takom illashtirishga qobil emaslar” 1. Forobiyning bu fikrlari Aflo-
tu n va Aristotelning jam iyatga oid qarashiaridan farq qiladi, chun-
ki u jam iyatdagi o'zgarishlam i inobatga olgan. Jam iyatni to‘liq va
to ‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to ‘liq jam iyatning birinchi
bosqichidir, deb e’tiro f etadi. Aflotun va Aristotel esa to 'liq ja
m iyatni shahar bilan chegaralaganlar va
shahar insoniyat jam iyati
takom ilining oxirgi darajasi, jam oaviy baxt-saodatning bosh mar-
kazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jam iyat ha-
qida fikr yuritib, uning hukmdori
qandaydir alohida olingan xalq,
qavm yoki jam oa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb
ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
N em is mutafakkiri Gegel fikricha, jam iyatning mukammal turi
G erm an davri hisoblanadi. B u davrda ilgari bo‘lmagan holat: ilohiy
va insoniy tabiatning birlashishi, fuqaro jam iyatining intellektual
ilohiy podsholik bilan birlashishi ro‘y berdi. B u birlashishning
m uhim
sababchilaridan biri, barcha insonlar teng, ozod va o ‘z ha-
yotlarini o'zlari belgilaydilar kabi ta ’limot beruvchi xristianlikdir.
Insonning ichki erkinligini ta-’m inlagan holda xristianlik, uning
ozodligi real ro‘y berishi va tadbiq etilishi lozim, deb hisoblaydi.
D em ak, G egel jam iyat tiplariga
tarixiy jih atd an yondashib,
uning asosiy mezoni sifatida inson erkinligi va uning m a’naviy ka-
m olotini ta’minlaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tavsiflaydi.
Yana bir nemis faylasufi M .Veber boshqaruvning m azm uni ji-
hatidan jam iyatning quyidagi tarixiy tiplarini k o ‘rsatib o ‘tadi:
— antik jam iyat (an’anaviy boshqaruv);
— feodal jam iyat (xarizmatik boshqaruv);
— kapitalistik jam iyat (ratsional boshqaruv).
Vebeming fikricha, A ntik jam iyatda hukm ronlik va hokim iyat
hukm ronlar va itoatkorlar o ‘rtasida muqaddas sanalgan va “azal-
dan shunday bo‘lib kelgan”, deb hisoblangan. Bunday jam iyatda
hukm dor va itoatkor o ‘rtasidagi m unosabat m a’muriy yoki iqti
sodiy qonunlar va tam oyillar bilan em as, balki an’anaviy burch va
xukm dorga sodiqlik kabi hislar bilan izohlanadi.
1 0 ‘sha asar. - 69-b.
32
Taniqli ingliz faylasufi K arl Popper esa jam iyatni ikki tipga:
ochiq va yopiq jam iyatga ajratadi. U
bunda boshqaruvning ratsio-
nal darajasini mezon qilib oladi. U ning fikricha, ochiq jam iyat:
— fikrlar xilm a-xilligi (plyuralizm);
— xususiy mulkchilik;
— individual erkinlik;
— ratsionallikka asoslangan individual m anfaatdorlik kabi xu-
susiyatlarga ega bo‘ladi.
Yopiq jam iyat esa o ‘zida:
— totalitarizm;
— kollektivizm:
— irratsionalizm;
— utopizm kabi sifatlarni mujassamlashtiradi.
Jam iyatning tarixiy tiplari m asalasida taniqli sotsiolog E. Gid-
dens quyidagi sxem atik jadvalni keltiradi1:
Hozirda ko‘plab olim lar industrial va postindustrial jam iyat
shakllariga a ’sosiy e ’tibor qaratmoqdalar. Q uyida biz jam iyatning
mazkur tiplari haqida to ‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: