Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Abu A li ibn Sino.
Tarbiya haqida. Tib qonunlari. 1-jild. — Т.: Meros, 1992. — 
B.75.

Крапивенский С.Э.
Социальная философия — Москва, 1998. С. 285-286.
104


gan m avqeiga muvofiq keladi. Shaxsning jam iyatga ta ’siri, uning 
hayotga munosabatdagi faolligi darajasiga bogMiq. Shaxslarning 
muayyan tarixiy davrdagi faoliyatlari’ jam iyatda tutgan o ‘rinlariga 
ko‘ra: a) oddiy; b) talantli; v) buyuk; g) geniy turlarini k o ‘rsatish 
mumkin. Oddiy shaxsning jam iyatga ta’siri asosan tor doirada — 
mikromuhitda bevosita seziladi. Buyuk shaxslar, tarixiy zotlar, da- 
holar o ‘z faoliyati bilan jam iyatga ijobiy yoki salbiy ta ’sir etishi, 
uning hayotida chuqur iz qoldirishi mumkin.
Geniylik shaxs qobiliyati v a faoliyatining betakrorligida nam o­
yon boMadi. Geniy ijodi va faoliyati o ‘ziga xosligi bilan, insoniyat 
jam iyati taraqqiyoti uchun alohida tarixiy ahamiyati bilan xarakter- 
lanadi.
Ijtimoiy fikr sohasida buyuk shaxs tushunchasi qoMlanadi. 
Shaxsning buyukligi o‘zi m ansub boMgan ijtimoiy guruh, elat yoki 
xalqning fikr-o‘yini ifodalab, ulam ing asosiy maqsad-muddaolarini 
tarixiy jarayonlam ing obyektiv m antiqiy talablariga m os amalga 
oshirishda hal qiluvchi ishlam i bajara olishidadir. Bunday shaxs­
ning faoliyatida o ‘z x a lq in i baxtli-saodatli qilish, o.‘zligini го‘уоЫ 
ga chiqarish, m illiy va davlat mustaqilligini himoya qilish, xullas 
insoniyat yalpi ilgarilam a harakatiga k o ‘m ak berishda belgilovchi 
o ‘rin egallaydi. Bunday holatda shaxs tarixning subyekti darajasiga 
ko‘tariladi.
Jam iyat uzluksiz harakatda, o ‘zgarishda boMgani singari, shaxs 
ham doimo harakatda, o ‘zgarishda boMadi va bu holat shaxsnnig 
takomillashuvidan iborat dinam ik tizimni ifodalaydi. F aylasuf olim 
A nvar Choriev shaxsning shakllanishi va takomillashuvi uch asosiy 
bosqichni:
— vujudga kelish, shakllanish;
— ulg‘ayib borish;
— takomillashishni o ‘z ichiga qarmab oladi, deb hisoblaydi.1
Jamiyat va shaxs orasidagi aloqadorlikka ijtimoiy-tarixiy nuqtai
nazardan yondoshm oq lozim. Bu narsa, bir tom ondan, shaxsning 
jam iyatga ta ’siri turli davrlarda o ‘ziga xos nam oyon boMishini kel-
1 Anvar Choriyev. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. - Т., 2002. -B.105.
105


tirib chiqaradi. Ikkinchidan, jam iyat turli davrlarda shaxs oldiga 
turli vazifalam i qo‘yadi. Shunga k o ‘ra, Sharq m adaniyatida dono- 
lik, botirlik, kam tarlik odillik qadrlangan; qadim iy Yunonistonda 
aqliy barkam ollikka yerishish yuksak baholangan; sanoatlashgan 
jam iyatda tadbirkorlik, tashabbuskorlik qadrlangan.
Jam iyat va shaxslar orasidagi o‘zaro aloqa va m unosabatlar 
tahlili shundan dalolat beradiki, jam iyatning sivilizatsiyali taraqqi­
yoti shaxs rolining tobora o ‘sib boruviga olib keladi. B u hoi shaxs 
erkinligi bilan m as’uliyatini dolzarb masalaga aylantiradi. Shu mu­
nosabat bilan erkinlikning o ‘zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs? 
kabi savollarga jav o b topish lozim bo‘ladi. A w alo , erkin shaxs 
deganda m ustaqil shaxs nazarda tutiladi. M ustaqil shaxs mustaqil 
fikrlash, ishlash, yashash malakasiga ega boMgan individ.1
Shaxs m ustaqilligini ta’minlovchi eng muhim kafolatlaridan 
biri — insondagi erkinlik va m as’uliyat tuyg‘ularining u y g ‘unlash- 
ganidir. Erkinlik m uam m osiga faylasuflar o ‘z munosabatlarini 
bildirganlar. R us faylasufi N .Berdyaevning fikricha, erkinlik tu­
fayli inson tanlash, saralash im koniyatiga ega boMadi. Lekin faqat 
tanlashning o'zigina erkinlikni ta ’m inlab bera olm aydi. Xaqiqiy 
erkinlik ijodkorlikni taqozo etadi. Inson erkinligini ijodkorlikdan, 
bunyodkorlikdan ajratish m um kin emas.
D eterm inistik konsepsiya tarafdorlari erkinlik insonning obyek­
tiv zaruriyatni anglab olish qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik 
tanlash uchun im koniyat mavjud boMgan joyda vujudga keladi. 
E rkinlik insonning o ‘z maqsadlariga erishishining muhim omili, 
uning uchun berilgan imkoniyatdir.
M ustaqil shaxsga xos asosiy xususiyat erkinlikdir. Erkinlik 
tushunchasining m a’nosi kishining o ‘z istagi bo‘yicha ish tutishidir. 
Erkinlik jam iyat hayotining turli sohalari bilan bevosita bogMiq. 
Shunga ko‘ra erkinlik deganda: a) iqtisodiy; b) siyosiy; v) m a’naviy 
erkinlik nazarda tutiladi. Iqtisodiy erkinlik, bu a w a lo m ajbur qi- 
lishdan ozodlikdir. Ayni vaqtda iqtisodiy erkinlik inson tomonidan 
ijtimoiy m ehnat turini tanlab olishda, m ulkka m unosabatda va qa-
1 Anvar Choriyev. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. - Т., 2002. —B.43.
106


yerda faoliyat ko‘rsatishni tanlab olishda nam oyon boMadi. Bunda 
shaxs ham o ‘z intilishlari, ham real jam iyatning real imkoniyatla- 
ridan kelib chiqadi.
Siyosiy erkinlik hayot kechirish uchun zarur huquq va erkin- 
liklam ing mavjudligi bilan tavsiflanadi. Taraqqiy etgan jam iyatda 
davlat insonning haq-huquqlarini kafolatlaydi. Saylash — saylanish 
huquqi, adolatli davlat tizim i, xalqning davlat aham iyatiga m olik 
m asalalam i hal qilishdagi hal qiluvchi ishtiroki, y a ’ni demokratik 
huquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik tushunchasida 
ifodalanadi.
M a’naviy erkinlik deganda, a w a lo , vijdon erkinligi, jam i­
yat m a’naviy hayotida ishtirok etish, m a’naviy boyliklardan bah- 
ram and boMish, ijodning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, s o 'z
erkinligi kabilar nazarda tutiladi.
Erkinlik m as’uliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik 
va m as’uliyat inson faoliyatinnig o 'zaro uzviy bogMiq ikki tom onini 
tashkil etadi. M as’uliyat a w a lo , javobgarlik m a’nosini ifodalaydi. 
M as’uliyat — ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalam ing bajarili- 
shi, m uayyan axloqiy tam oyillarga rioya qilish b o'yicha shaxsning 
jam iyat a ’zolari oldidagi javobgarligi. Erkinlik kabi m as’uliyat 
ham xilm a-xil ko'rinishlarda nam oyon boMishi mumkin. Siyosiy, 
huquqiy, axloqiy m as’uliyat, shaxs m as’uliyati, jam o a m as’uliyati 
v ah .k . shular jumlasidandir.
M as’uliyat jam iyat, ijtim oiy guruh tom onidan shaxsga qo 'y i- 
ladigan talablar asosida shakllanadi. B u talablam ing shaxs tomo­
nidan o'zlashtirilishi uning xatti-harakatlari, faoliyatida nam oyon 
bo'ladi. Shaxsning shakllanishida m as’uliyat hissini tarbiyalash 
muhim o 'rin tutadi. M as’uliyat shaxsning jam iyat m anfaatlarini qay 
darajada chuqur anglay olishini nazarda tutadi. Erkin shaxs aw alo. 
jam iyat manfaatlarini anglagan, jam iyat oldidagi o 'z m as’uliyatini 
chuqur his eta oladigan inson. Jam iyat hayoti va taraqqiyoti inson 
faoliyatining mahsuli va ko'rinishi ekan, inson qanchalik m as’uli- 
yatni chukur his eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat k o 'rsata oladi.
Demokratik jam iyatning shakllanishi va taraqqiyotni am alga 
oshirish jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda odam lar o'rtasida
107


am al qiladigan axloqiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy va maf- 
kuraviy m unosabatlam i yaxshilash va m ustahkam lash uchun xal- 
qim iz m a’naviyatini takom illashtirishga alohida e’tibor qaratilmoq- 
da. Shaxs va jam iyat m unosabatlarining axloqiy, huquqiy jihatlarini 
mustahkamlash inson shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jam iyati- 
ning asoslarini yaratishga bog‘liqdir.
B u borada shaxs m a’naviyatini tinm ay boyitish, uni jam iyat- 
im iz m oddiy-m a’rifiy ishlarida faol ishtirokini ta ’m inlash muhim- 
dir. “Barcham iz yaxshi bilamizki, — degan edi Respublikam izning 
birinchi Prezidenti I.Karimov, — fuqarolik jam iyati asoslarini barpo 
etishning eng muhim tarkibiy qism i m a’naviyat va m a’rifat sohasi- 
da shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib bo- 
rishdan iborat” 1.
Darhaqiqat, shaxs kamolotining muhim om illaridan bo‘lgan 
m a’naviy madaniyatini rivojlantirish o‘z mazmun m ohiyati bilan 
insonning shaxs sifatida shakllanishiga, shaxs va jam iyat muno- 
sabatlarini yaxshilashga xizm at qiladi ham da yangi fuqarolik jam i­
yatini shakllantirishda muhim o ‘rin egallaydL
Shaxs va jam iyat munosabatlari asosida o 'zaro ham korlik, turli 
xalq va m illatlar o'rtasida hurm at va d o ‘stlik iplarini mustahkam­
lash, til va hozirgi zam on fani yutuqlarisiz (K om pyuter texnologi- 
yasi, internet orqali aloqalar o ‘m atish v a boshqalar) ta sa w u r qi­
lish qiyin. Zero, hozirgi zam on fani turli texnologik vositalar orqali 
ilm -fan sohasida, dunyo xalqlarining turm ush tarzi v a hayoti haqida 
taraqqiyotning ijtimoiy va iqtisodiy, m a’naviy va siyosiy jarayon- 
lari, xalqaro ahvollar xususida tez va oson axborot olish imkoniya- 
tiga dunyo xalqlari qatori o ‘zbek xalqi ham muvaffaq boMmoqda. 
Shaxs va jam iyat munosabatlarining yuqorida qayd qilingan jihat­
lari, faqat o ‘zaro munosabatlari bilan chegaralanm asdan, jam iyat 
taraqqiyotini ta ’minlashga va jam iyatni boshqarishda subyektning 
(shaxsning) rolini oshirishga ham o ‘z hissasini qo'shadi.


Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish