Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Havzaviy rejalarni ishlab chiqish va amalga



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

5.3 Havzaviy rejalarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishda moliyaviy manbalarni jalb etishning muqobil 
usul va yo‘llari
Havzalarda suv resurslarini boshqarishning samarali tizimini 
tashkil qilish ko‘pincha yirik kapital mablag‘larni talab qiladi.
Bunday tadbirlarga irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash va qurish, 
suvni va energiyani tejashda samarali texnologiyalarni tatbiq 
qilish, ichimlik va sug‘orish suvlari bilan ta’minlash xizmatini 
yo‘lga qo‘yish va boshqaruv tizimini optimallashtirish kabi loyi-
halarni kiritish mumkin. Bunday tadbirlarni amalga oshirish im
-
koniyati faqatgina katta moliyaviy mablag‘lar mavjud bo‘lganda
-
gina yaratilishi mumkin. Shuning uchun bugun dunyoda Fondlar 
kabi mexanizmlar rivojlanib bormoqda. Bunday fondlarning 
shakllari, vazifasi, shuningdek darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. 
Fondlar alohida aholi punkti, daryo havzasi yoki davlat miqyo
-
sida yaratilishi mumkin. Quyida bunday fondlarga bir necha mi
-
sollar keltirib o‘tilgan.


205
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Revolver Fondi. Mahalliy va hududiy ma’muriyat uchun 
mablag‘ taqchil bo‘lgan sharoitlarda samarali moliyaviy 
mexanizmlardan biri hisoblanadi. Bunday fondning g‘oya
-
si uzoq muddatlarda o‘zini oqlaydigan, qimmatga tushadi
-
gan loyihalarda investitsiyani amalga oshirish uchun moliya
-
viy resurslarni yig‘ishdan iborat bo‘ladi. Fond qisqa muddatda 
o‘zini qoplaydigan loyihalarni muntazam ravishda qayta-qayta 
investitsiyalab, fondga kelib tushadigan naqd pul oqimi hisobiga 
yangi resurslarni to‘playdi. Revolver Fondlari, qoidaga ko‘ra, suv
-
ni yetkazib berish uchun elektr energiyasi va boshqalar resurs
-
lar uchun to‘lovlar qismini yig‘ish hisobiga shakllanadi.
Revolver Fondi mahalliy ma’muriyatning hisob raqami kabi 
yaratilishi mumkin. Shu asnoda shahar ma’muriyati loyihaning 
egasi va shu vaqtning o‘zida Revolver Fondi egasi hisoblanadi. 
Revolver Fondi faoliyati pul yig‘ish jarayonining hamma ishti
-
rokchilari uchun shaffof bo‘lishi juda muhimdir. Bunday yon
-
dashuv fondga bo‘lgan ishonchli munosabatni ta’minlash im
-
koniyatini beradi.
Havzaviy rejalashtirishda yig‘ilgan fond mablag‘i havzaviy 
tashkilotlar bilan kelishilgan holda eng muhim masalalarni hal 
etishga sarflanishi mumkin.
Fondlarning ikkinchi turi ixtisoslashgan, kechiktirib bo‘lmay
-
digan mavzuga oid masalalarni hal qilish uchun yaratilayot
-
gan byudjetdan tashqari davlat fondlari hisoblanadi. Bunday 
fondlarga ekologik fondlar kiritilib, ularning vazifalariga tabiiy 
muhitni tiklash, keltirilgan zararni qoplash va shu kabilar ki
-
radi. Shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash, kollektor-drenaj tizimlarini qurish va qayta ta’mir
-
lash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va shu kabi
-
lar maqsadida meliorativ fondlar ham yaratilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan Melioratsiya fondi 
shular jumlasidandir. 


206
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning melio
-
rativ holatini yaxshilashga katta e’tibor qaratiladi. Mamlakatda 
2007-yilda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshi
-
lash bo‘yicha fond tashkil etilgan va 2008-2012-yillarda sug‘ori
-
ladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning Davlat 
Dasturi qabul qilindi. Dastur doirasidagi qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan biri meliorativ ish
-
larning buyurtmachilari va ijrochilarining mas’uliyatini oshirish 
hamda belgilangan vazifalarni qat’iy moliyalashtirishning 
ishonchli mexanizmini ta’minlash, moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, suv xo‘jaligi tashkilotlari va suvdan foydala
-
nuvchilar uyushmalarini meliorativ texnika tarkibini yangilash 
hisobiga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan 
yaxshilash maqsad qilingan. Birinchi 4 yil ichidayoq bajarilgan 
ishlar 1 million 164 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning me
-
liorativ holatini yaxshilash, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan yerlar 
maydonini 81 ming gektarga kamaytirish, shuningdek 360 ming 
gektardagi yer osti suvlarini pasaytirish imkonini berdi. 
Bunday fondlarning asosiy vazifasi fond hisobida byudjet va 
byudjetdan tashqari mablag‘larni to‘plash hisoblanadi. Fond 
manfaatdor tomonlar bilan birgalikda atrof-muhit holatini yax
-
shilash bo‘yicha uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dastur
-
larini ishlab chiqadi.
Bunday fondlar ham havzaviy rejalarni moliyalashti-
ruvchi asosiy manbalardan hisoblanishi mumkin. Rejalarning 
tadbirlarini alohida, bloklar bilan yoki ixtisoslashtirilgan das
-
turosti dasturi ko‘rinishida fonddan moliyalashtirsa bo‘ladi. 
Uzoq muddatli va katta kapital mablag‘ talab qiladigan loyihalar 
ham shunday ekologik fondlar tomonidan moliyalashtirilishi 
mumkin.
Muqobil moliyalashtirishning yetakchi mexanizmlari
-
dan biri ekotizim xizmatlari uchun to‘lovlar hisoblanadi. 


207
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Markaziy Osiyoning mintaqaviy ekologik markazi mazkur 
mexanizmni tatbiq qilishga yo‘naltirilgan qator loyihalarni 
amalga oshirmoqda. Markaziy Osiyoda ekotizim xizmatlari 
uchun to‘lovlarni tatbiq qilishning dastlabki tajribalari 2009-yilda 
paydo bo‘la boshladi. Markaziy Osiyodagi ekotizimlar xizmatlari 
uchun 
to‘lovlarning 
birinchi 
shartnomasi 
2011-yil 
5-dekabrda Qirg‘izistonda Chon-Aksuu daryosi havzasida im
-
zolandi. Hozirda Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda ham 
mazkur mexanizmni tatbiq qilish aprobatsiyasi ketmoqda.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish