.
12
12
Кошғарий М. Девону луғотит турк (Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. Муталлибов). Т. I-II-III. –Тошкент:
Фан, 1960-1963. Т. III. 1963. – Б. 163-164.
Mahmud Koshg`ariy turkiy qabila va urug`larning joylashish o’rnini
ko’rsatgach, ularning nomlari ro’yxati va ular haqida ma’lumot beradi: «Turklar
aslida 20 qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug`lari bor. Men
bulardan asosini, ona urug`larini yozdim, shaxobchalarini tashladim... Rumdan kun
chiqargacha bo’lgan musulmon va boshqalarni zikr qildim... Rumga yaqin birinchi
qabila
bajanak, so’ng qipchoq, o’g`uz, yamak, boshg`ird, basmil, so’ng qay, so’ng
yabaqu, so’ng tatar, so’ng qirqiz
keladi. Qirg`izlar Chin yaqinidadurlar. Bu
qabilalar hammasi Rum yonidan kun chiqargacha cho’zilgandir. So’ng chigil,
so’ng to’xsi, so’ng yag`ma, so’ng ig`rak, so’ng yaruq, so’ng jumul, so’ng uyg`ur,
so’ng tangut, so’ng xitoy. Xitoy – Chindir. So’ngra tavg`ach; bu Mochindir»
.
Shundan so’ng turkiy qabilalar tarkibiga kelib qo’shilgan s
o’g`daq, qanjak,
arg`u, hutanliklar, to’bo’tlar, tang`utlar, bismil, bulg`ar, suvar, bajanak
kabilar
haqida ma’lumot beradi
.
Bundan tashqari, «Devon»da o’g`uz qabilasi va uning kichik 22 urug`ini
nomma-nom sanab o’tadi hamda ularning tamg`alari to’g`risida ma’lumot beradi.
“
Bu qabilalarni bilishga odamlarning ehtiyojlari borligi uchun birma-bir izoh
qildim. Bu nomlar u qabilalarning eng qadimgi bobolarining ismid
ir,” – deydi M.
Koshg`ariy
.
13
Xullas, «Devon» da 70 ga yaqin urug`, qabila, elat va ularga xos
bo’lgan toifalar haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
O’zbek qabila va urug`larning shajaralari haqidagi ma’lumotlar XIV asr
tarixchisi Rashididdinning «Jome’ at-tavorix» asarida ham uchraydi. Bu asarda
o’zbek qavmlaridan
qo’ng`irot, qipchoq, jaloir, qatog`on, qang`li, burqut
kabilar
haqida ma’lumot berish bilan birga, qirg`izlar tarkibidagi
urus /orыs/
urug`i haqida
tushuncha beradi
.
XVI asrda Sayfiddin Axsikatiy tomonidan yaratilgan «Majmu’ at-tavorix»
asarida o’zbek urug`lari, qabilalari to’g`risida qiziqarli fikrlar berilgan. Ayniqsa
o’zbek urug`laridan
qishliq, qo’ng`irot, kenagas, urus /orыs/
kabilar haqida yangi
ma’lumotlarni aytgan.
13
Кошғарий М. Девону луғотит турк (Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. Муталлибов). Т. I-II-III. –Тошкент:
Фан, 1960-1963. Т. I. 1960. –Б. 91.
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida Movarounnahrda
temuriylar inqirozi va Shayboniylar hukmronligining o’rnatilishi davri bilan
bog`liq bo’lgan tarixiy voqealar o’z aksini topgan. Bu voqealarda o’zbek elatining
turli urug`-qabilalari ishtirok etgan. Muhammad Solih o’z asarida 30 dan ortiq
qabilalarning nomlarini tilga oladi. Unda jumladan, barcha manbalarda eslatilgan
urug`-qabila nomlaridan tashqari
o’g`lot, arab, tojik, yuji
kabi etnonimlar eslatib
o’tilgan
.
Bobur o’z asari «Boburnoma»da 1034 ta joy nomlari haqida ma’lumot beradi.
Muallif aholi yashaydigan maskanlar nomini ma’lum sistema sifatida o’rganib, joy
nomlarining lingvistik va nolingvistik tabiatini to’g`ri talqin etishga harakat qilgan.
Bobur o’ziga xos tadqiq metodi asosida joy nomlarini tahlil qilarkan, bunda nom
yasashda ishtirok etgan so’z va qo’shimchalarning arealini aniqlaydi, shu xildagi
nomlar qatorini belgilab, ularning lingvistik va nolingvistik xususiyatlarini
yoritadi
Do'stlaringiz bilan baham: |