203
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
subsidiyalashgan tariflar Markaziy Osiyoning barcha mamlakat
-
larida mavjud.
Rag‘batlantiruvchi mexanizmlar havza rejalarini amalga
oshirish bosqichida eng ko‘p qo‘llaniladi.
Moliyalashning muqobil mexanizmlari nisbatan yangi
ekanligiga qaramay, ularni Markaziy Osiyoning barcha mamla
-
katlarida qo‘llash mumkin. Mintaqadagi davlatlar qonunchiligi
-
da suvdan foydalanish
va muhofaza qilishning davlat, davlat
-
lararo va hududdiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
ishlari davlat va mahalliy byudjetlar hisobiga hamda yuridik
shaxslar, byudjetdan tashqari fondlar,
tashkilotlar va fuqaro
-
larning ixtiyoriy a’zolik badallari va mablag‘lari hisobiga amalga
oshirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Moliyalashtirishning muqobil mexanizmlarini ikki katta blok-
ka bo‘lish mumkin.
Birinchi blok turli maqsadlar uchun turli miqyosda
moliyaviy mablag‘larni ixtiyoriy yig‘ishni tashkil etish bilan
bog‘liq mexanizmlarni o‘z ichiga oladi.
Bunday mexanizmlar
-
ga ixtisoslashgan fondlarni yaratishning eng ilg‘or usullari,
shuningdek, ekotizim xizmatlari uchun to‘lovlar mexanizmini
kiritish mumkin.
Ikkinchi blok esa ikkita asosiy mexanizmni o‘z ichiga oladi:
- grantlar va konkurslar ko‘rinishidagi donorlik yordamini
jalb etish;
- davlat-xususiy mulk sherikligini rivojlantirish.
Donorlik yordami doirasida
har yili turli loyihalarni, jum
-
ladan suv xo‘jaligi sektori, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligiga yan
-
gi texnologiyalarni tatbiq qilish bilan bog‘liq loyihalarni amalga
oshirish uchun mablag‘lar ajratiladi. Iqlim o‘zgarishi va fors-ma
-
jor holatiga moslashish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Havzaviy rejalarda aks ettirilgan eng muhim masalalar ularni
donorlik dasturlariga kiritish uchun yaxshi asos bo‘lib hizmat
204
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
qiladi. Rejaga kiritilgan turli tadbirlarni donorlik mablag‘lari
hisobiga amalga oshirish davlat
va nodavlat tashkilotlari, shu
-
ningdek havzaviy tashkilotlarning a’zolari yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
Davlat-xususiy mulk sherikligi Markaziy Osiyo mamlakat-
lari uchun yangi mexanizm bo‘lib, hozirda juda tor doira
-
da qo‘llaniladi va mavjud qoidalarga ko‘ra yo‘llar,
maktablar,
kasalxonalar va shu kabilarni qurish singari ijtimoiy masalalarni
hal etishga yo‘naltirilgan. Biroq yirik tashkilotlarni rejalashti
-
rish jarayoniga manfaatdor tomonlardan biri sifatida jalb etish
havzaviy rejalarga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun
mazkur mexanizmdan foydalanish imkoniyatini berishi mum
-
kinligini ta’kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: