2. Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi
9
Etnonimika tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi va u ma'lum
etnos tilidagi urug`, qabila, elat, millat va boshqa xil etnik birliklar nomini
to`plash, ularning paydo bo`lishi, nomlanishdagi asosiy motivlar, nomlarning
lug`aviy tarkibi, undagi materialning o`rni, etnonimlarning ma'no va etimologiyasi,
yasalishi, etnomik lug`atlarni tuzish tartib-qoidalari kabi muammolar bilan
shug`ullanadi.
Milliy etnonimlarni tarixiy-lisoniy nuqtayi nazardan tadqiq etish, o`zbek
xalqining
shakllanish
jarayonlarini
aniqlash,
etnonimlar
ma`nosi
va
etimologiyasiga oid ma`lumotlarni ilmiy baholash, etnonimlarning yasalishi va
grammatik tuzilishini tahlil etish, tadqiq qilinayotgan etnonimlarning hozirgi
o`zbek tili onomastik tizimga munosabatini belgilash kabilar tilshunosligimizning
dolzarb vazifalaridan biridir.
O`zbek tili etnonimlarga boy bo`lib, ular negizida xalqning qadimgi
totemistik tasavvurlari (
toyloq, lochin, qarg`a, ilonli, kaltatoy
), tamg`a va maxsus
belgilarga asoslanish (
taroqli, to`qayli, qaychili, qo`shtamg`ali
), son, miqdor
tushunchalariga tayanib nomlash (
ming, qirq, beshbola, to`rtuyli
), hajm, shakl
9
Изоҳ: ишдаги айрим масалаларни ёритишда А.Туробовнинг «Самарқанд этноним ва этноойконимлари»
номли монографияси (Самарқанд: СамДЧТИ, 2002. -208 б.)дан кенг фойдаланилди.
tushunchalari (
kattajuz, kichikjuz, parchayuz
), rang-tus bilan bog`liq tushunchalar
(
oqmang`it, oqtana, qoramang`it, qoranayman
), etnosining ijtimoiy-siyosiy ahvoli,
mavqei (
beklar, beklarto`pi, boylarto`pi, mirzato`p
), etnosning kasb-kori
(
ayronchi, kiyikchi, tevachi, to`nchi, tug`chi, shotirchi, ovchi, mergan, mirishkor
),
etnosning yashash joyi, urug`, qabila boshliqlarining nomlari yotishini ko`rsatadi.
Turkiy etnonimlarni, jumladan, o`zbek etnonimlarini o`rganish ishiga taniqli
turkiyshunoslar
V.V.Radlov,
M.V.Bartold,
S.P.Tolstov,
L.V.Gumilyov,
N.A.Baskakov; o`zbek olimlaridan Yaxyo G`ulomov, B.Ahmedov, E.Begmatov,
K.Shoniyozov, A.Muhammadjonov, X.Doniyorov, T.Nafasov, A.Otajonova va
boshqalar munosib hissa qo`shdilar.
Etnonimlar (urug', qabila, elat, xalq va millat nomlari) o'z mohiyatiga ko'ra
turdosh otga yaqin turadi. Lekin tilshunoslikda etnonimlarni atoqli otlar bilan bir
qatorda
onomastikada
o'rganish
keng
tarqalgan.
Shunga
qaramasdan
etnonimlarning turdosh yoki atoqli ot ekanligini izchil aniqlash hal etilgan emas.
O'zbek tilida etnonimlarning boy materiali mavjud va u uch xil xarakterda:
a) milliy etnonimlar :
o'zbek , qipchoq, o'g'uz, mang'it , barlos, qarluq,
o'roqli, bolg'ali, qurama, tuyoqli
kabi;
b) o'zbek va qardosh turkiy xalqlar tillari uchun mushtarak bo'lgan turkiy
etnonimlar :
qozoq , qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, mo'g'u , tatar
kabi;
c) o'zbek tilida uchrovchi, o'zlashma etnonimlar:
rus, fransuz, ingliz, latish,
ukrain, polyak, fin, bolgar, venger
kabi. Etnonimlarning birinchi va ikkinchi
guruhlari o'zbek tilida ko'p asrlardan beri mavjud bo'lib, o'zbek tili lug'at
sostavining tarkibiy qismi hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |