3. Etnonim va etnooykonimlarning tarixiy-lisoniy asoslari
Turkiy qavmlar dunyodagi eski urug`lardan bo’lib, ulardan biri yunonlar
bergan nom bilan atalgan,
iskit-iskif-skifdir
. Yunon tarixchisi Yustian
iskitlar
misriylardan ham eskiroq qavmlardandir, deydi. Eroniylar skiflarga s
ak
otini
berishgan. Ba’zi manbalarda, s
ak
nomi ostida massagetlar, xorazmiylar,
so’g`diylar, baqtriyaliklar, sarmatlar, qarluqlar ham tushunilgan. Eramizgacha
VIII-IV asrlarda bugungi Markaziy Osiyo va Qozog`iston hududidagi qabilalar
hammasi «sak» nomi ostida yuritilgan. Gerodot va boshqa antik davr tarixchilari
21
Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари, - Тошкент: Фан, 1997, 128-б.
ularni Osiyo skiflari deb yozadilar. Qadimgi yunon mualliflari (eramizgacha
bo’lgan IV-V asrlar)
iskitlar
bilan birga s
armatlar
ni ham tilga olib, ularning
yashaganliklarini qayd qilishadi.
«Devonu lug`otit turk» asarida s
irak
etnonimi xususida ma’lumot uchraydi.
Sirak-siyroq
etnonimi yasama so’z bo’lib, u s
ir
va
ak
qismlaridan iborat.
Etnonimlarning sir qismi Sirdaryo gidronimi tarkibida ham mavjud. Bu gidronim
tarkibidagi s
ir
qismini turlicha talqin etadilar. Ko’pchilik tadqiqotchilar s
ir
qabilasi
nomidan olingan so’z deb hisoblaydilar.
B.O’rinboev s
ir
qadimgi qabilaning nomi, degan fikrni qo’llab-quvvatlab
yozadi: «Bu qabila keyinchalik o’g`uz qabilasiga qo’shilib ketib, saljuqiylar bilan
birga Zakavkazyagacha bu nomni olib borganlar va u erda sir s
or¸ sur
tarzida
keladi. Sor qavmlari Ozarbayjonning Kura daryosi bo’yidagi Geokchay uezdida
yashaganlar».
Xullas, s
ir
turkiy so’z bo’lib, u s
ir
nomli qabilaning nomidir. So’z tarkibidagi
-ak, -k affiksi toponim yasovchi qo’shimcha bo’lib, u kichiklik, jamlik ma’nosini
ifodalaydi. Markaziy Osiyo etnonimlarini yasashda xizmat qiluvchi -k, -ak
affikslari o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, tojik kabi xalq;
qipchoq, sirak, qorasiyrak,
sak, derbik
kabi qabilalar nomlarida mavjud.
Ko’pchilik turkiy tillarda -k, -ak affiksi somatik leksika tarkibida ishlatilib, u
juftlik, ko’plik ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi:
barmoq, tirnoq, kiprik, quloq,
oyoq
kabi, shunisi xarakterliki, -k, -ak affiksi bilan yasalgan somatik leksika
ko’pchilik kavkaz tillarida ham mavjud bo’lib, bu narsa turkiy tillar bilan
umumiylik kasb etadi.
Sirak
- sir qabilasi avlodlari yashaydigan joy demakdir.
Ko’pgina tadqiqotchilar, s
irak-siyroq
so’zini «pocha, poycha, oyoq» tarzida
izohlaydilar. Bunday izohlash halq etimologiyasiga tegishli ta’bir sanaladi. Bundan
tashqari,
qorasirak
etnonimi bilan atalgan joy nomlari respublikamizning barcha
hududlarida uchraydi. Ushbu etnonim va shu etnonim asosida shakllangan
etnooykonim tarkibidagi
qora s
o’zi qanday ma’noda ishlatilgan, degan savol
tug`iladi.
Qora
so’zi qishloqlar nomida
oq
so’ziga nisbatan kamroq ishlatiladi.
Oq, qora
so’zli nomlar o’ziga xos qator xususiyatlarga egaki, ularni aniqlamasdan turib,
bironta ham nomning ma’nosi, yaratilish tarixi va qo’llanish mohiyatini to’la
anglab bo’lmaydi. Hozirgi shakliga qarab izohlash o’zbek xalqining joylarni
qadimiy nomlash ananalarini to’liq aks ettirolmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |