Mikroblar va viruslar odam organizmiga turli yo’l bilan



Download 15,24 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,24 Kb.
#261656
Bog'liq
Odam organizmiga kasallik qo


Odam organizmiga kasallik qo’zg’atuvchi turli (patogen) mikroblar, viruslar zamburug’lar va boshqalar kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar – yuqumli kasalliklar deb ataladi.

Yuqumli kasalliklarni mikroblar qo’zg’atishi fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) tomonidan aniqlangan. Hozir mikroblarning 1500 ga yaqin, viruslarning esa 100 dan ortiq turlari ma’lum. Ular tuproqda, suvda, havoda keng tarqalgan bo’lib, ko’p turlari ma’lum sharoitda odamda har xil yuqumli kasalliklarni qo’zg’atadi.

Mikroblar va viruslar odam organizmiga turli yo’l bilan:

- havo-nafas organlari orqali;

- oziq-ovqat, suv, meva, sabzavotlar, yuvilmagan idish-tovoqlar orqali;

- teri orqali, ya’ni teri qirilganda, kesilganda, kuyganda jarohatlangan joyga mikroblar tushib, qon orqali organizmga tarqaladi;

- jinsiy a’loqa orqali;

- kasal hayvon va parrandalar mahsuloti (go’sht, sut, tuxum) ni yaxshi pishirmasdan iste’mol qilinganda;

- Quturgan it, mushuk, sichqon, qoramollarning tishlashi, so’lagi orqali;

OITS (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) - hozirgi vaqtda jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan eng havfli xastalikdir. OITS birinchi marta 1981-yilda AQSHda ro’yxatga olingan.

Yuqish yo’llari: jinsiy aloqa, o’pishish, tishlash, sterillanmagan shprits, igna, stomotologiya, ginekologiya, jarrohlik asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon zardobini qo’llash. Virus sog’ odamda yuqqanidan to kasallik belgilari paydo bo’lgungacha davr infeksiyaning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davrda viruslar odam tanasidagi limfa tugunlariga joylashadi. So’ngra oq qon tanachalari bo’lmish limfositlar ichiga kirib qon orqali tana bo’ylab tarqaladi. Ma’lumki, limfositlar odam organizmining immunitet, ya’ni mikroblar va viruslardan himoyalanish qobiliyatini ta’minlaydi.

OITSni qo’zg’atuvchi viruslar limfositlarni zararlab, kuchsizlantirib, yemirib, sonini kamaytirib organizmning immunitet qobiliyatini kuchsizlanishiga, hatto butunlay yo’qolishiga olib keladi. Natijada OITS kasalligi belgilari paydo bo’ladi. Kasallikning yashirin davri 10 yilgacha va undan ko’p bo’lishi mumkin. Bu davrda o’ziga virusni yuqtirib olgan odam o’zidagi virusni boshqalarga yuqtirib yurishi mumkin. Maxsus tekshiruvdan o’tmaguncha o’ziga virus yuqtirib olganligini mazkur odamning o’zi bilmasligi mumkin.

OITS ning belgilari. Jag’ osti, bo’yin, qo’ltiq osti, chov sohasidagi , nafas yo’llari (bronxlar) va ichaklar atrofidagi limfa tugunlar kattalashadi. Terida yiringli yaralar paydo bo’ladi, vaqti-vaqti bilan tana harorati ko’tariladi. OITS bilan kasallangan bemor angina, gripp, sil, (tuberkulyoz), pnevmoniya, salmonellyoz, sepsis kabi kasalliklarga tez beriluvchan bo’ladi va shu kasalliklar tufayli hayotdan ko’z yumadi.

OITS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli bemor qo’l-oyoqlaridagi nerv tolalari bo’ylab og’riq seziladi. Ba’zi bemorlarda qo’l-oyoq falaji, xotiraning va aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi hollari kuzatiladi.

1-dekabr - Umumjahon OITS (SPID) ga qarshi kurash kuni, deb e’lon qilingan.

Hozirgi kunda OITS ni davolash, unga qarshi emlash usullari ishlab chiqilmagan. Shu bois bu havfli kasallikdan saqlanishning asosiy chorasi sog’lom turmush tarziga rioya qilish, ya’ni yuqorida aytib o’tilgan virus yuqishi yo’llarini bilish va uni yuqtirmaslik chorasini ko’rish zarur.

Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit). Bu kasallikni viruslar qo’zg’atadi. Virusning A, B va C turlari bo’lib, ularning yuqish yo’li har xil. Virusning A turi zararlangan taomlar, idish-tovoq, qaynatilmagan, ariq, hovuz, quduq, suvi orqali yuqadi. B va C turlari yaxshi sterillanmagan shprits va ignalar orqali hamda qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa odamga yubosh natijasida yuqadi.

Kasallik boshlanishi davrida odamning ko’ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi, darmonsizlanadi, ba’zida qusadi va qornining o’ng tomonida, qovurg’a yoyi ostida kuchsiz og’riq seziladi. Siydigi to’q sariq rangga kiradi, axlati esa rangsizlanib, oqaradi. Bu belgilar paydo bo’lganidan keyin 3-4-kuni ko’zning oq pardasi, tanglayning shilliq pardasi, so’ngra teri sarg’ayadi. Shuni ta’kidlash lozimki, yuqumli gepatitning B turi og’ir kechadi va uzoq davom etadi. Odamda yuqorida aytilgan belgilar paydo bo’lishi bilanoq uyga shifokorni chaqirib, uning maslahatiga ko’ra davolanish kerak.

Yuqumli sariq kasalligining oldini olish uchun har bir odam shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur. B va C turlarining oldini olish uchun shifoxonalar va bolalar muassasalarini bir marta foydalaniladigan shprits va ignalar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega.

Shu turdagi kasalliklarni bemorlarga va donorlarga yuqtirib qo’yishni oldini olish uchun, har bir qon markazi yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan.



Bemorlar bilan ishlash va aholiga xizmat ko’rsatish jarayonida gigiyena qoidalariga qat’iy ravishda rioya qilinishi qonun bilan belgilangan.
Download 15,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish