Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

.
14
 
Bobur etnonim va etnooykonimlar to’g`risida ham ma’lumot beradi. U 
To’qboy etnonimi haqida gapirib, o’zbek urug`laridan s
aroy va mang`itlarning
bir 
urug`i 
to’qboy,
deydi.
Etnonimlarni o’rganish bo’yicha eng muhim manbalardan yana biri Abulg`ozi 
Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlaridir. Bu asarlarda 
turkiy qabilalarining etnogenezisi haqida tarixiy ma’lumotlar keltiradi. Bundan 
tashqari, ularda turkman urug`-aymoqlari ta’rifi bilan birgalikda O’g`uzxonning 24 
nabirasi nomlarining izohi, tamg`alari, totemlarining zikri keltiriladi
.
15

O’zbek xalqining etnogenezisi va uning shakllanishida qatnashgan etnik 


nomlarni o’rganishda XIX asrdagi ishlarning ahamiyati kattadir. Nizomiddin ibn 
Domla Shoh Said Mahdum qalamiga mansub «Nasabnomai o’zbek» qo’lyozma 
asosida N.V.Xanikov o’zining «Buxoro xonligining tavsifi» asarida 92 qavm va 
uning shaxobchalari haqida to’liq ma’lumot beradi. Masalan, mang`itlarning 
to’q 
14
Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Бобирнома. -Тошкент: 1960. –Б. 6.
15
Абулғозий Баҳодирхон. Шажарайи тарокима. -Тошкент: Чўлпон, 1995.- 48 бет. 


mang`it, oq mang`it, qora mang`it,
qo’ng`irotlarning 
qonjig`ali, qo’shtamg`ali, 
otinli, chuvak tamg`ali
kabi shaxobchalari borligi haqida yozadi
.
N.V.Xanikov sanab o’tgan o’zbek qavmlaridan 28 tasi Buxoro xonligida 
mavjudligini va ularning turar joylarini birma-bir ko’rsatadi. Mang`itlar Buxoro 
bilan Qarshi, xitoylar Buxoro va Karmana, naymanlar Ziyovuddin, qipchoqlar 
Kattaqo’rg`on bilan Samarqand, saroylar Samarqanddan Qarshiga boradigan yo’l 
atroflarida, qo’ng`irotlar Qarshi va Shahrisabz, do’rmonlar G`ijduvon, bahrinlar 
Miyonqol hududidagi yerlarda istiqomat qilishi haqida gapiradi 
.
Etnonimlarning paydo bo’lishi muayyan jug`rofiy hududda yashagan 
xalqning 
ko’hna tarixi bilan chambarchas bog`liqdir. Shu ma’noda 
K.Shoniyozovning keyingi yillarda olib borgan tadqiqotlarini alohida ta’kidlash 
o’rinlidir
.
16
Umumiy tilshunoslik, turkologiya, jumladan, o’zbek tilshunosligiga doir 
asarlarda etnonimlar va etnooykonimlarga tegishli fikrlar uzoq davrlardan buyon 
aytilib kelinayotgani ma’lum. Lekin etnonimlar masalasi asrimiz boshidan yana 
ham ko’proq tilga olinadigan bo’lib qoldi. Chunki etnonimlarning lug`aviy-
ma’noviy ma’nosi, yasalishi modellari va morfologik xususiyatlari tilshunoslikdagi 
keng va atroflicha o’rganilishi kerak bo’lgan qiziqarli sohalardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, turkiy tillardagi etnotoponimlarning rang-barangligi va turli xil 
ma’no anglatish xususiyatiga ega ekanligi tilshunos olimlarning diqqat-e’tiborini 
ham o’ziga jalb etdi. Natijada, ayrim turkiy tillardagi etnotoponimlarning 
o’rganilish masalasiga bag`ishlangan ilmiy ishlar maydonga keldi. 
O’zbek tilining muammoli masalalarini hal qilishda ko’p ishlar qilgan, 
S.Qoraev o’zining «Toponimы, antrotoponimы i etnonimы kishlaka Tamtum», 
«Geografik 
nomlar 
ma’nosi», «Etnonimika», «Toshkent toponimlari», 
«Toponimika ― joy nomlari haqidagi fan» kabi bir qator ilmiy asar va 
maqolalarida etnotoponimlar haqida anchagina qimmatli fikrlar ayta olgan.
Tilshunos 
T.Nafasovning 
tadqiqotlarida 
Qashqadaryo 
viloyatining 
toponimlari, O’zbekiston toponimlarining tahlili, o’lkamiz oykonimlarining izohi 
16
Шониёзов К. Қанг давлати ва қанғлилар. -Тошкент: Фан, 1990.- 168 б.


o’z aksini topgan. Ularda boshqa olimlarning ishlarida izohlangan toponimlar 
yangicha talqin qilinishi bilan bir qatorda, ko’pgina jug`rofiy nomlarning kelib 
chiqishi birinchi bor ilmiy asosda tushuntirilgan, ko’pgina o’rinlarda 
mutaxassislarning e’tiborini tortadigan fikrlar bayon etilgan.
Olim qiyosiy-tarixiy tadqiq asosida eng qadimiy aholi maskanlarining nomi 
etnonimlardir, degan xulosaga keladi. Shu asosda etnooykonimlarning ma’nosini 
izohlashga, ularning paydo bo’lishi va etimologiyasi masalalarini tahlil qilishga 
ham katta e’tibor bergan
.
H.Hasanov o’zining «O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan» nomli kitobida 
jug`rofiy nomlarning tarixi, xilma-xilligi va qonuniyatlarini qisqacha bayon etgan. 
Bundan tashqari, joy nomlarini o’rganadigan toponimika to’g`risida tushuncha 
berish jarayonida misollar O’zbekiston hududi doirasida olinsa-da, joy nomlarining 
eski va yangi shakllarini tahlil qilishda uzoq o’lkalar toponimikasidan qiyosiy 
misollar keltirilgan. Kitobchadan O’rta Osiyo joy nomlari jumlasiga kiruvchi 
etnotoponimlar haqida ham qiziqarli ma’lumotlar topish mumkin.
N.Oxunov o’z tadqiqotlarida toponim deb ataluvchi joy otlarining nomlanish 
xususiyatlarini o’rgangan. Ayniqsa, etnooykonimlar tahliliga alohida diqqat qilgan 
va negizida 
nayman, kenagas, do’rman, saroy, qang`li, qipchoq, qatag`on
singari 
etnonimlar yotgan qishloq, mahalla, guzar nomlarining ma’nosini ochishga, nega 
shunday atalganligining sababini aniqlashga harakat qilgan

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish