Sportda bashorat qilish va modellashtirish


–zona – aralash aerob – anaerob soha



Download 4,24 Mb.
bet49/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

3–zona – aralash aerob – anaerob soha. Bu sohaga eng yaqin yuklamalarning mashq bilan chiniqqanlik samarasi YuUChsini 180 – 185 zarba / daqiqagacha ortib ketishi bilan bog‘liq, qondagi laktat 8 – 10 mmol/litr, kislorod iste’moli maksimal kislorod iste’molining 80 – 100 % gacha yetadi. Energiya ta’minoti asosan, uglevodlarni (glikogen va glyukozani) oksidlanishi hisobiga sodir bo‘ladi. Ish sekin va tezkor mushak birliklari (to‘qimalari) tomonidan ta’minlanadi. Sohaning yuqori chegarasida – maksimal kislorod iste’moliga mos keladigan kritik tezlikda (quvvatda) “b” tipidagi tezkor mushak birliklari (to‘qimalari) qo‘shiladi. Ular ishlash sababli jamlanib borayotgan laktatni oksidlash qobiliyatiga ega emas va bu hol laktatni mushaklarda va qonda tez (8 – 10 mmol/l gacha) ortib ketishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, refleks tarzida shuningdek, sezilarli darajada nafas olishni tezlashishini va kislorod tanqisligini vujudga keltiradi.
Bu sohada uzluksiz rejimda musobaqa va mashg‘ulot faoliyati 1,5 – 2 soatgacha davom etishi mumkin. Bunday ishlash ham aerob, ham anaerob – glikolistik qobiliyatlar, kuch chidamliligi bilan ta’minlanadigan maxsus chidamlilikni tarbiyalashni rag‘batlantiradi.
Asosiy usullar: uzluksiz va intervalli ekstensiv mashqlar usullari. Mazkur sohada bitta makrosikl davomida bajariladigan ishning hajmi turli sport turlarida 5 % dan 35 % gacha ulushni tashkil etadi.
4 – zona – anaerob – glikalistik soha. Bu sohaga eng yaqin yuk­la­ma­larning mashq bilan chiniqqanlik samarasi qondagi laktatni 10 mmol/litr dan 20 mmol/litr gacha ortib ketishi bilan bog‘liq. YuUCh kamroq axborotli bo‘lib qoladi va 180 – 200 zarba / daqiqa darajasida bo‘ladi. Kislorod iste’moli maksimal kislorod iste’molining 100 % idan asta - sekinlik bilan 80 % igacha kamayib boradi. Energiya ta’minoti uglevodlar (kislorod ishtiroki bilan ham, anaerob yo‘li bilan ham) hisobiga sodir bo‘ladi. Ish uchchala tipdagi mushak birliklari tomonidan bajariladi va bu laktat konsentratsiyasini, nafas olish va kislorod tanqisligini sezilarli darajada ortishiga olib keladi. Mazkur sohada mashg‘ulot faoliyatining yig‘indisi 10 – 15 daqiqadan ortmaydi. U maxsus chidamlilikni, ayniqsa, anaerob - glikolistik imkoniyatlarni tarbiyalanishini rag‘batlantiradi.
Mazkur sohada musobaqa faoliyati 20 soniyadan 6 – 10 daqiqagacha davom etadi. Asosiy usul – intervalli intensiv mashqlar usuli. Mazkur sohada bitta makrosikl davomida bajariladigan ishning hajmi turli sport turlarida 2 % dan 7 % gacha ulushni tashkil etadi.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish