Sportda bashorat qilish va modellashtirish



Download 4,24 Mb.
bet51/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

Mashqlar xarakteri. Ta’sir xarakteri bo‘yicha hamma mashqlar quyidagi uchta asosiy guruhlarga:
- global ta’sir ko‘rsatuvchi;
- hududiy (regional) ta’sir ko‘rsatuvchi;
- lokal ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarga bo‘linadi.
Global ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarga bajarilish jarayonida umumiy mushaklar hajmining 2/3 qismi, hududiy (regional) ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarga – 1/3 qismidan to 2/3 qismigacha, lokal ta’sir ko‘r­­satuvchi mashqlarga esa umumiy mushaklar hajmining 1/3 qis­mi­gacha ishtirok etadigan mashqlar kiritiladi (V.M.Zatsiorskiy, 1970).
Global ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar yordamida sport mashg‘u­lotining, organizmning ayrim tizimlari funksional imkoniyatlarini oshirishdan boshlab, to musobaqa faoliyati sharoitlarida harakatlanish koordinatsiyalari va vegetativ funksiyalarni optimalligiga erishish­gacha bo‘lgan, ko‘pgina masalalari yechiladi.
Hududiy va lokal ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlardan foydalanish diapazoni ancha tor. Biroq, ushbu mashqlarni qo‘llash orqali ba’zi hollarda organizmning funksional holatida global ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar yordamida erishib bo‘lmaydigan ijobiy siljishlarga erishish mumkin.
Yuklama shiddati mashg‘ulot mashqlarini sportchi organizmiga ta’siri kattaligini va yo‘nalishini sezilarli darajada aniqlab beradi. Ish shiddatini o‘zgartira borib yoki bu energiya ta’minotchilarini ustuvor safarbar etilishiga, funksional tizimlar faoliyatini turli me’yorda inten­siv­lashtirishga, sport texnikasining asosiy parametrlarini shakl­lan­tirishga faol ta’sir ko‘rsatishga erishish mumkin.
Ish shiddati mashqni bajarish davomida rivojlantiriladigan quvvat, sikllik xarakterdagi sport turlarida harakatlanish tezligi, sport o‘yinlarida, yakkakurashlardagi bellashuv va janglarda taktik – texnik harakatlarni qanchalik to‘liq amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq.
Har xil sport turlarida quyidagi bog‘liqlik – vaqt birligi davomida bajarilgan harakatlar hajmini yoki harakatlanish tezligini ortishi, odatda, ushbu harakatlarni bajarishda asosiy yuklama tushadigan energetik tizimlarga qo‘yiladigan talablarning noproportsional ortib borishi bilan bog‘liqligi namoyon bo‘ladi.
Ish hajmi. Sport mashg‘uloti jarayonida turli davomiylikdagi – bir necha soniyadan to 2 – 3 soatgacha bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Bu har bir aniq holda sport turi xususiyatlari, ayrim mashqlar yoki ularning majmuasi hal etadigan vazifalar bilan aniqlanadi.
Alaktat anaerob imkoniyatlarni oshirish uchun chegaraviy shid­da­tidagi qisqa muddatli (5 –10 s.) yuklamalar eng maqbul hisoblanadi. Sezilarli darajadagi (2–5 daqiqagacha) pauzalar tiklanishni ta’minlash imkoniyatini beradi. Yuklamani bajarish vaqtida alaktat anaerob manbalarni to‘liq sarflashga, demak, ularning zaxirasini ortishiga maksimal intensivlikdagi 60 – 90 soniya davomida bajariladigan ish, ya’ni glikoliz jarayonini takomillashtirish uchun yuqori samarali hisoblangan ishlash olib keladi.
Mushaklarda sut kislotasi paydo bo‘lishining maksimumi, odatda, 40-50 soniyadan keyin namoyon bo‘ladi, asosan, gulikoza hisobiga ishlash esa 60 - 90 soniya davom etadi. Aynan ana shuncha vaqt davom etadigan yuklamalardan glikolitik imkoniyatlarni oshirishda foydalaniladi. Laktat miqdori sezilarli darajada pasayib ket­masligi uchun dam olish pauzalari uzoq davom etadigan bo‘lmasligi kerak. Ana shunda glikolistik jarayon quvvatini takomillashtirishga va uning hajmini orttirishga zamin yaratiladi.



Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish