Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t


Falsafa Ijtimoiy falsafa



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Falsafa
Ijtimoiy falsafa
“borliq”
“ijtimoiy borliq”
“taraqqiyot”
“ijtimoiy taraqqiyot”
“bilish”
“ijtimoiy bilish”
“ong”
“ijtimoiy ong”
“evolyutsiya”
“ijtimoiy evolyutsiya”
“revolyutsiya”
“ijtimoiy inqilob”
K o‘rinib turibdiki, falsafiy tushunchalar ijtimoiy-falsafiy tush- 
unchalarga nisbatan universaldir. Shuningdek, bunday nisbatni har 
ikki fan tomonidan asoslangan qonunlardan ham bilish mumkin:
Umumfalsafiy qonunlar
Ijtimoiy falsafa qonunlari
0 ‘zaro aloqadorlik qonuni
Ijtimoiy ong va ijtimoiy borliqning 
o‘zaro tasiri qonuni
Inkorni inkor qonuni
Ijtimoiy evolyutsiya va vorislik 
qonuni.
Miqdor va sifat o‘zgarishIarining 
aimashinuvi qonuni
Ijtimoiy struktura miqdoriy o‘zga- 
rishlarining ijtimoiy tuzum 
o‘zgarishlariga olib kelishi qonuni
Demak, falsafa tomonidan asoslangan umumfalsafiy qonunlar- 
ga tayanib, ijtimoiy falsafa, ijtimoiy jarayonlarga aloqador qonun- 
lami tadqiq etadi. Shuningdek, umumfalsafiy qonunlaming ijtimoiy 
hayotda qanday namoyon bo'lishini asoslaydi.
Ijtimoiy falsafaning yana bir hususiyati shuki, u jam iyatni tad­
qiq etish bilan birga, jam iyat to‘g ‘risidagi fanlam ing yutuqlariga 
tayangan holda ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashni shakllantirishga 
alohida e ’tibor beradi. Ijtimoiy falsafaning bilishga doir tushuncha­
lari (jamiyat, ijtimoiy borliq, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy taraqqi­
yot, industrial jamiyat, postindustrial jam iyat, xalq, millat, shaxs 
va h.k.) hayotda ko‘p qoMlaniladigan tushunchalardir. H ar bir ijti­
moiy fan albatta bu tushunchalardan o'zining o ‘rganish predmetini 
tavsiflashda foydalanadi.
Ijtimoiy falsafa tushunchalari umumbashariyligi va teran maz- 
mundorligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy falsafa barcha ijtimoiy va
13


gum anitar fanlarga, xususan, sotsiologiyaga y o ‘nalish beradigan 
m etodologik asos b o 'lib xizm at qiladi. Ijtim oiy falsafa ijtimoiy 
fan vakillarining e ’tiborini ijtimoiy organizm ning normal faoliyat 
k o ‘rsatishida har bir a ’zo (elem ent) ning qanday rol o ‘yrmshiga, ij­
tim oiy taraqqiyotning bosh maqsadi nim adan iborat ekanligiga qa- 
ratadi.
Sotsiologik tushunchalar esa konkret va ilmiyligi bilan ajralib 
turadi. Chunonchi, sotsiologik tushunchalar(sotsial struktura, sotsi- 
al strafikatsiya, ijtimoiy harakat, ijtimoiy rol, ijtimoiy makon, mo- 
billik, deviant xulq-atvor, ijtim oiy jarayon, ijtimoiy birlik, ijtimoiy 
institut va h.o.) alohida olingan konkret jam iyatning turli tomonlari 
to ‘g ‘risida ilmiy bilim lar beradi. B oshqacha qilib aytganda, ijtimoiy 
falsafa jam iyatning eng um um iy tomonlarini yaxlit holda bilishga 
imkon bersa, sotsiologiya konkret jam iyatning doizarb muammo- 
larini hal etishga, uning rivojlanish istiqbollarini oldindan ko'rish- 
ga, sotsial m uam m olam i oqilona hal etishga imkon beradi.
A gar sotsiologiya fan sifatida am aliy vazifalam i hal etishni 
o ‘z oldiga m aqsad qilib qo'ysa, ijtimoiy falsafa dunyoqarash aha- 
m iyatiga ega bo‘lgan m uam m olam i hal etishni, “um um an jam iyat 
nima?”, “jam iyat taraqqiyotining asosini nim a tashkil etadi?” sin- 
gari savollarga javob berishni o ‘z oldiga m aqsad qilib qo‘yadi. Ijti­
moiy falsafa va sotsiologiyaning o ‘zaro munosabati um um iylik va 
alohidalikning o‘zaro munosabati singaridir.
R us faylasufi S.V.Sokolov ijtim oiy falsafa va sotsiologiya 
o ‘rtasidagi farqni quyidagicha ifodalaydi: “sotsiologiya ijtimoiy 
institutlam i o‘rgansa, ijtimoiy falsafa esa bazis va ustqurmani tad- 
qiq etadi” 1. M asalan, um um iy sotsiologiya jam iyatni ijtim oiy tizim 
sifatida o ‘rganadi, uningcha undan um um iyroq b o'lgan qandaydir 
tizim m avjud emas. Lekin bu tizim turli-tum an kichik tizimlardan: 
ijtimoiy guruhlar, birlashmalar, korporatsiyalar, hududiy birlash- 
malar, institutlar va boshqalardan tashkil topgan2. Sotsiologiya

Соколов C.B.
Социальная философия: Учеб. пособие для вузов. - М.: 
ЮНИТИ-ДАНА, 2003. С.83.

Qarang: Шилз Э.
Общество и общества: макросоциологический подход // 
Американская социология. Перспективы, проблемы, методы. М., 1972.
14


asosiy e ’tibom i ijtimoiy tizim ning ana shu elem entlariga qaratadi. 
U lam ing jam iyatdagi konkret o ‘m ini tahlil qiladi. Ijtim oiy falsa­
fa uchun boshqacha xususiyat xos. Ya’ni u xususiy elementlardan 
um um iy tizim ga xos bo‘lgan jihatlam i, qonuniyatlarni aniqlash 
pozitsiyasida turadi.
Ijtim oiy falsafa va sotsiologiya o ‘rtasidagi m uayyan farqlami 
quyidagi jadval asosida ifodalash mumkin:
Ijtimoiy falsafa
Sotsiologiya
inson tabiati
ijtimoiy fe’l-atvor
inson omili
ijtimoiy mavqe, ijtimoiy rol
ijtimoiy ong
ijtimoiy fikr
ijtimoiy beqarorlik
deviant xulq-atvor
Yuqorida keltirilgan har ikki fan tom onidan eng k o ‘p qo‘llani- 
ladigan tushunchalar nisbiy taalluqli likka ega. Sotsiologiya fani ijti­
moiy falsafa kategoriyalaridan o ‘zi o'rganayotgan ijtim oiy obyekt- 
ni keng miqyosda, toMaroq tavsiflashda foydalanadi. 0 ‘z navbatida 
ijtimoiy falsafa ham o ‘rganilayotgan m asalaning m uayyan detallar- 
ini aniqlashda, yoki konkret hodisalarda yashiringan umumiylikka 
aloqador qonuniyatlarni aniqlashda sotsiologiyaning kategoriyalar- 
iga m urojaat qilishi mumkin. Sotsiologiya fani o ‘rganadigan masala 
ham m a vaqt ijtimoiy falsafa predm etidan k o ‘ra makon va zamonda 
ko‘proq chegaralanganligi bilan xarakterlanadi. M asalan, faylasuf 
ijtimoiy o ‘zgarishlar sababini ijtimoiy ongdan qidirsa, sotsiolog esa 
muayyan guruhning yoki jam oatchilikning fikriga o ‘z e ’tiborini qa­
ratadi. Yoki ijtimoiy muhitning insonga ta ’siri m asalasida faylasuf 
asosiy e ’tibom i muayyan sivilizatsiya, form atsiya yoki ijtimoiy-si- 
yosiy tuzum ga qaratsa, sotsiolog asosan aniq bir jam iyatning hola- 
ti, jam oadagi ijtimoiy ahvolga, uning shaxs fe ’l-atvoriga ta ’siridan 
qidiradi.
H ar b ir alohidalikda umumiylik va o ‘ziga xoslik bor. Ijtimoiy 
falsafa o ‘zining butun e ’tiborini alohidalikdagi um um iylikka qara­
tadi. H ar bir xalq, mamlakat yoki konkret jam iyat taraqqiyoti qan- 
chalar noyob, o ‘ziga xos v a betakror b o'lishiga qaram ay o ‘zida
15


umumbashariylik, um um iylikning muhim belgilarini mujassam- 
lashtiradi. A na shu umumiy jih atlar qanchalik toMaroq, yaqqolroq 
nam oyon b o ‘lishi bilan yaxlit jahon ham jam iyatining shakllanishi, 
um um iy tinchlik va totuvlikning qaror topishi uchun qulay imkoni- 
yatlar vujudga kela boshlaydi.
Shuningdek, ijtim oiy falsafa tarix fani bilan ham uzviy aloqador- 
likka ega. Tarix fani jam iyat “avtobiografiyasini”, uning o ‘tmishini, 
konkret tarixiy jarayonlam i tadqiq etadi. Am m o tarixiy jarayonlar 
silsilasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashni o ‘z oldiga maqsad 
qilm aydi. Ijtim oiy falsafa tarix fani to ‘plagan m a’lumotlami analiz, 
sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirish y o ‘li bilan jam iyat taraq- 
qiyotining sabab-oqibat ko‘rinishidagi qonuniyatlarini, ijtimoiy ta- 
raqqiyotning um um iy y o ‘nalishini aniqlashga harakat qiladi.
Ijtim oiy falsafaning siyosatshunoslik fani bilan aloqadorligi 
shunda ko‘rinadiki, siyosatshunoslik uchun siyosat, siyosiy hokimi- 
yat va uning amal qilishi, davlat, siyosiy tizim kabi tushunchalar 
asosida siyosiy boshqaruv m asalalarini tadqiq qiladi, ijtimoiy falsa­
fa bu masalalarga ijtim oiy m unosabatlam ing, ijtimoiy strukturaning 
bir qism i sifatida yondashadi. Siyosatshunoslik fani aniqlab ber- 
gan siyosiy jarayonlarda amal qiladigan qonuniyatlam ing umum- 
ijtimoiy qonuniyatlar bilan aloqadorligini aniqlash ijtimoiy falsafa 
uchun muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, barcha ijtimoiy masalalami 
tadqiq qiluvchi fanlar m a’lum nia’noda ijtimoiy-falsafiylashgandir. 
U lar o ‘rganilayotgan har bir jarayonni a w a lo um um ijtim oiy o ‘rni 
va ahamiyatini ko‘rsatishga harakat qiladi. Buni ijtimoiy falsafa­
ning har bir alohida ijtimoiy fanga m a’lum m a’nodagi metodologik 
ta ’siri deyish mumkin.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish