Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Havzaviy rejalarni ishlab chiqish va amalga



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

5.2 Havzaviy rejalarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishni moliyalashtirishning ehtimoliy manbalari
Hozirgi davrda tadbirlarni moliyalashtirishning bir qator me
-
xanizmlari mavjud bo‘lib, ular havzaviy rejalar doirasidagi faoli
-
yatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Moliyalashtirish 
mexanizmlarini uchta yirik blokka bo‘lish mumkin. Ular moli
-
yalashtirishning rejaviy va muqobil mexanizmlarini rag‘batlan
-
tiruvchi davlat va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda moliyalashtirish mexanizmlarining birin
-
chi bloki – davlat va mahalliy byudjetlar eng rivojlangan mexa
-
nizm bo‘lib, ular soliqlar, tariflar, jarimalar, tabiiy resurslardan 
foydalanganligi uchun to‘lovlar va muhitni ifloslantirganlik 
uchun to‘lovlar hamda boshqa manbalar hisobiga shakllantiri
-
ladi. Mazkur blokning ishlash prinsipi aniq ishlab chiqilgan va 
Markaziy Osiyoning hamma davlatlarida qo‘llaniladi. Byudjetdan 
respublika miqyosidan boshlab, mahalliy dasturlar bilan tugay
-
digan turli darajadagi davlat dasturlari moliyalashtiriladi. Davlat 
dasturlari orqali havzaviy rejalashtirishning yuqorida ta’kidlan
-
gan har uchta bosqichi ham moliyalashtirilishi mumkin.
Masalan, 2008-yildan boshlab Qozog‘istonda “Suv resursla
-
rining integratsiyalashgan boshqaruvi va suvdan foydalanish 
samaradorligini oshirish” faoliyatlarini moliyalashtirish davlat 
byudjeti asosida amalga oshiriladi. Mazkur dastur baliqchilik, 
o‘rmon resurslari, hayvonot olami resurslari, tabiiy-qo‘riqxo
-
na fondi ob’yektlarini saqlash, ulardan oqilona foydalanish va 


201
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
rivojlantirishga, shuningdek, barqaror suv ta’minoti va suvdan 
samarali foydalanish darajasini ta’minlash uchun sharoit yara
-
tishga yo‘naltirilgan. Dastur havzaviy rejalarni amalga oshirish 
uchun asosiy manba hisoblanishi mumkin.
Hozirgi davrda hududlarni rivojlantirish va ilg‘or tajriba
-
larni tatbiq qilishning rag‘batlantiruvchi mexanizmlariga kat
-
ta e’tibor qaratilmoqda. Bunday mexanizmlarga zayomlar va 
subsidiyalarni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyoda mazkur mexanizmlar yetarlicha rivoj
-
lanmaganligiga qaramay, ularni qo‘llash tajribalari ham mav
-
jud. Masalan, Qirg‘izistonda sug‘orish suvini yetkazib berish
-
da foydalaniladigan nasoslar tomonidan sarflanadigan elektr 
energiyasi xarajatlarini to‘lash uchun subsidiya belgilangan. 
Qozog‘istonda ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, tomchilatib 
sug‘orishni qo‘llash hisobiga o‘simliklar mahsulotining sifati va
hosildorligini oshirishga mahalliy byudjetlardan subsidiya be
-
rish dasturi mavjud. O‘zbekistonda zamonaviy suv tejamkor tex
-
nologiyalar qo‘llangan yer maydonlari besh yilga yer solig‘idan 
ozod etilishi bilan birga, bunday texnologiyalarni xarid qilish 
uchun imtiyozli kreditlar berilishi yo‘lga qo‘yilgan.



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish