Sportda bashorat qilish va modellashtirish



Download 4,24 Mb.
bet54/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

7.2 - jadval
Ayrim sport turlarida musobaqa faoliyati mezonlarining axboroviyligi

T.r

Sport turlаri

Mеzоnlаr

Pеdаgо gik

Biоmе
хаnik

Fiziо-lоgik

Biохi-mik

Psiхо -lоgik

Estеtik

1

Siklik

Х

ХХХ

ХХХ

ХХХ

ХХ

Х

2

O‘yinli

ХХХ

Х

ХХ

ХХ

ХХХ

ХХ

3

Yakkа
kurаsh

ХХ

Х

ХХ

ХХ

ХХХ

Х

4

Аsiklik

ХХ

ХХХ

ХХХ

ХХ

ХХХ

Х

5

Hаrаkаt sаn’аti mаshqlаri

ХХ

ХХХ

ХХ

ХХ

ХХХ

ХХХ



Izoh: yuqori axboroviylik bilan xarakterlanadigan ko‘rsatkichlar uchta belgi orqali, o‘rtachasi – ikkita, past informativli ko‘rsatkichlar esa bitta belgi bilan ifodalangan.
Mashg‘ulot kunlari soni; mashg‘ulot mashqlari soni; mashg‘ulot va musobaqa faoliyatiga sarflangan vaqt; ixtisoslashgan mashqlar kilometraji yuklama hajmining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Vaqt bo‘yicha mashqlar konsentratsiyasi, mashqlarni bajarish tezligi va quvvati yuklama intensivligi ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Yuklamani nazorat qilish jarayonida ixtisoslashganlik mashqlari hajmi shiddatliligi (quvvatning) alohida sohalarida bajariladigan mashqlar hajmi; umumiy va maxsus jismoniy, texnik va taktik tayyorlanganlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlar hajmi; mikrosikllarda, oylar bo‘yicha va yillik siklda bajarilgan tiklanish xarakteridagi mashqlar hajmi yig‘indisi olinadi.


11.3.Musobaqalar taqvim, mavsum-iqlim sharoitlari va sport mashg‘ulotlarining davrlari
Mashg‘ulotni davrlashga butun yil davomida sport musoba­qa­larning taqsimlanish tizimi, shuningdek, (sportning “mavsumiy” deb atalgan turlarida) yil fasllariga qarab iqlim sharoitlarining almashinishi ancha ta’sir etadi. Biroq musobaqalar taqvimi ham, yil fasllari ham mashg‘ulot jarayonining mohiyatini belgilay olmaydi va shuning uchun ham uni davrlashga bosh asos bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Yil fasllari sportning “mavsumiy” turlarida musobaqa davri uzunligini cheklash va ma’lum miqdorda mashg‘ulot vositalarini tanlashga ta’sir etish bilan mashg‘ulot davrlari muddatiga qismangina ta’sir etadi. Moddiy - texnika bazasi rivojlana borgan (yopiq o‘yingohlar, muz maydonlari, suzish havzalar va hokazolar qurilishi) va uslubiy takomillasha borgan sari mavsum omillarining mashg‘ulotni cheklash darajasi tobora kamayib boradi.
Demak, hozirgi zamon sportini rivojlanish tendensiyalari mashg‘ulot jarayonini iqlim sharoitlariga moslashtirishdan emas, balki mo‘telikdan ozod qilishdan iborat. Iqlim omillarining foydali ta’sir etadiganlaridan quyosh radiatsiyasi va hokazolardan esa mashg‘ulotning barcha bosqichlarida sportchi ish qobiliyatini oshirish uchun nihoyat darajada keng foydalanish kerak.
Sport taqvimi sport musobaqalari o‘tkaziladigan vaqtni ko‘rsatib yuzaki jihatdan musobaqa davri chegaralarini belgilab qo‘yadi. Bundan tashqari, u mazkur davr tuzulishiga ta’sir etadi va mashg‘ulot siklining boshqa davrlari uzunligini qisman cheklab qo‘yadi. Biroq har qanday holatda ham mashg‘ulotni davrlashni musobaqa taqvimlaridan chiqarib olib bo‘lmaydi. Chunki taqvimning yolg‘iz o‘zi to‘liq tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan muddatlar haqida ham, sportchi musobaqalargacha sport formasiga kirib olishi uchun o‘tishi zarur bo‘lgan tayyorgarlik bosqichlarining mohiyati haqida ham hech davrlash qonuniyatlariga qarshi emas, balki unga muvofiq bo‘lgandagina uni ratsional deb hisoblash mumkin. Aks holda u eng yuksak sport natijalari yuzaga chiqishiga to‘sqinlik qiladi.
Binobarin, musobaqalar taqvimlarini rejalashtirayotgan vaqtda mashg‘ulotni ratsional sur’atda davrlashdan, uning ob’yektiv qonuniyatlaridan kelib chiqish kerak ekan.
Shu bilan birga musobaqalarning umumiy taqvimi ko‘pgina omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi va shuning uchun ham mashg‘ulotni davrlashga nisbatan ma’lum darajada mustaqil bo‘ladi. Shu sababdan sport taqvimi bilan mashg‘ulotni davrlash o‘rtasidagi qarama - qarshiliklarga barham berishga imkon beradigan shartlarni aniqlab olish kerak.
Agar aqalli yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilinsa, sport taqvimi bilan mashg‘ulotni davrlash o‘rtasida hech qanday kelishib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘lmaydi va ular garmonik tarzda bir-biriga moslashtirildi. Shunday bo‘lsa, sport taqvimi mashg‘ulotni maqsadga muvofiq ravishda tuzishga qarshilik qilmay, aksincha, unga ko‘maklashuvchi qudratli omillardan biriga aylanadi.



Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish