Sportda bashorat qilish va modellashtirish


-Mavzu: Spоrtchilаr tаyyorgаrligining ko‘p yillik bоshqаruvidа mаjmuаli nаzоrаt tizimi



Download 4,24 Mb.
bet56/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

12-Mavzu: Spоrtchilаr tаyyorgаrligining ko‘p yillik bоshqаruvidа mаjmuаli nаzоrаt tizimi.
1.Ko‘p yillik sikllarda sport tayyorgarligini rejalashtirish.
2.Sport formasi taraqqiyotining fazoliligi ni davrlashning tabiiy asosi ekanligi.
3.Sport tayyorgarligi ko‘p yillik jarayon sifatida va uning tuzilmasi.


12.1.Ko‘p yillik sikllarda sport tayyorgarligini rejalashtirish.
Ko‘p yillik (istiqbolli) rejalarni tuzishda eng yuksak natijalarga erishish uchun optimal yosh, ularga erishish uchun tayyorgarlik davomiyligi, razryaddan razryadga ortish yo‘nalishida sport natijalarining o‘sish me’yorlari, sportchilarning individual xususiyatlari, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari va boshqa omillar boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi. Sportchining xarak­te­ristikasi, ko‘p yillik tayyorgarlik maqsad va vazifalari asosida bosqichlar (yillar) bo‘yicha sport – texnik ko‘rsatkichlar aniqlanadi, mashg‘ulotning asosiy vositalari, mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va intensivligi, musobaqalar soni rejalashtiriladi. Rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash uchun murabbiy va sport­chi­ning asosiy diqqat - e’tibori qaratilishi kerak bo‘lgan sportchining tayyorlanganlik tomonlarini alohida ta’kidlash lozim.
Istiqbolli rejada tayyorgarlik bosqichlarini, ularning har birida mashg‘ulotlarning ustuvor yo‘nalishini, bosqichdagi asosiy musoba­qa­larni nazarda tutish kerak. Ko‘p yillik istiqbolli tayyorgarlik rejalari sportchilar (2 – va 3 – razryadli) guruhi uchun ham, bitta sportchi (1 – razryadga va undan yuqori darajaga erishgan) uchun ham tuziladi.
Guruhli reja istiqbolni va guruh tayyorgarligining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Unda sportchi tayyorgarligining turli tomonlariga qo‘yiladigan talablarni ortib borish tendensiyasi o‘z aksini topishi, yillar bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar esa mazkur guruh sportchilarining turli ko‘rsatkichlarini rivojlanish darajasiga mos kelishi kerak.
Individual istiqbolli reja murabbiy o‘z shogirdi – sportchi bilan birga oldingi tayyorgarlik tajribasini (sportchi tomonidan guruhli reja bo‘limlarini amaliy bajarilganini) tahlil qilish asosida hamda sportchining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilaydigan aniq ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi.
Istiqbolli rejani tuzish bir nechta yillik rejalarni mexanik ravishda qayta ishlab chiqilishiga, ya’ni yildan yilga bir xil (aynan o‘sha) va aynan bir xil mazmundagi masalalarni muntazam ko‘chirib yozilishiga olib kelinmasligi kerak. Ushbu reja yildan-yilga sportchi tayyor­lan­ganligining turli tomonlariga qo‘yiladigan talablarni ortib borish tendensiyasini aks ettirish hamda tayyorgarlikning har bir yili uchun mashg‘ulot vazifalarini, mashg‘ulot yuklamalari kattaliklarini, nazorat normativlarini va boshqa ko‘rsatkichlarni navbatma – navbat o‘zgarib borishini nazarda tutish kerak. Istiqbolli reja har doim maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega bo‘lishi kerak.



Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish