Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Тейлор Э.Б.
Первобытная культура. М.: Изд. “Политической литературы”, 
1989, С.Зб.
1 Можейко М.А.
Культура // Новейший философский словарь: 3-е изд., 
исправл. Москва.: Книжный Дом. 2003. -Б . 1280.
143


M adaniyat — uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat to­
monidan yaratilgan moddiy va m a’naviy boyliklar, osori-atiqalar 
yig ‘indisi.
M adaniyat—u yoki bu jam iyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, 
maorif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, m aishiy xizm at ko'rsa- 
tish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
M adaniyat — umuminsoniy hodisa, faqat bir xaiqqa tegishli, 
faqat bir xalqning o ‘zigina yaratgan s o f madaniyat boMmaydi. Har 
bir m illiy madaniyatning asosiy qismini shu m illatning o ‘zi yarat­
gan boMsa-da, unda jahon xalqlari yaratgan um um insoniy madani­
yatning ulushi, ta ’siri boMishi tabiiy hoi. M adaniyat aholining 
biron tabaqasi yoki sinfiga emas, barchaga barobar xizm at qiladi. 
M asalan, san’at va adabiyot durdonalari, m e’morlik yodgorliklari, 
fan-texnika yutuqlari va boshqalar barchaga tegishlidir.
M adaniyat — insonlar hayotida, jam iyat rivojida shakllangan 
milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
M adaniyat - har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniy lik fazi- 
latlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
Yuqoridagi fikrlarda madaniyatning faqatgina m a’naviy-ruhiy 
sohasi o ‘z aksini topgan boMib, uning m oddiy aspektlari e’tibor- 
dan chetda qolgan. Shuning uchun m adaniyatning um umiyroq 
boMgan ta’rifini keltirish o‘rinli. M adaniyat, b u —jam iyat o'zining 
m oddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qondirish m aqsadida yaratgan 
vorislik asosida avloddan-avlodga o ‘tib boruvchi barcha m oddiy va 
m a’naviy boyliklar majmuidir.
M adaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning 
tarkibiga kiruvchi elementlari o ‘zgarib turadi. Shu jihatdan tad- 
qiqotchilar madaniyatni o ‘ziga xos belgilari, sifatiga qarab bir ne­
cha turlarga boMadilar. M adaniyatga sivilizatsion nuqtayi nazardan 
yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha sivilizatsiyalam i 
bosib o ‘tganligini ta ’kidlaydilar.
K o‘pgina hollarda m adaniyat va sivilizatsiya so‘zlari yon- 
m a-yon ishlatiladi. Masalan, “Qadimgi M isr sivilizatsiyasi”, “Q a­
dim gi M isr madaniyati”. Bu atam alar go‘yo bir xil m a’noni anglat- 
ganday ko'rinadi. Aslida esa sivilizatsiya va madaniyat bir-biridan
144


farq qiluvchi tushunchalardir. Faylasuflardan O .Shpengler va 
A.A. Berdyaev asarlarida, sivilizatsiya — bu insoniyat borlig‘ining 
moddiy-texnik tom oni, madaniyat esa uning m a’naviy-ruhiy tomo- 
nidir, deb tushuntiriladi.
Insoniyat hayotida sivilizatsiya va m adaniyat o ‘zaro bog'liq 
holda rivojlanib kelmoqda.
Sivilizatsiya so‘zi m a’rifatparvarlam ing XVII asrdan boshlab 
urushlarsiz ham da mutaassib ruhoniylar ta ’siridan ozod, aql va 
adolatga asoslangan jam iyat uchun kurashishlari jarayonida fanga 
kirib keldi. Sivilizatsiya so‘zi jam iyat taraqqiyotining darajasini 
belgilovchi tushunchadir. Sivilizatsiya insoniyat ijtimoiy taraqqi- 
yotidagi uchta katta davm ing (yow oyilik, vaxshiylik va siviliza­
tsiya) oxirgisi boMib, u yozuvning, davlatning, huquqiy tartib-qoi- 
dalam ing kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 m ing y illar muqaddam 
(M isrda) boshlangan. Sivilizatsiyaning boshlanishi bilan turli xil 
dinlar, gum anistik va axloqiy qadriyatlar keng tarqala boshlaydi. 
Sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanm agan, turli 
mintaqalarda birin-ketin vujudga kelgan, albatta.
Sivilizatsiya m adaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyoti­
ning mahsuli. Sivilizatsiya so‘zi m adaniyatning zam on va makonda 
chegaralangan tarixiy tipi m a’nosida ham ishlatiladi. Qadim gi M isr 
sivilizatsiyasi, M esopotam iya sivilizatsiyasi, O lrta dengiz siviliza- 
tsiyasi, Hind sivilizatsiyasi, M arkaziy O siyo sivilizatsiyasi. Sivili­
zatsiya dastlab ayrim hududlarda, bir-biri bilan u qadar bogMan- 
magan holda shakllangan boMsa, XVII-XX asrlarda umumjahon 
sivilizatsiyasi shaklida uyg‘unlashdi. Fransuz fay lasu f m a’rifatpar- 
varlari aql va adolatga asoslangan jam iyatni sivilizatsiyalashgan 
jam iyat deb ta ’riflaganlar.
G ‘arbda keng tarqalgan va foydalaniladigan Vebsteming ingliz 
tili lug'atida “sivilizatsiya” tushunchasi “m adaniyat” (kultura) tu­
shunchasi bilan aynanlashtirilib, insonda varvarlik va nooqilonalik 
mutlaqo y o ‘q boMgan xatti-harakat lam i, uning jism oniy, madaniy, 
m a’naviy, insoniy resurslardan optimal foydalanishini, shuningdek, 
individning jam iyatda to ‘laqonli o ‘rin egallashini xarakterlaydigan 
ideal holat nazarda tutilishi ta’kidlanadi.


Shuningdek:
— sivilizatsiyalashuv jarayoni fanda, davlat boshqaruvi, shu­
ningdek, inson intilishlarida va m a’naviyatida progressga erishuv 
sifatida qaraladi;
— sivilizatsiyalashtiruvchi faoliyat, bu ayniqsa m uayyan tipdagi 
o ‘ziga xos madaniyatni begona xalqqa zo‘rlab kiritishda namoyon 
boMadi;
— insoniyat madaniyatining insonni hayvonot darajasidan tash- 
qariga chiqishini belgilagan barcha yutuqlari va intilishlari (Sivili­
zatsiya - tosh asridan keyingi davr);
— faoliyat va tafakkurda muayyan norm ativlarga rioya etish 
(kishining fikrlashi, o ‘zini tutishi va istak-xohishlaridagi muayyan 
nazokat va nafosat);
— m adaniyat va texnologiya taraqqiyotining nisbatan yuqori 
rivojlanishi yoMga qo'yilgan ba’zi yerlar (hududlar);
— shaharda yaratilgan qulay m aishiy sharoit.
Sivilizatsiyaning yuqoridagi ta’rifidan kelib chiqib, sivilizatsiya
boMish m ezonlari ham sanab o'tiladi. B unda a w a lo sivilizatsiyani 
y o w oyilikdan ajratadigan mezonlar, asosan, ijtim oiylik, ahloqiylik 
va intellektuallik deb qaraladi. Ijtimoiy sohada sivilizatsiyani xa- 
rakterlovchi belgilar sifatida esa quyidagilar olinadi:
1. M ehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy m unosabatlar 
tizim i — gorizontal (kasbi va turm ush tarziga ko‘ra ixtisoslashuv) 
va vertikal (ijtimoiy qatlamlanish).
2. Hukmron qatlam ishlab chiqilgan q o ‘shim cha m ahsulotni 
birinchi ishlab chiqaruvchilardan ajratib oladi, uni markazlashtiradi 
va qayta taqsimlaydi va ishlab chiqarish vositalarini (ishlab chiqa­
ruvchi kuchlar bilan birga) nazorat qiladi.
3. Savdogarlar yoki davlat tom onidan tovar alm ashuv tarmogM 
nazorat ostida amalga oshirilgani uchun m ahsulotlar v a xizm atlam i 
to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri almashish siqib chiqarilgan boMadi.
4.M uayyan siyosiy strukturalarning tashkil topishi.
“Sivilizatsiya” tushunchasining 2001 yil M oskvada nashr etil-
gan “Falsafiy qomusiy lug‘at”dagi ta ’rifida: “Sivilizatsiya varvar- 
lik davridan keyin keladigan m adaniyat darajasi boMib, u insonni
146


asta-sekin o ‘zi kabi odam lar bilan rejalashgan, birgalikda tartibli 
faoliyat yuritishga asta-sekin o ‘rgatib boradi, m adaniyat uchun mu- 
him zam in hozirlaydi”.1
Rossiyada chiqqan “E ng yangi falsafa lu g ‘ati”da esa siviliza- 
tsiyaning bir em as, bir qancha turli tarixiy davrlarga tegishli tal- 
qinlari m avjudligiga e ’tibor berilgan2. Birinchisiga k o ‘ra siviliza­
tsiya jam iy at taraqqiyotining va real tarixiy davrlarning turli sifat 
holatlarini ifodalovchi tushuncha. Ikkinchisiga k o ‘ra u — “insoniyat 
jam iyati evolyutsiyasining “varvarlik davri” o ‘m iga kelgan bos- 
qichi”dir (L.M organ). Uchinchi yondashuvda sivilizatsiya deganda 
madaniyatning mavjud universaliyalari va poydevoriy sim vollari 
tom onidan belgilanadigan ijtim oiy m aqsadlarga erishish uchun 
odam lar tom onidan qoMlanadigan tashkiliy vositalar (faoliyat das- 
turlari) to ‘plami sivilizatsiya deb tushuniladi. X IX-XX asrlarga ke­
lib oldinga surilgan to ‘rtinchi talqinga binoan esa sivilizatsiya bu­
tun insoniyat tarixini har biri o ‘z individual taqdiriga ega boMgan 
va o ‘zaro ta’sirda boMgan yopiq organizm lar deb (Danilevskiy, 
Toynbi) qarash, yoki bir vaqtlar yaxlit va organik boMgan “madani­
yat” inqirozining yakuniy bosqichi (fazasi) deb (O .Shpengler) qa­
rash oldinga suriladi.
Sivilizatsiyaning shu to ‘rtinchi talqini, ayniqsa, A.Toynbining 
bu boradagi qarashlari oldingilaridan m ukam m alroq. Zero, bu yon­
dashuvda, birinchidan, ham m a uchun (masalan, “om m aviy m adani- 
yat”ga o ‘xshash) yagona umumiy m adaniyat em as, balki ayrim 
xalqlar yoki siviiizatsiyalam ing o ‘z m iiliy m adaniyati m avjudli­
gi tan olinadi. Ikkinchidan, sivilizatsiya deganda G ‘arb mafkura- 
chilari oldinga surgan kriteriylar (masalan, ilm iy-texnikaviy yoki 
m oliyaviy taraqqiyot oMchamlari) em as, balki h ar bir jam iyat o ‘z 
individual madaniyati m ezonlari asosida rivojlanadigan ijtimoiy 
tizim ning o‘z taraqqiyot yoMi, y a ’ni sivilizatsion ideali mavjudligi 
e ’tiro f etiladi.
1 Философский энциклопедический словарь. Москва. 2001. - С. S07-S08.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish