ming, yuz, qirq, jaloyir, saroy,
qo`ng `irot, olchin, ag`in, nayman, qipchoq, qalmoq, chaqmoq, qirg`iz, qarlIk,
turk
, turkman, boyovut, burlayin, qiyot, xitoy, qang`li va
boshqalar.
Turk atamasi
urug`, elat, ko`chmanchilar mamlakati, bahodir, kuchli,
qudratli, alohida jangchilar, qurolsozlar, dubulg`a, sodda
ma`nolarini ifodalashi
ilmiy manbalarda qayd etiladi.
Turk nomi o`tmishda o`zbek xalqi va uning tiliga nisbatan qo`llanilgan.
Bundan tashqari, O`rta Osiyo, Qozog`iston, Sibir, Kavkaz, Volgabo`yi xalqlari
ham
turk
deb atalgan. Ularning tili turk tili yoki turkiy til deb yuritilgan. Lekin
o`tmishda o`zbek tilini boshqa tillardan farq qilish uchun u
turkcha, turkistoncha,
O`rta Osiyo turkchasi, o`zbek turkiysi
kabi har xil nomlangan. O`zbeklarning
o`troq qismi XVI asrgacha turk nomi bilan yuritilib kelingan, undan keyin ularning
ma`lum qismi — shahar aholisi sart deb ataladigan bo`ldi.
Aytilganidek¸ e
tnooykonimlar
(urug`, qabila, millat, xalq nomlari asosida
yaratilgan aholi punktlari nomi) tildagi eng qadimgi toponimik qatlamlardan
hisoblanadi. Ular uzoq tarixiy davrning yodgorligi bo’lib, ma’lum xalqning
tarixini, etnik tarkibini o’rganishda, ularning tarqalish chegarasini ko’rsatishda
muhim manba sifatida qimmatlidir.
Etnooykonimlar xalq tarixi, turmushi, urf-odati, xo’jalik faoliyati, joyning
tabiiy-jug`rofiy sharoiti bilan bevosita bog`liqdir. Ular xalqimiz aql-zakovatining
mevasi, madaniy yodgorligimiz sifatida qat’iy e’zozlanmog`i, qadrlanmog`i lozim.
Tilimiz boyligi bo’lgan joy nomlarini yozib olish, to’plash, ilmiy tahlil qilish
hozirgi kunda zarur bo’lgan muhim masalalar jumlasiga kiradi.
Toponimika xalq tarixi, tili va turmush tarzi haqida qimmatli ma’lumot
beruvchi fandir. Bunda etnooykonimlar alohida o’rin tutadi. Etnonim va
etnooykonimlar turli xalq va elatlarning o’tmishini, ular amal qilib kelgan e’tiqod
va an’analarni anglashda katta ahamiyatga egadir.
Etnonim va etnooykonimlar xalq tarixi bilan zich bog`liq bo’lib, ularda joy
nomlarini yaratgan kishilarning ma’naviyati, turmushi, hayoti, harakter xususiyati,
yashash tarzining o’ziga xos tomonlari o’z ifodasini topgan. Etnooykonimlar turli
tarixiy hodisalar, xalqlar migrastiyasi, xalqaro aloqalar, shuningdek, til taraqqiyoti
bilan bog`liq holda shakl va mazmun jihatidan o’zgarishi mumkin.
Joy nomlari orasida etnooykonimlar o’zining qadimiyligi va turg`unligi bilan
ajralib turadi. Bu boy va o’ziga xos lingvistik material Markaziy Osiyo
toponimikasida hali etarli o’rganilgan emas, etnonim va etnooykonimlarning atoqli
otlar tizimida tutgan o’rnini belgilash, ularni morfologik va so’z yasalishi
onomastik konversiya usuli, grammatik tarkib va sintaktik usul jihatidan tahlil
qilish, lug`aviy-ma’noviy tasnifini yaratish, etimologiyasini ochish singari qator
muammolar o’z tadqiqotchilarini kutmoqda.
Etnonimlar o’z mohiyatiga ko’ra turdosh otga yaqin turadi va ular ma’lum
xalq, elat, qabila, urug`-aymoq nomlaridir. Etnonimlar majmui etnonimiya
sanaladi. Leksikologiyaning, jumladan¸ nomshunoslikning ma’lum bir xalq yoki
hudud etnonimiyasining lingvistik xususiyatlarini o’rganadigan bo’limi etnonimika
deb yuritiladi. O’zbek tili etnonimiyasining boy materiali mavjud va ular haqida
juda ko’p fikrlar aytilgan. Shunga qaramasdan, etnonimlarning turdosh otmi yoki
atoqli otmi ekanligi masalasi izchil aniqlangan emas.
Xalq, qabila, urug` nomidan yasalgan joy nomlarini etnooykonimlar tashkil
qiladi. Oykonimlar joy nomlari orasida alohida guruhdir. Aholi punktlari va uning
ichki bo’linishlari ― qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko’cha nomlari oykonimlar
sanaladi. Oykonimlarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Kishi ismlari, laqablari, taxalluslari, familiyalaridan yasalgan turarjoy nomlari
antropooykonimlar
hisoblanadi: Mo’minobod, Mulla Eshqul, Hakimoqsoqol, Usta
Abdulla kabilar. O’simlik va daraxtlar nomlari asosida yaratilgan joy nomlari
fitooykonimlar
sanaladi: Oqterak, Chortut, Mingtut, Mingchinor kabilar. Relefni
bildiruvchi tepa, jar, chuqur, do’ng, dasht kabi so’zlar vositasida shakllangan joy
nomlari
geomorfologik
oykonimlar sanaladi: Yo’g`ontepa, Jarariq, Dashtiso’xta,
Dashtak, Do’ngqishloq kabilar.
Etnonimlar xususidagi dastlabki ma’lumotlar Gerodotning «Tarix»,
Strabonning «Geografiya», Pompey Trogning «Filipp tarixi», Yustinning «Pompey
Trog epitomi» asarlarida uchraydi. Mazkur asarlarda s
kif, sak, massaget, dax
kabi
turkiy qavm nomlari bilan birga boshqa xalq nomlari ―
toxar, so’g`d
ham tilga
olinadi. Ularning asarlarida bu qabilalarning qadimdan Kaspiy dengizidan Xitoy va
Hindistongacha bo’lgan joylarda yashaganliklari haqida ma’lumot beriladi.
Etnonimlar haqidagi ma’lumotlar Markaziy Osiyo olimlari asarlarida ko’p
uchraydi. Bunday ma’lumotlar Ibn Havqal (X asr)ning «Surat ul-arz» («Er
kurrasining surati»), noma’lum muallifning «Hudud al-olam min al-mashriq ilal
mag`rib» («Dunyoning sharqdan g`arbgacha bo’lgan hududlari»), Mahmud ibn
Valining «Bahr ul-asror», Muhammad Tohirning «Ajoyib at-taboqat», Xudoyberdi
ibn Qo’shmuhammad Xivaqiyning «Dili g`arib», aytilganidek¸ M.Koshg`ariyning
«Devonu lug`otit turk» va Abu Rayhon Beruniy asarlarida mavjud.
Sharqning yetuk olimlaridan biri Abu Rayhon Beruniy qadimgi xalqlar,
ularning nomlari ― etnonimlar haqida ma’lumot beradi. Alon va os urug`lari
haqida ilk bor Abu Rayhon Beruniy xabar beradi. Amudaryo o’z oqimida
to’siqlarga uchrab so’l tomonga ― qipchoqlar yurtiga oqa boshlagach, bu erda
yashagan aholi Xazar (Kaspiy) dengizi qirg`oqlariga ko’chdilar, ― deydi Beruniy.
Ular
Alon
va
os
urug`lari ekanligini yozadi.
Ma’lumki, Abu Rayhon Beruniydan keyingi davrda yaratilgan yozma
yodgorliklar orasida¸ aytilganidek¸ Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit
turk» asari turkiy etnonimlar tarixiga doir qimmatli ma’lumot beruvchi manba
sanaladi. Mahmud Koshg`ariy o’zi yashagan davrdagi Movarounnahrda yashagan
elatlar haqida fikr yuritgan. U umumturkiy oiladagi urug`-qabila va elatlarning
yaqinligi, til birligi hamda o’ziga xos bo’lgan farqli tomonlarini ko’rsatib berishga
harakat qilgan va ularning joylashish jug`rofiy xaritasini bergan.
Mahmud Koshg`ariy «Devon»idagi quyidagi ma’lumotlar fikrimizni to’la
isbotlaydi: «
Qaz
― Afrosiyob qizining nomi.
Qazvin
shahrini shu qurgandir. Bu
so’zning asli
g`oz
o’ynaladigan joy demakdir. Chunki u shu erda turar va shu erda
o’ynar edi. Shuning uchun ba’zi turklar Qazvinni turk shaharlaridan hisoblaganlar.
Shuningdek, Qum shahri ham chegara hisoblanadi. Chunki qum turkcha so’zdir.
Afrosiyobning qizi bu erda ov qilar va o’ynar edi. Ba’zilar turk shaharlari
chegarasi Marvash – Shohijondan boshlanishini so’zlaydilar. Chunki Qazning otasi
To’nga Alp Er ― Afrosiyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino
qilgandir.
Ba’zilar butun Movarounnahrni turklar o’lkalaridan deb hisoblaganlar. U
Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizruyindir. U sariqligiga ko’ra, mis shahri
demakdir. Bu Buxoroga yaqindir. Bu erda Afrosiyobning qizi – Qazning eri
Siyovush o’ldirilgandir. Majusiy – otashparastlar har yili bir kun bu erga kelib,
Siyovush o’lgan joy atrofida yig`laydilar. Butun Movarounnahr, Yankanddan
Sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki,
Samarqand ― Semizqand, Toshkand ― Shosh, O’zjand, Tunqand nomlarining
hammasi turkchadir. Qand turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar
va shunday nom qo’ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu erlarda forslar
ko’paygach, so’ng ular Ajam shaharlari kabi bo’lgan. Hozir turk o’lkalarining
chegarasi Abisgun dengizi bilan o’ralgan. Rum o’lkasidan va O’zjanddan
Chingacha cho’ziladi. Uzunligi besh ming farsax, eni uch ming farsax, hammasi
sakkiz ming farsaxdir»
Do'stlaringiz bilan baham: |