Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

.
25
Joy nomlari sirasida qizil, sariq, ko’k, yangi, oq, qora so’zlari bir xil darajada 
qo’llanilmaydi. Faktlar ko’rsatadiki, 
oq, qora
so’zlarining qo’llanish miqdori ancha 
ko’p. Etnonim sifatida ishlatiluvchi va etnooykonimlar tarkibida keluvchi 
oq, qora, 
sariq, qizil, ko’k
so’zlari haqida turli xil fikrlar mavjud.
Qora s
o’zi ko’pchilik olimlar ta’kidlaganidek, u 
balandroq joy; tekislikdagi 
kichik balandlik, do’ng joy, kichik tepa; yonidagi boshqa do’nglikdan vertikal 
ko’lami jihatidan farqligini bildiruvchi; er, er osti, buloq, daryo; ulug`, buyuk, 
qudratli, kuchli, katta
ma’nolarini ifodalaydi.
Etnonimni ifodalovchi s
ariq rang
sharqda podsholar oilasiga mansub yuqori 
tabaqa oqsuyak kishilarga nisbatan ishlatilishi to’g`risida fikr bildiriladi. 
N.A.Baskakov qirg`iz etnonimi haqida qiziqarli fikrlarni keltirib, ushbu nom 
tarkibida qizil so’zini topadi va ularni janub o’g`izlari deb izohlaydi. Ba’zi 
tadqiqotchilar etnonim sifatida ishlatiluvchi 
ko’k
so’zini izohlar ekan, uni 
«o’rmonli turklar» deb talqin etishadi.
Rang-sifat bildiruvchi so’zlar etnonimlar bilan birga keladi va bir etnooykonimni 
hosil qiladi. Ularning shakllanishida ikki holatni ko’ramiz. Birinchidan, 
etnonimlarda 
qalpoq, to’n, chakmon
so’zlari ishtirok etadi. Etnik birliklar 
nomlanishida ularning kiyimlari nazarda tutilgan: 
Qoraqalpoq, Qorachakmon, 
Ko’kto’nli
kabilar. Bu etnonimlardan qishloqlar nomi yuzaga kelgan. Nomlanishda 
qishloq aholisining qaysi uruqqa mansubligi e’tiborga olingan. Ikkinchidan, rang-
tus bildiruvchi so’zlar o’zbek qabila-urug`lari nomi bilan birgalikda etnonimlar 
yasalgan: 
oqmang`it, oqchelak, oqqo’yli, ko’kqarg`a, qizilquloq, qoranayman, 
qorapichoq, qorasiyroq
kabilar.
«Devonu lug`otit turk» asarida qoraxon etnonimi xususida keng ma’lumot 
berilgan. Aslida Qoraxon 927-1212 yillarda Sharqiy Turkistonda tashkil bo’lib, 
so’ng Movarounnahrdagi o’lkalarni ham o’ziga bo’ysundirgan turk davlatining 
boshlig`i, asl ismi Abdukarim Sotuq Bug`roxon bo’lgan Ana shu qoraxoniy 
25
Шониёзов К. Қанг давлати ва қанғлилар. -Тошкент: Фан, 1990. –Б. 29. 


dinastiyasiga tobe bo’lib, keyinchalik qarluqlar, xo’ja va eshonlar o’rtasidagi urug` 
yoki tabaqa nomiga aylangan. Qoraxonlarni qoraxoniylar davri (X-XII asrlar) 
urug`-qabilalarining avlod-ajdodlari deyish mumkin.
Xullas, etnooykonimlar tarkibidagi rang-tus bildiruvchi so’zlar turli-tuman 
ma’nolarga ega bo’lib, ularni oydinlashtirish orqali etnonimlar, ular orqali esa 
etnotoponimlarning leksik va semantik xususiyatlarini batafsil yoritishga imkon 
tug`iladi.
2. Miqdor bildiruvchi so’zlar ishtirokida hosil bo’lgan etnonimlar va ulardan 
yasalgan etnooykonimlar.
 
«Devonu lug`otit turk» asarida bunday xususiyatli 
etnonim va etnooykonimlar anchagina mavjud. Ma’lumki¸ o’g`il, urug`, bola, 
qozoq, nayman, kal, barmoq, uyli, go’sha so’zlari oldidan bir, uch, to’rt, besh, etti, 
sakkiz, to’qqiz, qirq, yuz, ming so’zlarining qo’shilishi nutqda bor hodisa. 
Besho’g`il, Beshqozoq, Minglar, Kattaming, Kichikming kabilar shunday 
nomlardandir. Miqdor bildiruvchi so’zlar asosida shakllangan etnonimlar ko’p 
sonlilikni bildirishdan tashqari, bir urug`ning boshqa urug`lar o’rtasidagi mavqei 
va nufuzini bildiradi.
3. Hajm-o’lchov bildiruvchi etnooykonimlar.
 
Bunday etnooykonimlar 
tarkibida joyning hajmi, o’lchovi kabi belgilarni ifoda etadigan so’zlar ishtirok 
etadi: 
katta, kichik, keng, tor, uzun, chuqur, yirik, mayda
kabi. Bu xil 
etnooykonimlar o’z xususiyatlariga ko’ra turli xil ma’nolarni ifodalaydi:
1) hajmi, o’lchami nisbatan ortiq, ulkan urug` nomi ma’nosini bildiruvchi 
etnonimlar va ular asosida shakllangan etnooykonimlar: Kattaming, Kattaqora 
kabilar;
2) hajmi, o’lchami nisbatan katta bo’lmagan urug` nomi ma’nosini bildiruvchi 
etnonimlar va ulardan shakllangan etnooykonimlar: Kichikming, Kichikyuz kabi;
3) 
cho’ziq, baland, novcha, tezda tugamaydigan davomli, uzoq
ma’nosini 
anglatuvchi etnonimlar va ulardan shakllangan etnooykonimlar: Uzunli, Uzunovul, 
Uzunbo’z kabilar.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish