Dars oʻtish bilan birgalikda dars tahlili bilan ham shugʻullandim. Amaliyot rahbarimdan hujjat ishlarini oʻrgandim



Download 21,82 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi21,82 Kb.
#667368
Bog'liq
Sitora Nizomiddinova


Samarqand davlat universiteti 406-guruh talabasi Nizomiddinova Sitoraning Samarqand viloyati Toyloq tumani 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabida amalga oshirgan pedagogik amaliyoti bo’yicha
HISOBOTI
2021-yil 4-sentabrda “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchilari va 4-kurs talabalari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni filologiya fakulteti dekani prof. A. Pardayev ochib berdi va pedagogik amaliyot haqida tushuncha berdi. Undan keyin pedagogik amaliyot raisi , “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri prof. I. Mirzayev pedagogik amaliyot o’tkazilish tartibi, muddati hamda bu amaliyotning ahamiyati va mas’uliyati haqida soʻz yuritdi. Undan keyin A. Hasanov amaliyot xususida fikrlarni toʻldirdi hamda kafedra oʻqituvchilari qaysi talabalarga amaliyot rahbari ekanligini ma’lum qildi. Mening amaliyot rahbarim X.Xayrullayev etib belgilandi.
Men Samarqand viloyati Toyloq tumani XTBga qarashl i45-umumiy oʻrta ta’lim maktabi bilan shartnoma tuzdim hamda shu maktabda amaliyot oʻtadim. Maktab direktori tomonidan menga amaliyot rahbari sifatida malakali pedagog, oliy toifali oʻqituvchi D.Maxmarahimova biriktirildi. Menga 7- sinflar biriktirildi, ushbu sinfga ona tili va adabiyot fanlaridan dars mashgʻulotlarini olib bordim.
Dars oʻtish bilan birgalikda dars tahlili bilan ham shugʻullandim. Amaliyot rahbarimdan hujjat ishlarini oʻrgandim.
Amaliyot davrida turli oʻqituvchilarning darslarini kuzatdim. D.Muhiddinovaning 6-“A” sinfga ona tilidan “Asos va qo’shimchalar” mavzusida oʻtgan darsiga tahlil qilish uchun kirdim. Oʻqituvchi darsni yurtimizda sodir boʻlayotgan yangiliklarni yetkazishdan boshladi. Darsning asosiy qismiga oʻtib, oʻtgan darsni savol-javob qildi. Keyin yangi mavzuni qiziqarli ma’lumotlar bilan tushuntirdi, “Klaster”, “Krasvord” metodlaridan foydalanib dars olib bordi. Darsda oʻqituvchi qoʻyilgan maqsadlarga erisha oldi. Amaliyot davomida darslarni kuzatib tajriba orttirdim. Shunday darslardan biri ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Bo’riyeva Zilolaning darsi boʻldi. 5-sinflarga adabiyot fanidan “Hamid Olimjon hayoti va ijodi” mavzusida oʻtgan ochiq darsida qatnashdim. Oʻqituvchi darsni yaxshi tashkil qildi. Darsda izchillik, ilmiylikka amal qilindi. Bundan tashqari tarix, matematika, algebra fanlaridan darslarni kuzatdim, tahlil qildim. Oʻzim “Ona tili” va “Adabiyot” fanlaridan mustaqil ravishda dars oʻtdim.
Shuningdek, amaliyotim davomida tarix fani oʻqituvchisi A.Sharipovning 7-“B’sinfiga “G’aznaviylar” mavzusida oʻtgan darsiga tahlilga kirdim. Darsni kuzatdim va tahlil qildim.
D.Muhiddinova, A.Sharipov va Z.Bo’riyevalarning darslarida muntazam kuzatuvchi sifatida qatnashdim va tahlil qildim. Ulardan dars oʻtish texnikasi, pedagogik mahorat sirlari va darsda vaqtni toʻgʻri taqsimlashni, shuningdek, metodlarni qachon va qanday qoʻllashni oʻrgandim.
Pedagogik amaliyotim davomida 4 ta (2 ta “Ona tili” va 2 ta “Adabiyot” fanidan) ochiq dars oʻtdim va ta tadbir tashkil qildim.
17-sentabr kuni 7-“b” sinfiga adabiyot fanidan “Asqad Muxtorning “Yulduzim”, “Yo’l” mavzusida ochiq dars oʻtdim. Darsga kuzatuvchi sifatida D.Maxmarahimova, M.Daminovlar kirdi. Darsni tashkil qildim. Oʻtgan mavzuni savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni mavzuga doir taqdimot va qisqa videorolik asosida tushuntirdim. Shoira hayoti bilan bogʻliq boʻlgan qiziqarli ma’lumotlarni aytdim. Yangi mavzuni mustahkamladik. Uyga vazifa qilib shoira hayoti va ijodini oʻqib-oʻrganib kelishni berdim. Darsdan keyin oʻqituvchilar yutuq va kamchiliklarimni aytib oʻzlarining fikrlarini bildirdilar.
21-oktabr “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi” munosabati bilan “Til – millat koʻzgusi” mavzusida 7- sinf oʻquvchilari bilan tadbir oʻtkazdik., Bayramni tashkil etish, oʻquvchilarni tayyorlash, ssenariy tuzish ishlarida maktab jamoasi menga yaqindan yordam berdi. Bayram Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Tadbirda maktab oʻquvchilari, maktab direktori va oʻqituvchilar, shuningdek, ota-onalar kuzatuvchi boʻlib ishtirok etdi. Bayramni maktab direktori H.Bo’riyev oʻz nutqi va bayram tabrigi bilan ochib berdi. Soʻzga Ma’naviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Sharipov va boshqalar chiqishdi. Tadbir davomida oʻquvchilar ona tilimiz haqida she’rlar aytishdi, raqs va sahna koʻrinishi ijro etishdi.
9-sinflar oʻrtasida “O’zbekiston ona vatanim” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazdim. Tanlov gʻoliblariga mana shu tadbir davomida faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
30-oktabr kuni 7-“A”sinfga “Ko’rsatish olmoshlari” mavzusida ochiq dars oʻtdim. Darsga N. Hasanova, G. Axrorovalar kuzatuvchi sifatida kirdi. Darsni tashkil qildim. Oʻtilgan mavzuni “Aqliy hujum” metodi orqali soʻrab, mustahkamladim va baholadim. Yangi mavzuni tushuntirgach, mustahkamlash uchun “Qora quti”, “Jadvalni toʻldiring” usullaridan foydalandim. Berilgan mashqlarni bajardik, Uyga vazifa qilib 49-mashqni berdim. Kuzatuvchilar darsni tahlil qilib ijobiy baho berishdi.
17-dekabr kuni 7-“B”sinfga ona tili fanidan “Yordamchi so’zlar” mavzusida ochiq dars oʻtdim. Darsga kuzatuvchi sifatida D.Maxmarahimova, M.Daminovlar kirdi. Darsni tashkil qildim. Oʻtgan mavzuni “Zanjir” usuli orqali savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni “Lola guli” va “Venn diagrammasi” metodlari asosida tushuntirdim. Yangi mavzuni “Aqliy hujum” orqali mustahkamladik. Kuzatuvchi oʻqituvchilar Dars davomida vaqt taqsimotini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish boʻicha taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.
12-fevral kuni -sinf oʻquvchilariga adabiyot fanidan “Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga kuzatuvchi sifatida H.Bo’riyev va A.Sharipovlar kirishdi. Darsni tashkil qildim. Oʻtgan mavzuni savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni darsga doir taqdimot asosida tushuntirdim. Roman bilan bog’liq boʻlgan qiziqarli ma’lumotlarni aytdim. Yangi mavzuni mustahkamladik. Uyga vazifa qilib asardan berilgan parchani oʻqib-oʻrganib kelishni berdim. Darsda maqsadga erishildi. Darsdan keyin oʻqituvchilar yutuq va kamchiliklarimni aytib ozlarining fikrlarini bildirdilar.
“O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o’rtog’i Nazira as-Salom va qizi Nozima Yusupovalar bilan ijodiy uchrashuv ” tashkil etilishi munosabati bilan 7-“A”bilan tadbir tashkillashtirdim. Bayram Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Bayramni maktab direktor H.Bo’riyev oʻz nutqi va bayram tabrigi bilan ochib berdi. Oʻquvchilar Muhammad Yusuf ijodidan namunalar keltirib, sahna she’rlarni kuyga solib ijro etdilar.
Taklif va mulohazalar: men ushbu pedagogik amaliyot davrimda dars o‘tish texnikasi, mavzularga mos tarzda interfaol metodlarni qo‘llashni hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rgandim. Taklifim, 6-sinf o‘quvchilarida ‘‘Ona tili" darsligidagi uyga vazifa qilib berilganlarning aksariyati matn tuzishga qaratilganligiga va shu bois mashqlarda tayyor matnlardan ham kiritilishi tarafdoriman.

Amaliyotchi: Nizomiddinova Sitora

Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishi
4-kurs 06-guruh talabasi Nizomiddinova Sitoraning 6- sentabrdan 31-oktabrgacha boʻlgan vaqt davomida
Samarqand tuman XTBga qarashli 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti yuzasidan tayyorlagan oylik
HISOBOTI
2021-yilning sentabr oyidan boshlab barcha bitiruvchi talabalarga “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan pedagogik amaliyotning boshlanishi munosabati bilan umumiy tushuncha berildi. Shudan soʻng men oʻzim ishlaydigan Samarqand tuman 45-umumta’lim maktabida amaliyotimni oʻtash boʻyicha hujjat toʻgʻriladim.
10-sentabrdan amaliyot oʻtash uchun maktabga bordim va ta’lim muassasasining tarixi, joylashishi, tarkibiy tuzilishi, oʻquv va tarbiyaviy muhiti, rahbariyati va jamoasini oʻrgandim Keyingi haftada 17-18-kunlari biriktirilgan oʻqituvchim va sinf oʻquvchilari bilan tanishdim. Oyning 24-25-kunlari fanlar boʻyicha kalendar reja, ishchi fan dastur, sinf jurnallari va boshqa meyoriy hujjatlarni oʻrganib chiqdim. Shundan soʻng oʻquvchilar bilan ishlay boshladim. Menga 7-sinflar biriktirildi. Hujjat yuritish haqida oʻqituvchilar ma’lumot berishdi. 2 marta dars tahliliga kirdim, 31-oktabrdan oʻquvchilar kuzgi ta’tilga chiqishdi.

Amaliyotchi: S.Nizomiddinova


Metodist rahbar: X.Xayrullayev

Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,


Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishi
4-kurs 06-guruh talabasi Nizomiddinova Sitoraning 11-noyabrdan 28-dekabrgacha boʻlgan vaqt davomida
Samarqand tuman XTBga qarashli 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti yuzasidan tayyorlagan oylik
HISOBOTI
2021-yilning 11-noyabridan II chorak boshlandi, men 12-noyabr kuni maktabga keldim 8-“B”sinfga ona tili fanidan “Gapning tuzilishiga ko’ra turlari” mavzusidagi darsni kuzatdim va tahlil qildim. Keyingi soat 8-sinflarga adabiyot fanidan “Uvaysiy hayoti va ijodi” mavzusidagi darsni kuzatdim.
13-noyabrda ham dars shu tartibda, ammo yangi mavzu asosida darslarni kuzatdim va tajriba va mahoratimni oshirdim.
3-4-dekabrda 7-sinflarga “Ona tili” fanidan “Sifatdosh va harakat nomlaridagi egalik qoʻshimchalari” mavzusida; “Adabiyot” fanida esa “Mirmuhsinning hayoti va ijodi” mavzusida dars oʻtdim 10-dekabrda men navbatchilik asosida kirish va chiqish qoʻngʻiroqlarini nazorat qildim hamda darslarimni oʻtdim. 7-sinflar bilan esa ona tilidan nazorat ishi testi olindi, “Adabiyot”dan “Me’mor” romanini tugatdik.
17-dekabrda dars 1-soatda 7-sinflarga boshlandi, ona tilidan “Gap bo’laklari” mavzularini oʻtdim, “Adabiyotdan “Ravshan dostoni haqida” dars oʻtdim.11-yanvargacha qishki ta’til boshlandi.

Amaliyotchi: S.Nizomiddinova


Metodist rahbar: X.Xayrullayev
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishi
4-kurs 06-guruh talabasi Nizomiddinova Sitoraning 7-fevraldan 20-martgacha boʻlgan vaqt davomida
Samarqand tuman XTBga qarashli 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti yuzasidan tayyorlagan oylik

HISOBOTI
III chorak dars mashgʻulotlari 11 yanvardan boshlanishi kerak edi, ammo yurtimizdagi pandemiyaning kuchayganligi munosabati bilan karantin cheklov choralari kuchaytirildi va 11-yanvardan 7-fevralga qadar dars mashgʻulotlari masofaviy tarzda (onlayn) olib borildi. Ushbu davrda oʻquvchilar darslarda faol qatnashdi, men, asosan, fan oʻqituvchilariga oʻquvchilarning uyga vazifalarini tekshirish va mavzuga doir testlar, savollar tuzib, oʻquvchilarga telegram dars guruhi orqali yetkazib, ularning oʻquvchilar tomonidan ishlanishini nazorat qilib bordim.


11-fevralda 7-sinflarga “Ona tili” fanidan “Teng bogʻlovchilar” mavzusini interfaol pedtexnologik vositalar asosida tushuntirib berdim. 3-soat 7-“A” sinfiga “Adabiyot” fanidan “Mehr va Suhayl” dostoni tahlilini oʻtdim. Darsda koʻproq obrazlar tahliliga e’tibor qaratilib, “Venn diagrammasi” va “SWOT” metodidan foydalandim.
12-fevral kuni ham maktabga oʻz vaqtida kelib darslarni kuzatdim va 7-sinflardan insho oldim.
4-5-mart kunlari turli sinflarga kirdim, kuzatuv va tahlil darslarini oʻtdim. 4-mart kuni 1-soat sinf soatida 5-“A” sinfida “Vatanga muhabbat” mavzusini oʻtdim. 7-“A” sinf oʻquvchilariga “Cho’lpon – oʻtkir zehn sohibi” mavzusida insho yozdirdim.
11-12-mart kuni dars kuzatuvlariga kirib, tahlillarini olib bordim.
18-19-mart kuni esa oʻquvchilarga chorak baholarni chiqardim va oʻquvchilarni ta’tilga kuzatdik. 4-5-soatlarda hujjat ishlarim bilan band boʻldim.
2-aprel kuni pedagogik amaliyot boʻyicha hujjatlarimni amaliyot rahbarim X.Xayrullayevga ko’rsatdim. Kuzatilgan xato va kamchiliklar bartaraf etildi.
Taklif va mulohazalar: men ushbu pedagogik amaliyot davrimda dars oʻtish texnikasi, mavzularga mos tarzda interfaol metodlarni qoʻllashni hamda vaqtni toʻgʻri taqsimlashni oʻrgandim. Taklifim, 7-sinf oʻquvchilarida “Ona tili" darsligidagi uyga vazifa qilib berilganlarning aksariyati matn tuzishga qaratilganligiga nisbatan norozilik kayfiyatini sezdim va shu bois mashqlarda tayyor matnlardan ham foydalanilishi tarafdoriman.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam pedagogik amaliyotim davomida men 45-maktab oʻqituvchilari jamoasidan juda koʻp narsalarni oʻrandim. Ayniqsa ona-tili o’qituvchsi S.Allanzarova, G, Yuldoshevalar dars oʻtish boʻyicha menga koʻplab yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatdilar. Maktabdagi muhit menga juda yoqdi. Faqatgina, menga 45-sinflar berilganligi uchun darslar davomida ularga koʻnikib olishga biroz qiynaldim, lekin amaliyotim davomida 45-sinf oʻquvchilari bilan xuddi doʻstlardek chiqishadigan boʻldik.
Maktabda olib borga faoliyatim oʻzim uchun ham foydali boʻldi. Yangi koʻnikmalar shakllanishiga xizmat qildi. Boshqa fanlardan ham yangi bilimlarni oʻzlashtirdim. Darslarda uslub va metodlarni toʻgʻri qoʻllay olishni oʻrgandim.
Amaliyot oʻtalgan ta’lim muassasi direktori: H.Bo’riyev
Maktabdagi amaliyot rahbari: D.Maxmaraximov
Amaliyotchi talaba: S.Nizomiddinova
Amaliyot rahbari: X.Xayrullayev
Amaliyotchi: S.Nizomiddinova
Metodist rahbar: X.Xayrullayev



Download 21,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish