Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

a) klassik fa n
(XVII-XIX asrlar). U obyektiv fikrlash tarzi orqa­
li, dunyoning subyekt tom onidan o ‘rganilishi shartisiz, dunyo ha- 
qida obyektiv-haqiqiy bilim lar olishni nazarda tutadi. B u davrga 
qat’iy belgilangan, y o ‘naltirilgan izchil (chiziqli) rivojlanish m os 
keladi: o ‘tm ish hozirgi davm i belgilaydi, hozirgi davr esa, o ‘z 
navbatida, kelajakni belgilaydi. D unyoning rivojlanish jarayon- 
larini oldindan m o'ljallash va bashorat qilish mumkin. D unyoning 
mumtoz (klassik) m anzarasi obyektlam i o ‘z holicha m avjud narsa- 
lar sifatida tavsiflaydi;
b) 
noklassik fa n
(X IX asr oxiri — XX asrning birinchi yarm i). 
U klassik fan obyektivizmini inkor qiluvchi, obyekt bilimlari bi­
lan subyekt faoliyatining vositalari va operatsiyalari xususiyati 
o‘rtasidagi aloqani anglab yetuvchi relyativistik va kvant naza- 
riyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liq. Fanda noklassik fikrlash 
tarziga o ‘tilishi tabiatshunoslikdagi yangi kashfiyotlar, ayniqsa, 
A. Eynshteyn ishlab chiqqan nisbiylik nazariyasi, shuningdek, bu- 
yuk fiziklar — N . Bor, L. de Broyl va boshqalar tom onidan ishlab 
chiqilgan kvant m exanikasi ta ’sirida am alga oshirildi. M azkur fan 
shaklining mohiyati nazariyadan “statistik qonuniyat” nom i bilan 
o ‘rin olgan determinatsiyaning m oslashuvchanroq sxem asi yuzaga 
kelishi bilan bog‘liq;
v) 
postnoklassik fa n
(XX asrning ikkinchi yarm i — X X I asr 
boshi). U obyekt haqida olinuvchi bilim lar xususiyati faqat biluvchi 
subyekt faoliyati vositalari v a operatsiyalariga em as, balki uning
1 Qarang: Философия науки в вопросах и ответах: Учебное пособие для 
аспирантов / В.П. Кохановский. - Ростов н/Д: Феникс, 2006. С.76.
91


qadriyatlari v a maqsadlariga h a m bogMiqligini hisobga oladi. Ta­
raqqiyot m uayyan tom onga qarab ketishi uchun unga ozgina ta’sir 
ko'rsatishning kifoyaligi postnoklassik rivojlanishning m uhim ji- 
hatidir. M azkur yondashuvni I . Prigojin va uning m aktabi ishlab 
chiqqan.
Fanning jam iyatni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga ayla- 
nishi fanning o ‘zida sodir bo‘lgan sifat o ‘zgarishlari bilan cham - 
barchas b o g ‘liq. K lassik fan o ‘m ini alohida olim lar yoki olim lar 
kichik guruhlarining “katta fa n ” deb nomlangan qudratli ijtimoiy 
organizm egalladi.
“K atta fan” m urakkab organizm ining shakllanishi hozirgi za- 
m on faniga xos bo‘lgan tadqiqotlam ing rivojlanishiga turtki beradi. 
Hozirda jam iyat hayoti va faoliyatiga tobora faolroq kirib borayot- 
gan, aralashayotgan fanlar ayniqsa e ’tiborga molikdir, ham m aning 
diqqat markazidadir. Ijtimoiy organizm hisoblangan fan doirasida 
odam lar o ‘rtasidagi m unosabatlam ing ham m urakkablashuvi uni 
ijtimoiy-psixologik tahlil qilish muammolarini ilgari surmoqda.
0 ‘z m ohiyatiga k o ‘ra ilm iy bilimni shakllantirish vositasi 
boMgan fan ayni vaqtda ijtim oiy institut sifatida eng a w a lo inson­
ni, olim ni, uning bilimi, ko'nikm a-m alakasi va tajribasini qamrab 
oladi. Shu bois ilmiy bilim ning shakllanishi muayyan m e’yor, me- 
zon va qoidalam i nazarda tutadiki, ularga rioya qilinishi fanning 
m a’naviy ishlab chiqarishning m uayyan ko'rinishi va m a’lum tur- 
dagi ijtim oiy ong shakli sifatidagi o ‘ziga xosliklarini belgilaydi.
Fanning muhim tom onlaridan biri bu, uning bevosita ishlab 
chiqaruvchi kuchlarga aylana boshlanganligi. Fan va ishlab chiqa­
rish orasidagi o ‘zaro aloqadorlik turlicha tarixiy davlarda turlicha 
boMgan. M asalan, olam haqidagi dastlabki ilmiy bilim lar kishilar­
ning bevosita amaliy faoliyatlaridan, kundaiik ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan. Dastlabki davrlarda fan ishlab chiqarishga sezilarli dara- 
ja d a ta’sir ko‘rsatmagan. B u ta ’sir ju d a nari borganda m ehnat qu- 
rollarining asta-sekin o ‘zgarib borishida namoyon boMgan. Uning 
ustiga nazariy bilim lam i am aliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham 
cheklangan edi.
92


F anlar tasnifi va rivojlanish om illari, ijtimoiy aham iyati. 
lanning taraqqiy etib borishi m uayyan obyektiv qonunlar asosida 
kechadi, shuningdek, m a’lum bir shart-sharoitlar ham da om illam i 
taqozo etadi.
Fan taraqqiyotining eng m uhim qonuniyatlaridan biri ilmiy bi- 
limlardagi differensiyalashuv v a integratsiyalashuvdir. Inson d a m ­
ning m ohiyatiga qanchalik chuqurroq kirib borgani sari uning bi- 
limlari tobora ortib boradi v a shu asosda fanning yangidan yangi 
sohalari paydo boMadi. M asalan, dastlab fizika fani mexanika, as- 
tronomiya, fizika fanlari sifatida m avjud boMgan. Fizika sohasidagi 
bilim lam ing rivojlanib borishi fizika doirasida yangi fan sohalari — 
qattiq jism lar fizikasi, m olekulyar fizika, plazm a fizikasi kabilar- 
ning shakllanishiga turtki berdi. H ozirda h ar bir fan k o ‘pdan k o ‘p 
sohalardan iborat. M asalan, tibbiyot fani doirasida 300 dan ortiq 
mustaqil ilmiy sohalar mavjud. Ilm iy bilim lar taraqqiyoti fanlar 
sohalarining o ‘zaro bir-birigayaqinlashuvi zaruratini keltirib chiqa­
radi va bu yaqinlashuv integratsiya jarayoni deb yuritiladi. Geo- 
ximiya, gidrodinamika, biofizika, gen injeneriyasi, biotexnologiya, 
astrofizika fandagi integratsiya jarayonlari mahsuli sifatida shakl- 
langan yangi sohalardir.
Fan taraqqiyoti jarayonida uning jam iyatdagi o 'rn i ham o ‘zga- 
rib boradi. XIX asr oxiriga qadar fan ishlab chiqarishga nisbatan 
sekinroq taraqqiy etgani uchun ham ishlab chiqarishga ta ’siri yetar- 
li darajada sezilmasdi. X X asrda fan taraqqiyoti texnika taraqqi- 
yotidan o ‘zib keta boshladi. B u hoi oqibatda, fan-texnika ishlab 
chiqarishdan iborat yagona tizim ning shakllanishiga olib keldi, fan 
bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana boshladi. B u jara- 
yon hozirgi davrda yanada kuchaydi. Fanning jam iyat hayotining 
barcha sohalari bilan aloqasi, jam iyatga ta ’siri yanada kuchaydi. 
Hozirda jam iyatning ilmiy bilim lar ta’siridan xoli boMgan biron-bir 
tomonini topish mushkul. Fan tobora jam iyat hayoti va taraqqiyo­
tining yetakchi om iliga aylanib bormoqda.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi, pirovard natijada, m od­
diy va m a’naviy ishlab chiqarish, jam iyat taraqqiyoti, ehtiyojlari 
bilan belgilanadi. B archa fanlam i bogMab turuvchi um um iy jihat-
93


lardan biri ulam ing pirovard m aqsadi bilan bog‘liq. y a ’ni, obyektiv 
voqe’likdagi qonuniyatlarni ochish asnosida insoniyat ehtiyojlarini 
oqilona tarzda qondirish barcha fanlarga hos xususiyatdir.
H ozirgi zam o n fa n i v a ilm iy-texnikaviy ta ra q q iy o t. Hozir­
gi dunyoda texnikaning ikki yoqlam a xususiyati ayniqsa keskin 
namoyon bo‘lmoqda. B ir tom ondan, insoniyat rivojlanishini tex- 
nikasiz ta s a w u r qilish m um kin emas, ikkinchi tom ondan esa, tex- 
nika salbiy, hatto fojiali oqibatlarga olib kelishga qodir qudratli 
kuchdir. Texnikaning nooqilona rivojlanishi shunga olib keladi- 
ki, texnika taraqqiyoti yutuqlari murakkab m uam m olam i keltirib 
chiqaradi. Ishlab chiqarishda insonning ishchi kuchi vazifasini ba- 
jargan, shu tariqa mehnat unum dorligini oshirgan holda, texnika ish 
bilan ta ’m inlash va ishsizlik muammolarining sababi bo‘lmoqda; 
turar jo y shinamligi bugungi kunda odam lar tarqoqligini kuchay- 
tirmoqda; shaxsiy transport yordam ida erishiladigan qulaylik shov- 
qinning kuchayishiga, shaharlar o‘z betakror qiyofasini y o ‘qotishi- 
ga, tabiatning ifloslanishiga olib kelmoqda.
X X
asr oxiri - XXI asr.boshidagi yuksak texnologiyalar (elek- 
tronika, informatika, kosm ik ishlab chiqarish, biotexnologiya, na- 
notexnologiya va b.) ishlab chiqarishni mutlaqo yangi darajaga olib 
chiqmoqda. U lar yordam ida dunyo o‘zining yaqin kelajagiga nazar 
tashlamoqda. Darhaqiqat, ushbu texnologiyalam ing yaratilishini 
inqilob, y a ’ni ishlab chiqarish faoliyati asoslarida, insoniyat v a ta­
biat munosabatlarida tub sifat o ‘zgarishlarining sodir bo‘lishi deb 
tavsiflash mumkin.
Inqilobiy o ‘zgarishlar bosqichiga kirgan ishlab chiqarishlar o ‘z 
qiyofasini butunlay o‘zgartirmoqda. N e’m atlar ishlab chiqarish va 
xizm atlar ko'rsatish sohasining o 'zaro nisbati so ‘nggi zikr etilgan 
soha foydasiga o ‘zgarmoqda. O g‘ir sanoatning salm og‘i kamay- 
m oqda, uning yiriklashuvi, diversifikatsiyasi (rang-baranglikning 
ko'payishi) sodir bo‘lmoqda. Q at’iy vertikal tuzilm alar o ‘m ini 
hududiy tarqalgan ishlab chiqarish tarmoqlari egallamoqda. Intelle- 
ktual faoliyat h ar tom onlam a“texnologiyalashtiriImoqda” . Kom py- 
uter texnologiyasi fikrlash faoliyati imkoniyatini kengaytirmoqda, 
ijodiy parvozlar uchun zam in yaratmoqda.
94


Fundamental bilim larga asoslangan om m aviy ta ’lim aham i­
yati oshmoqda. Ta’lim sohasiga e ’tibor bermaydigan, fandan yuz 
o'girgan mamlakat inqirozga mahkumdir. Uzoqni k o ‘radigan iq- 
tisodchilar “inson kapitali” ahamiyatini tushunib etganlariga ancha 
bo‘lgan. Binobarin, insonga “joylashtirilgan” mablagMar Yaponiya, 
Janubiy Koreyada ju d a katta sam ara berdi. Iqtisodiyot, ekologiya 
va umuman inson hayotining kelajagi eng a w a lo uning tafakkuri 
va m a’naviy qiyofasi bilan belgilanadi.
Nihoyat, axborot inqilobi insonning o ‘ziga, uning turm ush tar- 
zi, kasb-kori, o ‘zini his qilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiyki, 
jam iyatning demokratlashuvi, m a’naviy muhitning insonparvar- 
lashuviga k o ‘p narsa b o g ‘liq boMadi. Shunga qaramay, om m aviy 
bilimlar banklari tuzilishi, axborot epistem ologiyasining vujudga 
kelishi intellektual faoliyat xususiyatiga ta ’sir k o ‘rsatadi.
Kom pyuterlashtirish bilan b ir vaqtda hayotga borliqning yangi 
turi - “virtual borliq”, su n ’iy tarzda yaratilgan, haqiqiydek m uom a- 
la qilish mumkin boMgan soxta m uhit ham kirib kelm oqda. Ushbu 
yangi texnologik m uhit inson ruhiyatiga kuchli (va hozircha oqi- 
batini oldindan aytib boMmaydigan) ta’sir k o ‘rsatmoqda. Bugungi 
kunda m azkur istiqbol xususan kom pyuter o ‘yinlari manyaklari va 
“virtual borliq”qa ekstatik darajada berilganlik hodisalarida namo­
yon boMmoqda.
K elajak jam iyatini kom pyuter texnologiyasi zam irida vujud­
ga keladigan axborot jam iyati deb tavsiflar ekanmiz, bu borada 
muhim o ‘zgarishlar qilish kerak. Ayrim tadqiqotchilar (masalan,
A.D.Ursul) qayd etib o ‘tganidek, ushbu jam iyat nafaqat informativ, 
balki ekologik boMishi ham kerak. Postindustrial jam iyatda axborot 
muammolari birinchi o ‘ringa chiqishi “jam iyat — tabiat” muno- 
sabatlaridagi barcha m asalalarni hal qilmaydi. D unyo m iqyosida 
tahdid solayotgan ekologik inqiroz jam iy at insoniyat va uning 
tabiiy-ekologik muhiti oqilona nisbatiga erishish tomOnga yuz 
burishini qattiq taqozo etadi. Ishlab chiqarish tabiat uchun xavfsiz 
boMishi kerak. A ks holda biz o ‘zim iz yashayotgan tabiiy muhitni 
o‘zim iz halokatga uchratishim iz mumkin.
95


Hozirda fan taraqqiyot bilan birga ma ’lum bir inqiroz holati- 
ni ham boshidan kechirmoqda. Fandagi inqiroz uning ayniqsa ij­
timoiy sohalarida kuchli namoyon bo‘lmoqda. Bu aw a lo fanning 
axloqiy qadriyatlardan butkul begonalashib ketishi, mafkuraga 
yashirin xizmat qiluvchi, texnokratik, tor individulastik pozitivis- 
tik metodologiyaga tayanishi oqibatidir. 
Rim klubiday obro‘li 
xalqaro tashkilot minbaridan turib qilingan dokladlar mazmunida 
ham yaqqol ko‘rinadi.
XXI 
asrda fan nafaqat ilmiy taraqqiyot, balki jam iyat taraqqi­
yoti, ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchiga aylanadi, bu qo- 
nuniyat 0 ‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning dunyoqarashi 
va ma’naviyatini kengaytirish va chuqurlashtirishni taqozo etadi.
Hozirgi zam on fanining jam iy at hayotidagi o ‘m i to ‘g ‘risidafikr 
yuritilganda albatta ta ’lim ning aham iyatini zikr etib o ‘tm asdan iloji 
y o ‘q. Chunki hozirgi davrda fan va texnologiya qanchalik aloqador 
bo‘lsa, ta ’lim va fan ham shunchalik uzviydir. Zero, ta ’lim fanning 
alohida namoyondalari tom onidan ishlab chiqilgan ishonchli bilim­
lam i butun jam iyatga ulashadigan, fanning 0 ‘z-o‘zini takror tashkil 
etish mexanizmini yurituvchi kuch sifatida m aydonga chiqm oq- 
da. Ayniqsa ta ’limga innovatsiyalam i joriy qilish hozirgi davm ing 
asosiy zaruratiga aylandi. Xususan 0 ‘zbekistonda ham fan va 
ta ’lim aloqadorligini ta’m inlash ham da ta ’limga innovatsiyalami 
joriy etish orqali yuksak bilim li kadrlam i tayyorlash dolzarb vazifa 
sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. 
B u 
borada erishilayotgan yutuqlar 
xalqaro hamjamiyat tomonidan e ’tiro f etilrnoqda.
Buning tasdig‘ini xalqaro media olamida mashhur boMgan CNN 
kompaniyasining AQSh, 0 ‘zbekiston va jahonning boshqa davlat- 
larida ta’limning holati to‘g ‘risida yaqinda e ’lon qilingan qiyosiy 
axboroti misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shunisi e ’tiborliki, bu 
axborot Fransiyaning nufuzli “Insead” xalqaro biznes maktabi va 
Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) tomonidan tayyorlanib, 
2013 yilning 3 iyulida e’lon qilingan “2 0 Ц yildagi innovatsiyalar- 
ning global indeksi” deb nomlangan tahliliy m a’ruzaga asoslanadi.
Aytish kerakki, ushbu tadqiqot dunyo mamlakatlarining inno-' 
vatsion rivojlanish borasidagi 80 ta ko‘rsatkichini o ‘z ichiga oladi. 
Tadqiqot 2012 yilda 141 ta mamlakatni qarnrab oldi.
96


M a’ruza mualliflarining fikriga ko‘ra, dunyo m am lakatlari iq­
tisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi innovatsion salohiyat 
va qulay shart-sharoitlarning mavjudligi bilan bevosita b o g ‘Iiqdir. 
Bunday holatni baholashda har qaysi m am lakatning innovatsiyalar 
bo'yicha indeksi alohida o ‘rin tutadi. M azkur indeks esa quyida 
bayon etilayotgan ikki guruh ko‘rsatkichlari bo‘yicha yigMlgan 
umumiy baholar asosida hisoblanadi. Birinchi guruh — innova­
tsiyalami am alga oshirish uchun mavjud resurs va sharoitlar (ins­
titutlar; inson kapitali va tadqiqotlar; infratuzilma; ichki bozor va 
biznesning rivojlanishi). Ikkinchi guruh — innovatsiyalam i amalga 
oshirishning am aliy natijalari (texnologiyalar va iqtisodiyot ha­
qidagi bilim lam i rivojlantirish; kreativ faoliyat natijalari). Yakuniy 
indeks xarajatlar va erishilgan sam ara o'rtasidagi nisbatni nam o­
yon etadi va bu o ‘z navbatida tadqiqotda qamrab olingan h ar qaysi 
mamlakatdagi innovatsiyalam i rivojlantirish borasidagi sa ’y-ha- 
rakatlami xolis baholash imkonini beradi.
Ta’lim sohasidagi innovatsiyalar ko‘rsatkichi b o'yicha 0 ‘zbe- 
kiston ushbu reytinglar ro‘yxatida 75,38 ball bilan dunyoda ikkinchi 
o‘rinni egallagan. Birinchi o 'rin n i esa 75,70 ball bilan Irlandiya 
band etgan. K atta m oliyaviy resurslarga ega boMgan Saudiya Ara- 
bistoni 65,49 ball bilan 15-o‘rinni egallagan bo*Isa, dunyoning eng 
qudratli davlatlari boMmish A Q Sh 31-o‘rinni (61,34 ball), X itoy 
esa 67-o‘rinni (52,23 ball) band etgan. B elarus 60,55 ball bilan 
36-o‘rinni, R ossiya 55,18 ball bilan 55-o*rinni egallagan.
Nazorat uchun savollar
1. Fanning jamiyat taraqqiyotidagi o‘mi nimalarda namoyon boMadi?
2. Fan va texnikaning aloqadorligini tushuntiring.
97


INSON, SHAXS VA JAMIYAT
Inson tushunchasi, mohiyati va mazmuni. 
Inson ijtim oiy fal­
safaning eng muhim muammosi boMib, uning m ohiyati va tabiati, 
imkoniyatlari, kamoloti va jam iyat bilan uzviy aloqadorligi kabi 
m asalalar eng bahsli m avzulardan hisoblanadi. Ijtim oiy falsafa av- 
valo inson m ohiyatiga o ‘z e ’tiborini qaratar ekan, nafaqat bu bora- 
da yuzaga kelgan ilmiy-falsafiy fikrlar, qarashlar va nazariyalarga 
asoslanadi, balki diniy ta ’limotlarda ilgari surilgan g'oyalam i ham 
inkor etmaydi.
Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyu­
tsiya mahsuli ekanlrgi hozirgi zam on tabiatshunosligi fanida na­
faqat olim lar va mutaxassislar, balki m a’rifatli odam lam ing keng 
doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalil- 
ga aylandi. H ar bir inson o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, 
vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va 
shu kabilarga k o 'ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy 
m avjudot ekanligi, uning o 'zig a xosligi va betakrorligi odam zot- 
ning ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta ’lim -tarbiya olgan, madaniy 
va axloqiy qadriyatlar va m o ‘ljallami o ‘zlashtirgan ijtimoiy muhit 
bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir.
Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy 
mavjudot sifatida ham o ‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha 
aytganda, insonning kamol topishi jam iyatda va faqat jam iyatda 
yuz beradi.
Ijtim oiy falsafaning ikki yarim m ing yillik tarixi m obaynida in- 
songa ju d a ko‘p ta ’riflar va tavsiflar berildi, u k o ‘p sonli sinonim- 
lar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir obyektida bunday 
holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:
— “aqlli mavjudot”;
— “siyosiy hayvon”;
98


— “tabiat gultoji”;
— “hayotning boshi berk ko‘chasi”;
— “hayotning soxta qadami”;
— “mehnat qurollari yasovchi hayvon”;
— “o'zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot” ;
— “m a’naviy va erkin mavjudot” va hokazolar sifatida talqin 
qilingan.
Hozirgi zamon antropologik falsafasining inson mohiyati 
to‘g ‘risidagi xulosalari quyidagicha:
Inson tabiatan noyob va universaldir. U tabiat rivojining buyuk 
mahsuli, noyob qobiliyat sohibidir. Inson uchun instinkt ham, nozik 
did ham, ulug'vorlik va yaratuvchanlik ham xosdir.
Insonda ichki va tashqi olam mujassamlashgan. Insonning ichki 
olami faoliyatning turli shakllarida — mehnat, muloqot, badiiy ijod, 
xulq- atvor va shu kabilarda namoyon boMadi.
Inson juda ko‘p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlikdir. Har 
bir insonda tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiylik, axloqiylik mu­
jassamlashgan.
Inson tarixiy mavjudotdir. U o ‘zining ana shu xususiyati bilan 
kelajagini yaratadi. Inson ertangi kuniga doimo tashvish bilan qa- 
raydi, chunki uni har doim inqirozlar, omadsizliklar ta’qib etadi.
Inson mas’uliyat hissidan qochib qutulmaydi. U gumanistik 
pozitsiya va individuallikni uyg‘unlashtirish orqaligina shunday 
vaziyatdan chiqa oladi.
Inson nasliga xos barcha genetik xususiyatlar, axloqiy norma- 
lar, uning faoliyatini boshqaruvchi dasturlar til orqali ajdodlardan 
avlodlarga uzatiladi. Boshqa tirik mavjudotlardan insonning tub si- 
fatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning o ‘z amaliy 
faoliyatini tartibga sola bilishidir. Bu holat insonning insoniyligini 
belgilovchi eng muhim xususiyat, madaniyat ekanligini ifodalaydi. 
Shuningdek, insonning o ‘z turmushi uchun zarur boMgan moddiy 
va m a’naviy boyliklami ishlab chiqarish malakasiga egaligi ham 
ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi.
Inson hayotida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. M ehnat tufayli inson 
o ‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o ‘zgartiradi, moddiy va m a’naviy
99


boyliklar yaratadi, o ‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Inson organizm ining so f 
fiziologik funksiyalari, q o ‘l va oyoqlam ing, bosh va barm oqlam ing, 
to g ‘aylar, paylar, suyak va m uskullam ing taraqqiy etishi ham be­
vosita m ehnat bilan bogMiqdir. Bundan tashqari, m ehnat insonning 
nafaqat jism oniy, balki m a’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham 
asosiy shart-sharoit vazifasini bajaradi. M ehnat tufayli inson tabi- 
atga ta ’sir etadi. Buning uchun esa m ehnat qurollari yasab, ushbu 
qurollam i uzluksiz takomillashtirib boradi. Inson am erikalik olim
B.Franklin aytganidek, mehnat qurollarini yaratuvchi jonzoddir.
Individ, shaxs va individuallik, ularning uzviy bogMiqligi va 
o‘ziga xosligi. 
Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish ja ­
rayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham 
ega ekanligini, ular jam uljam holda insonning individ, individ­
uallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan m uayyan obrazini 
shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, in­
sonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning 
dunyoga faol munosabatidan izlash kerak.
Shaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. 
Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. M asalan, bio- 
xim ik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu individual­
lik shaxs tushunchasini toMiq aks ettirmaydi. Shaxs esa ong va o ‘z- 
o ‘zini anglash paydo boMishi bilan yuzaga keladi.
“Individ” va “individualizm” bir-biriga yaqin atam alar boMsa 
ham har birining o ‘ziga xos m azm un va mohiyati bor. A gar individ 
deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxs tushunilsa, indi- 
vidualizm ningkelib chiqishi falsafaqom usiy lug‘atida to ‘g ‘ri yozi- 
lishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni 
jam oaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy m anfaatlam i jam iyat man- 
faatlaridan ustun q o ‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy 
m ulkning paydo boMishi bilan bir paytda shakllangan1.
Jam iyatda moddiy ishlab chiqarishni am alga oshirish, siyosiy, 
m a’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalari- 
da noyob asarlam i ijod v a k ash f qilish, umuman olganda ko'plab
1 Falsafa qomusiy lug'at. Т.: 2004.-B .161.
100


burchlam ing bajarilishida an a shu individuallik nam oyon b o ‘ladi, 
ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ich­
ki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqa- 
lardan farq qilib turadi.
“Shaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o ‘zida mu- 
jassam lashtirgan individ m a’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu 
tushuncha barcha ijtim oiy-gum anitar fanlam i o ‘z predmeti nuqtai 
nazaridan ishlatiladi. Shaxs haqida xilm a-xil talqinlar bor. Shaxs -
biofiziologik, ijtimoiy, m a’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislat- 
lam ing yaxlit bir butunlikka aylanishi ham da m unosabatlar tizimi 
bilan qam rab olinishidir.
M uayyan ijtim oiy birlik (butunlik) ichidagi ayrim lik individdir. 
yani individ yakka-yolg'iz odam emas, balki betakror (individual) 
xususiyatlariga ega bo‘lgan ayrim kishidir. Individda ayrim lik bilan 
umumiylik u y g ‘un holda m avjud bo'ladi. Um um iylikdan ayrimlik- 
ni farqlash uchun individ tushunchasi qo'llaniladi. Umumiylikdagi 
ayrimlik — individuallik quyidagilarda nam oyon bo'ladi:
a) muayyan ijtim oiy guruh, jam oa, tashkilotni tashkil etgan 
odam lam ing o ‘ziga xos fe ’l-atvorlari;
b) o'zin i tashkil etgan m uayyan ijtiom iy guruh kishilarining 
o'zlariga xos ijtimoy belgilari, sotsial qiyofalari.
Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. Shaxs betakror 
(individual) sifatlari bilan albatta individ, am m o u faol xususiyat­
lari tufayli shaxsdir. Individni o ‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, 
shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash v a muayyan vaziyatda 
m a s ’u liyatni o ‘z zim m asig a olib, m u staq il h a ra k at y o ‘n alish
olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. Shaxs har bir davrda mav­
ju d bo‘lgan muayyan ijtim oiy ehtiyojlar va m anfaatlam i ilg‘ab olib, 
o ‘zi m ansub bo‘Igan odam lar guruhi manfaatlarini to ‘laroq gavda- 
lantiradigan va u sotsial guruhga xos fazilat va qusurlam i yorqin- 
roq nam oyon etadi. B unday shaxslar o ‘zi m ansub bo‘Igan ijtimoiy 
guruh manfaatlarini faol him oya qila oladi va buning uchun m as’u­
liyatni o ‘z zim m asiga dadil ola biladi, yani m uayyan um um iylik 
ayrim shaxslarda o ‘zining yorqin ifodasini topadi.
101


Ijtim oiy m uhit inson shaxsini qay darajada shakllantirsa, shaxs- 
iar ham o ‘sha m uhit qanday holatda boMishini kafolatlaydi. Biroq, 
shaxslarning barchasi ham ijtimoiy m uhit doirasida harakat qiladi­
gan, qotib qolgan turg‘un fikrlar asosida hayot y o ‘nalishi belgilay- 
digan insonlar emas. H ar bir individda genetik dastur asosida qa- 
bul qilingan va qayta ishlaydigan axborotli inikos turlicha boMgani 
sababli, undagi o ‘zi yashab turgan ijtimoiy m uhit hodisalariga 
qiziqish darajasi ham turlicha boMadi. Shaxs o ‘z shaxsiy sifatlari 
bilan m uayyan ijtimoiy harakatga ta ’sir ko‘rsatish darajasiga qarab 
qadrlanadi va qadrsizlanadi. M uayyan tarixiy sharoitlarda yirik ijti­
moiy harakatlarga boshchilik qilganlar tarixiy shaxs sifatida o 'zid an
yaxshi yoki yom on nom qoldiradi. Tarixiy shaxslarda jam iyat ta- 
raqqiyotini tezlatish yoki sekinlatish, hatto orqaga qaytarish im- 
koniyati katta boMadi. Bunda ulardagi tarkib topgan dunyoqarash 
va shu asosda vujudga kelgan im on y o ‘nalishi va darajasi muhim 
rol o ‘ynaydi, undagi insoniy fazilatlar va qusurlar o ‘zi boshchilik 
qilayotgan harakatga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
H ozirgi zam on fanida shaxsning shakllanishiga ta ’sir k o ‘rsa- 
tuvchi uch muhim omil: irsiyat, madaniy m uhit va yashash sharo- 
iti farqlanadi. B u om illar o‘zaro ta ’sirga kirishishi natijasida inson 
shaxs sifatida o ‘ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar
qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, moMjallar, m a’naviyat 
va shu kabilarga ega boMadi. Insonning m azkur betakror individual 
xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy v a m adaniy 
shart-sharoitlar ta ’sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi 
va kam ol topishida jam iyat ju d a muhim rol o ‘ynashini qayd etish 
imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e’tiro f etilgan m e’yor- 
larga m uvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kam ol topishi m um ­
kin. B u m a’noda ijobiy shaxslar to ‘g ‘risida ham, salbiy shaxslar 
to ‘g ‘risida ham so‘z yuritish mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat olim lar va faylasuflar inson evolyu- 
tsiyasidagi ijobiy jarayonlam i va ijtimoiy o‘zgarishlar im koniyatla- 
rini ijtim oiy m unosabatlam ing insonparvarlashuvi, odam lar ongidan 
um um insoniy m e’yorlar m ustahkam o 'rin olishi bilan bogMamoq- 
dalar. B unda inson o ‘zining butun umri mobaynida, b ir tomondan,
102


o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa 
tomondan esa — o ‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta’sirini 
his etib, yaxlit bir butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojla- 
nishini e’tiborga olish lozim. Boshqacha aytganda, o ‘zining kamol 
topish jarayonida u doim ham subyekt, ham obyekt hisoblanadi- 
ki, bu shaxsning o ‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot 
mazmunini izlashi bilan bogMiq boMgan yana bir muhim falsafiy 
muammo yuzaga kelishini belgilaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng shaxsning 
har tomonlama, yaxlit rivojlanishiga yoM ochildi. Bu holat dav- 
latimizning qator farmon va qarorlari bilan mustahkamlanmoqda. 
Xususan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga tadbiq 
qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Fuqarolik va huquqiy davlat bunyod etilayotgan hozirgi sha- 
roitda jamiyatning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, bozor 
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy munosabatlami shakllantirish 
va rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy ishlami amalga oshirish asosi­
da m a’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni 
o‘zida uyg‘unlashtirib birlashtirgan yangi inson shaxsining shakl­
lanishi ta’minlanadi.
Jam iyat v a shaxs v a ularning o(zaro bir-biriga ta ’siri. 
Shaxsning jam iyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati 
masalasi ijtimoiy falsafaning dolzarb muammolaridan biridir.
Shaxs va jam iyat uyg‘un tushuncha. Shaxssiz jam iyat boMmaydi 
va rivojlanmaydi. Bu ikkala tushunchaga yagona bir organizm sifa­
tida qaralishi o ‘rinlidir. Insonga shaxs sifatida qaraydigan boMsak, 
uning bu holatini dastavval jamiyatda tutgan o ‘m i va bajaradigan 
vazifalari ifodalaydi.
Shaxsning shakllanishi u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy-iq­
tisodiy, m a’naviy va madaniy muhitning ta’sirida kechadi. Bu ja- 
rayonning birinchi bosqichi oiladir. Oilada go‘dakning dunyoga 
kelgan kunidan boshlab, axloqiy va ongli faoliyatiga asos solinadi. 
Zero, yangi tugMlgan chaqaloqning shaxs sifatida shakllanishining 
birinchi “gMshti” oilada qo‘yilar ekan, bu shaxs kamolotining juda 
ko‘p va murakkab obyektiv va subyektiv omillari ichida muhim-
103


laridan, hattoki hal qiluvchi jihatlaridan biri hisoblanadi. A w alo
dunyoga yangidan kelgan go‘dak sog‘lom boMishi, buning uchun/ 
uning onasi ham sogMom boMishi va ruhiyatining tetik boMishigaj 
ko‘p narsa bogMiq. O 'zbek xalqining allomasi, buyuk mutafakkirj 
va qom usiy olim Abu A li ibn Sino shu m unosabat bilan o‘zining 
“T ib qonunlari” nom li asarida “chaqaloqning ona qornida rivojla­
nishi va tugMlgandan keyingi davrlarda shaxs sifatida shakllanishi 
ona ruhiyatiga bogMiq” 1, degan edi.
Inson bolasining shaxs sifatida kam olotga yetishishida, uni 
dunyoga keltiruvchi ota va onalarining ruhan v a jism onan tetik 
boMishi, ayniqsa m a’naviyati boy boMishi muhimdir.
Bu darajaga yetishish uchun inson ju d a k o ‘p m urakkab bos- 
qichlardan o ‘tishi, zarur bilimlarga, hayotiy tajribalarga ega boMishi, 
o ‘zi yashayotgan va m ehnat qilayotgan jam oa, m uhit va muayyan 
jam iyatning talab va ehtiyojlarini o ‘zida aks ettirgandagina shaxs 
sifatida shakllanib boradi.
Shaxs va jam iyat munosabatlari bir xil teng vaziyatda o‘tadi 
deyish ham , shuningdek, ularni bir-biriga qarshi q o 'y ish ham xato- 
dir. Shaxsni jam iyat yetishtirar ekan, u ju d a m urakkab v a ziddiyatli 
jarayon ekanligini hisobga olish zarur.
Jam iyat shaxsning shakllanishi jarayoniga bevosita ta ’sir k o ‘rsa- 
tadi. Jam iyatning shaxsga ta ’siri: a) megamuhit; b) makrom uhit; 
v) m ikrom uhit darajasida am alga oshadi.2
M egam uhit insoniyat dunyosi, davr muhitining insonga ta ’siri.
M akrom uhit inson hayot kechirayotgan jam iyat, mamlakat.
M ikrom uhit insonni o ‘rab olgan, unga bevosita ta ’sir ko'rsata- 
digan m uhit (oila, m ehnat jam oasi).
Shaxsning jam iyatga ta ’siri har bir tarixiy davrdagi ijtim oiy mu- 
hitda turlicha kechadi. U ning jam iyatga bevosita ta ’siri m ikrom u- 
hitda namoyon boMadi. M akro va m egam uhitga ta ’siri u m ansub 
boMgan ijtimoiy guruh, m illatning aniq bir tarixiy davrdagi egalla-


Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish