Umuman, insoniyat tarixi yozuvning qadimiy turlari
Umuman, insoniyat tarixi yozuvning to‘rt qadimiy turini biladi:
1. Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»-yozaman qismlaridan iborat bo‘lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida paydo bo‘lgan. Odamlar o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali bir-birlariga etkazganlar. Odamlarning o‘zi chizgan bu suratlar harbiy yurishlar, urushlar, to‘qnashuvlar, majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish uchun xizmat qilgan. YOzuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-hodisa to‘g‘risidagi xabar oson etkazilgan bo‘lsa-da, abstrakt (mavhum) tushunchalarni etkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bo‘lgan. SHu sababli yozuvning bu turi insonning talabiga to‘la javob bera olmagan.
Lekin shunga qaramay, piktografik yozuvning ayrim shakllari hozirgacha saqlanib qolgan. Masalan, darvoza tepasiga qo‘yilgan itning surati hovlida qopag‘on it borligining belgisidir. Transformator budkasi devoridagi kalla suyagi rasmi xatarning mavjudligiga ishoradir. Katta qilib ishlangan barmoq surati harakat yo‘nalishini bildiradi va hokazo.
Vaqt o‘tishi bilan piktografik yozuv o‘rnini undan mukammalroq va murakkabroq bo‘lgan logografik yozuv egallagan.
2. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha «logos» - so‘z, mantiq va «grafo» - yozaman so‘zlaridan shakllangan. Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir predmet yoki har bir tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida ifodalana boshlagan. Demak, yozuvning bu turida ifodalangan shakl bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan predmet yoki tushuncha o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik mavjuddir. SHuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda masalan, ikkita qo‘lning surati «jangchi», «askar» ma’nosini ifodalagan. Agar bir qo‘lda qalqon, ikkinchi qo‘lda nayza surati bor bo‘lsa, bu «jang» yoki «jang qilmoq» so‘zlarini bildirgan. «Ko‘rmoq» fe’lini bildirish uchun ikkita ko‘z surati xizmat qilgan. «Baxillik», «ochko‘zlik» ma’nosini timsohning surati bildirgan. Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma’nosini ifodalasa, ikkita oyoqning surati «yurmoq», «bormoq» ma’nolariga to‘g‘ri kelgan. YOzuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi.
Logografik yozuvning kamchiligi shundan iboratki, bu tur yozuvni hamma ham bilavermagan. Undan asosan ruhoniylar, davlat tepasidagi amaldorlar, mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor bo‘lishgan.
3. Bo‘g‘in yozuvi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida va birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq bo‘lgan yozuv shakli shakllana boshlagan. Bu yozuvda so‘zlar hamda ayrim sodda jumlalar bo‘g‘inlarni bildiruvchi belgilar yordamida ifodalangan. SHuning uchun bu yozuv bo‘g‘in yozuvi deb ataladi. YOzuvning bu turi ilgarigi yozuvlardan qulayroq bo‘lgan, lekin uning ham o‘ziga yarasha nuqsoni bo‘lgan. U ham bo‘lsa, bu yozuv asosan so‘zlar bir yoki ikki bo‘g‘indangina iborat bo‘lgan tillar uchun qulay bo‘lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. SHu kamchiligi bor bo‘lgani uchun bu yozuv boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan.
Lekin yozuvning bu turkumiga kiruvchi mixxat deb atalgan yozuv nisbatan keng tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi to‘rtinchi mingyillikning oxirida Mesopotamiyada (hozirgi Iroq davlati hududi)da yashagan shumerlar o‘ylab topganlar.
Mixxat yozuvidagi elementlar asosan mix yoki pona shaklini eslatgani uchun mixxat deb nom olgan. Mixxat eramizdan avvalgi birinchi mingyillikning oxirlarigacha bobiliylar, assuriylar, xettlar, finikiylar tomonidan qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan Urartu davlati aholisi, forslar va boshqa qo‘shni xalqlar ham foydalanishgan.
Mixxat yozuvi piktografik yozuvdan kelib chiqqan. Bu dastlab italiyalik savdogar Pestro CHella Valle tomonidan o‘rganilgan.
Mixxat yozuvlari ichida eng ko‘p tarqalgani forsiy mixxatdir. Bu yozuv eramizdan avvalgi VI-IV asrlargacha Ahamoniylar davlati hududida qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan qo‘shni davlat xalqlari, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari ham foydalanishgan. Ahamoniylar davlatining qulashi bilan bu yozuvdan foydalanish ham kamaya boshlagan.
4. Harfiy yozuv. YOzuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki belgi to‘g‘ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan bu alifboning juda ko‘p variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‘p xalqlar tomonidan qo‘llanib kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda so‘zlashuvchi ko‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. O‘rta fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo‘lgan. Bu alifbo asosida keyinchalik so‘g‘d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan. Eramizning YII-YIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan.
Bundan tashqari eroniy va O‘rta Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus Avesto yozuvi yaratilgan. Bu yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bo‘lgan.
Evropada esa, bu erdagi tillar uchun grek yozuvining turli variantlari, xususan, lotin yozuvi qo‘llanilgan. IX-X asrdagi grek qo‘lyozma alifbosining yana bir varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu tariqa qadimgi rus alifbosi-kirillitsa vujudga kelgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixida juda katta hodisa bo‘lgan. YOzuv vositasida inson o‘zidan uzoqda bo‘lgan boshqa inson bilan aloqada bo‘la olgan, shuningdek u yoki bu ma’lumotni o‘zidan keyingi avlodga qoldirish imkoniga ega bo‘lgan. Dastlab bizning murakkab va turli –tuman nutqimizni tashkil etgan “bir andazaga tushgan” til elementlari alohida ajralibchiqqunga qadar tovushlar oqimini mayda bo`lakchalarga, qismlarga bo`lish, ularni o`zaro taqqoslash, ularning farqini va o`xshashligini aniqlash kerak bo`lgan. Qadimgi Misr yozuvida dastlab undosh tovushlar ajratilgan, bunga qadimgi Misr tilida bir tovushdan tuzilgan logogrammalar bo`lganligi yordam bergan.
Birinchi alifboni eramizdan oldingi II ming yillikda finikiyaliklar yaratgan. Bu alifbo 22 harfdan iborat bo`lgan. Harflar faqat undosh tovushlarni yoki undosh va unli tovushlardan tuzilgan bo`g`inlardan tuzilgan.1 Chunki finikiyaliklar tili semit tillari oilasiga mansub bo`lgan. Unda undosh tovushlar asosiy rol o`ynagan. so`zlarning ildizi undosh tovushlardan tuzilgan. Unli tovushlar esa asosan gramatik bog`lanishlarni va so`zning shaklini ifodalagan. Shu sababli finikiyaliklar alifbosi yozuvning bo`g`inli va harf-tovushli tizimi o`rtasida oraliq mavqeni egallagan.
Finikiya alifbosining rivojlanishi
Finikiyaliklar alifbosidagi belgilarning shakli sodda bo`lib, yozish uchun ham yodlab qolish uchun ham qulaydir. Finikiyaliklar yozuvining kelib chiqishi haqida bir qancha fikr bor. Olimlar Misr yozuvi ham ossuriya, bobil yozuvi ham kritomiken yozuvi ham finikiyaliklar yozuviga asos bo`lgan bo`lishi mumkin, deb hisoblashmoqda.Har bir olim o`z nazariyasini tasdiqlashga urinmoqda.Biroq biz ucun muhimi-Finikiyaliklar alifbosi yozuvning uzoq rivojlanish yo`lidagi qonuniy natija ekanligidir. Finikiyaliklar alifbosidagi harflar yunon va oromey yozuvlaridan o`zlashtirib olingan. Harfli-tovushli yozuvning sharqiy tarmog`i va Osiyodagi tarqalgan ba`zi bo`g`inli tizimlar oromey alifbosidan kelib chiqqan. Yunon alifbosi g`arbiy harfli-tovushli yozuv tizimilarining beshigi bo`lganki, unli va undosh tovushlarni ishlatish bu tizimlarga ham xos bo`lgan. Qadimgi yunonlarning buyuk tarixiy xizmatlari shundan iboratki, ular unli tovushlarni ajratib, bu tovushlar uchun alifboga maxsus belgilar kiritganlar. Yunon alifbosining shu kungacha saqlanib qolgan asosiy ko`rinishi shu tarzda namoyon bo`lgan. Bu jarayon ming yillik yo`lni bosib o`tgan. Bugunda yozuvning to`rt yuzga yaqin turi ma`lum. Lekin hozirda topilgan hujjatlarning ko`pchiligini hali sirlari topilgan emas. Jumladan Shumerlarning eng qadimgi eramizdan oldingi IV ming yillikning oxiri va III ming yillikning boshida yozilgan hujjatlari hali jumboqligicha turibdi.1 Bugungacha shumerlarning ancha keyinroq yozilgan xatlarigina o`qilgan, xolos. Shumerlar jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichida misrliklar bilan birga turgan va yozuvning dastlabki ijodkorlaridan biri bo`lgan. Shumerlarning ancha keyin yozilgan xatlarigina o`qilgan, xolos.Finikiyaliklar yozuvining esa qanday paydo bo`lganligi bizga shu kungacha noma`lum. Biroq bu alifbe miloddan avvalgi 1500 yillar atrofida vujudga kelgan bo`lib, mloddan avvalgi 1000 yillar atrofida finikiya tiliga qardosh til bo`lgan oromiy til uchun ishlab chiqilgan qiya tez yozish shakli (kursiv) tarzida butun Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlariga tarqalib, oromiy, yahudiylarning to`rt burchakli, fors, barcha “milliy” turon yozuvlari, shuningdek arab yozuvi kabi sharq yozuv tizimlarining vujudga kelishida tamal toshi vazifasini o`tadi.
Tilshunos D.Dringer oromiy yozuvi tarixida ikki muhim bosqichni alohida ta`kidlab o`tadi: 1) birinchi davr -miloddan avvalgi IX – VII asrlar. 2) oromiy yozuvining “oltin asri”, ya`ni bu davrda oromiy tili xalqaro muloqot-jahon tili darajasiga ko`tarildi va Yaqin Sharqning rasmiy tili maqomini oladi. Keyinchalik, oromiy yozuvi tobora sharqqa tomon keng tarqala boshladi, Aho-moniylar saltanatini qamrab, Turonzaminning shimoliy chegarasigacha etib bordi.
2.Bugunda arxeologlar va tarixchi olimlar hamda tilshunoslarning yangi avlodi shakllandi. Endi ular qadimgi yozuvlarni birpastda o`qiy oladilar. Moziy qariga kirib, qadimgi xalqlar hayotiga oid tarixiy voqealar haqida ilmiy xulosa bera oladilar. Ayni paytda asrlar osha bizgacha etib kelgan xatlar mazmuni, o`z sirlarini ochmoqda. Buni yana bir muhim jihati shundaki, ayni o`sha zamonlardan tilning fonetik tuzilishiga ega, ya`ni harfli belgili hamda nutq tovushlarini ifodalovchi alifbolar shakllana boshladi.
Xullas, xalqimizning yozuv madaniyati, uning tarixi, ilk shakllanish davrlari, inson nutqini to`liq ifoda etuvchi shartli-belgi alifbo, ya`ni bugungi tasavvurimizdagi yozuv madaniyati bir necha ming yillar mobaynida shakllanish va rivojlanish davrini bosib o`tgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yozuvlari va uning ilk o`rta asrlar davri yozuvlariga ta`siri masalasida gapirish lozim bo‘lsa avvalo yozuvlar va ularni davrlashtirish, u4larni tarix fanlari oldidagi vazifasi va eng asosiysi ularni qiyosiy tahlili xususida gapirish o‘rinli deb hisoblaymiz.
“Ma`lumki, o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy ma`naviy bog`liklik til orqali namoyon bo`ladi”1-deb ta`kid-laydilar muhtaram Yurtboshimiz I.A. Karimov. Darhaqiqat, ona tili bu – millatning ruhidir. Til esa yozuvda kamol topadi. Shu sababli yozuvimiz taqdirini, tarixiy taraqqiyotini o`rganish dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab O`zbekiston tuprog`ida hududiy to`liq yoki qisman bir necha yirik madaniy- tarixiy viloyatlar joylash-gan. Bu viloyatlar–Baqtriya, Sug`d, Xorazm, Fargona, Shosh(Choch) hudud-laridir.
Markaziy Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning yozuvlari qaysi davrda shakllanganligi haqida aniq ma'lumotlar yo`q. Ayrim kam sonli topilmalar Qadimgi Xorazm sopol idishi sirtidagi yozuvlar va saklarning «noma`lum xatlari» bu jarayonning millodan avvalgi V-IV asrlarda boshlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu ma'lumotlar to`liq emas. Markaziy Osiyoda millodan avvalgi VIII-VI asrlarga oid hozircha tanga pullar, sopol, yog`och va boshqa buyumlarga oid bitilgan yozuvlar yoki hujjatlar topilmagan.
Agar antropoliyaga murojat etsak, odamlarning to’liq saqlangan tana va bosh suyaklari miloddan avvalgi VI – V ming yilliklarga oid arxeologiya yodgorliklarida topib tekshirilgan. Qadimgi odamlarning suyaklari asosida ularning tashqi qiyofalarini qayta tiklab o’rganish mumkin bo’lsa ham, ammo ularning tillari bizga noma’lumligicha qolgan.
O’zbekiston tarixining juda katta davri (bir necha yuz ming yillar) yozma manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o’rganiladi. Qadimgi Sharq yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya va Eron manbalari) ma’lumki, miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalari va oxirlari (bronza davri) – Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixi – hind-eron qabilalari yoyilishi bilan bog’liq bo’lgan.
Dastavval, hind-eron qabilalari juda keng hududda – Volga, Ural va Janubiy Sibir oralig’idagi yerlarda yashaganlar.
Antropolog T.Q.Xodjayov fikriga ko’ra, bronza davrida Markaziy Osiyo-ning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan. Hududimizning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta Yer dengizi irqining vakillari deb ataladi.Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, Markaziy Osiyo-ning janubi, Hindiston kabi katta geografik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston, Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga bo’yi yerlarigacha tarqalganlar.
Bronza davrida Markaziy Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo’shilishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib o’lkamizda yashab o’tgan bronza davri qabilalari yurtimizning qadimgi xalqlariga asos solganlar
O’zbekistonda joylashgan shu xalqlarning vakillari – so’g’dlar, baqtriy-liklar, xorazmiylar va saklar haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manba-larda saqlangan. Dastlabki manbalar kam hamda ma’lumotlar aytarli to’liq bo’lmasa ham ular qadimgi madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o’rganishda katta ahamiyatga egadir.
Dastlabki Yunon va Rim tarixchilarining Eron, Hindiston va Markaziy Osiyo viloyatlari haqidagi tarixiy asarlarida bergan ma`lumotlariga tayanib, bu hududda yashagan xalqlarning madaniyati, turmushi haqida ba`zi bir ma`lumotlarga ega bo`ldik.
Ta`kidlash o`rinliki, dastlabki yozuvlar tashqi shaklining takomillashuvi, alifbo tuzilishi qonunlari va tillarning ichki mazmuni ko’p tomondan noma’lum bo’lib, yaxshi o’rganilmagan. Bu jarayonni aniqlash uchun juda ko’p manbalarga asoslanish lozim. Afsuski, Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi VII – VI asrlarga oid (yoki bu sanadan ham qadimgi) tanga pullar (tanga yozuvlari), sopol, yog’och va boshqa buyumlarga bitilgan yozuvlar yoki hujjatlar topilmagan.
Albatta, yuqorida ko’rsatilgan davrda yurtimiz shaharlarida tanga pullar zarb etilmagan, chunki xuddi shu paytda (miloddan avvalgi VII – VI asrlar) eng qadimgi tangalar dastlab Kichik Osiyoda (Lidiyada) vujudga keladi.Bu haqida yunon tarixchisi Gerodot o`z asarida yozib qoldirgan. Bundan oldingi asrlarda esa savdo-sotiq munosabatlarida pul vazifasini kumush va oltin, qimmatbaho buyumlar va yaltiroq toshlar, don va chorva mahsulotlari bajargan. Miloddan avvalgi III – II asrlarda Markaziy Osiyoga oid ko’plab tangalar topilgan bo’lib, ular o’lkamiz tarixini o’rganish uchun katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari to o’rta asrlarga qadar yetib kelgan ko’plab noyob yozuv yodgorliklari tosh, sopol, kumush, yog’och, charm va qog’oz buyumlariga bitilgan turli xil ma’lumotlardan iboratdir1.
Markaziy Osiyoda alohida xalqlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX – VIII asrlarga oid bo’lishi mumkin. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz, aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi Ahamoniylar sulolasi podsholarining yurtimizga yurishlari boshlanganda bu xalqlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning ma’muriy chegaralari ahamoniylardan ancha oldingi davrlarda paydo bo’lgan.Yozma manbalarga ko’ra, ahamoniylar alohida Baqtriya xalqiga yoki saklar yurtiga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar.Demak, Markaziy Osiyo viloyatlari va xalqlari haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Eronda turli ma’lumotlar to’plangan edi.
“Avesto” tili.
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida yurtimizda joylashgan turli xalqlar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida gapirganlar. Ularning etnik qiyofasi va so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar qarindosh xalqlar bo’lib, bir-birlarini yaxshi tushunganlar. Ayniqsa, dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan, o’troq xo`jaligiga oid aholining moddiy va ma’naviy madaniyatida ancha o’zgarishlar bo’lgan.
Qadimgi sharq-eron tillarni o’rganishga oid katta ilmiy adabiyot mavjud. Ushbu tillar guruhini Avesto tili, so’g’dlar, xorazmiylar va baqtriylar tillari tashkil qilgan.
Milloddan avvalgi 1 ming yillikning 1-yarmida yurtimizda joylashgan turli xalqlar qadimgi sharq - eroniy tillar shevalarida gapirganlar. Bu xalqlar : tigra xauda, taray dara taraya, xouvamarga qabilalaridir. Maskur xalqlar nomlari Dora 1 ning qoyatosh yozuvlarida tilga olingan. Ushbu xalqlar til guruhini «Avesto» tili sug`dlar, xorazmiylar va baqtriylar tillari tashkil qilgan. «Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir. Dastlabki «Avesto» tili oromiy tilda yozilganmi, bu noma’lum. Ma'lumotlarga qaraganda, 21 ta kitob (nasx) dan iborat bu kitob zamonamizgacha yetib kelgan. «Avesto» qismlari millodning III-VII asrlarda tahrir qilingan. «Avesto» boblari «pahlaviy» - o`rta fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iborat.1 «Avesto» «Apasta» yoki «Asos» deb tarjima qilingan. «Avesto» tili eroniylarning eng qadimgi shevalardan biri bo`lgan, qadimgi fors tiliga nisbatdan ancha oldingi bosqichda, milloddan avvalgi II ming yillikning oxiri – I ming yillikning boshlarida paydo bo`lgan. (Muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va slayd taqdim etiladi)
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida «Aleksandr Makedonskiy tomonidan yurtimiz bosib olingach u 12 ming nasxdan iborat oltin suvi bilan yozilgan kitoblarni tog` qilib uyib yo`ib yuborgan» degan ma'lumotlar keltirilgan. Tarixiy ma'lumotlar shunga aniqlik kiritdiki, «Avesto» Sosoniylar ( III asr) davrida qayta tartibga keltirilgan va 22 ta alifboga moslashtirilgan. (Xisrav 1 Anushirvon millodiy 531-579 y). «Avesto»ni matnlarini yozib olish maqsadida 48 belgidan iborat alifbo hamda 3 ta maxsus qo`shma belgilar kiritilgan.Bizgacha «Avesto»ning «Yasht», «Yasna», «Vidavdod», «Visparad»,-«Xurdaki Avesto» kitoblaridan parchalar saqlanib qolgan. Avestoning «Yasht» kitobini M. Is’hoqov, «Gohlar» kitobini Rustam Abdukomilov o`zbekchaga o`girib, tadqiqot qilib kelmoqda. «Yasht» kitobida milloddan avvalgi XIII- X asrlardagi (bronza davri) yirik patriarxal oila tasvirlangan. Eron olimlaridan Ibrohim Pur Dovudning «Avesto» forscha nashri ham dunyo yuzini ko`rgan. “Avesto”ni birinchi bo`lib XVIII asrda fransuz olimi Anketil Dyuperon tomonidan tarjima qilingan. Uni qo`lidagi qo`lyozma XIII asrga oid bo`lgan. Birinchi galda «Avesto» zardushtiylar jamiyatining o`ziga xos axloq – odob majmui ekanini e'tirof etish lozim. Uning mohiyati quyidagi 3 tamoyilda ifodalangan: ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal. Zardushtiylar tasavvuri mana shu 3 tamoyilga to`liq bo`ysingan, amal qilgan inson – barkamollikning yuksak pog`onolariga ko`tarilgan.1
«Avesto»da eng qadimgi viloyatlarning nomlari Yasht kitobining uchinchi va Videvdatning birinchi bobida sanab o’tilgan. Yasht ro’yxatidagi birinchi mamlakat eroniy qabilalarning vatani – «Aryonam Vayjon» yoki «Ariylarning sayha yerlaridir». U yurtda ko’p yaylovlarga ega baland tog’lar, keng daryolar va chuqur ko’llar bo’lgan. Keyingi mamlakatlar – Porutu, Iskata, Mouru, Gava, So’g’da, Xvarizam.
Yasht ariylarning yerlari haqida quyidagicha e’lon qiladi: «U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan – ko’p harbiy yurishlar qiladi. Uning keng yaylovlarga ega, suvga serob tog’larida chorva tinch o’tlov va yemish bilan ta’minlangan, bu yerdagi sersuv chuqur ko’llar to’lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi va Xvarizam tomoniga toshib intiladi». Videvdat kitobiga ko’ra, zardushtiylarning ulug’ va donishmand xudosi Axuramazda payg’ambar Zaratushtraga bunday xabar qiladi: «O, Spitama Zaratushtra, yashaydigan joylarga, bu yerlarda baxtlik qancha kam bo’lsa-da, tinchlik tortiq qildim. Birinchidan, odamlar yashashi uchun eng yaxshi mamlakatni, Vanxvi Datyo daryosidagi Aryonam Vayjoga asos soldim. Ikkinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan bo’lgan Gava So’g’da makoniga asos soldim. Uchinchidan, men Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan bo’lgan qudratli Mouruga asos soldim
To’rtinchidan, men Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan bo’lgan, Baland bayroqli go’zal Bahdiga asos soldim» 1.
Videvdatning birinchi bobida sanab o’tilgan mamlakatlar Yasht viloyatlari ro’yxatidan ancha farq qiladi: Aryonam Vayjo, Gava, Mouru, Bahdi, Nisayyo, Ar’yo, Vaekereta, Urva, Xnanta, Raga, Chaxro, Varna, nomsiz yetti Hind viloyatlari va Ranxa daryoi boshlaridagi mamlakat.
«Avesto» eng qadimgi mamlakatlar – Markaziy Osiyo va O’rta Sharq, Afg’oniston, Eronning shimoli – sharqiy hududi bilan bog’lanadi. Aryonam Mayjo mamlakatini – bu keng hududda joylashgan o’lka deb tushunish mumkin. U yerdagi baland tog’lar – Pomir, Hindiqush, Hisor, Tangritog’ (Tyonshon), chuqur ko’llar – Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqko’l, keng daryolar Amudaryo va Sirdaryo deb faraz qilinadi.
Videvdatning maxsus bobida Aryonam Vayjo Vanxvi Dat’yo (Datiya) daryosi havzasida joylashgan deb e’lon etilgan. «Qish u yerda o’n oy davom etadi, yoz – ikki oy. Qish oylarining suvlari sovuq, yerlari sovuq, qishning oxirida u yerda katta toshqin suv paydo bo’ladi».
Aryonam Vayjonning geografik chegaralari to’g’risida «Avesto»da aniq ma’lumotlar yo’q. Aryonam Vayjo iqlimi baland tog’li viloyatlar tabiatiga yaqin bo’lib ko’rinadi. Vanxvi Dat’yo (Datiya, Daiti) daryosi bizga noma’lum bo’lib, u haqida – bu yirik sersuv daryo deb faraz qilish mumkin (ba’zi olimlar fikriga ko’ra Amudaryo).
«Avesto» da tilga olingan yana bir keng sersuv daryo – Ranxa, olimlar fikriga ko’ra, Sirdaryo bo’lishi mumkin. Qadimgi Yunon tarixshunoslari ma’lumotlariga qaraganda, Ra daryosi skif tilida – bu Volga daryosidar.
«Avesto»ning boshqa daryolari Zarnumat, Vitanxuxat, Franzdan bizga noma’lum bo’lib qolgan. Zarnumat daryosi «oltinli» deb tarjima qilinadi. Bu tushuncha Zarafshon nomida ham saqlangan. Yozma manbada tilga olingan ko’llarning (Chaychast, Vorukash, Kansava, Pishin) hududiy joylashuvi haqida aniq xabar berish juda ham og’irdir. I. M. Steblin – Kamenskiy fikriga ko’ra, Chaychast nomi – Choch, Vorukash – Balxash, Kansava – Erondagi Xamun ko’li bo’lishi mumkin.2 Tog’lar haqida «Avesto» bunday xabar qiladi: «Dunyoda, o Spitama Zaratushtra, ikki ming ikki yuz qirq to’rt tog’ bor». Shular jumlasidan Xaara (Xarati), Ardaz, Ushida, Ushidarna, Erzif, Erezur, Raaodita, Mazishva, Antar Daxiyo, Erzish, Vatigaysa, Adarana, Xamonkun, Vashan, Vidvan va boshqalar Yashtning o’n to’qqizinchi bobida tilga olingan 3.
Eng baland ariylarning muqaddas tog’i – Xaara hisoblangan. Uning tizmasida va yana bir guruh boshqa tog’larda (Adarana, Bayona, Iskata) qor kam erigan. Ularning baland cho’qqilari qor va muzga aylanib sovuq bo’lgan. Ularga o’xshagan tog’lar Tang’ritog’, Pomir va Hindikush tizmalarida joylashish mumkin edi.
«Avesto»dagi mamlakatlar nomlari qadimgi fors tilida yoritilgan ahamoniylar davri mixxatlarida va qadimgi Yunon tarixshunoslari asarlarida takror etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |