gum anitar fanlarga, xususan, sotsiologiyaga y o ‘nalish beradigan
m etodologik asos b o 'lib xizm at qiladi. Ijtim oiy falsafa ijtimoiy
fan vakillarining e ’tiborini ijtimoiy organizm ning
normal faoliyat
k o ‘rsatishida har bir a ’zo (elem ent) ning qanday rol o ‘yrmshiga, ij
tim oiy taraqqiyotning bosh maqsadi nim adan iborat ekanligiga qa-
ratadi.
Sotsiologik tushunchalar esa konkret va ilmiyligi bilan ajralib
turadi. Chunonchi, sotsiologik tushunchalar(sotsial struktura, sotsi-
al strafikatsiya, ijtimoiy harakat, ijtimoiy rol, ijtimoiy makon, mo-
billik, deviant xulq-atvor, ijtim oiy jarayon, ijtimoiy birlik, ijtimoiy
institut va h.o.) alohida olingan konkret jam iyatning turli tomonlari
to ‘g ‘risida ilmiy bilim lar beradi. B oshqacha qilib aytganda, ijtimoiy
falsafa jam iyatning eng um um iy tomonlarini yaxlit holda bilishga
imkon bersa, sotsiologiya konkret jam iyatning doizarb muammo-
larini hal etishga, uning rivojlanish istiqbollarini oldindan ko'rish-
ga, sotsial m uam m olam i oqilona hal etishga imkon beradi.
A gar sotsiologiya fan sifatida am aliy
vazifalam i hal etishni
o ‘z oldiga m aqsad qilib qo'ysa, ijtimoiy falsafa dunyoqarash aha-
m iyatiga ega bo‘lgan m uam m olam i hal etishni, “um um an jam iyat
nima?”, “jam iyat taraqqiyotining asosini nim a tashkil etadi?” sin-
gari savollarga javob berishni o ‘z oldiga m aqsad qilib qo‘yadi. Ijti
moiy falsafa va sotsiologiyaning o ‘zaro munosabati um um iylik va
alohidalikning o‘zaro munosabati singaridir.
R us faylasufi S.V.Sokolov ijtim oiy falsafa va sotsiologiya
o ‘rtasidagi farqni quyidagicha ifodalaydi: “sotsiologiya ijtimoiy
institutlam i o‘rgansa, ijtimoiy falsafa esa bazis va ustqurmani tad-
qiq etadi” 1. M asalan, um um iy sotsiologiya jam iyatni ijtim oiy tizim
sifatida o ‘rganadi, uningcha undan um um iyroq b o'lgan qandaydir
tizim m avjud emas. Lekin bu tizim turli-tum an kichik tizimlardan:
ijtimoiy
guruhlar, birlashmalar, korporatsiyalar, hududiy birlash-
malar, institutlar va boshqalardan tashkil topgan2. Sotsiologiya
1
Соколов C.B.
Социальная философия: Учеб. пособие для вузов. - М.:
ЮНИТИ-ДАНА, 2003. С.83.
2
Qarang: Шилз Э.
Общество и общества: макросоциологический подход //
Американская социология. Перспективы, проблемы, методы. М., 1972.
14
asosiy e ’tibom i ijtimoiy tizim ning ana shu elem entlariga qaratadi.
U lam ing jam iyatdagi konkret o ‘m ini tahlil qiladi. Ijtim oiy falsa
fa uchun boshqacha xususiyat xos. Ya’ni u xususiy elementlardan
um um iy tizim ga xos bo‘lgan jihatlam i,
qonuniyatlarni aniqlash
pozitsiyasida turadi.
Ijtim oiy falsafa va sotsiologiya o ‘rtasidagi m uayyan farqlami
quyidagi jadval asosida ifodalash mumkin:
Ijtimoiy falsafa
Sotsiologiya
inson tabiati
ijtimoiy fe’l-atvor
inson omili
ijtimoiy mavqe, ijtimoiy rol
ijtimoiy ong
ijtimoiy fikr
ijtimoiy beqarorlik
deviant xulq-atvor
Yuqorida keltirilgan har ikki fan tom onidan eng k o ‘p qo‘llani-
ladigan tushunchalar nisbiy taalluqli likka ega. Sotsiologiya fani ijti
moiy falsafa kategoriyalaridan o ‘zi o'rganayotgan ijtim oiy obyekt-
ni keng miqyosda, toMaroq tavsiflashda foydalanadi. 0 ‘z navbatida
ijtimoiy falsafa ham o ‘rganilayotgan m asalaning m uayyan detallar-
ini aniqlashda, yoki konkret hodisalarda yashiringan umumiylikka
aloqador qonuniyatlarni aniqlashda sotsiologiyaning kategoriyalar-
iga m urojaat qilishi mumkin. Sotsiologiya fani o ‘rganadigan masala
ham m a vaqt ijtimoiy falsafa predm etidan k o ‘ra makon va zamonda
ko‘proq chegaralanganligi bilan xarakterlanadi. M asalan, faylasuf
ijtimoiy o ‘zgarishlar sababini ijtimoiy ongdan qidirsa, sotsiolog esa
muayyan guruhning yoki jam oatchilikning fikriga o ‘z e ’tiborini qa
ratadi. Yoki ijtimoiy muhitning insonga ta ’siri m asalasida faylasuf
asosiy e ’tibom i muayyan sivilizatsiya, form atsiya yoki
ijtimoiy-si-
yosiy tuzum ga qaratsa, sotsiolog asosan aniq bir jam iyatning hola-
ti, jam oadagi ijtimoiy ahvolga, uning shaxs fe ’l-atvoriga ta ’siridan
qidiradi.
H ar b ir alohidalikda umumiylik va o ‘ziga xoslik bor. Ijtimoiy
falsafa o ‘zining butun e ’tiborini alohidalikdagi um um iylikka qara
tadi. H ar bir xalq, mamlakat yoki konkret jam iyat taraqqiyoti qan-
chalar noyob, o ‘ziga xos v a betakror b o'lishiga qaram ay o ‘zida
15
umumbashariylik, um um iylikning muhim belgilarini mujassam-
lashtiradi. A na shu umumiy jih atlar qanchalik toMaroq, yaqqolroq
nam oyon b o ‘lishi bilan yaxlit jahon ham jam iyatining shakllanishi,
um um iy tinchlik va totuvlikning qaror topishi uchun qulay imkoni-
yatlar vujudga kela boshlaydi.
Shuningdek, ijtim oiy falsafa tarix fani bilan ham uzviy aloqador-
likka ega. Tarix fani jam iyat “avtobiografiyasini”, uning o ‘tmishini,
konkret tarixiy jarayonlam i tadqiq etadi. Am m o tarixiy jarayonlar
silsilasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashni o ‘z oldiga maqsad
qilm aydi. Ijtim oiy falsafa tarix fani to ‘plagan m a’lumotlami analiz,
sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirish y o ‘li bilan jam iyat taraq-
qiyotining sabab-oqibat ko‘rinishidagi qonuniyatlarini, ijtimoiy ta-
raqqiyotning um um iy y o ‘nalishini aniqlashga harakat qiladi.
Ijtim oiy falsafaning siyosatshunoslik
fani bilan aloqadorligi
shunda ko‘rinadiki, siyosatshunoslik uchun siyosat, siyosiy hokimi-
yat va uning amal qilishi, davlat, siyosiy tizim kabi tushunchalar
asosida siyosiy boshqaruv m asalalarini tadqiq qiladi, ijtimoiy falsa
fa bu masalalarga ijtim oiy m unosabatlam ing, ijtimoiy strukturaning
bir qism i sifatida yondashadi. Siyosatshunoslik fani aniqlab ber-
gan siyosiy jarayonlarda amal qiladigan qonuniyatlam ing umum-
ijtimoiy qonuniyatlar bilan aloqadorligini aniqlash ijtimoiy falsafa
uchun muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, barcha ijtimoiy masalalami
tadqiq qiluvchi fanlar m a’lum nia’noda ijtimoiy-falsafiylashgandir.
U lar o ‘rganilayotgan har bir jarayonni a w a lo um um ijtim oiy o ‘rni
va ahamiyatini ko‘rsatishga harakat qiladi. Buni ijtimoiy falsafa
ning har bir alohida ijtimoiy fanga m a’lum m a’nodagi metodologik
ta ’siri deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: