsatadigan
m e’o ‘rlam i q o ‘ 1 lab-quvvatlaydigan va ishlab chiqadigan madani-
yat.
To‘rtinchi daraja - huquqiy aktlar bilan tartibga solinadigan va
ijtim oiy tizim ichida aloqalarni m ustahkamlaydigan siyosiy tizim.
Jam iyat — o ‘z-o‘zini ishlab chiqaradigan, o ‘z-o ‘zini tashkil
qiladigan, o ‘z-o‘zini tartibga soladigan doim iy harakatdagi tizim
bo‘lib, doim iy o ‘zgarishlar jarayonida bo'ladi.
Jam iyat rivojlanishining asosiy manbai har doim ham yuzaga
kelgan bashoratlar doirasida har doim ham tartibga solinm aydigan
insonlar hulq-atvorida aks etadigan ijodiy energiya hisoblanadi.
Bunday energiya innovatsion deb ataladi. U shbu energiya ichki
30
o ‘z-o ‘zini tartibga solish va nazorat mexanizmlari tufayli amalga
oshiriladigan jam iyat tizim larida madaniy va institutsional o ‘zga-
rishlarni keltirib chiqaradi.
Jam iyat rivoji odatda bir m uncha murakkab tizim elem entlarini
yaratishga qaratiladi. Jam iyat rivojlanishining su r’ati hayot jara-
yonlari tezlashuvi va ulam ing sekinlashuv davrlarining navbat al-
mashinuvi, jam oat tuzilm alarining vaqti-vaqti bilan inqirozi va eski
ahvoliga qaytishi bilan bog‘liq.
Albatta, har bir alohida shaxs m a’lum bir jam iyatda va m a’lum
bir tarixiy davrda tu g ‘iladi. U yuzaga kelgan, hisobga olm aslikning
imlconi y o ‘q bo‘lgan ijtimoiy m unosabatlar tizim iga tushib qoladi.
Biroq, u ushbu tizim da o ‘z o ‘rnini va rolini belgilab olishi lozim
boMadi.
H okim iyat jam iyatning obyektiv qonuniyati sifatida uning
taqdiri azali hisoblanmaydi. Shu m unosabat bilan V. Koxanovskiy,
V. Yakovlev, L. Jarov v a T.M atyashlam ing ta ’kidlashlaricha “butun
tarix - bu insoniyatning ijtimoiy munosabatlarida erkinlik va inson
parvarlik sari harakatidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |