Nodavlat tashkilotlari
Reja:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari
2. Jamoat birlashmalari
3. Siyosiy partiyalar
4. Kasaba uyushmalari
Nodavlat notijorat tashkilotlari - davlat boshqaruvi jarayonida ma'lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo`lib, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishlari mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonun1iga binoan tartibga solinadi. Ushbu Qonun nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining O`zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |