Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t


Jam iyat hayoti sohafari va ko‘ptomonlamaIigi



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Jam iyat hayoti sohafari va ko‘ptomonlamaIigi. 
Vaqt o'tishi 
bilan jam iyat tuzilmasida to ‘rtta asosiy soha ajralib chiqadi: iq­
tisodiy, siyosiy, ijtimoiy va m a’naviy sohalar. Jam iyat hayoti mana 
shu iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va m a’naviy sohalam ing uzviy alo-
37


qadorligiga asoslanadi. Jam iyat yaxlit ijtimoiy tizim boMsa-da, 
unda xilma-xil m unosabatlar o ‘rin olgan boMib, bu jam iyatning 
ko‘ptom onlam a ekanligini anglatadi. Insonning xilma-xil ehtiyoj- 
lari ulam i bu ehtiyojlam i qondirish yoMida har bir ehtiyoj turiga 
m os faoliyat yuritishga, boshqalar bilan munosabatga kirishishga 
olib keladi. M asalan, isonning m oddiy ehtiyojlari iqtisodiy mu- 
nosabatlam i, m a’naviy ehtiyojlari m a’naviy m unosabatlam i, shu­
ningdek, muayyan uyushgan holda yashashga boMgan ehtiyojlari 
sotsial munosabatlami yuzaga keltiradi. Shundan kelib chiqib jam i­
yat iqtisodiy, siyosiy, sotsial va m a’naviy sohalardan tarkib topadi.
Jam iyatning iqtisodiy sohasi keng m a’noda kishilarning o ‘z 
moddiy sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish bilan bogMiq barcha 
faoliyat turlarini o ‘z ichiga oladi. A na shu faoliyat turlari inson­
ning hayvondan farqini bildiradi. Inson tabiatdan oladiganlari bi­
lan cheklanib qolmaydi. Hatto atm osfera havosini ham nafas olish 
uchun moslashtirish, m asalan, qizdirish zarur boMadi, degan edi 
Gegel. Tabiat xomashyolaridan, uning qonunlari talablariga mos 
holda, unda ilgari boMmagan mahsulotni inson ehtiyojiga moslab 
yaratish lozim boMadi. Buning uchun inson tana kuchlarini — qoMi, 
oyogM, miyasi va hokazolami harakatga keltirib, jam iyat hayotining 
doimiy va zaruriy asosi ham da sharti boMgan m oddiy ne’m atlar ish­
lab chiqarishni am alga oshiradi. Bunda qoMlaniladigan qurollar bir 
tom ondan inson bilan tabiat o ‘rtasida yuz beradigan m odda va quv- 
vat almashuvining, inson m ehnatining ilk mahsuli boMsa, ikkinchi 
tomondan, inson m ehnatining vositasi hamdir.
Inson mehnati ishlab chiqarishdagi shaxsiy, jonli tomon hi- 
soblanib, uning oqilona sa rf eti Iganligi mehnat unum dorligida ifoda- 
Ianadi. M ehnatning unum dorligini oshirish vazifalari tufayli chor- 
vachilik kelib chiqqan, hunarm andchilik dehqonchilikdan ajralgan, 
qadimdan hozirgi davrgacha mehnat taqsimotining k o ‘pdan-ko‘p 
yangi shakllari yuzaga kelgan. M ehnat taqsimoti natijasida uning 
aqliy va jism oniy m ehnatga boMinishi davom etadi va chorvadorlar 
ovulidan dehqonlar qishlogM, undan shahar ajralib chiqqan. B u esa,
38


o ‘z navbatida, ishlab chiqarishning texnologik va tashkiliy tomon- 
larini kuchaytirmasligi m um kin em as edi.
Ishlab chiqarishning tashkiliy tom onlari m ehnat faoliyatini tur­
li ko‘rinishlarda y o ‘lga q o ‘yish, uning texnologik tarmoq, hududiy 
taqsimlanishi, m ehnatning ixtisoslanishi, shirkatchilik va hoka- 
zolarni ifodalaydi.
Ishlab chiqarish asosini ham isha “ inson-texnika” m unosabati 
tashkil etadi. Ishlab chiqarishning texnologik usuli uchta bosqich- 
ni - asboblardan foydalanish, m exanizatsiya va avtomatlashtirish 
bosqichlari qam rab oladi.
Jam iyat iqtisodiy sohasining ijtimoiy-falsafiy tahlilida yuqorida 
qarab chiqilgan jihatlarining ahamiyati qanchalik katta boMmasin
ular kishilik dunyosi m oddiy hayotining bir tom oninigina ifoda­
laydi. U ni mavhumiy-mantiqiy jihatdangina emas, balki mustaqil 
tekshirish mumkin. A m alda esa ulam i tashkiliy, iqtisodiy va ijti- 
moiy-iqtisodiy m unosabatlarsiz ta sa w u r qilib b o ‘lmaydi.
Bulardan birinchisi ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida 
kelib chiqadigan m unosabatlam i ifodalasa, ikkinchisi ishlab chiqa­
rish vositalariga boMgan m ulkchilik munosabatlarini aks ettiradi. 
Inson va jam iyat o ‘z ehtiyojlarini qondirish uchun aniq o ‘m i va 
vaqtiga k o ‘ra mulkchilikning zarur shaklini tanlashi mumkin.
M oddiy ishlab chiqarish qanchalik zarur boMmasin, har bir 
sogMom fikrli kishi uchun uning hayoti yana boshqa qator sohalar 
bilan ham bogMiqdir. Chunki, ong va irodaga ega boMgan kishilar 
o ‘z iqtisodiy sharoitiga ega boMishi uchun m uayyan tarzda biri- 
kib, ijtimoiy faoliyatining yangidan-yangi turlari va shakllarini 
ham namoyon etadilar. G ap bu yerda, eng a w a lo , boshqarishga oid 
boMgan jam iyatning siyosiy sohasi to ‘g ‘risida bormoqda. Boshqa­
ruv ijtimoiy hayotning muhim shartidir.
Falsafiy tushuncha sifatida boshqaruv jam iyatga tadbiqan uning si- 
fat muayyanligini ta ’minlash, tarkibiy unsurlari tartibotini takomil- 
lashtirishni maqsadga muvofiq y o ‘naltirishni ifodalaydi.
H ar qanday boshqaruvning m arkaziy bo'gMni — bu hokimiyat- 
dir. Jam iyat hayoti, faoliyatini boshqarish jtim oiy hokim iyat orqali
39


am alga oshiriladi. U nda kam ida ikki tom onning (ikki odam yoki 
guruh va alohida olingan shaxs va hokazolar) m unosabatida biri- 
ning irodasiga ko‘ra ikkinchisining muayyan harakatni sodir etishi 
yoki etmasligi bilan bogMiq holat tushuniladi.
Hokim iyatning um um iy doirasida katta ijtimoiy guruhlar 
o ‘rtasidagi munosabatlar bilan taqozolangan hokim iyat shakli ham 
farqlanadi. Buni shunday izohlash mumkin: ibtidoiy jam o a sharoit- 
larida h ar holda uning oxirgi bosqichida, ijtimoiy hokim iyatda maj- 
buriylikga bog‘liq boshqaruv mavjud boMadi. M asalan, 0 ‘zbekis- 
ton hududida yashagan qadimgi xalqlar tarixida x o 'jalik faoliyati 
jam oachilik asosida olib borilib, ju d a qadimdanoq sug‘orm a deh- 
qonchilik yoMga qo'yilgan edi. B u ishlam i boshqarish ijtimoiy 
hokim iyatning siyosiy shakli yordam ida am alga oshirilgan.
Siyosatda o ‘z ifodasini topmaydigan ijtim oiy hodisaning o ‘zi 
yo‘q. Biroq unda birinchi o ‘rinda ijtimoiy borliqning eng muhim 
tomonlari aks etadi. Shuning uchun jam iyat hayoti eng asosiy so- 
halarining o‘m i va aham iyatiga ko‘ra, iqtisodiyot va siyosat, ular 
o ‘rtasidagi aloqadorlik g ‘oyat muhim m asala hisoblanadi. Siyosat 
jam iyatning tez o ‘zgaruvchan, doim iy faol tomonidir.
Siyosatning obyekti butun jam iyat sohasi hisoblanadi. Shu­
ningdek, jam iyatning istagan sohasi ham o ‘m i va paytiga bogMiq 
ravishda siyosatning obyekti boMishi mumkin. Siyosatning subyek- 
ti esa jam iyatdagi katta-katta guruhlar boMib, ular diqqat markazida 
mavjud hokimiyatga nisbatan m unosabat yotadi.
D avlat - insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishining mahsuli, 
xalqlar va millatlar hayotini huquq va qonunga asoslanib tashkil 
etishning siyosiy shaklidir.
Davlat orqali olib borilgan boshqaruvda ikkita um um iy jihatni 
ko‘rish mumkin:
— 
birinchidan, davlat paydo boMishi bilan jam iyat hayotini 
tashkil etish va uni boshqarishning tarixan barqaror boMgan yangi 
shakllari qaror topdi. Hokim iyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, 
katta-katta ijtimoiy vazifalam i bajarish uchun keng xalq ommasi- 
ni safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, 
doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijti-
40


m oiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada, 
urug‘chilik qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka 
o 'tish ta ’minlandi. Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy 
m anfaatni shaxsiy m anfaatdan ajratib, uning aham iyatliligi ta ’min­
landi, ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy 
qiyofasi birinchi o ‘ringa cKiqdi. Dem ak, davlatning kelib chiqishi 
nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham b o ‘ldi;
— 
ikkinchidan, davlat ibtidoiy jam iyatda m avjud b o'lgan bosh- 
qaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jam oaning 
jam iyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jism oniy z o ‘ra- 
vonlik em as, balki jam o a fikri va obro‘si kuchining tan olinishi, 
iqtisodiy m ajburlashning yo‘qligi va boshqa ko‘pgina tamoyillar 
y o ‘qolib ketdi.
Davlatchilik rivojlanishi bilan siyosiy boshqaruvning murakkab 
tartiboti maydonga keladi.
D avlat hokim iyati tuzilishining boshqa shakllaridan farqli o ‘la- 
roq demokratik jam iyatlarda qonunning ustuvorligi, fuqarolam ing 
tengligi, asosiy davlat tashkilotlarining pastdan yuqorigacha saylab 
qo'yilishi, saylov yoki referendum (yalpi so ‘rov) orqali ko‘pchilik- 
ning xohish-irodasini bilish imkoniyatlari ta ’minlanadi.
Jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayoti sohalari m a’naviy so- 
hasiz mavjud bo‘lmaydi. Jam iyat hayotining iqtisodiy va siyosiy 
tomonlari ilgarilama harakatda b o ‘lganidek, m a’naviyatdagi o ‘zga- 
rishlar natijasida ham alohida guruhlar ajralib chiqib, m a’naviy ish­
lab chiqarishni am alga oshiradilar.
M a’naviy ishlab chiqarish natijasida, d a sta w a l obrazlar, g‘oya- 
lar, nazariyalar va hokazolar yaratiladi. U lar yordam ida esa kishilar 
o ‘rtasidagi m a’naviy aloqalarga erishiladi. Va, nihoyat, bu ishlab 
chiqarish tufayli insonning o ‘zi ham m a’naviy mavjudot sifatida 
o ‘sib, takomillashib boradi. B u yerda alohida ta ’kidlash lozimki, in­
son m a’naviyati tabiiy, biologik y o ‘l bilan irsiy tarzda avloddan-av- 
lodga o ‘tmaydi, balki o ‘zaro ijtim oiy-m a’naviy faoliyatda shaklla- 
nadi va qaror topadi. Bu soha ishlab chiqarishi, o ‘z tarkibiga k o ‘ra, 
voqelikni mifologik, diniy, axloqiy, ilmiy va estetik k o ‘rinishlar- 
dagi o ‘zlashtirishlardan iboratdir. Voqelikni bunday o ‘zlashtirish
41


shu soha ishlab chiqarishini o'ziga kasb qilgan ziyolilar tomonidan 
amalga oshiriladi.
Ma’naviy soha qadriyatlari o‘z ahamiyatini uzoq vaqtlar davo- 
mida saqlaydi. Ma’naviy qadriyatlami hosil etish hamma vaqt yan- 
gilik yaratishdan iborat bo‘lgan. Buni, masalan, san’at sohasi rivoj­
lanishi yaqqol ko‘rsatadi. Buni antik davr haykaltaroshligi yoki 
badiiy adabiyot misolida ham ko‘rish mumkin. Bu davr ma’naviy 
qadriyatlari, garchi hozirgi san’at rivojlanishi darajasidan past 
tursa-da, lekin o'zining tarixiy va badiiy qiymatini hozirga qadar 
yo‘qotmagan.
Aqliy mehnat samarasi sifatida ma’naviyat yalpi xarakter kasb 
etadi. Ya’ni, unda o‘tgan avlodlar ma’naviy merosidan foydalanish, 
uni hozirgi zamon darajasi bilan bog4lash, rivojlantirish zaruriy 
shart hisoblanadi.
Ma’naviyat sohasi qadriyatlari ishlab chiqilishi, saqlanishi, zarur 
bo‘lganda qaytadan tiklanishi va tarqalishi uchun maxsus yaratilgan 
muassasalarga ega bo‘lmoq lozim. Haqiqatan ham, san’atni teatr- 
siz, muzeysiz tasawur etib boMmaydi. Ayni vaqtda, bu muassasalar 
faoliyatida ma’naviylik bilan moddiylik o‘zaro chirmashib ketadi.
Ma’naviy ishlab chiqarish har doim ijodiylikka tayanadi. 
Masalan, rassomlar, yozuvchilar, haykaltaroshlar, olimiar va bosh- 
qalaming mehnati awalboshdan ijodiydir. Ayni vaqtda bu ijodiylik 
jarayoni uning sohiblariga juda katta zavq bagMshlaydi. Haqiqiy 
ijodkorlaming o‘z hayotiy tamoyillarini har qanday qiyinchiliklar- 
ga qaramay o‘zgartirmaganligini shu bilan izohlash mumkin.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy munosabatlar 
muhim o‘rin tutadi. Bu ongning barcha jihatlari, ma’naviy faoliyat 
va mavjud g‘oyalar, qarashlar bilan bog‘liq insoniylik munosabat- 
lardir. Boshqa har qanday ijtimoiy munosabatlar kabi bu munosa­
batlar, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya va kishilarning o‘zaro har 
biriga ta’sir etadigan barcha aloqalarda namoyon bo‘ladi. Shu bi­
lan birga, ma’naviy munosabatlar mazmuni va mavjudligiga ko‘ra, 
bir-biridan farq ham qiladi. Masalan, ulardan ba’zilari faqat ongda 
subyektiv tarzda mavjud bo‘Isa, boshqa lari esa ongdan tashqarida,
42


kishilar o ‘rtasidagi m unosabatlarda subyektiv, obyektiv shaklda 
m avjud boMadi.
M unosabatlam ing bu turini ifodalaydigan jihatlar ichida 
kishilarning o ‘zaro m a’naviy aloqalarini alohida ko'rsatish lozim. 
Bu aloqalarda, dastavval, kishilik hayotining barcha sohalariga te- 
gishli turli-tum an axborotlar alm ashinadi. Muhimi shundaki, bu 
aloqalar m oddiy vositalar (matbuot, radio, televidenie va boshqa- 
lar) yordamida am alga oshiriladi.
Ijtim oiy hayotning m a’naviyat sohasi tarkibida ijtimoiy ong, 
unda esa mafkura muhim o‘ringa ega. M afkura o ‘z tabiatiga ko‘ra 
onglilik jarayoniga muayyan yo‘nalish beradi. Buning ta’sirida 
dunyoqarash, e’tiqod, estetik m e’yorlar va hokazolar shakllanadi. 
M a’naviyatda alohida m avqega ega boMgan tarmoq — bu fandir.
Jam iyat hayotining ham m a sohalari h ar doim o ‘zaro aloqada 
boMib, ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etadi. B u yaxlitlyk doirasida ular- 
ning har biri nisbiy m ustaqillikka egadir. B u ularning o'zgarishi 
o ‘zaro mos kelmasligida, • h ar birining o ‘ziga xos ichki- mantiqiy 
birligida va o ‘zaro bir-biriga ta ’sir eta olishida ko‘zga ko'rinadi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish